G‘aznachilik yagona g‘azna hisob raqamini yuritish

CC BY f
224-229
40
27
Поделиться
Эшанкулов , А., & Янгибоев, Ф. (2022). G‘aznachilik yagona g‘azna hisob raqamini yuritish. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 224–229. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp224-229
Азамат Эшанкулов , Ташкентский Государственный экономический университет

Ассистент кафедры «Бухгалтерия»

Фаррух Янгибоев, Ташкентский государственный экономический университет

Студентка факультета "Финансы и бухгалтерский учет"

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Respublika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘azna hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo ritilgan.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

224

Annotatsiya:

G‘aznachilikning yagona hisobraqami to‘g‘risida tushuncha, Res-

publika va hududiy g‘aznachilik hisob raqamlarining yuritilishi hamda yagona g‘az-
na hisob raqamida budjet daromadlari ijrosini hisobga olish to‘g‘risida mavzu yo-
ritilgan.

Kalit so‘zlar:

G‘azna ijrosi, g‘azna hisobvarag‘i, HKKM (Hisob-Kitob Kassa mar-

kazi), DBBB (Davlat budjet Bosh boshqarmasi).

KIRISH

“Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddasida

“Yagona g‘azna hisobvarag‘i g‘aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus
bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa davlat budjeti mablag‘lari hamda
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna
hisobvarag‘idan davlat budjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy
shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining
xarajatlari amalga oshiriladi”, - deb belgilab qo‘yilgan.

2009-yilga kelib, davlat budjeti g‘azna ijrosining tashkiliy-huquqiy hamda

meyoriy asoslari ancha takomillashtirildi. Bu davrga kelib, O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirining 2009- yil, 4-avgust-dagi 69-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil, 16- sentabrda 2007-son
bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari” qabul
qilindi. Ushbu “Qoidalar Budjet tizimi to‘g‘risida” gi va “Davlat budjetining g‘azna
ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007- yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat
budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligiva uning
hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna bisobvaraqlarini
qo‘ llash sharoitida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur
qoidalar respublika g‘azna hisobvarag‘i va hududiy g‘azna hisob varaqlarini yuritish
tartiblari, Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlar daromadlari va xarajatlarinmg yoyilmasi budjetdan mablag‘ oluvchilarning
xarajatlar smetalarini va ularga o‘zgartirishlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim

ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH

TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti

YANGIBOYEV FARRUX ANVAR O‘G‘LI

TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti
talabasi

G‘AZNACHILIK YAGONA
G‘AZNA HISOB
RAQAMINI YURITISH

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 2 2 2 - 2 2 7


background image

STARS International University

225

etish tartiblarini, yuridik majburiyatlarai ro‘yhatga olishning umumiy qoidalarini,
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga
xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib
kelgan bir qator me’yoriy hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirdi.

Yuqorida nomi keltirilgan 2007-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari”da

respublika va hududiy g‘azna hisob varaqlarini qo‘llash sharoitida respublika
budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetiarning g‘azna
ijrosini amalga oshirish tartiblari belgilab berildi. Unga ko‘ra, davlat budjetiga
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar banklar tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005)
“Respublika budjetining mablag‘lari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi hamda
belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli budjetlarning g‘azna
hisob varaqlanga ajratiladi.

1

Respublika g‘azna hisob varag‘i.

Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar

g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G‘aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi
Hisob-kitob kassa markazida (HKKM) 23402 (006) balans raqami bilan Respublika
g‘azna hisob varag‘i ochiladi. Respublika budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab
olingan budjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirish
uchun mablag‘lar HKKM da 23402 (005) hisob varag‘i bilan ochilgan respublika
budjetining asosiy hisob varag‘idan tushadi. Mablag‘lar taqsimlovchisi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi hisoblanadi. Respublika budjetidan
moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining
bosh taqsimlovchisi hisoblangan budjetdan mablag‘ oluvchilar, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalariga budjetning g‘azna
ijrosi bilan qamrab olingan har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha sertifikat
summasining yoyilmasini ilova qilgan holda, shuningdek, budjetning g‘azna ijrosi
bilan qamrab olinmagan, quyi turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘larni
o‘tkazish uchun budjet rahbarlari bosh taqsimlovchilarining budjet depozit hisob
varaqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismi bo‘yicha mablag‘lariga o‘tkazish uchun
rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadi.

Tarmoq boshqarmalari budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan

tayinlash sertifikatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so‘ng, ularni ijro uchun
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga
(DBBB) taqdim etadi.

23402 (005) hisob varag‘idan respublika g‘azna hisob varag‘iga mablag‘lar

o‘tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisob varaqdan ko‘chirmalar olinganidan
so‘ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi nusxalarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.

Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib

tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi
(budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan
to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).

1

Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y. 125-bet.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

226

Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy

moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy

vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib

tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘

oluvchilar joylashgan hududning shartli hisob varaq raqami (ShHR) bilan ochilgan,

23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari

orqali respublika budjetining daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob

varaqlarda hisobga olinadi.

Respublika budjeti qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarni g‘azna

ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika

budjetining asosiy hisob varag‘idan moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy respublika

budjeti hisob varag‘i bilan birlashtiriladi. Respublika budjetining asosiy hisobvarag‘i

bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika budjeti daromadlari 23402 (005)

“Respublika budjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan

mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri kirim qilinadi.

1

Hududiy g‘azna hisobvaraqlari

.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida boigan

budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha

operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida

boigan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota-

onalarning maktabgacha taiim muassasalarida bolalami saqlash uchun to‘lovlari,

ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari,

maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan

tushumlar, shuningdek, ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga

pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda

kirim qilinadi. Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun

kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim

qilinadi (budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga

oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).

Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy

moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni,

asosiy vositalari sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib

tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘

oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan

23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari

orqali tegishli budjetlarning daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob

varaqlarda hisobga olinadi.

Ma’lumki, O‘zbekistoRespubllkasi davlat budjeti daromadlari qismi asosini

mamlakatimizda 2014-yil, 1 - yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi

Budjet Kodeksining 50-51 -52-moddalari bilan belgilab qo‘yilgan daromadlar

tashkil qiladi.

Davlat budjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga

kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan
boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi.

1

Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y. 123-bet.


background image

STARS International University

227

Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobga olinishi

yoki budjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o‘tkazib yuborilgan summalarning
qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo‘lgan Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi,
shuningdek, 2001-yil, 19-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetining kassa operatsiyalarini amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida” gi 1009-sonli raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan yo‘riqnomalar
asosida bajariladi.

Davlat budjetining markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan respublika budjetiga Soliq

Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va majburiy
to‘lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega boigan tartibga
soluvchi soliqlar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekistoRespublikasi Prezidentining Budjet
parametrlari to‘g‘risidagi maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan
normativlar bo‘yicha respublika budjetiga o‘tkaziladi.

Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo‘yicha to‘lovlar turlicha respublika

budjetiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining
budjetlariga o‘tkazilishi mumkin.

Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to‘lovlarini bajarish yuzasidan

zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan
soliqlar va boshqa to‘lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika
budjetiga o‘tkaziladi va O‘zbekistoRespublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika budjetining asosiy hisob-
kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga asosan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining budjetlariga
o‘tkazib beriladi.

Alohida shahar hududiga kiruvchi tumanlarning mahalliy budjetiga umumdavlat

soliqlarining qanday qismini ajratib berish lozimligini belgilovchi normativlar, o‘z
navbatida, viloyat miqyosi-dagi shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.

1

Soliq to‘lovchi subyektlar

DSI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda

respublika budjetiga kelib tushadigan daro-

madlarni saqlash uchun maxsus ochilgan tran-

zit bisob raqam (23402)

Ushbu tartibga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat budjetiga

o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar banklar tomonidan qabul qilinadi va
belgilangan tartibda 23402, 23403, 23407, 23409, 20207, 20205 va 23411- sonli
balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadi
va ular hisobidan tegishli budjetlar va Davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga
belgilangan miqdorlarda ajratmalarni amalga oshirish tartibi 2012-yilning 1-
yanvaridan boshlab joriy etildi. Buning natijasida tegishli budjetlar daromadlari,
shu jumladan, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalari
daromadlari hisobi “g‘aznachilik” dasturiy majmuida ular uchun ochiladigan tegishli
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladigan bo‘ldi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (O‘quv markazi O‘quv materiallari)


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

228

Davlat budjeti daromadlarining g‘azna ijrosini amalga oshirish borasida joylardagi

g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar bajarilishi lozim:

- davlat budjetiga kelib tushgan mablag‘larni ajratib berilishi lozim boigan turli

darajadagi budjetlarning g‘aznachilikdagi shaxsiy hisobraqamlariga o‘tkazib berish
bilan bogiiq operatsiyalarni amalga oshirish;

- davlat budjetining daromad qismi bo‘yicha g‘aznachilik funksiyalarining

bajarilishi yuzasidan tegishli hisobotlarni tayyorlash va buxgalterlik hisobotlarini
olib borish, bajarilgan barcha funksional jarayonlarga taalluqli malumotlarni
g‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettirib borish;

- davlat budjetining daromadlari, davlat maqsadli va budjetdan tashqari

jamg‘armalar bo‘yicha zarur maiumotlarni yig‘ish, o‘rganib chiqish, tahlil qilish va
olingan natijalarni mutasaddi davlat tashkilotlari (davlat soliq va bojxona organlari)
ga taqdim etish;

- davlat budjeti daromadlari qismiga soliq va boshqa xil majburiy to‘lovlarning

tushirilishi, me’yoridan ortiqcha ushlanib qolingan soliq va boshqa xil majburiy
to‘lovlar summasining qaytarib berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta
ishlash va tegishli ma`lumotlarni tayyorlash;

- “Bank - g‘aznachilik” tizimi orqali Yagona g‘aznachilik tizimiga davlat budjetining

daromadlar qismiga tushiriladigan tushumlarni qabul qilib olish operatsiyalarini


background image

STARS International University

229

bajarish; - moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat organlariga
turli darajadagi budjetlarning kirim qismiga tushayotgan mablag‘lar haqida
ma’lumotlar berib borish;

- joriy qonunchilik normalariga muvofiq davlat budjetining daromadlari qismiga

tushiriladigan mablag‘lar bilan ishlashga doir boshqa xil operatsiyalarni amalga
oshirish.

Xulosa qilib aytganda, dastlab davlat budjeti g‘azna ijrosi elementlari joriy

qilinayotganda nazarda tutilgan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari,
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari tushumining yagona
g‘azna hisobraqamida yuritilishi mablag‘larni oqilona boshqarish imkonini beradi,
qisqa vaqt oralig‘ida budjetga va boshqa maqsadli jamg‘armalarga tushgan
mablag‘larning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish uchun sharoit yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y.
2. Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y.

Internet saytlar:

www.senat.gov.uz / www.ceep.uz
www.mf.uz / www.lex.uz
www.cer.uz

Библиографические ссылки

Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y.

Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y.

www.senat.gov.uz / www.ceep.uz

www.mf.uz / www.lex.uz

www.cer.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов