Ilm-fan va ta’limda innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari

CC BY f
207-209
10
8
Поделиться
Исакова, Ш. (2023). Ilm-fan va ta’limda innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 207–209. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp207-209
Шохида Исакова, Коканский государственный педагогический институт

кандидат филологических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada ilm-fan va ta’limda yangi informatsion va kommunikatsion texnologiyalar vositalari qo‘llanilishining yana bir trendi – masofaviy o‘qitish tizimi yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

207

Annotasiya:

Maqolada ilm-fan va ta’limda yangi informatsion va kommunikatsion tex-

nologiyalar vositalari qo‘llanilishining yana bir trendi – masofaviy o‘qitish tizimi yoritib be-
rilgan.

Kalit so‘zlar:

kompyuter, innovatsiya, trend,onlayn, masovaviy o‘qitish, masofaviy ta’lim,

informatsion texnologiyalar, kommunikatsion texnologiyalar, SD disklar, elektron darslik,
dastur, dasturlash.

XX asr oxiri va XXI boshlarini bemalol kompyuter texnologiyalari asri, deb atashi-

miz mumkin. Chunki kompyuter kirib bormagan inson faoliyatining biror-bir jabhasi,
xalq xo‘jaligining biror sohasi qolmadi. Fan va texnikani endi hech kim kompyuter-
larsiz tasavvur qila olmaydi. Fanning barcha sohalari kompyuter bilan ta’minlangan,
bu esa ilm-fanning gurkirab o‘sishiga imkon bermoqda. Kompyuter tarmog‘i inter-
net tizimining rivojlanishi, dunyo ta’lim tizimining takomillashuvida yangi istiqbolni
ochib berdi. Bu ta’lim muassasalarining texnik jihatidan ta’minlanganligida, ularning
dunyo axborot resusidan foydalanishida, o‘qitishning yangicha usullari va noan’a-
naviy ko‘rinishlarining shakllanishida, talabalarning faol bilim olish faoliyati hamda
hamkorlikda o‘qitishda ko‘rinadi.

Yangi informatsion va kommunikatsion texnologiyalar vositalarining qo‘llanilishi

o‘qitishning yana bir shakli – masofaviy o‘qitish tizimi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Masofaviy o‘qitishda turli informatsion va kommunikatsion texnologiyalar qo‘l-

laniladi. Bunda har bir texnologiyaning qo‘llanilishi masofaviy kurs oldiga qo‘ygan
maqsad va vazifalarga bog‘liq.

Masalan, ma’lumotlarni matn ko‘rinishida yetkazish asosidagi o‘qitishning an’a-

naviy vositasi tinglovchilarni yangi o‘quv materiallar bilan tanishtirish uchun qo‘lla-
niladi. Kompyuterli elektron pochta esa axborotlarni uzatish, talabalar bilan o‘zaro
aloqa qilish va bir guruhda o‘qiydigan talabalarning o‘zaro aloqalarini ta’minlash
uchun qo‘llaniladi.

Internet texnologiyalari asosidagi masofaviy ta’lim bu professional ta’limning za-

monaviy shakli bo‘lib, u o‘rganuvchilarning individual so‘rovlariga va ularning mu-
taxassisliklariga mo‘ljallangan. Masofaviy o‘qitish barcha xohlovchilarga o‘zlarining

ISAKOVA SHOKHIDA
IKRAMOVNA,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent
O‘zbekiston, Qo‘qon davlat
pedagogika instituti
shohidaisakova2973@gmail.com

ILM-FAN VA TA’LIMDA
INNOVATSION
RIVOJLANISHNING
ZAMONAVIY
TRENDLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp207-209


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

208

individual xususiyatlariga muvofiq professional darajalarini oshirish imkoniyatiga
ega.

Masofaviy ta’lim yo‘nalishi oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abiturientlar uchun, sirtqi

ta’lim talabalari uchun,o‘z mutaxassisligi yoki malakasini oshirmoqchi bo‘lganlar,
o‘qish vaqti chegaralangan yoki salomatligi tufayli o‘qishga kira olmaganlar uc-
hun va umuman, biror bir sohani mustaqil ravishda o‘rganuvchilar uchun eng qulay
o‘qish shakli hisoblangan.

Masofaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi – o‘qish jarayonini faollashtirish va

yangi pedtexnologiyalarni keng qo‘llashdir. Bu ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quv-
chi munosabatlari, asosan, internet tarmog‘i orqali tashkil etiladi, bundan tashqari,
o‘rganuvchilar SD disklaridan ham foydalanishlari mumkin. O‘rganuvchi har qanday
ma’ruza yoki materiallarni ixtiyoriy sahifasini chop etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Elektron darslik bilan ishlash o‘zining qator afzalliklariga ega, ya’ni juda katta

hajmdagi axborotlarni u o‘zida jamlaydi, kerakli adabiyot va ma’lumotlar tezda topi-
ladi va intellektual o‘zlashtirish faoliyatining erkinligi ortadi.

Masofadan turib chet tillarini masofaviy ta’lim tizimida o‘rgatish uchun avval das-

tur tuziladi. Dastur bo‘yicha dastlab chet tili boshlang‘ich kursi, fonetikasi to‘g‘risi-
da ma’lumot beriladi. Bu bo‘limda o‘rgatilayotgan til alfaviti, unli va undosh harflar,
harf birikmalarining o‘qilishi, monoftong, diftong hamda tiriftong tovushlar haqida
ma’lumot beriladi. Boshlang‘ich bo‘limda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun
alohida dasturlashtirilgan fonetik mashqlar majmuasidan foydalaniladi.

