ДОСТИЖЕНИЯ УЗБЕКСКОГО ФУТБОЛА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ: АНАЛИЗ И ИТОГИ

CC BY f
54-63
5
0
Поделиться
Назиров, Б. (2023). ДОСТИЖЕНИЯ УЗБЕКСКОГО ФУТБОЛА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ: АНАЛИЗ И ИТОГИ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 54–63. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22066
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

После cосредоточенный Узбекистаном независимости узбекскому футболу стало уделяться внимание на государственном уровне. В каждом регионе нашей республики сделанный последовательные меры по развитию футбольной инфраструктуры, повышению уровня команд, поддержке молодых талантов. За годы независимости нашей страны был принят ряд указов и постановлений в целях дальнейшего развития футбольного вида спорта и укрепления правовых основ отрасли. Согласно реализации этих указов и решений, в футболе нашей страны произошли многообещающие изменения. Особое внимание было уделено подготовке футболистов, совершенствованию систем подготовки и обеспечению их эффективности. Благодаря этому вместе с нашими клубами наши национальные сборные принимают участие в континентальных и международных соревнованиях. В данной статье в годы независимости рассмотрено создание нормативно-правовой базы популяризации футбола, имеющего большое количество поклонников среди популярных видов спорта в нашей стране, а также достижения и результаты узбекского футбола в этот период. подробно анализируются.

Похожие статьи


background image

54

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Nazirov Baxtiyor

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

b.nazirov@dtpi.uz

УДК: 796(091)(575.151)

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK FUTBOLI YUTUQLARI:

TAHLIL VA NATIJALAR

Kalit so‘zlar:

milliy terma
jamoa, Osiyo
kubogi, Osiyo
chempionlar
ligasi, kar’era,
“Fair play”,
futzal, “Globe
Soccer Awards”.

Annotatsiya.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, o‘zbek futboliga

davlat miqyosida e’tibor qaratildi. Respublikamizning har bir mintaqasida futbol
infratuzilmasini rivojlantirish, jamoalar saviyasini o‘stirish, yosh iqtidorlarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz
mustaqillik yillarda sportning futbol turini yanada rivojlantirish, sohaning huquqiy
asoslarini mustahkamlash maqsadida bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ushbu farmon va qarorlarning ijrosi o‘laroq yurtimiz futbolida istiqbolli
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Futbolchilarni tayyorlash, tayyorgarlik tizimlarini
takomillashtirish va ularning natijaviyligini taminlashga doir ishlarga alohida
e’tibor qaratildi. Buning samarasida klublarimiz bilan birga, terma jamoalarimiz
ham qit’a va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Mazkur maqolada

yurtimizda

mustaqillik yillarida ommaviy sport turlari orasida

ko‘p sonli muhlislarga ega bo‘lgan futbol sport turini yuksaltirishning me’yoriy-
huquqiy asoslarini yaratilishi, shuningdek, mazkur davrda o‘zbek futboli erishgan
yutuqlari va natijalari atroflicha tahlil qilingan.

ДОСТИЖЕНИЯ УЗБЕКСКОГО ФУТБОЛА В ГОДЫ

НЕЗАВИСИМОСТИ: АНАЛИЗ И ИТОГИ

Назиров Бахтиёр

Доктор философии (PhD) исторических наук

Денауского института предпринимательства и педагогики

b.nazirov@dtpi.uz

Ключевые
слова:

сборная
команда,
Кубок Азии,
Лига
чемпионов
Азии,
карьера, “Fair
play”, мини-
футбол,
“Globe Soccer
Awards”.

Аннотация.

После

cосредоточенный

Узбекистаном

независимости

узбекскому футболу стало уделяться внимание на государственном уровне. В
каждом регионе нашей республики сделанный последовательные меры по
развитию футбольной инфраструктуры, повышению уровня команд,
поддержке молодых талантов. За годы независимости нашей страны был
принят ряд указов и постановлений в целях дальнейшего развития
футбольного вида спорта и укрепления правовых основ отрасли. Согласно
реализации этих указов и решений, в футболе нашей страны произошли
многообещающие изменения. Особое внимание было уделено подготовке
футболистов, совершенствованию систем подготовки и обеспечению их
эффективности. Благодаря этому вместе с нашими клубами наши
национальные сборные принимают участие в континентальных и
международных соревнованиях. В данной статье в годы независимости
рассмотрено создание нормативно-правовой базы популяризации футбола,
имеющего большое количество поклонников среди популярных видов спорта


background image

55

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

в нашей стране, а также достижения и результаты узбекского футбола в этот
период. подробно анализируются.

ACHIEVEMENTS OF UZBEK FOOTBALL IN THE YEARS OF

INDEPENDENCE: ANALYSIS AND RESULTS

Nazirov Bakhtiyor

Doctor of philosophy (PhD) in Historical sciences

Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

b.nazirov@dtpi.uz

Keywords:

national
team, Asian
Cup, Asian
Champions
League,
career, "Fair
play",
futsal,
"Globe
Soccer
Awards".

Annotation.

After independence focused on Uzbekistan, attention began to be paid to

Uzbek football at the state level. In each region of our republic, consistent measures
were taken to develop football infrastructure, raise the level of teams, and support
young talents. In the years of our country's independence, a number of decrees and
decisions were adopted in order to further develop the football type of sport and
strengthen the legal foundations of the field. According to the implementation of these
decrees and decisions, promising changes were made in the football of our country.
Special attention was paid to the training of football players, improvement of training
systems and ensuring their effectiveness. As a result of this, together with our clubs,
our national teams have been taking part in continental and international competitions.
In this article, in the years of independence, the creation of regulatory and legal bases
for the promotion of football, which has a large number of fans among popular sports
in our country, as well as the achievements and results of Uzbek football in this period
are analyzed in detail.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi.

Zamonaviy sport turlari orasida futbolning ayricha

o‘rni bor. O‘zining jozibasi, ommabopligi, murosasiz kurashlarga boyligi bilan u
so‘nggi yillarda millionlab yoshu qarining sevimli sport turiga aylandi. Hech bir inson
yo‘qki, futbolga befarq bo‘lsa yoxud hayotida bir marotaba bo‘lsa-da, to‘p tepmagan
bo‘lsa. Mustaqillik yillari mamlakatimizda ko‘plab sohalar qatori sportning ushbu
turiga ham davlat miqyosida ahamiyat qaratila boshlandi. Prezident tashabbusi va
rahbarligi ostida futbol infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga
keng jalb etish, ayniqsa bolalar futbolini ommalashtirish orqali mamlakat futbolini
jahon standartlari darajasiga olib chiqish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Respublikamizning har bir mintaqasi, chekka-chekka hududlarida
o‘nlab inshootlar, futbol maktablari va akademiyalar barpo etilib, o‘sib kelayotgan
yoshlarimiz uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Bugun ushbu maskanlarda o‘g’il-
qizlarimizning zamonaviy futbol sir-asrorlarini puxta o‘rganib kelayotgani, quvonarli
hol albatta.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz mustaqillik yillarda sportning futbol turini

yanada rivojlantirish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida bir qator
farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 1996-yil 17-yanvarda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning
tashkiliy asoslari va prinsiplari tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”
hamda “O‘zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish chora tadbirlari
to‘g’risida”gi Qarorlari, 2006-yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


background image

56

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

“O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi
Qarori, 2019-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda
futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g’risida»gi PF-5887-sonli Farmonlarini qabul qilinishi yurtimiz futboli va soha
mutaxassislari uchun ulkan imkoniyatlarni yaratib berdi [5]. Ushbu farmon va
qarorlarning ijrosi o‘laroq yurtimiz futbolida istiqbolli o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Futbolchilarni tayyorlash, tayyorgarlik tizimlarini takomillashtirish va
ularning natijaviyligini taminlashga doir ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu
boisdan mamalakatimizda mustaqillik yillarida futbolni rivojlantirish bo‘yicha
to‘plangan ko‘p yillik tajribani tarix fanining yangi nazariy metodologiyasi nuqtai-
nazaridan tadqiq qilish dolzarb masalalardan biridir.

Tadqiqot usullari.

Ushbu maqola tarixiylik, ilmiylik, qiyosiy-tahlil va hududiy

yondoshuvlar singari tarixiy metodlar asosida yoritilgan bo‘lib, unda mamlakatda
futbol sport turini yuksaltirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratilishi,
shuningdek, mazkur davrda o‘zbek futboli erishgan yutuqlari va natijalari atroflicha
tahlil qilingan.

Maqolaning ilmiy yangiligi

. Maqolda o‘zbek futbolini mustaqillik yillarida

rivojlantirish maqsadida sohaning huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash
bo‘yicha bajarilgan ishlar qabul qilingan farmon va qarorlar bilan dalillangan.

Mustaqillik yillarida o‘zbek futbolini yuksalishiga katta hissa qo‘shgan shaxslar

faoliyati Mahmud Rahimov, Rauf Inileyev, Server Jeparov, Eldor Shomurodov,
Mirabror Usmonov hamda Ravshan Ermatovlar misolida yoritilgan.

Osiyo qit’asi miqyosida futbol bo‘yicha eng nufuzli musobaqasi hisoblangan

Osiyo chempionlar ligasida o‘zbek futboli sharafini mamlakatning “Paxtakor”,
“Bunyodkor” va “Nasaf” klublari himoya qilib kelayotgani aniqlangan.

Imkoniyati cheklangan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston amputantlar

terma jamoasi erishayotgan yutuqlar mazkur jamoaning 5 marotaba (1990, 1991, 2007,
2010, 2012-yillarda) jahon birinchiligida tengsiz deb topilganligi bilan dalillangan.

Adabiyotlar tahlili.

O‘zbek futboli tarixini ilmiy tadqiq etish darajasini aniqlashda mavzuga oid

adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlarini ikki guruhga ajratib tahlil etish maqsadga
muvofiq.

Birinchi guruhga sovet davrida mavzuga doir e’lon qilingan ishlar, ikkinchi

guruhga mustaqillik yillarida mavzuga oid ishlarni kiritish mumkin. Birinchi guruh
adabiyotlar sovet hukumati davrida yaratilgan adabiyotlar bo‘lib, ularda kommunistik
mafkuraning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Mazkur guruhga N.A.Borshin, M.F.Is’hoqov,
N.V.Zisman, Yu.S.Sholomiskiy, R.Ismoilovlar tomonidan yaratilgan adabiyotlarni
kiritish mumkin. Ushbu adabiyotlarda O‘zbekistonda ommaviy sport turlarining ayrim
jihatlari tadqiq qilingan bo‘lib, unda futbol sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlarga keng
o‘rin berilgan holda muammo va kamchilik haqida hech qanday fikr bildirilmagan.
Qolaversa, o‘rganilayotgan mavzuning umumiy jihatlariga madaniy hayotning bir
qismi sifatida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.


background image

57

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Ikkinchi guruh adabiyotlar mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqot bo‘lib, ushbu

adabiyotlarda jismoniy madaniyat va sport rivoji umumiy jihatdan yoritilgan yoritilgan
bo’lib, bu tadqiqotlar ko‘proq ilmiy-ommabop xarakter kasb etadi. Ushbu guruhga
A.Abdiev,

A.K.Akromov,

F.Xo‘jaev, Habibulla G‘ofur, , Sh.U.Abidov,

M.S.Axmatova, H.Botirov, A.I.Talipdjanovlar tomonidan bajarilgan ishlarni misol
qilishimiz mumkin.

Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport tarixiga bag‘ishlab dissertatsiyalar

ham himoya qilindi. Ana shunday tadqiqotlar sarasiga B.Mambetov, Z.Abdullaeva va
B.S.Nazirovlarning ilmiy ishlarini misol qilib keltirish mumkin.

Xullas, mustaqillik yillarida nashr qilingan adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlar

umumiy xarakterga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan mavzuning ayrim jihatlarini o‘zida aks
ettirgan.

Natijalar va ularning muhokamasi.

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha dastlabki

chempionatiga 1992-yildan start berildi. Bu bilan mamlakat futboli tarixida yangi
sahifa ochildi. O‘sha yili mamlakat chempionatida oliy ligada 17 ta, birinchi ligada 18
ta, ikkinchi ligada esa 42 ta jamoa, jami 77 jamoa dastlabki chempionat bahslarida
ishtirok etdi. Oliy liga bahslarida O‘zbekiston chempionligi unvoni uchun kechgan
kurashlar asosan poytaxt jamoasi “Paxtakor”, shuningdek, Farg’onaning “Neftchi”,
Buxoroning “Nurafshon” hamda Jizzaxning “So‘g’diyona” jamoalari o‘rtasida kechdi.
Umuman olganda, hozirga qadar 30 marotaba o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy
chempionatlarida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Navbahor”, MHSK
(Markaziy harbiy sport klubi), “Do‘stlik”, “Lokomotiv” klublari chempionlikka
sazovor bo‘lganlar [2, 64 b.].

O‘zbekistonda 1994-yil 21-mayda futbol federasiyasi (hozirgi O‘zbekiston

futbol assotsiatsiyasi – O‘FA) tashkil topdi. Ko‘p o‘tmay, shu yili iyunda Xalqaro
futbol federasiyalari uyushmasiga, dekabr oyida esa Osiyo futbol konfederatsiyasiga
a’zolikka qabul qilindi. O‘zbekiston futbolchilari Yaponiyada o‘tkazilgan XII Osiyo
o‘yinlarida musobaqa qatnashchilariga rasman tanishtirildi.

Mana bir necha yildirki, milliy klublarimiz Osiyo chempionlar ligasi

musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelishmoqda. Muxtasar aytganda,
o‘zbek futboli tarixan qisqa vaqtda zalvorli yo‘lni bosib o‘tdi. Eng muhimi, ushbu sport
turi yurtimizda eng ommabop, xalqchil o‘yinlardan biriga aylandi. O‘tgan vaqt
mobaynida mamlakatda boshqa sohalar kabi sport sohasida, xususan uning futbol
turida ham katta muvaffaqiyatlar qayd etildi.

O‘zbekiston futbol bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlagach

dastlabki muvaffaqiyatlar ham uncha kuttirmadi. Yaponiyaning Xirosima, Onomiti va
Miyosi shaharlarida bo‘lib o‘tgan 1994-yildagi yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan
O‘zbekiston futbol terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘zbek futbol jamoasi
“V” guruhida Malayziya, Gonkong, Tailand va Saudiya Arabistonini mag’lubiyatga
uchratib, chorak finalga chiqishdi. Mazkur bosqichda Turkmaniston terma jamoasi
ham yirik hisobda mag’lub qilindi. Yarim final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi
Janubiy Koreya jamoasini yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Musobaqaning
final bahsida esa Xitoy terma jamoasi mag’lub etilib, g’oliblik qo‘lga kiritildi. Mazkur


background image

58

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

musobaqa O‘zbek futboli uchun xalqaro miqyosdagi dastlabki yirik musobaqa edi [6,
7 b.]. G’liblikni qo‘lga kiritgan terma jamoa safida Mirjalol Qosimov, Azamat
Abduraimov, Ilhom Sharipov, Sergey Lebedov, Igor Shkvirin, Andrey Fyodorov,
Shuhrat Maqsudov, Abduqahhor Ma’rufaliev, Aleksandr Tixonov, Farhod
Magomedov va boshqa bir qator iqtidorli futbolchilar bor edi [8, 10 b].

Mustaqillik yillarida o‘zbek futbolini yuksalishiga katta hissa qo‘shgan

shaxslardan biri Mahmud Rahimov bo‘ldi. U futbolchilik faoliyatida katta
muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsada, murabbiy hamda tashkilotchisi o‘zbek
futbolida munosib o‘rin egalladi. Uning murabbiylik faoliyatidagi yutuqlarining
boshlanishi 1995-yilga to‘g’ri keladi. Shu yili mutaxassis Toshkent viloyatining
"Do‘stlik" klubiga bosh murabbiy sifatida taklif qilindi va qisqa vaqt ichida jamoani
kuchlilar qatoriga olib chiqdi. Erishilgan muvaffaqiyatlar e’tibordan chetda qolmadi.
1998-yilda Mahmud Rahimov O‘zbekiston milliy terma jamoasida jamoa boshlig’i etib
tayinlandi. Oradan bir yil o‘tib, milliy terma jamoaga murabbiylik qila boshladi. Uning
murabbiyligi ostidagi dastlabki musobaqa – Osiyo chempionati saralash bahslarida
o‘zbekistonliklar ajoyib natijalar ko‘rsatishib, yetti uchrashuvdan oltitasini g’alaba
bilan yakunladi. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi marotaba o‘z tarixida FIFA
reytingida 55-o‘rinni egalladi [4, 12 b.]. Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan
1999-yili Mahmud Rahimov “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb e’tirof etildi.
Afsuski, avtohalokat oqibatida vafot etdi.

Shuningdek o‘z faoliyatini futbolchilikdan boshlab, futbol murabbiyi sifatida

davom ettirgan Rauf Inileyevning o‘zbek futbolida o‘z o‘rni bor. Uning futbolchilik
faoliyatini dastlab Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlab, so‘ngra “Start”,
Jizzaxning “Mehnat”, “Zvezda” klublarida to‘p surdi. O‘z murabbiylik faoliyatini
“Zvezda” klubida boshlagan R.Inileyev 2006-yili mamlakat yoshlar terma jamoasini
boshqardi. 2007-yildan boshlab milliy terma jamoaga murabbiy etib tayinlandi. Shu
yili terma jamoa R.Inileyev murabbiyligida Qatardagi Osiyo o‘yinlarida qatnashdi
[20].

O‘zbekiston terma jamoasi 2007-yili Osiyo Kubogida qatnashib, chorak

finalgacha yetib bordi. Ammo terma jamoa mazkur musobaqada chiroyli va mazmunli
o‘yinlar namoyish etdi. R.Inileyev shu yili OFK tomonidan “Yilning eng yaxshi
murabbiyi” deb e’tirof etildi [19].

O‘zbek futbolining yanada rivoj topishida munosib o‘rin tutgan Server Jeparov

1982-yil 3-oktabr sanasida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug’ildi. Uning
dastlabki futbolchilik faoliyati “Navbahor” jamoasida boshlandi. 2008-yili poytaxtning
“Bunyodkor” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Server mazkur jamoa tarkibida Osiyo
chempionlar ligasining yarim finaliga yetib bordi. S.Jeparov 2008 va 2010-yillari
O‘zbekistonda, 2008 va 2011-yillarda Osiyoda ikki karra “Yilning eng yaxshi
futbolchisi” deb e’tirof etildi [19].

Toshkentning “Bunyodkor” klubi sharafini himoya qilgan Dostonbek

Hamdamov 2015-yili “Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb tan olindi.
D.Hamdamov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Yangi Zelandiyada o‘tgan


background image

59

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Jahon chempionati bahslarida katta mahorat egasi ekanligini namoyish qila oldi [8, 12
b.]

Shu o‘rinda bugungi kunda o‘zbek futbol maktabidan yetishib chiqqan,

jahonning nufuzli futbol jamoalarida to‘p surayotgan, yurtimizdagi futbol
muxlislarining faxri-g’ururiga aylangan Eldor Shomurodov faoliyatini alohida e’tirof
etmoq joizdir. Surxon vohasidan yetishib chiqqan mashhur talantli yoshlardan biri
Eldor 1995-yil 29-iyun kuni Jarqo‘rg’on shahrida tavallud topdi. U 6 yoshdan boshlab
futbolga qiziqa boshladi. 11 yoshida Eldor Muborak shahrining “Mash’al” futbol klubi
akademiyasida tahsil ola boshladi. 2014-yildan boshlab 19 yoshida klubning asosiy
tarkibga jalb etildi va shu yili mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va "Mash’al"
O‘zbekiston chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi. Shu vaqtdan boshlab Eldor
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb etila boshlandi[12]. 2015-yil boshida Eldor
Toshkentning “Bunyodkor” klubi futbolchilari safiga kelib qo‘shildi va u yerda 2017
yilning iyunigacha o‘ynadi. Mazkur klub tarkibida 96 ta o‘yinda maydonga tushib, 20
ta gol o‘rgan (O‘zbekiston Oliy ligasi, O‘zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar
ligasida). “Bunyodkor” bilan birgalikda O‘zbekiston kubogi finalchisiga aylandi va
O‘zbekiston chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritdi [12].

2017-yilning iyul oyida Eldor Rossiyaning "Rostov" klubiga o‘tdi va klub bilan

2,5 yillik shartnoma imzoladi. 2019-yilning may oyi oxirida “Rostov” Shomurodov
bilan shartnomani uch yilga, 7 iyunda esa besh yilga uzaytirdi. 2019-yil avgust oyida
u Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. E.Shomurodov 2019-
2020 yilgi mavsumda muvaffaqiyatli to‘p surib, Rossiya chempionatining 28
uchrashuvida 11 ta gol o‘rdi [13].

E.Shomurodov 2020-yil 1-oktabrda Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tdi. Transfer

summasi 7,5 million yevroni tashkil etdi. Futbolchi “Jenoa” klubi bilan 2024-yilning
yoziga qadar shartnoma imzoladi[14]. Shu yili 19-oktabr kuni u "Verona"ga (0:0)
qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, A Seriyada debyut qildi [15]. 30-
noyabr kuni A Seriyaning ikkinchi yarmida “Parma”ga qarshi uy uchrashuvida u
“Jenoa” safida ilk golini urdi [16].

2021-yil 2-avgustda Eldor "Roma"ga o‘tdi, shartnoma summasi 17,5 million

evroni tashkil qildi. 2021-yil 19-avgust kuni Eldor yangi klubi safida Konferensiya
ligasi saralash bosqichi pley-offida “Trabzonspor”ga qarshi o‘yinda debyut qildi va u
yerda o‘zining ilk golini urdi va uchrashuv rimliklarning g’alabasi bilan yakunlandi
[17].

O‘zbek futbolidagi ko‘plab muvaffaqiyatlar Mirabror Usmonov O‘FF fa rahbar

bo‘lib turgan yillarda qo‘lga kiritildi. Mazkur muvaffaqiyatlardan biri FIFAning “Fair
play” sovrini qo‘lga kiritilganligidir. Bu sovrin dunyo bo‘yicha sanoqli davlatlar
futboliga nasib qilgan. M.Usmonov halol futbolni targ’ib qiladigan va unga amal
qiladigan federatsiyaga topshiriladigan mazkur sovrinni 2013-yil 7-yanvar sanasida
Shveysariyaning Syurix shahrida qabul qilib oldi [19].

Mirabror Usmonov o‘zbek futboliga rahbarlik qilgan davrda (2005-2017 yy)

mamlakat futbol jamoalarining infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratdi. Eskirib qolgan
o‘yingohlar qaytadan ta’mirlandi, yangi stadionlar qurildi. Toshkentning “Bunyodkor”


background image

60

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

jamoasiga zamonaviy standartlar asosida stadion barpo etildi [7, 105-b.]. Shuningdek,
viloyatlarda ham stadionlar qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Qarshi,
Samarqand va Namangan shahridagi “Markaziy” stadionlarlar shular jumlasidan.

Mamlakat futbolining yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan “Paxtakor” jamoasi

ichki chempionat bahslarida ham, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham
muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi. 2007-yili o‘tkazilgan Hamdo‘stlik chempionlar
kubogida O‘zbek futboli sharafini himoya qilgan “Paxtakor” klubi guruh bahslarida
muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishdi. Chorak finalda
“paxtakorchilar” Serbiyaning “OFK Belgrad” klubini, yarim finalda bahsida esa
Moldaviyaning “Sherif” jamoasi mag’lub etildi. “Paxtakor” vakillari musobaqaning
final uchrashuvida latviyaliklar bilan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida
durang qayd etib, penaltilar seriyasida raqibidan ustun kelishdi va kubokni qo‘lga
kiritishdi [18].

Osiyo qit’asi miqyosida futbol bo‘yicha eng nufuzli musobaqa bu shubhasiz –

Osiyo chempionlar ligasi. Mazkur musobaqada o‘zbek futboli sharafini mamlakatning
ko‘plab jamoalari himoya qilishgan. Biroq hozircha birorta o‘zbek klubi chempion
bo‘la olmagan. “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublaru ikki martadan yarim final
bahslariga qadar yetib bordi. “Paxtakor” vakillari 2002-2003 yili OChL ning guruh
bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-offda Tailandning “Tero Sasana” klubi
bilan kechgan bahsda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazib qo‘ydi [19].

OChL ning 2004-yilgi bahslarida “Paxtakor jamoasi” “Zob Ahan” (Eron),

“Qatar SK” (Qatar) hamda “Riffa” (Bahray) jamolarini yengib, guruhdan birinchi o‘rin
bilan chiqishdi. Chorak finalda “Al Vahda” (BAA) jamoasi mag’lub etildi. Yarim final
bahsida “Sonnam Ilxva Chxunma” (Janubiy Koreya) jamoasi qarshiligini yengib o‘ta
olmadi [6].

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ham 2005-yili OChLdagi debyut

ishtirokning o‘zidayoq yarim finalgacha yetib bordi. 2008-yili ham mazkur jamoa “Al
Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Sepaxon” (Eron) va “Al Ittihod” (Suriya) klublari
qarshiligini yengib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Chorak finalda “Saypa”
(Eron) jamoasi mag’lub etildi. Yarim final bahsida “Adelaida Yunayted” (Avstraliya)
klubi bilan to‘qnash kelib, musobaqadagi ishtirokini to‘xtatishdi [19].

“Bunyodkor” jamoasi 2012-yili OChL bahslarida “Adelaida Yunayted”

(Avstraliya), “Poxang Stilers” (Janubiy Koreya) va “Gamba Osaka” (Yaponiya)
jamoalari bilan bir guruhdan joy olishdi. Pley-off yo‘llanmasini muvaffaqiyatli qo‘lga
kiritgan toshkentliklar yarim final bahsida “Sonnam Ilxva Chxonma” (Janubiy Koreya)
jamoasini taslim etdi. Chorak finalda “Adelaida Yunayted” jamoasi bilan to‘qnash
kelgan “bunyodkorchilar” 2008 yilgi yarim final alamini olishdi. Finalda “Ulsan
Xyonde” (Janubiy Koreya) jamoasiga qarshiligini yenga olmadi [19].

Qit’ada nufuzi jihatdan OChL musobaqasidan keyingi o‘rinda turuvchi OFK

kubogi bahslarida o‘zbek futboli jamoalari bir marotaba bosh sovrinni qo‘lga qiritishdi.
2011 yili mazkur musobaqaning guruh bahslarida “Dempo” (Hindiston), “Al Ansar”
(Livan) va “Al Tilyal” (Yaman) jamoalari bilan bahslashgan Qarshining “Nasaf” klubi
guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqishdi. Pley-offda “Al- Faysali” (Iordaniya) klubi


background image

61

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

mag’lub etildi. Chorak finalda “Chonburi” (Tailand) jamoasi, yarim final bahsida “Al
Vixdat” (Iordaniya) jamoasi taslim etildi. Finalni Qarshida o‘tkazgan “nasafchilar” “El
Quvayt” (Quvayt) klubini yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi [18].

2012-yilda Eronda o‘tkazilgan o‘n olti yoshliklar o‘rtasidagi Osiyo

birinchiligida Dilshod Nuraliev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi guruh
bosqichida Hindiston, Suriya va Xitoy jamoalari bilan bahslashib, ikkinchi o‘rin bilan
chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Mazkur bosqichda Janubiy Koreya, yarim
finalda Eron jamoasi qarshiligi yengib o‘tildi. Musobaqaning final bahsida Yaponiya
jamoasi jamoasi taslim etildi. Bosh sovrin o‘zbekistonlik futbolchilarga nasib etdi [18].

Xitoyda 2018-yili 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida

O‘zbekiston terma jamoasi Ravshan Haydarov murabbiyligi ostida muvaffaqiyatli
ishtirok etishdi. Guruh bosqichini ikkinchi o‘rin bilan yakunlashgan o‘zbekistonliklar
chorak finalda Yaponiyani, yarim finalda Janubiy Koreya jamoasini, finalda Vetnam
jamoasini mag’lub etib, bosh sovrin sohibiga aylandi [19].

Meksikada kechgan 2011-yilgi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon

chempionati bahslarida va Turkiyada o‘tkazilgan 2013-yilgi 20 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari
guruh bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
[18].

O‘zbek futboli yutuqlari haqida so‘z borganda Ravshan Ermatov nomini alohida

e’tirof etmaslikni iloji yuq. R.Ermatov jahon chempionati bahslarida jami 11 marotaba
uchrashuvni boshqarib, mutloq rekordchiga aylandi. R.Ermatov 2010- yilda Janubiy
Afrikada kechgan jahon birinchiligida 5 ta bellashuvda, 2014-yili Braziliyada bo‘lib
o‘tgan jahon chempionatida 4 ta bellashuvda, 2018-yili Rossiyada o‘tkazilgan dunyo
birinchiligida esa 2 ta bellashuvda hakamlik qildi [21].

R.Ermatov jahon chempionatlaridan tashqari boshqa nufuzli musobaqalarda

ham asosiy o‘yinlarni boshqardi. Jumladan, unga 2008-yili klublar o‘rtasidagi jahon
birinchiligida chorak va final uchrashuvini boshqarish ishonib topshirilgan. 2011-yili
mazkur musobaqaning 3-o‘rini uchun kechgan bahsda va finalda hakamlik qildi. 2017-
yili yana shu musobaqaning ikkinchi bosqichidagi o‘yinlarda hakamlik qildi. 2013-yili
Konfederatsiyalar kubogida bir o‘yin unga ishonib topshirildi. FIFA referisi
hisoblangan Ravshan Ermatov xizmatlari munosib e’tirof etildi. Dunyo miqyosidagi
“Globe Soccer Awards” sovrini 2015 yili O‘zbekistonlik futbol hakamiga topshirildi
[21].

Imkoniyati cheklangan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston amputantlar

terma jamoasi jahon futbolida o‘z nufuziga ega. Mazkur jamoa 5 marotaba (1990,
1991, 2007, 2010, 2012-yillarda) jahon birinchiligida tengsiz deb topilgan[22].

O‘tgan davr mobaynida futzalda ham O‘zbekiston terma jamoasi katta

muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishdi. 1999-yildan e’tiboran o‘tkazilib kelinayotgan
Osiyo qit’asi birinchiligi O‘zbekistonga 3 marotaba ishonib topshirildi. Mazkur
bahslarda o‘zbekistonlik futzalchilar finalga qadar yetib kelishdi. Futza bo‘yicha
o‘tkazilgan qit’a birinchiliklarida O‘zbekiston terma jamoasi 3 marta 3-o‘rinni
egallashgan. [23].


background image

62

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Hozirgi kunga qadar futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jami 312

marotaba rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazgan bo‘lib, undan 150 tasida
g’alaba qozongan, 58 tasida durang o‘ynagan holda, 104 tasida mag’lubiyatga
uchragan [20].

Xulosalar

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng,

o‘zbek futboliga davlat miqyosida e’tibor qaratildi. Shuni alohida aytib o‘tish joizki,
istiqlol tufayli futbolimizga yangicha ruh, shukuh kirib keldi. Islohotlarning muhim va
tadrijiy bosqichi boshlandi. Respublikamizning har bir mintaqasida futbol
infratuzilmasini rivojlantirish, jamoalar saviyasini o‘stirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning samarasida
mamlakat futbol jamoalari bilan birga, terma jamoa a’zolari ham qit’a va xalqaro
miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda. Bu haqda gap ketganda,
o‘smirlar va yoshlar terma jamoamizning Osiyo va Jahon chempionatlaridagi
muvaffaqiyatli ishtirokini alohida e’tirof etish joiz. Faqatgina, kelajakda mamlakat
futboli oldida turgan eng muhim vazifalardan biri, milliy terma jamoaning jahon
birinchiligi bahslarining yakuniy bosqichida ishtirok etishiga erishishdir. Bugungi
kunga qadar futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sakkiz marotaba jahon
birinchiligining saralash bahslarida ishtirok etib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Mazkur muvaffaqiyatsizliklarga sabab bo‘lgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf
etish o‘zbek futboli mutasaddilari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdiev A. Yangi asrning ilk yilida o‘zbek sporti. // Sog‘lom avlod uchun. – 2001.
№12. 45 b.

2.

Abdullaeva Z.A. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning shakllanish va
rivojlanish tarixi (1991-2006). Tarix fanlari doktori dissertatsiyasi. –Toshkent,
2009. – 175 b.

3.

Kurbanov Z.A. Organizasiya uchebno-trenirovochnix protsessov futbolistov v
usloviyax Uzbekistana. – Т., 2000.

4.

Talipdjanov A.I. Yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi. –
T., 2012.

5.

Nazirov, B. S. (2021). Establishment of a new legal system in the field of physical
culture and sports in Uzbekistan in 2017–2020. Asian Journal of Multidimensional
Research, 10(10), 1081-1084.

6.

Nazirov, B. S. (2021). MUSTAQILLIK YILLARIDA JISMONIY TARBIYA VA
SPORT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLARNING TARIXIY
TAHLILI. VZGLYAD V PROSHLOE, (SI-3).

7.

Nazirov, B. (2022). O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Scienceweb
academic papers collection.

8.

Nurimov Z.R., Kurbanov Sh.O. Futbol: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. – 161 b.


background image

63

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

9.

Habibulla G‘ofur. Denov futboli.-Toshkent: «Muharrir».- 2010. – 62 b.

10.

O‘zbekiston Milliy arxiv,I 2310-fond,1-ro‘yxat,656-ish,74-varaq.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi «O‘zbekistonda
futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
to‘g’risida»gi PF-5887-sonli Farmoni.

www.lex.uz

12.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%BE%D0%BC%D1%83%D1%80%
D0%BE%D0%B4%D0%BE%D0%B2,_%D0%AD%D0%BB%D0%B4%D0%B
E%D1%80_%D0%90%D0%B7%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%82%D0%B
E%D0%B2%D0%B8%D1%87#cite_note-4

13.

https://web.archive.org/web/20201017124753/http://www.fc-
rostov.ru/press/news/13888

14.

https://www.championat.com/football/news-4152535-dzhenoa-objavil-o-
perehode-eldora-shomurodova.html

15.

https://www.eurosport.it/calcio/serie-a/2020-2021/serie-a-hellas-verona-genoa-0-
0-le-pagelle_sto7958090/story.shtml

16.

https://www.corriere.it/sport/20_novembre_30/genoa-parma-1-2-doppietta-
gervinho-l-uzbeko-shomurodov-non-basta-rossoblu-a323aec4-3355-11eb-af7b-
c18cb439eaf5.shtml

17.

https://www.asroma.com/en/news/2021/8/eldor-shomurodov-completes-roma-
move

18.

https://kun.uz/news/2017/11/16/uzbek-futboli-akida-10-fakt

19.

https://sports.uz/news/view/mustaqillik-yillarida-ozbek-futboli-yutuqlari-01-09-
2019

20.

http://ufa.uz/

21.

https://uzreport.news/football/ravshan-irmatov-ofitsialno-zavershil-kareru-referi-
fifa

22.

https://championat.asia/oz/news/ozbekiston-amputantlar-terma-jamoasi-
mashgulotlarga-kirishdi-osiyo-chempionati-yurtimizda-otkazilishi-mumkin-bosh-
murabbiy-bilan-intervyu

23.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Futzal_bo%CA%BByicha_O%CA%BBzbekiston_
milliy_terma_jamoasining_natijalari

Библиографические ссылки

Abdiev A. Yangi asrning ilk yilida o‘zbek sporti. // Sog‘lom avlod uchun. – 2001. №12. 45 b.

Abdullaeva Z.A. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning shakllanish va rivojlanish tarixi (1991-2006). Tarix fanlari doktori dissertatsiyasi. –Toshkent, 2009. – 175 b.

Kurbanov Z.A. Organizasiya uchebno-trenirovochnix protsessov futbolistov v usloviyax Uzbekistana. – Т., 2000.

Talipdjanov A.I. Yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi. – T., 2012.

Nazirov, B. S. (2021). Establishment of a new legal system in the field of physical culture and sports in Uzbekistan in 2017–2020. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1081-1084.

Nazirov, B. S. (2021). MUSTAQILLIK YILLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLARNING TARIXIY TAHLILI. VZGLYAD V PROSHLOE, (SI-3).

Nazirov, B. (2022). O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Scienceweb academic papers collection.

Nurimov Z.R., Kurbanov Sh.O. Futbol: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. – 161 b.

Habibulla G‘ofur. Denov futboli.-Toshkent: «Muharrir».- 2010. – 62 b.

O‘zbekiston Milliy arxiv,I 2310-fond,1-ro‘yxat,656-ish,74-varaq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PF-5887-sonli Farmoni. www.lex.uz

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%BE%D0%BC%D1%83%D1%80%D0%BE%D0%B4%D0%BE%D0%B2,_%D0%AD%D0%BB%D0%B4%D0%BE%D1%80_%D0%90%D0%B7%D0%B0%D0%BC%D0%B0%D1%82%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87#cite_note-4

https://web.archive.org/web/20201017124753/http://www.fc-rostov.ru/press/news/13888

https://www.championat.com/football/news-4152535-dzhenoa-objavil-o-perehode-eldora-shomurodova.html

https://www.eurosport.it/calcio/serie-a/2020-2021/serie-a-hellas-verona-genoa-0-0-le-pagelle_sto7958090/story.shtml

https://www.corriere.it/sport/20_novembre_30/genoa-parma-1-2-doppietta-gervinho-l-uzbeko-shomurodov-non-basta-rossoblu-a323aec4-3355-11eb-af7b-c18cb439eaf5.shtml

https://www.asroma.com/en/news/2021/8/eldor-shomurodov-completes-roma-move

https://kun.uz/news/2017/11/16/uzbek-futboli-akida-10-fakt

https://sports.uz/news/view/mustaqillik-yillarida-ozbek-futboli-yutuqlari-01-09-2019

http://ufa.uz/

https://uzreport.news/football/ravshan-irmatov-ofitsialno-zavershil-kareru-referi-fifa

https://championat.asia/oz/news/ozbekiston-amputantlar-terma-jamoasi-mashgulotlarga-kirishdi-osiyo-chempionati-yurtimizda-otkazilishi-mumkin-bosh-murabbiy-bilan-intervyu

https://uz.wikipedia.org/wiki/Futzal_bo%CA%BByicha_O%CA%BBzbekiston_milliy_terma_jamoasining_natijalari

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов