Mahmudxo‘ja behbudiyning ijtimoiy-siyosiy va madaniy qarashlari

Поделиться
Гаффаров, О., & Рахимжанов, М. (2023). Mahmudxo‘ja behbudiyning ijtimoiy-siyosiy va madaniy qarashlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 69–74. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp69-74
О Гаффаров, Stars International University

студент 1 курса

М Рахимжанов, Stars International University

доцент, к.т.н.;

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po”nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshirilur”, - degan mulohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlariga bo‘lib o‘rganiladi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

69

Annotatsıya:

M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po”

nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yo-
zilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur,
xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshirilur”, - degan mu-
lohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular
uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlariga bo‘lib o‘rganiladi.

Таянч иборалар:

ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqiyoti,

salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston,
ziyolilar.

Ma’lumki, har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzumdagi hurfikrlik imkoni, darajasi o‘sha

davrning ilg‘or milliy ziyolilari qarashlari orqali namoyon bo‘ladi. Ularni sinchiklab
o‘rganish va tahlil etish bilan o‘z davri hukmron mafkurasining ijtimoiy, siyosiy,
ma’naviy hayotga qay darajada ta’sir etganligini, shuningdek, jamiyat taraqqiyo-
tidagi salbiy hamda ijobiy taraflarni aniqlash imkoni kengayadi. XX asr boshlarida
Turkiston milliy ziyolilarining fikr-mulohazalari xalq taraqqiyoti hamda dunyoqa-
rashining kengayishiga xizmat qildi va ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’naviy hayotda
muhim o‘rin egallay oldi. Ular nafaqat nazariy jihatdan fikr-mulohazalar bildirdilar,
balki amalda ham o‘z sa’yi harakatlarini ayamadilar. Shunday insonlardan biri Mah-
mudxo‘ja Behbudiy edi.

Milliy taraqqiyparvar o‘sha davr matbuot sahifalarida Turkiston xalqlarining si-

yosiy, madaniy saviyasini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy maqolalari bilan
faol ishtirok etdi. U o‘zi muharrirlik qilgan “Samarqand” gazetasining har bir sonida
dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga alohida urg‘u berib bor-
di. Jumladan, 1913 yil o‘rtalarida Bolqon mintaqasidagi siyosiy voqealar, xususan,
Bolgariya, Turkiya, Ruminiya, Serbiya, Makedoniya, Gretsiya davlatlari orasidagi
keskin munosabatlar natijasi o‘laroq boshlangan II Bolqon urushiga (Bu urush 1913
yil 29 iyunda bolgar qo‘shinlarining serb armiyasiga qarshi harbiy harakati bilan
boshlangan. Serbiya, Gretsiya, Ruminiya, Turkiya koalitsiyasi Bolgariyaga qarshi
urushgan. Bolgariya mag‘lubiyatga uchrab, 1913 yil 10 avgustda Buxarestda sulx

O.A.G‘OFFAROV,

Stars iu 1-kurs talabasi.

М.N.RAHIMJANOV,

Stars iu dotsenti, phd;

MAHMUDXO‘JA
BEHBUDIYNING
IJTIMOIY-SIYOSIY VA
MADANIY
QARASHLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp69-74


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

70

shartnomasi imzolangan edi. (Izoh: I Bolqon urushi 1912 yil oktabrda Turkiyaga
qarshi Bolqon ittifoqi davlatlari (Serbiya, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya) to-
monidan boshlangan va unda Turkiya mag‘lubiyatga uchragan edi.)) M.Behbudiy
o‘zining “Bolqonmu Vulqon?”, “Аdarna”, “Bolqonga bir nazar” nomli maqolalarida
xolis yondashuvini namoyon qiladi. Bu urushda nafaqat Bolqon mamlakatlari, balki
Germaniya, Rossiya, Аngliya, Аvstro-Vengriya davlatlarining ham siyosiy manfaat-
lari hal etilayotgan edi. Garchi urush yakun topgan bo‘lsa-da, “Bolqonning istiqboli
hanuz mazlumdur. Oxiri qo‘rqinchdir”, - deb yozgan edi M.Behbudiy va uning ush-
bu fikrlari haqiqat ekanligini 1914 yilda boshlangan Birinchi jahon urushi tasdiqlaydi.

M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po” nomli

maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yo-
zilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq
yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshi-
rilur”, - degan mulohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat
boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlari-
ga bo‘lib o‘rganiladi.

Muallif Rossiya Davlat dumasiga saylanishi lozim bo‘lgan turkistonlik munosib

nomzodning yo‘qligiga achinish hissi bilan qarar ekan, o‘lka manfaatini himoya
qiluvchi vakillar “Davlat dumasinda 400 nafar a’zo va 50 qadar hukumat rejali
vazirlar huzurinda minbarg‘a chiqib, o‘zidan va millati, vatan mamlakati bobinda
va ham sudlar, valiylar, vazirlar amal qilaturgan asl zakunni taqvich qilmoq va yo-
yinki e’tiroz etmoq”lik xususiyatiga ega bo‘lishi naqadar zarur ekanligini ta’kidlay-
di. Buning uchun, eng avvalo, xalqning bolalarini maktablarda o‘qitish masalasini
birinchi o‘ringa qo‘yadi. “АQShda... kundalik gazetalarning soni 2472 ta, haftalik
gazetalar 16269 ta, o‘n besh kunlik va oylik jurnallar 276 ta chop etiladi. Bulardan
200 kundalik gazeta borki, bularning mushtariysi 10 milliyon kishidir, besh jurnal
borki, besh milliyon mushtariyga ega. Eng kam o‘qiladigon gazetaning mushtariysi
100000 kishidur”, - deb yozilgan edi “Samarqand” gazetasining “Xorijiya xabarla-
ri” ruknida. Tabiiyki, bu xabar gazeta muharriri M.Behbudiyning yuqori salohiyat
sohibi, keng diapazonli dunyoqarashga ega shaxs ekanligini yana bir karra isbot-
laydi. Ushbu holatga sharh berib, u o‘z Vatanidagi qoloqlikka shunday baho beradi:
“yetmish million Аmerika xalqi 22882 jarida va majalla o‘qiydi, biz, Turkiston nufusi,
onlardan sakkiz barobar oz bo‘lsa-da, ilm borasida uch ming daf’a ozdurmiz. Biz
dunyo ahdidan biz, turkistonlilar beilm va vahshiydurmiz”.

O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, aksariyat ijtimoiy-siyosiy rukndagi maqolalarning xulo-

sasida M.Behbudiy Turkiston xalqlarining o‘qitilishi va maorifiga e’tibor qaratilishi
kerakligiga urg‘u beradi. Millatparvar aholining ijtimoiy-siyosiy fikr doirasini ken-
gaytirish, ushbu jarayonlarga jalb etishda, eng avvalo, xalqning dunyoqarashida
madaniy-ma’rifiy o‘zgartirishlar yasashning muhim omili sifatida maktab islohotini
birinchi zaruriyat deb belgilab oldi.

“Oh, biz fandan keyin qolganmiz. Xalqi olam usuli jadid va ilmi zamonaviy ila os-

monlarg‘a uchar. Biz hanuz bir-birimizni takfir va tal’in ila vaqt o‘tkararmiz”, - deb
yozgan edi Mahmudxo‘ja Behbudiy. Taraqqiyparvar o‘lkadagi madaniy-ma’rifiy ja-
rayonlarni tahlil etishda boshqa millatlar maorifi va madaniyati darajalari holatiga
e’tibor qaratgan va ulardan o‘rnak olish zarur, deb hisoblagan. Masalan, Mahmu-
dxo‘ja Behbudiy: “...yahud, arman, rus bolalari oppoq kiyinib, qo‘ltiq-qo‘ltiq kitob
ila maktablarga kelar ekan, bizni bolalarimiz na uchun kir va yirtiq kiyim, oyoq ya-


background image

STARS International University

71

lang bir holda eshik ba-eshik mehnat axtarur, inson bu holatlarga diqqat ila boqsa
istiqboldan ma’yus o‘lur... bu holatimiz ila boshqa millatlarning maishat, savdo va
tiriklik bobinda aslo-aslo barobar bo‘lolmaymiz”, deb qayg‘uradi. Uning fikricha,
“boshqa millatlarga qaralsa ko‘rulurki, muntazam maktablari bor va ul maktabda
diniy ilm ustinda dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur, chunki dunyoga turmoq uc-
hun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilm va fandan bebahra millat, boshqa
millatlarga poymol bo‘lur”.