Ikkinchi qism darslikning asosiy qismi hisoblanadi. Bu bosqichda grammatikaga

doir barcha mavzular, ya’ni so‘z turkumlari, zamonlar, fe’llar, yordamchi so‘z turkum-
lari va boshqalar kompyuterga kirgiziladi va dasturlashtiriladi. So‘ng har bir mavzu
alohida matn sifatida beriladi. Birinchi bo‘lib ot so‘z turkumi, uning turlari, ko‘plik,
birlik formalari va boshqa xususiyatlari beriladi. Chunki chet tili, masalan, fransuz
tilida artikllar juda keng qo‘llanilib, har bir otning oldida ishlatiluvchi yordamchi so‘z
turkumidir. Dasturlash artikllar turlarining funksiyalariga qarab bo‘linadi. Otlar atoqli
va turdosh otlarga bo‘linadi, birlik va ko‘plik formalari ham berilib, dasturlashtiriladi.
Mavzularni yoritishda qo‘llanilgan barcha so‘zlar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, lug‘at
minimum tuziladi. Har bir mavzuni mustahkamlash uchun shu mavzuga taalluqli
mashqlar bajariladi va mavzuni mustahkamlash uchun 20–30 tadan test savollari
tuzilib, ular ham dasturlashtiriladi. Shu tariqa boshqa grammatik mavzular: olmosh-
lar, fe’llar, ravishlar, sifatlar to‘la kompyuterga tushiriladi.

Masofadan turib chet tilini o‘rganishning mohiyati quyidagicha: talabgor, abitu-

riyent, sirtqi bo‘lim talabasi yoki til o‘rganmoqchi bo‘lgan shaxs kompyuterga o‘ti-
rib, maxsus saytlar ichidan dasturni topadi va uni o‘qib tushunishga harakat qiladi.
Matnni to‘g‘ri tushunib bo‘lgach, maxsus mashqlarda o‘zini sinab ko‘radi, so‘ngra
test savollarini yechishga kirishadi. Har bir testning bir necha variantlari beriladi. Ba-
jaruvchi noto‘g‘ri javobni bossa, kompyuter ekranida noto‘g‘ri degan xabar chiqa-
di va bu xabarda foydalanuvchi shu mavzuga qaytadan ahamiyat berishi haqida
ma’lumot beriladi. Agar javob to‘g‘ri degan xabar chiqsa, demak, u mavzuni yaxshi
o‘zlashtirgan, keyingi bosqichga o‘tishi mumkin. Agar biron-bir so‘zning ma’nosi-
ni, tarjimasini tushunmasa, darhol tugmacha yordamida alohida dasturlashtirilgan
lug‘at fayliga murojaat etib, kerakli so‘zlarni soniyalar ichida topa oladi.

Kompyuterda til o‘rganish shunchalik zavqliki, kishi soatlab kompyuter oldida

o‘tirganini sezmay qoladi. Charchoqni tarqatish uchun dastur oxirida alohida bo‘lim


background image

STARS International University

209

tashkil etish mumkin. Unda musiqiy kuylar, ashulalar, krassvordlar, topishmoqlar,
turli xil boshqotirmalar beriladi. Ularning barchasini yechimi kompyuterda dastur-
lashtiriladi, lekin uni topguncha kishi anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Elektron darslikning asosiy maqsadi oliy o‘quv yurtiga kiruvchi abituriyentlar,

mustaqil shug‘ullanuvchilarni test sinovlariga kompyuter orqali tayyorlash, masofa-
dan turib dars berish, mustaqil fikrlashga hamda WEB -texnologiyalaridan mukam-
mal foydalanishga o‘rgatishdir.

Onlayn elektron darslik kompyuter texnologiyalarining so‘nggi yutuqlaridan biri-

dir. U til o‘rganuvchining ijodiy, tanqidiy va mustaqil fikrlashiga imkon beradi hamda
mustaqil ravishda ishlash uchun asos yaratadi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Respublika Ta’lim Markazi BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Pandemiya sha-

roitida 2020–2021 o‘quv yili: O‘zbekistonda har bir bola uchun sifatli ta’limni ta’min-
lash bo‘yicha ko‘rsatmalar. Toshkent, 2020.

2. Raxmatova M.М. Ingliz tillini o‘rgatishda “aylanma” darslarning ahamiyati. Mej-

dunarodniy nauchniy jurnal, № 5, 2016.

3. http://www.cle.fr/centre_linguistique-fr-idm-105-n-Exercices-idh-17.html
4. www.granddictionnaire.com
5. www.francophonnie.hacherre-livre.com
6. www.pedagog.uz
7. www.Ziyonet.uz
8. www.edu.uz
9. https://www.dw.com/de/frenche-lernen/s-2055
10. https://www.goethe.de/de/spr/ueb.html

Библиографические ссылки

Respublika Ta’lim Markazi BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Pandemiya sharoitida 2020–2021 o‘quv yili: O‘zbekistonda har bir bola uchun sifatli ta’limni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar. Toshkent, 2020.

Raxmatova M.М. Ingliz tillini o‘rgatishda “aylanma” darslarning ahamiyati. Mejdunarodniy nauchniy jurnal, № 5, 2016.

http://www.cle.fr/centre_linguistique-fr-idm-105-n-Exercices-idh-17.html

www.granddictionnaire.com

www.francophonnie.hacherre-livre.com

www.pedagog.uz

www.Ziyonet.uz

www.edu.uz

https://www.dw.com/de/frenche-lernen/s-2055

https://www.goethe.de/de/spr/ueb.html

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов