Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The efficiency of teaching French by the case study
method
Nigorabonu Suvonova
1
, Asel KARYPOVA
2
Samarkand State Institute of Foreign Languages, Kyrgyz National University named after J. Balasagyn
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2023
Received in revised form
10 April 2023
Accepted 25 April 2023
Available online
15 May 2023
This article analyzes the formal and substantive research in
Uzbek poetry of the period of Independence. Theoretical
criteria such as the dialectic of content and form in Uzbek
poetry of the independence period constitute the main purpose
of the article because, in modern Uzbek poetry, we can see
formal research in the example of many artists. Conclusions
have been made that content and form cannot be separated
from each other in Uzbek poetry during the period of
independence. Social, psychological, and biographical analysis
methods were used in writing this article.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss3-pp6
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
case-study method,
problem situation,
key questions,
critical thinking,
problem solution.
Fransuz tilini keys-
stadi metodi orqali o‘qitish
samarasiga doir
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
keys-stadi metodi,
muammoli vaziyat,
keys savollari,
tanqidiy fikrlash,
muammo yechimi.
Mazkur maqolada fransuz tilini zamonaviy o‘qitish
usullaridan biri bo‘lgan keys
-
stadilar bo‘yicha o‘qitish samarasi
haqida fikr yuritiladi. Xususan, keys-stadining real hayotiy
voqealarga asoslangan muammoli vaziyatlar yechimiga
bag‘ishlangan turidan foydalangan holda xorijiy tilni ham
o‘qitish, ham talabalarda tanqidiy fikrlash, vaziyatni tahlil
qilish
va mustaqil fikr bildirish orqali qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor
qaratiladi.
1
Associate Professor, Candidate of Philological Sciences, Samarkand State Institute of Foreign Languages, Samarkand,
Uzbekistan. E-mail: suvonova@samdchti.uz.
2
Senior Lecturer, Kyrgyz National University named after J. Balasagyn, Bishkek, Kyrgyzstan. E-mail: ka-aselya@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
64
Эффективность преподавания французского языка
по методу кейс
-
стади
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
метод Кейс
-
Стади,
проблемная ситуация,
ключевые вопросы,
критическое мышление,
решение проблемы
В данной статье рассматривается эффективность
обучения одного из современных методов преподавания
французского языка кейс
-
стади. В частности, особое
внимание уделяется вопросам формирования навыков
принятия решений при обучении иностранному языку у
студентов,
посредством
критического
мышления,
ситуационного анализа и независимой обратной связи, с
использованием метода кейс
-
стади, предназначенных для
решения проблемных ситуаций, основанных на событиях
реальной жизни
.
Hozirgi davrda xorijiy til ta
’
limini zamonaviy talablar asosida
modernizatsiyalashtirish, ya
’
ni ta
’
lim jarayonida bilim, ko
‘
nikma, malakalarni
shakllantirish bilangina chegaralanib qolmasdan, balki mustaqillik, tashabbuskorlik,
javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan boyitilgan talaba
shaxsini shakllantirishga yo
‘
naltirilgan o
‘
quv jarayonlarini yanada takomillashtirish
talab etilmoqda.
Xususan, xorijiy til ta’limida talaba shaxsiga nisbatan ta’lim
tizimi konsepsiyasini tashkil etuvchi faoliyatli yondashuv dastlab, shaxs
“sub’yekti” kategoriyasining
erkinlikka intilish, o‘z
-
o‘zini rivojlantirish, mustaqil
o‘qish, o‘zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosida yuzaga
keladi. O‘quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari, ya’ni darsning ma
qsad,
mazmun, metod, shakl va vositalari ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasiga xos
mahsul sifatida tatbiq etiladi. (2, 34)
Bugungi kunda xorijiy til ta’limi jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini
samarali tashki
l etish uchun ta’limning zamonaviy usullaridan, jumladan, trening,
vebinar, online ma’ruza va seminarlar, binar mashg‘ulotlar, shuningdek, aralash
ta’lim (blended education) shakllari keng tarzda qo‘llanilmoqda. Mashg‘ulotlar
davomida ayniqsa, interfaollikka alohida e’tibor berilmoqda.
O‘qitishning bunday interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish,
rolli o‘yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechish
kabi
vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Shunday ta’lim usullaridan biri, ya’ni keys
-
stadilar orqali tilni o‘rganish talabalardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida
faollik, ijodkorlik va mustaqillikni shakllanti
ribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining
to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi.
“Keys
-
stadi”
-
inglizcha so‘z bo‘lib, (“case” –
aniq vaziyat, hodisa, “stadi”
–
o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni
o‘rganish, tahlil qilish asosida
o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod
dastlab 1920-yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv
fanlarini o‘rganishda qo‘llanilgan. “Keys
-
stadi”
metodi bilimlarni tayyor holda
yetkazish yoki yechimlarni berish emas, balki uni qidirib topish va mustaqil
izlashga o‘rgatadi. (5)
“Keys
-
stadi” metodini
amalga oshirish bosqichlari quyidagicha:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
65
1-
bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish.
2-bosqich: Muammoli vaziyatni aniqlashtirish va muammoli topshiriqni
belgilash.
3-
bosqich: Muammoli topshiriq yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab
chiqish.
4-bosqich: Muammoli topshiriq yechimini shakllantirish va asoslash.
Xorijiy til ta’limida fransuz tilini o‘qitish jarayonida ham yuqoridagi singari
keys-
stadilar topshiriqlaridan foydalanish samarali o‘quv vositasi sifatida xizmat
qila oladi. Binobarin, hozirgi kunda
ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotgan
bir paytda ushbu o‘qitish usuli ta’lim jarayonida quyidagi samarali natijalarga
erishish imkonini beradi:
•
Filologiyaga xos ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Til ko‘nik
malari
integratsiyasi” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish;
•
Talabalar mustaqil ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish;
•
Talabalarning CEFR talablari doirasidagi og‘zaki nutq kompetensiyasini
rivojlantirish;
•
Talabalarning fransuz tilida erkin va mustaqil fikrlash malakasini
rivojlantirish;
•
Talabalarning ma’lum bir muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri va qat’iy
qaror qabul qilishdagi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Taʼkidlaganidek
, keys-stadi metodi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish metodi
bo‘lib, keyslarda keltirilgan muammolarni hal qilish orqali talabalarda tanqidiy fikrlash
ko‘nikmasi shakllanadi va berilgan muammoli vaziyat yuzasidan talabalarda mavjud
bilimlar majmui kompleks tarzda faollashadi. (4, 8)
Keys-stadilarning ham bir necha turlari mavjud. Bular: 1) real hayotiy voqealarga
asoslangan muammoli vaziyatlar, 2) taʼlimga, yaʼni maʼlum bir sohani o‘qitishga
qaratilgan muammoli vaziyatlar, 3) ilmiy-tadqiqot ishlari
ga bag‘ishlangan muammoli
vaziyat. (1, 43) Shulardan quyida real hayotiy voqealarga asoslangan muammoli
vaziyatlardan birini misol tariqasida keltirishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Ko‘rinib turibdiki, fransuz tili o‘qituvchilari hamda fransuz tilini o‘rganuvchi
talaba yoshlar bunday taʼlim usulidan keng tarzda amaliyotda foydalanishi
maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, quyida maʼlum bir muammoli vaziyatga
qaratilgan keys-stadi topshiriqlaridan birini namuna sifatida keltirishni maqsad
qildik.
Mazkur muammoli vaziyat “UNIFORME” deb nomlanadi. Berilgan vaziyat
bo‘yicha keys
-stadi topshiriqlarini bajarish uchun dastlab, talabalar muammoli vaziyat
mazmuni bilan yaqindan tanishmog‘i lozim. Shuning uchun quyida “UNIFORME” deb
nomlangan muammoli vaziyat matnini imkon qadar qisqa tarzda berishga harakat
qilamiz:
Lola rêvait d'être enseignante de sa jeunesse, et son rêve l'a amenée à
l'institut. Elle a obtenu un
e bourse universitaire pour continuer ses études à
l’institut. Lola, qui avait une forte passion pour la profession de professeur dèpuis
son adolescence, .... À ces jours
-
là, les marieurs venaient assez souvent che
z
elle. ... Après que les jeunes se sont rencontrés quelques fois, tout s'est passé très
rapidement. À la mi
-
août, le mariage de Lola et Jamchid s’est passé
somptueusement dans un endroit luxueux.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
66
Tout était
bien, mais
sa belle mère était un peu sévère envers elle.
Enfin, les études ont commencé et Lola s’est mis à se préparer à l'institut de
grand matin. À ce
moment, son
mari lui a exigé fermement qu'elle serait allée à
l'institut habillée en tenue d’une femme mariée . C'était le désir de sa belle
-
mère.
Lola a beau essayer d’expliquer à son mari quelques fois mais en vein. Son
mari lui a dit que si elle n'était pas habillée en tant que mariée, elle ne
devait plus penser à ses études.
Lola resta entre deux feux
: d'une part la famille, d’autre part ses
études à l’institut. ... À ce moment
-
là, elle s’est maîtrisée et a commencé à
chercher une solution à ce problème.
Plus,
qu’elle y pensait, plus la résolution lui
paraissait loin et difficile.
Keltirilgan muammoli vaziyat mazmuni va muammo nimada ekanligi aniq qilib
olinganda
n so‘ng talabalarga keys topshiriqlari beriladi. Bu topshiriqlar muammoli
vaziyatdan kelib chiqqan holda quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Les questions d’après le thème:
1.
Que feriez-
vous fait si vous étiez à la place de Lola?
2.
Quelle
est votre opinion de se marier quand on fait ses études?
3.
Vous êtes adhérer à ce que les ordonnances de l’institut sont
obligatoires?
4.
Comment est votre attitude pour les traditions nationales?
Talabalar bu kabi savollarga umumiy tarzda javob berganidan so‘ng, ularga
ushbu muammoli vaziyatga yechim bo‘la olishi mumkin bo‘lgan qarorni topish
kerakligi topshiriladi va shunda talaba o‘zining shaxsiy fikrlari asosida qahramonimiz
Lolaning o‘rnida bo‘lganida qanday yo‘l tutishi mumkinligi haqida fikr va
mulohazalarini bildirishi talab qilinadi. Ushbu topshiriqni guruh asosida bajarish eng
samarali usul bo‘la olishi mumkin.
Talabalarga KEYS-STADI bosqichlari asosida muammoli vaziyat yechimini
topishga qaratilgan quyidagi topshiriqlar beriladi:
№
Topshiriq
mazmuni:
Topshiriqni bajarish bosqichlari:
1.
Keys va uning
axborot ta’minoti
bilan tanishing.
Individual va guruhda ishlash;
Muammoli vaziyat bilan tanishish;
Muammoni aniqlash.
2.
Muammoli vaziyatni
aniqlashtiring va
muammoli topshiriqni
belgilang.
Individual va guruhda ishlash;
Muammolar iyerarxiyasini aniqlash;
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash.
3.
Muammoli topshiriq
yechimini izlang va
uni hal etish
yo‘llarini
ishlab chiqing.
Individual va guruhda ishlash;
Muammoli vaziyat yechimi yo‘llarini ishlab
chiqish;
Har bir yechimning imkoniyatlari va to‘siqlarini
tahlil qilish;
Muammoli vaziyat yechimi bo‘yicha ishlab
chiqilgan
variantlardan eng ma’qulini tanlash.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
67
4.
Muammoli topshiriq
yechimini shakllantiring
va asoslang.
Individual va guruhda ishlash;
Muammo yechimiga mos variantni
amalda qo‘llash
imkoniyatlarini asoslash;
Ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va muammoli vaziyat yechimining
amaliy aspektlarini yoritish.
Birinchi topshiriq
: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishing.
Talabal
ar Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishadi, yaʼni berilgan muammoli
vaziyat yoritilgan matn parchasi bilan yaqindan tanishib chiqadilar. Buning barobarida
talabalar o‘zlari uchun notanish bo‘lgan so‘z va iboralar tarjimasi va mazmuni us
tida ham
bosh qotiradilar va natijada hikoya parchasining asosiy mazmun mohiyatini o‘zlashtirib
oladilar.
Ikkinchi topshiriq: Muammoli vaziyatni aniqlashtiring va muammoli
topshiriqni belgilang. Bunda talabalar muammolar iyerarxiyasini aniqlaydi va
asosiy muammoli vaziyatni belgilaydilar. Yaʼni, muammoli vaziyat nima ekanligini
aniqlaydilar va Lola tushib qolgan muammoli vaziyatga aniqlik kiritadilar. Bu Lolaning
ikki o‘t orasida qolganligi, yaʼni “oila” yoki “o‘qish”dan birini
tanlash kerakligi yoki
ikkalasi uchun ham maqbul bo‘lgan yechimni topish kerakligi talabalar tomonidan
aniqlanadi.
Uchinchi topshiriq: Muammoli topshiriq yechimini izlang va uni hal etish
yo‘llarini ishlab chiqing. Bunda talaba
lar Individual va guruhda ishlash orqali
muammoli vaziyat yechimi yo‘llarini ishlab chiqadilar va har bir yechimning
imkoniyatlari va to‘siqlarini tahlil qiladilar. Muammoli vaziyat yechimi bo‘yicha
ishlab chiqilgan varia
ntlardan eng ma’qulini tanlaydilar.
To‘rtinchi topshiriq: Muammoli topshiriq yechimini shakllantiring va
asoslang. Bunda talabalar muammo yechimiga mos variantni amalda qo‘llash
imkoniyatlarini asoslab beradilar va buning uchun taqdimot ham tayyorlashlari
mumkin bo‘ladi. Unda yakuniy xulosa va muammoli vaziyat yechimining amaliy
aspektlarini yoritib beradilar.
Quyida mavzu bo‘yicha berilgan keys savollariga murojaat qilaylik:
Que feriez-vous fait si vous
étiez à la place de Lola? Ushbu savolga talabalar
o‘zlarining shaxsiy munosabatlarini bildirgan holda Lolaning vaziyatida qanday yo‘l
tutishi lozimligini his qiladilar va o‘z takliflarini bildiradilar. Kimlardir ikkala tomondan
birini tanlash ke
rak, yaʼni ayol kishi uchun oila
-
muqaddas ekanligi taʼkidlasalar,
boshqalari esa, yoshlik
davrida ilm olib, o‘qimishli bo‘lish zarurligini uqtiradilar. Yana
boshqalari esa hech qaysidan voz kechmagan holda o‘zi bunga yechim topishi zarurligini,
yaʼni o‘z maqsadi yo‘lida orqaga qaytmasdan, barchasiga sabrli bo‘lgan holda chidash
lozimligini bildiradilar va hokazo.
Quelle est votre opinion de se marier quand on fait ses études? Berilgan
mazkur savol ham keysning eng muammoli savoll
aridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtda oliy
taʼlim tizimida yosh talaba qizlar o‘rtasidagi juda ko‘p muammoli vaziyatlarga sabab
bo‘ladigan shaxsiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan savollardan biri sanaladi.
Negaki, talaba qizlarning oliy taʼlimda tahsil olish davrida yuzaga keladigan ko‘plab
muammolar zanjiri aynan ularning erta turmushga chiqish hollari bilan bog‘liq. Masalan,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
68
ko‘p dars qoldirishlar, darsga kechikib kelishlar, homiladorlik sabab tez
-
tez kasal bo‘lib
turishlar, o‘zlashti
rishning pastligi, institutning madaniy
–
maʼrifiy tadbirlarida
faollikning sustligi, o‘quv yilining o‘rtasida familiyalarning o‘zgarishi, qaynona va
turmush o‘rtog‘ining tushunmovchiliklari sabab turli bosimlarning yuzaga kelishi
natijasida tushkunlik kayfiyatida yurish hollari va hokazolar. Bu kabi muammolarni
talabalar o‘z shaxsiy fikr va mulohazalari asosida xorijiy tilda tushuntirib va asoslab
berishi ikkiyoqlama foydali sanaladi. Yaʼni, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va
to‘g‘ri fikrlash meʼyorlarini o‘rganishga undash va boshqa foydali ko‘nikmalarni
shakllantirish nazarda tutilishi mumkin.
Vous êtes adhérer à ce que les ordonnances de l’institut sont
obligatoires ? Ushbu savolga talabalarning qar
ashlari turli xil bo‘lishi mumkin. Yaʼni,
kimlardir, shu taʼlim dargohida tahsil olayotgani uchun u yerdagi buyruqlarga to‘liq
amal qilish lozimligini taʼkidlasa, boshqalari esa rasmiyatchilik asosida bunday
buyruqlarni bajarish shart emasligini, n
egaki, taʼlim dargohida faqat ilm olish
muhimligini aytishlari mumkin. Bundan tashqari, kiyinish odobi taʼlim olishga hech
qanday aloqasi yo‘qligini va bu orqali yevropacha taʼlim tizimi bilan sharqona taʼlim
tizimi o‘rtasidagi nomuvofiq holatlarni
keltirishi ham kuzatiladi.
Comment est votre attitude pour les traditions nationales? Navbatda
keltirilgan ushbu savolga ham talabalar tomonidan turlicha fikr va mulohazalar taqdim
etilishi mumkin. Jumladan, milliy anʼanalarimiz va qa
driyatlarimizni asrash lozimligi,
aks holda ular asta-
sekinlik bilan yo‘qolib ketish xavfi mavjudligini va kelajak
avlodlargacha to‘la
-
to‘kis yetib borish imkonsiz bo‘lishi mumkinligini taʼkidlasalar,
boshqa bir guruh talabalar esa taʼlim olish masalasi bilan milliy anʼanalarga sodiq
qolish masalasi o‘rtasida umuman bog‘liqlik mavjud emasligini taʼkidlashlari mumkin
va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, taʼlim dargohida uniforma masalasi yosh turmush qurgan
talaba qizlarimizda o‘z
oilasi bilan aloqador muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi.
Ushbu muammoli vaziyatga keys-stadi metodi orqali yechim topish masalasi esa
talabalarni keys-stadi topshiriq va savollari asosida ushbu muammoli vaziyat doirasida
juda keng va chuqur fikr yuritishga undaydi.
Hozirgi vaqtda xuddi shunday
muammoli vaziyatlardan aynan oliy taʼlim
tizimidagi yoki o‘rta taʼlim tizimida tez
-
tez ko‘zga tashlanadigan masalalardan biri, yaʼni
yosh o‘quvchi va talaba qizlarning taʼlim dargohiga hijob
kiyimida darsga kelishi
masalasini ham eng dolzarb masalalardan biri sifatida qabul qilish mumkin.
Talabalarning o‘zlariga xuddi shunday keys
-
stadilar orqali muammolar yechimiga yo‘l
topish vazifalarini berish orqali ham ularda turli xil malaka
va ko‘nikmalarni
shakllantirish mumkin.
Bu esa talabalarning mavzu doirasidagi lug‘at boyligining oshishiga, mustaqil
fikrlashning rivojlanishiga, shaxsiy dunyoqarashning kengayishiga olib keladi.
Shuningdek, keys-stadi usuli orqali nafaqat xorijiy tilda fikr-mulohaza yuritish, balki,
hayotda har qanday muammoli vaziyatlarda masalaga to‘g‘ri yondashish, muammoni
aniqlash va unga nisbatan mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari ham shakllanadi.
Bunday yondashuv esa kelajak avlod vakillariga xorij
iy tilni mukammal o‘rgatish
barobarida ularning kelgusidagi shaxsiy hayotlarida, qolaversa kasbiy
faoliyatlaridagi boshqaruv vazifalarida har qanday vaziyatda to‘g‘ri va mustaqil qaror
qabul qilish ko‘nikmalari shakllanishiga yordam berad
i.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
3 (2023) / ISSN 2181-3701
69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Галян C. B., Зворыгина О.И. Технология кейс
-
стади как способ
формирования профессиональных компетенций будущих педагогов / Текст
научной статьи по специальности «Науки об образовании», 2018. –С. 42
-47.
https://cyberleninka.ru/article/n/tehnologiya-keys-stadi-kak-sposob-formirovaniya-
professionalnyh-kompetenniy-buduschih-pedagogov
2.
M.Mirsoliyeva, M.Hoshimova, “OTMda oʻquv jarayoni va oʻquv
-uslubiy faoliyatni
modernizatsiyalash va innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etish” modulidan oʻquv
-
uslubiy majmua. 2015.
–
134-b.
3.
Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и понятий
(теория и практика обучения языкам).
-
М.: Издательство ИКАР, 2009. –
448 с.
4.
Пронина Е., Попова С. Современные образовательные технологии. Кейс
-
стади.
2
-
е
изд.,
испр.
и
доп.
-
Москва:
Юрайт,
2017.
-
113
с.
https://books.google.co.uz/books
5.
https://fayllar.org/keys-stadi-texnologiyasi-keys-stadi-haqida-tushuncha-keys-
stad.html
6.
Sh.Ashurov, Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy
etishning ahamiyati. // Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений
и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 2022, 1(01). –
B. 294
–
296. https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12979
7.
N.Suvonova, T.Muqumov, “Keys
-
Stadi”lar to‘plami. O‘quv
-
uslubiy qo‘llanma. –
Samarqand: SamDCHTI nashriyoti, 2018. -68 b.
8.
N.Suvonova, N.Pulatova Autour de "
СEFR» national. O‘quv
-
uslubiy qo‘llanma. –
Samarqand: SamDCHTI nashriyoti, 2019, - 68 b.
9.
N.Suvonova, Imperativ paremiyalarning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari
(fransuz tili materialida) / Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue
–
1No
1(2023) / ISSN 2181-3701 (20-28) DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss1-
pp20-28.