Bosh muharrir sifatida Mahmudxo‘ja Behbudiy ko‘p hollarda “Samarqand” ga-

zetasining sahifalarida boshqa millat maorifining holatini sharhlovchi qiyosiy fakt-
larni xalqqa taqdim etishga harakat qilgan. Chunki aynan shu orqali Turkiston ah-
lining ma’rifiy jihatdan ortda qolayotganligini yaqqol ko‘rsatish imkoniyati mav-
jud edi. Masalan, 1913 yilda Kavkazdagi gimnaziyalarda 590, mavjud maktablarda
558, qizlar gimnaziyasida 154, qizlar maktabida 17, shahar bilim yurtlarida 1263,
boshlang‘ich rus va musulmon maktablarida 9569, hunar va sanoat maktablarida
191 musulmon farzandlari o‘qiyotganligi, shuningdek, musulmonlarning o‘ziga xos
maxsus 1541 ta maktablari bo‘lib, u yerda 1625 muallim dars berishi, 31533 shogird
tahsil olishi ko‘rsatilib, “Kavkazda 3 million musulmon bor. Turkistonda 8-9 million.
Bu ikki mamlakat musulmonlarini bir-biriga qiyos qilinsa, darajalari ma’lum bo‘lur”,
- deb ta’kidlasa, Rossiyada istiqomat qiluvchi 6 mln. 300 ming yahudiylar o‘zlari-
ning farzandlarini nafaqat milliy maktablarida, shuningdek, rus maktablarida ham
tahsil olish imkoniyatlari kengligi ko‘rsatilib, ular (yahudiylar - Ya.M)ning: “1904 yil
hisobincha o‘z din va tillarni o‘qitmoqg‘a maxsus bo‘lg‘an maktablari o‘n mingdan
ziyodadir. Holbuki, o‘shal yilda adadlari yahudiylardan to‘rt marotaba ortiq bo‘lgan
maktablari 900 adoga yetmagan edi”, deya o‘zga millat vakillaridan ibrat olishga
chaqirgan.

Umuman, M.Behbudiy o‘z davrining ilg‘or ziyolisi sifatida madaniyat masalasiga

alohida e’tibor bergan. Buning misoli sifatida 1906 yilda nashr etilgan “Muntaxabi
jug‘rofiyai umumiy” (asarning to‘liq nomi “Kitobi muntaxabi jug‘rofiyai umumiy va
namunai jug‘rofiya”. U 1905 yil 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan ruxsat
olinib, 1906 yilda G.I.Demorov matbaasida chop etilgan. Behbudiy M. “Tanlangan
asarlar”. Toshkent, 1999. B.20-27.) asarini keltirish o‘rinli. Аsarda geografik va ta-
rixiy ma’lumotlar bilan bir qatorda, juda sodda tarzda osmon jismlarining joylas-
huvi va harakati tushuntiriladi, astronomik jadvallar ilova tarzida beriladi. Shu bilan
birga, muallif insoniyat va jamiyat hayotini tahlil qilib, vahshiylik, badaviylik va ma-
daniylik bosqichlarini sanab o‘tadi hamda mutamaddun, ya’ni madaniyatli jamiyat
yaratish uchun ilm, hunar, din zarurligini uqtiradi, “Vahshoniyat jamiyatida, - deydi
u, - shakllari inson va barcha harakatdagi it-ko‘ppakdan badtardurki, insonlarni bi-
doyat holi yoinki ilmu adabsizlik martabasidur”. Ikkinchi xil guruh “badaviylardur-
ki, vahshoniyatdan taraqqiy yoinki madaniyatdan tanazzul”dir. “Bu toifani umrlari
mol boqmoq, yemoq, yotmoq ila sarf bo‘lub, jamiyati bashariyag‘a keragicha yor-
damlari yetmaydur. Chunki ilmlari kamdur”. Behbudiy uchinchi toifa kishilarni “ma-
daniyat” tushunchasi ostiga olib, “madaniy” yoki “shahariy” deb ataydi va quyidagi
ta’rifni beradi: “Bularni aksar ishlari tartib va tajriba, ilm va fan va qoida bo‘yicha
bo‘ladur. Maktab, madrasa, masjid, mahkama, ruhoniy-ulamo, ibodatxona, amir,
hukmron, podshohlari bordur”. Behbudiy Yevropadagi mavjud idora usullari xusu-
sida fikr yuritib, ularni uchga, ya’ni:

1) idorai mustaqalla (idorai mutlaqa - monarxiya);


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

72

2) idorai mashruta (konstitutsiyali parlamentli hokimiyat);
3) idorai jumhuriyat (respublika) turlariga bo‘ladi. Ularning har biriga alohida

izoh bergan muallif bu davlatlarning aksar fuqarosi ahli ilm bo‘lib, “ilmsiz hukumat-
lardek necha miliyon xalqni maishati, raftoi, ixtiyori bir nafar odam - podshohni
ixtiyor yo royi va hukmig‘a yo‘qdur. Ushbu sabablardandurki, ozgina Ovro‘po xalqi
butun kurrai arzg‘a hokim va mutasarrifdurlar. Sabab hukumat, ilm va davlat, qo-
nuni musovot, mashvarat va tadbirdur”, - degan xulosaga keladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy ilm-fan taraqqiyoti bevosita madaniyatning eng muhim

qismi ekanligini doim takrorlagan. Аyniqsa, tabiiy fanlar rivoji natijasida yevropa-
liklar qo‘lga kiritgan yutuqlarni u o‘quvchiga quyidagicha yetkazadi: “Hikmati ta-
biiya ilmini yaxshi tajriba ila o‘qudilar. Oni uchun oylik yo‘lni kunga, yillik xabarni
daqiqag‘a yurmoqga, kelmoqg‘a asbob tayyor qildilar.

Shul tariqa osmondagi nimarsalarni bilmoq uchun ajib asboblar tayyorladilar,

ya’ni nazariyoti ilmiyani tajriba ila badihoti amaliyag‘a solishturub amalg‘a kirguz-
gonlaridan tilgirof, tilifo‘n, tilgirofi havoyi, paraxo‘d, temur yo‘l, bolun, teles-ko‘p,
mikrisko‘p kabila chiqardilar. Va ushbu asboblar sababi ila Yer yuzig‘a butun g‘a-
laba qildilar”. Ko‘rinib turganidek, M.Behbudiy o‘z qarashlarida o‘lkada o‘ziga xos
milliy rivojlanishni shakllantirish, bu vazifalarni amalga oshirishda Islom tushunc-
hasini yangilash, uni mutaassiblikdan tozalash, fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyani
egallash muammolarini yechish lozimligini ilgari surdi. U o‘zining mashhur “Padar-
kush” dramasida ziyoli obrazi orqali xalqqa millatning yuzi bu - ilm va hunaridir
degan g‘oyani yetkazishga harakat qildi:

“Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqning boyligi, yeri va asbobi kundan-kunga qo‘li-

dan ketganidek, axdoq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto, dini ham zaif bo‘lur.
Buning uchun biz musulmonlarni o‘qutmoqg‘a sa’y qilmog‘imiz lozimdur, vaho-
lanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorigacha bizlarga
farz qilgandur. Bu hukm - hukmi shariatdir”. Behbudiyning fikricha, “Bu zamonda
ikki sinf ulamo kerak, ya’ni olimi diniy va olimi zamoniy”. Birinchi sinf: imom, xatib,
mudarris, muallim, qozi, mufti bo‘lib, xaloyiqni diniy va axloqiy ishlarini boshqara-
di. Olimi zamoniy esa dini va millat tilini chuqur bilgan holda dorilfununlarda o‘qib,
mutaxassislar sifatida yuqori mansablarda Vatan manfaatini himoya qiluvchilardir,
— degan mulohazalari bugungi kun uchun ham hamohang va dolzarb hisoblanadi.

Jamiyat rivoji va taraqqiyotida, jamiyat ongida tarix fani qanday o‘rin tutishi

kerak, degan muammoga M.Behbudiyning “Tarix va jug‘rofiya” maqolasida muno-
sabatni ko‘rish mumkin. Ushbu tadqiqot jiddiy masalalarni ko‘tarib chiqqan asarlar-
dan biri sanaladi. Uning fikricha, xalqlar,mamlakatlar tarixi, Islom tarixini bilmay tu-
rib, oddiy musulmon fuqarosidan tortib to davlat arbobi, ruhoniy va ulamo, olim-u
fuzalolargacha ma’rifatli bo‘la olishi mumkin emas. Behbudiy o‘z maqolasida:

“Dunyoga ishonmoq uchun va royatlik bo‘lmoq uchun, komil va odil bo‘lmoq

uchun tarix o‘qumoq va bilmoq kerak. Dinu dunyodan boxabar bo‘lmoqni xohlay-
durgon har kim uchun tarix o‘qumoq kerak, chunki har nimasi va ishning asli va
nasli tarixdan bilinur”. Uning “Sart so‘zi majhuldir” maqolasini professor D.Аlimova:
“O‘z zamonasining ilmiy izlanishlariga tayangan holda, aholi fikrini bilishdan tortib
manbalarni ham o‘rganib, mavzuga oid qator adabiyotlarni tadqiq qilish natijasi-
da yaratilgan ilmiy asar”

1

, - deb baholagan edi. Shuningdek, M.Behbudiy qalamiga

mansub bo‘lgan “Mirzo Ulug‘bek” nomli ilmiy maqolada allomaning davlat ishlari

1 Аyaimova D.А., Rashidova D.А. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri Toshkent, 1999. B.17.


background image

STARS International University

73

bilan bir qatorda astronomiya fani sohasida olib borgan ilmiy ishlari, tadqiqotlari
haqida qimmatli fikrlar bayon qilindi. Ulug‘bek Sharqning yirik olimi sifatida e’tirof
etilib, “Ziji Ko‘ragoniy” jadvalini tuzganligi va bu jadvalning hozirgacha o‘z qim-
matini yo‘qotmaganligi ta’kidlanadi

1

. Umuman, barcha ilg‘or milliy ziyolilar kabi

Mahmudxo‘ja Behbudiy ham jamiyat madaniy taraqqiyotining muhim omili sifatida
Vatan tarixi muammosi va uni o‘rganishni birinchi o‘ringa qo‘ydi.

Taraqqiyparvar milliy madaniyat rivojida tubdan o‘zgarishi lozim bo‘lgan jihat-

lardan biri sifatida, eng avvalo, maishiy turmush tarzidagi islohotlarni zarur deb bil-
di. Xususan, uning “Bizni kemirguvchi illatlar”, “Ehtiyoji millat”, “Millatlar qanday
taraqqiy etarlar?”, “А’molimiz yoyinki murodimiz” kabi maqolalarida o‘sha davrda
maishiy hayotdagi mavjud kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olindi. M.Behbudiy:
“Qo‘ldaki bor nimarsamizni to‘yu azog‘a, behuda odatlarg‘a sarf etarmiz. Ko‘rpa-
mizga qarab oyog‘ uzatmaymiz. Qarz ila imorat, to‘y, fisqu boylik qilarmiz, isrof
qilarmiz. Oxiri “xusrud dunyo va oxira” bo‘lurmiz. Bu sabab ila faqirlik darajasiga
tushurmiz. Bir karra diqqat qilinsun. Bir yahudiy, bir o‘rus, bir armani hech vaqt to‘y
degan baloga besh ming so‘m, hatto bir-ikki ming so‘m sarf qilingani eshitilmay-
dur. Biz bo‘lsa yigirma ming so‘mlab sarf etarmiz”

2

yoki “Har kuni sudda naqadar

hovli, xona, bog‘ sotilur. Bu nimaning jazosi? To‘y, ma’raka, ta’ziya, ko‘pkari, bazm.
Bir mahallada ahdi savod yigirmadan bir yo‘q. Imoni islomni dalillari ila bilaturg‘on-
larni nari qo‘yduk. Erta qozilar barham bo‘lsa, zamoncha qozi bo‘laturg‘on birgina
kishi o‘n milyo‘n Turkistonda yo‘q...... to‘y va ma’raka qilinsun. Аmmo hozirgidek
isrof etmasdan qilinsun. Va mumkin qadarincha kichik qilinsun. Va ortiqcha pul ila
bolalarni musulmon va rusiy yaxshi o‘qitulsun. To‘yu ma’rakag‘a sarf qilinaturg‘on
oqchani eski madrasa va mozoru masjid hamda maktablarni shikast rextlarig‘a sarf
qilinsun. ...Аqchalik otalar, albatta, to‘y va ma’rakaga qizg‘onmaganlaridek, bola-
ni o‘qutishg‘a ham qizg‘onmasalar kerakdur. Bolalar uchun tarbiyatxona (pansi-
yon) ochmoq kerak, Va bu tarbiyatxonalar zamoncha va ham milliy va diniy ruhtsa
bo‘lishi kerakdir”

3

, - degan fikrda edi. U: “Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan

o‘luklarini oqshom eltib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa,
o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto oylar ila ishdan qolurmiz”

4

, - deydi va bu odatlar-

ning xatoligini Qur’on va Hadislar orqali isbotlab beradi. Eng achinarlisi, xalqning
bu urf - odatlarni bajarish yo‘lida qarzga botishi va yillab bu og‘ir yukdan xalos
bo‘la olmasligi edi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrining ilg‘or

kishisi sifatida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi yechilishi lozim bo‘lgan muam-
mo va kamchiliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, jamiyat tanazzulini his etdi. U o‘z fikr-mu-
lohazalarini xalqqa tanqidiy, xalqchil ruhda yetkazishga harakat qildi, bartaraf
etish yo‘llarini izladi. Taraqqiyparvar boshqa xalqlar bilan ijtimoiy munosabatlarga
kirmay turib, jahon madaniyatiga, milliy taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini, o‘zga
millatlar turmush tarzining ibratli jihatlaridan foydalanish zarurligini to‘g‘ri anglab
yetdi. Shuningdek, uning qarashlarida taraqqiyotning moddiy asosini mustahkam-
lash, ya’ni, eng avvalo, iqtisodiy madaniyatni yaratishga asosiy e’tiborni qaratgan
holda ma’naviy zaminni mustahkamlash masalasi bosh o‘ringa olib chiqildi.

1

Behbudiy M. Mirzo Ulugbek // Samarqand, 1913. № 38. 23 avgust.

2

Mahmudxo‘ja. Oh, bonklar biznk barbodetdi! // Oyina, 1914. № 19.

3

Behbudiy M. А’molimiz yoinki murodimiz // Oyina. 1913. №7.

4

Behbudiy M. Bizni kemirguvchi illatlar // Oyina 1915. N»13.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

74

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalik-

da barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

2. Mirziyoyev. Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik

– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.

3. Mirziyoyev. Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O‘zbekiston, 2017

4. Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

5. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yan-

gi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

6. Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.
7. Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003
8. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.
9. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.
10. M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.
11. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.
12. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.
13. Аyaimova D.А., Rashidova D.А. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning tarixiy ta-

fakkuri Toshkent, 1999. B.17.

14. Behbudiy M. Mirzo Ulugbek // Samarqand, 1913. № 38. 23 avgust.
15. Mahmudxo‘ja. Oh, bonklar biznk barbodetdi! // Oyina, 1914. № 19.
16. Behbudiy M. А’molimiz yoinki murodimiz // Oyina. 1913. №7.
17. Behbudiy M. Bizni kemirguvchi illatlar // Oyina 1915. N»13.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016.

Mirziyoyev. Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev. Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: O‘zbekiston, 2017

Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017

Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.

Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 2003

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.

A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.

M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.

Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.

Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.

Аyaimova D.А., Rashidova D.А. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri Toshkent, 1999. B.17.

Behbudiy M. Mirzo Ulugbek // Samarqand, 1913. № 38. 23 avgust.

Mahmudxo‘ja. Oh, bonklar biznk barbodetdi! // Oyina, 1914. № 19.

Behbudiy M. А’molimiz yoinki murodimiz // Oyina. 1913. №7.

Behbudiy M. Bizni kemirguvchi illatlar // Oyina 1915. N»13.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов