G‘аznаchilik fаoliyаtidа moliyаviy nаzorаt

CC BY f
116-120
15
16
Поделиться
Эшанкулов, А., & Эшмаматов , И. (2022). G‘аznаchilik fаoliyаtidа moliyаviy nаzorаt. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 116–120. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp116-120
Азамат Эшанкулов, Ташкентский государственный экономический университет

Ассистент кафедры «Бухгалтерия»

Ильос Эшмаматов , Ташкентский государственный экономический университет

Студент факультета "Финансы и бухгалтерский учет"

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Davlat moliyaviy nazorati, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati ob’yektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z boradi.

Похожие статьи


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

116

Аnnotаtsiyа:

Davlat moliyaviy nazorati, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat

moliyaviy nazorati ob’yektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga
yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z boradi.

Kаlit so

zlаri:

g‘aznachilik, g‘aznachilik tizimi, davlat budjeti, moliyaviy nazorat.

KIRISH

G‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda

davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy
munosabatlarning yig‘indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat budjetining
daromad va xarajatlari bo‘yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli O‘zbekiston
sharoitida davlat moliyasini boshqarishning markazidan o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy g‘aznachiligi tizimi Davlat budjetining g‘azna
ijrosi jarayonida budjet mablag‘larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash
hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Har qanday kompaniya,
tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratning shakllanishiga bir qator omillar
sabab bo‘lgan. Birinchidan, resurslarning cheklanganligi moliyaviy resurslarni
tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy mablag‘lar qanchalik oqilona
sarflansa, korxona ixtiyorida aylanma mablag‘lar ko‘payadi, bu esa ishlab chiqarish
hajmini oshirish va investitsiya hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.

Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g ‘ri belgilash muhim

hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo‘lish maqsadga muvofiq
hisoblanadi:

Budjet moliyaviy nazorati.
Moliyaviy- xo‘jalik (tijorat, tadbirkorlik nazorati).
Mustaqil audit.
Davlatimizning milliy-me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki

nazorat to‘g ‘risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning
maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
Albatta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda va davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarda
ichki nazorat tizimi har xil bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu
-moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga
erishishdir. Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati tomonidan

ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH,

TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti

ESHMAMATOV ILYOS ISMOIL O‘G‘LI

TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti
talabasi

G‘АZNАCHILIK
FАOLIYАTIDА
MOLIYАVIY NАZORАT

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 1 1 4 -1 1 8


background image

STARS International University

117

moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarining oldini
olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida
ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy
tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisidir. G‘aznachilik
ijrosi davomida budjet mablag‘larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan
limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy
majburiyatlarning majburan g‘aznachilik bo‘linmalarida shakllantirilishi asosida
amalga oshiriladi. Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar
va tavsiyalar mavjud. Xususan, SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway
commission) tavsiyalarida ichki nazorat shunday ta’riflangan - “Ichki nazorat bu
– tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi
tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan
jarayon”. Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi,
menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga
qaratilgan jarayon bo‘lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning
ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya
etish kabi kategoriyalarga yo‘naltiriladi. Mazkur hujjatda ichki nazoratning
komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari,
informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan. G‘aznachilik
bo‘linmalarida ichki nazorat tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g ‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori
bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funktsiyalar ham
asos hisoblanadi. G‘aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo‘linma faoliyati
samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga
oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini
ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato
va kamchiliklarning oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya
hisobi yuritilishiga va hisobotlarning sifatli tuzilishiga yo‘naltirilgan monitoring,
jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
mamlakatimiz G‘aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish
orqali davlat budjeti mablag‘laridan samarali va tejab foydalanish, g‘aznachilik
operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko‘rinishdagi risklarni oldindan aniqlash
va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatda budjet-soliq tizimini
tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi.
Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va
tamoyillar yig‘indisi orqali bir ob’yektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak
bo‘ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga
ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir. Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning
turli bo‘g ‘inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu
faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi. Moliyaviy
nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati sub’yektlari
hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti – bu budjet tizimi budjetlari, davlat
mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo‘yicha biron-bir
imtiyozlardir. Byudjet kodeksiga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy
Nazoratini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

118

(ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar
smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga
muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan
summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan
hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib
beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov
intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi. G‘aznachilik tizimi
nazorati - budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va
keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik
ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet
mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshirish
maqsadida budjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik shartnomalarini majburan
ro‘yhatdan o‘tkazishda va narxlar monitoringini, budjet me’yorlariga rioya qilinishini
dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy

nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish
yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat
moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyaviy
nazorat organiga budjet to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari
xususida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari
rahbarlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob
palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasaarrufidagi vakolatli
organlar davlat moliyaviy nazorat organlari hisoblanadi. Davlat budjetining va
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat
moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi
va mustaqilligi, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi
va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Davlat moliyaviy nazorati
taftish, tekshirish (shu jumladan, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi
taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan
nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi budjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va
tekshirish orqali uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qonun buzilish holati sodir bo‘lsa,
aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari

tomonidan 2021-yilning birinchi yarim yilligida budjet intizomiga rioya etilishi
va budjet mablag‘larining maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘tkazilgan 3 480 ta
nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzilishi, pul va
tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi. Qayd etilishicha,
hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar
bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan
naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4
mlrd so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida vazirliklar bo‘yicha qonun buzilishi
holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:


background image

STARS International University

119

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 455 ta nazorat tadbirlarining 336 tasida

65,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos
davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 3 martaga oshgan;

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan

117 ta nazorat tadbirlarining 96 tasida 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish
holatlari aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 981 mln so‘mlik qonun
buzilish holatlari aniqlangan);

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 454 ta nazorat tadbirlarining

368 tasida 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning
mos davriga (7 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 8,5 martaga oshgan;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 514 ta nazorat tadbirlarining 390

tasida 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning
mos davriga (14,1 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,9 martaga oshgan;

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 136 ta nazorat

tadbirlarining 129 tasida 24,1 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari
aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 903 mln so‘mlik qonun buzilish
holatlari aniqlangan);

Suv xo‘jaligi (6,8 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd so‘m), Oliy

va o‘rta maxsus ta’limi (5,2 mlrd so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd
so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd so‘m), Madaniyat (2,6
mlrd so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd
so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
(3,1 mlrd so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik
miqdorda moliyaviy qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish

boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi
xizmati” injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida
ham moliyaviy qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan

nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd
so‘m), Andijon (33,2 mlrd so‘m), Jizzax (28,3 mlrd so‘m), Toshkent (24,1 mlrd
so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m), Qashqadaryo (15,6
mlrd so‘m), Samarqand (15,5 mlrd so‘m), Buxoro (11 mlrd so‘m), Namangan (10,4
mlrd so‘m), Xorazm (8,7 mlrd so‘m), Navoiy (2,1 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda
Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd
so‘m) moliyaviy qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 2696 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik

qonun buzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga yuborildi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, G‘aznchilik faoliytida moliyaviy

nazorat muhim ahamiytga ega. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil
etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda
mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli ishlarni
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra,
Moliya vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga
muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

120

pirovard maqsad qilib belgilash. Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini
boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatga
erishishning zarur quroli deb baholanmoqda. Markazlashgan budjet mablag‘laridan
belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida
investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish
tartibini mukammallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga
ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini,
budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish,
budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini
ta’minlashni taqozo etadi.

FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR

1. J.E.Аtayev. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada

takomillashtirish

istiqbollari.

2. A.Ibragimov, B.Sugirbaev. Budjet nazorati va auditi, o‘quv qo‘llanma, T.2010.
3. A. Xudaykulov. “Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy

majmua.

4. infoCOM.UZ, Lex.uz.

Библиографические ссылки

J.E.Аtayev. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada takomillashtirish istiqbollari.

A.Ibragimov, B.Sugirbaev. Budjet nazorati va auditi, o‘quv qo‘llanma, T.2010.

A. Xudaykulov. “Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua.

infoCOM.UZ, Lex.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов