Moliya bozorini tartibga solishda jahon tajribasidаn foydаlаnish usullаri

CC BY f
214-218
23
53
Поделиться
Эшанкулов, А., & Усубжонов, А. (2022). Moliya bozorini tartibga solishda jahon tajribasidаn foydаlаnish usullаri. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 214–218. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp214-218
Азамат Эшанкулов, Ташкентский государственный экономический университет

Ассистент кафедры «Бухгалтерия»

Абдукодир Усубжонов, Ташкентский государственный экономический университет

Студентка факультета "Финансы и бухгалтерский учет"

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida moliya bozorini jahon andozalariga mos holda tartibga solish va rivojlantirish haqida fikrlar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

214

Annotatsiya:

Ushbu maqolada rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida moliya bozorini

jahon andozalariga mos holda tartibga solish va rivojlantirish haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so

zlar:

moliya bozori, investitsion jozibadorlik, qimmatli qog‘ozlar,

derivativlar bozori, likvidlik.

KIRISH

Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi

muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki
mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat
qiladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan
tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida to‘xtalib
o‘tilgan bo‘lib, unda kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar
va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya
bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta
muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish
belgilab qo‘yilgan.

1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning

ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular
davlat va bozor munosabatlariga mos yoki bozor orqali tartibga solish shakllari
hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va
talab -taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi
raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy
oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining
kursi yoki foiz stavkasi) o‘zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning
talablarini va ularga bo‘lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori
o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo‘ladi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida”gi PF -4947sonli Farmoni.

ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH

TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti

USUBJONOV АBDUQODIR QАHRАMON O‘G‘LI

TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti
talabasi

MOLIYA BOZORINI
TARTIBGA SOLISHDA
JAHON TAJRIBASIDАN
FOYDАLАNISH USULLАRI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp212-216


background image

STARS International University

215

1-rasm. Moliya bozorining umumiy tarkibiy ko

rinishi

Bugungi kunda moliya bozorlarini tartibga solishning ahamiyati xalqaro

darajada ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan ta’kidlanmoqda. F.Moshirianga ko‘ra,
jahon miqyosida integratsiyalashgan moliyaviy tizim mavjud bo‘lmaganligi sababli
milliy va global moliyaviy inqirozlar vaqtida mavjud tartibga solish qoidalari
transchegaraviy tartibga solish masalasini hal qilolmadi.

1

K.Amadeoning ta’kidlashicha, moliyaviy tartibga solish iste’molchilarning

investitsiyalarini himoya qiladi. Tartibga solish moliyaviy firibgarlikning oldini
oladi va moliya institutlar tomonidan investorlarning pullarini jalb qilish riskini
kamaytiradi. Moliyaviy tartibga solish uch asosiy moliyaviy sektorni nazorat qiladi:
bank, moliya bozori va iste’molchilar.

2

J.Ataniyazov va E.Alimardonovlar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozori

rivojlanishiga qarab uning ishtirokchilar faoliyatini tartibga solish ikki xil bo‘lishini
aytgan, ya’ni ular davlat va bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi.
Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif
qonuniga asoslanadi. Moliya bozori ko‘plab sub’yektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy,
informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o‘z-o‘zini tartibga
solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Moliya
bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.

3

1

Fariborz Moshirian. The global financial crisis and the evolution of markets, institutions and regulation. Journal of Ban-

king & Finance. Volume 35, Iss ue 3, March 2011. Page 502.

2

K.Amadeo. Financial Regulations. The balance. March 14, 2020. Page 234.

3

J.Ataniyazov, E.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jami-

yati nashriyoti, 2014. 336-bet.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

216

Moliya bozorlarini tartibga solish barcha mamlakatlar uchun dolzarblik kasb

etadi, chunki hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozorining katta
o‘rni bor. Bugungi kunda bir qator xalqaro standartlashtirish organlari mavjud
bo‘lib, ularning bir guruhi moliyaviy tartibga solishning quyidagi uchta asosiy
yo‘nalishga bo‘linadi:

•Bank faoliyatini tartibga solishda Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi;
•Qimmatli qog‘ozlar hamda derivativlarni tartibga solish bo‘yicha qimmatli

qog‘ozlar komissiyalarining xalqaro tashkiloti (IOSCO);

•Sug‘urtani tartibga solish bo‘yicha Sug‘urta nazoratchilarining xalqaro

assotsiatsiyasi (IAIS).

Ushbu xalqaro tashkilotlar moliya bozorlarini tartibga solishda xalqaro darajadagi

standartlarni joriy etish, banklar faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar va
derivativlar bozorlarini tartibga solish, moliya bozorlari ishtirokchilari faoliyatlarini
yaxshilash va tartibga solish bilan shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, Amerika
Qo‘shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa 18 mamlakatdan tashkil topgan
G-20 xalqaro moliyaviy inqirozdan keyin tartibga soluvchi islohotlarni xalqaro
darajada muvofiqlashtirishga rahbarlik qildi. Amaliy kelishuvlarni tuzish va tartibga
solish islohotlarini amalga oshirish uchun G-20 ushbu mamlakatlarning moliya
vazirlari va moliyaviy tartibga soluvchi tashkilotlari, 4 ta rasmiy xalqaro moliyaviy
institutlar va standartlashtirish bo‘yicha 6 ta xalqaro tashkilotdan (shu jumladan,
yuqorida sanab o‘tilganlardan) iborat bo‘lgan Moliyaviy Barqarorlik Kengashini
(FSB) tuzgan. Ushbu moliyaviy institutlar birgalikda xalqaro darajada moliyaviy
munosabatlarni standartlashtirish, shuningdek, moliya bozorlarini tartibga solishni
amalga oshiradi.

1-jadval. O‘zbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga

qo‘yilgan talablarning

kuchga kirish sanasi

.

1

1

“O‘zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qo‘llash amaliyoti” 20.01.2016


background image

STARS International University

217

Moliya bozorlari munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilish bilan

bog‘liq muammolar Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlatlar iqtisodiyotlarida
ko‘payib bormoqda, chunki xorijiy moliyaviy kompaniyalar mintaqadagi moliya
bozorlaridagi ishtirokini oshirmoqda va mintaqaning moliyaviy kompaniyalari
o‘zlarining tashqi operatsiyalari ko‘lamini ham kengaytirmoqda. Bundan tashqari,
Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarning o‘sishi mintaqaning o‘zida
mamlakatlararo moliyaviy operatsiyalar hajmi tez sur’atlar bilan o‘sishini anglatadi.
Osiyo uchun moliyaviy integratsiyalashuvning asosiy jihati mintaqaga va undan
tashqariga yo‘naltirilgan kapital oqimi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning har ikkisi ham
so‘nggi yillarda keskin o‘smoqda.

Quyidagi omillar Osiyoda mamlakatlararo moliya bozori munosabatlarini

samarali tartibga solish zaruriyatini kuchaytiradi:

1. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan kapital kirib kelishi;
2. Osiyo banklarining o‘sib borayotgan xalqaro ekspozitsiyasi;
3. Osiyo uy xo‘jaliklarining chet el investitsiyalariga bo‘lgan talabi;
4. Institutsional investorlarning roli

1

.

Osiyo mintaqasida joylashgan institutsional investorlar, shu qatorda pensiya

jamg‘armalari ham xususiy, ham davlat mablag‘larining chet elga chiqishi
uchun muhim kanal bo‘lib xizmat qiladi. Milliy valyuta zaxiralarining bir qismini
boshqaradigan suveren fondlar chet el aktivlari qiymati nisbatan arzon bo‘lgan
taqdirda ham chet elga investitsiyalarni izlashlari mumkin va bu holat global
moliyaviy bozorlar barqarorlashgandan keyin ham saqlanib qolishi mumkin.

Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rnini oshirish uchun

samarali tartibga solish tizimi o‘rnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi
organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat
chekmasligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning
samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini
ta’minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda
ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat
yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga
keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish
mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-4947sonli Farmoni. 17.02.2017. https://lex.uz/docs/-3107036

2.Fariborz Moshirian. The global financial crisis and the evolution of markets,

institutions and regulation. Journal of Banking & Finance. Volume 35, Iss ue 3,
March 2011. Page 502. https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2010.08.010. https://
www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0378426610003110

3.K.Amadeo. Financial Regulations. The balance March 14, 2020. https://www.

thebalance.com/financial-regulations-3306234

1 Masahiro Kawai and Eswar S. Prasad. Financial Market Regulation and Reforms in

Emerging Markets. Asian Development Bank Institute, Tokyo 100-6008, Japan. The

Brookings Institutions, Washington DC 20036, US. 2011. Page 334.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

218

4.J.Ataniyazov, E.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.Toshkent.

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. 336-bet. http://el.tfi.uz/
images/Xalqaro_moliya_munosabatlari_a4e0e.pdf

5.Masahiro Kawai and Eswar S. Prasad. Financial Market Regulation and Reforms

in Emerging Markets. Asian Development Bank Institute, Tokyo 100-6008, Japan.
The Brookings Institutions, Washington DC 20036, US. 2011. Page https://www.
adb.org/sites/default/files/publication/159338/adbifinancialmarketregulation-
and-reforms-emerging-markets-highlights.pdf

6.I.f.n., dots. A.A.Botirov, B.J.Boyev, D.X.Mutalipova Toshkent moliya institute

MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI “Халқаро
молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил.https://www.
interfinance.uz/en/?option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.downl oad&ca
tid=502&id=1379&Itemid=1000000000000

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF -4947sonli Farmoni. 17.02.2017. https://lex.uz/docs/-3107036

Fariborz Moshirian. The global financial crisis and the evolution of markets, institutions and regulation. Journal of Banking & Finance. Volume 35, Iss ue 3, March 2011. Page 502. https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2010.08.010. https:// www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0378426610003110 DOI: https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2010.08.010

K.Amadeo. Financial Regulations. The balance March 14, 2020. https://www. thebalance.com/financial-regulations-3306234

J.Ataniyazov, E.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. 336-bet. http://el.tfi.uz/images/Xalqaro_moliya_munosabatlari_a4e0e.pdf

Masahiro Kawai and Eswar S. Prasad. Financial Market Regulation and Reforms in Emerging Markets. Asian Development Bank Institute, Tokyo 100-6008, Japan. The Brookings Institutions, Washington DC 20036, US. 2011. Page https://www. adb.org/sites/default/files/publication/159338/adbifinancialmarketregulation-and-reforms-emerging-markets-highlights.pdf

I.f.n., dots. A.A.Botirov, B.J.Boyev, D.X.Mutalipova Toshkent moliya institute MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил.https://www.interfinance.uz/en/ option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.downl oad&catid=502&id=1379&Itemid=1000000000000

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов