Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Deconstructive approach and its significance in the novel
“
England, England
”
by Julian Barnes
Mukhlisa TURSUNOVA
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
The research paper discusses the main principles of
deconstruction, recognized as a unique literary style of
postmodernism through the literary-aesthetic analysis of the
work “England, England” by a major representative of
contemporary British postmodern literature
–
Julian Barnes. In
contrast to hierarchical approaches, deconstruction as a
modern literary device rejects the presentation of various
issues in a literary work through the main philosophical,
cultural, and socio-political concepts. Julian Barnes exposes the
follies of the present-day political and social situation in
England by the literary technique of deconstruction masked as
the jigsaw puzzle of “Britain” belonging to the main character,
Martha Cochrane.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp68-75
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
postmodern literature,
postmodernism,
modern literary device,
jigsaw-
puzzle of “Britain”.
Julian
Barnsning
“Angliya,
Angliya”
romanida
dekonstruktiv yondashuv va uning badiiy ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
postmodern adabiyoti,
postmodernizm,
zamonaviy adabiy vosita,
“Britaniya” rasm
-
boshqotirmali xaritasi.
Ushbu ilmiy ishda Britaniya zamonaviy postmodern
adabiyotining yirik namoyandasi Julian Barnsning “Angliya,
Angliya” asarining badiiy
-estetik tahlili orqali postmodernizm
oqimining o‘ziga xos badiiy uslubi sifatida e’tirof etilgan
dekonstruksiyaning asosiy tamoyillari tadqiq qilingan.
Dekonstruksiya iyerarxik yondashuvlardan farqli ravishda
badiiy asar yaratish jarayonida turli masalalarni ustuvor
falsafiy,
madaniy
va
ijtimoiy-siyosiy
qarash
yoinki
konsepsiyalar orqali bayon qilishni rad etuvchi zamonaviy
1
Independent researcher, Uzbekistan State University of World Languages. E-mail: mukhlisa_vakhobovna@mail.ru
2
PhD, Associate Professor, Uzbekistan State University of World Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
69
adabiy vosita hisoblanadi. Julian Barns bugungi Angliyaning
siyosiy-
ijtimoiy holatidagi illatlarni o‘zining “Angliya, Angliya”
asari bosh qahramoni Marta Kokreynning “Britaniya” rasm
-
boshqotirmali xaritasidagi kabi “buzib yig‘ish” (dekonstruksiya)
orqali fosh etadi.
Деконструктивный подход и его роль в романе
Джулиана Барнса «Англия, Англия».
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
постмодернистская
литература,
постмодернизм,
современный
литературный прием,
пазл «Британия».
В статье рассматриваются основные принципы
деконструкции, признанной уникальным литературным
стилем
постмодернизма,
посредством
литературно
-
эстетического анализа произведения «Англия, Англия»
крупного
представителя
современной
британской
постмодернистской литературы –
Джулиана Барнса. В
отличие от иерархических подходов, деконструкция как
современный литературный прием отвергает подачу
различных проблем литературного произведения через
основные философские, культурные и общественно
-
политические концепции. Джулиан Барнс раскрывает
пороки политической
и социальной ситуации в
современной Англии с помощью литературного приема –
деконструкции, замаскированной под пазл «Британии»,
принадлежащей главной героине Марте Кокрейн.
KIRISH
1960
–
70-yillar postmodernizmning taraqqiy etishida muhim davr sifatida
qaralishiga sabab 1967-
yilda fransuz faylasufi Jak Derridaning “dekonstruksiya”
(deconstruction) strategiyasini ilm ahliga tanishtirganligi bo
‘
ldi. Dekonstruksiya
–
hukmron har qanday tushuncha va konsepsiyalarning asl repressiv xususiyatlarini ochib
berish maqsadida ularni markazdagi asosiy rolidan mahrum qilib, tanqidiy o
‘
qishni
targ
‘
ib etadigan uslubdir. Bunday mantiqiy, estetik va siyosiy qarashlarga bo
‘
lgan
ishonchni zaiflashtirishni nazarda tutuvchi yondashuv inqilob darajasidagi yangilik va
postmodernizmga xos xususiyat [5] edi. O
‘
z o
‘
rnida dekonstruksiya matnni har qanday
iyerarxik konsepsiyalar orqali talqin qilishdan voz kechishga undadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Julian Barnsning “Angliya, Angliya” romani bir qator adabiyotshunoslar tomonidan
postmodern satirik roman [1, 2, 6.] deya ta’riflangan. Ushbu asar Angliya postmodern
jamiyatining o`ziga xos bir necha tomonlarini ularga dekonstruktiv yondashgan holda
satiralashtiradi. Jumladan, ingliz jamiyatining o
‘
ziga xos ramziga aylangan xotiralar
asnosiga qurilgan shaxsiy o
‘
ziga xoslik g
‘
oyalarining
ma’nosizligini; yagona va betakror
ingliz millati deya madh etilgan qarashlarning asossizligini; ma’lum bir ijtimoiy toifalar
tomonidan butun mamlakatning “istirohat bog‘iga” aylantirilgani holda ularning asllikka
da’vo qilishlarining o‘
rinsizligini; tarixiy haqiqat tushunchasining nisbiyligini hajviy
bo
‘
yoqlarda ifodalaydi. Bu kabi masalalar asarning bosh qahramoni Marta Kokreynning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
70
hech qachon yig
‘
ishga muvaffaq bo
‘
lmagan rasm-boshqotirmali Britaniya xaritasi
misolida bayon qilinadi (qarang 1-jadval).
(1-jadval)
TAHLIL VA NATIJALAR
Romanning birinchi qismida Marta bolaligida sodir bo
‘
lgan voqealardan qay biri
eng birinchisi va esda qolarli ekanligi haqida xayol suradi. Ilk esda qolarli xotirasi bu
Angliyaning topishmoq-boshqotirmali xaritasini yig
‘
ganligi bo
‘
lishi mumkinligi haqida
o
‘
ylaydi. Har gal otasining boshqotirma xaritaning aynan yetishmayotgan bo
‘
lagini topib
berishi bilan nafaqat “Angliyasi”ning, balki yuragining ham tiklanganini his qiladi. Ammo
bu haqiqiy xotira bo
‘
la olmasligini ich-ichidan his qiladi, chunki bu xotiralar otasi uni
tashlab ketgandan keyingi
–
aldanganligini tushunib yetganidagi haqiqati edi. Otasi
boshqa ayol bilan munosabatlari sabab oilasini tark etadi va Martani o
‘
z mehridan
mosuvo bo
‘
lib o
‘
sishiga sababchi bo
‘
ladi. Xuddi shu narsa Martaning bolalikdagi yagona
haqiqiy xotirasi bo
‘lib qoladi. Shu sabab u xotiralar bu “
balki beg
‘uborlik sabab san’at
darajasida to
‘
qib chiqarilgan yolg
‘
on
”dir [4] degan xulosaga keladi. Xotiralarni sun’iy
tarzda bo
‘
yoqdor qilib tasvirlash haqiqatning yuzaga chiqishiga to
‘
sqinlik qiladi.
Dekonstruksiya esa sun’iylikdan chekinib, asl haqiqat sari intilishga bo‘
lgan kurash
jarayonini o
‘
zida ifoda etadi. Qahramonimiz Marta Kokreyn bolalik xotiralariga boqib
–
otasi tomonidan unga nisbatan qilingan xiyonatdan o
‘
zga narsani ko
‘
rmaydi.
Asarning ikkinchi qismida Marta Kokreyn qirq yoshlardagi, turmushidan ajrashgan
va yangi ish izlab yurgan ayol sifatida tasvirlanadi. Marta Kokreynning murakkab va o
‘
ta
kuchli shaxsiyati hamda chuqur bilimga ega qahramon va tarix fani mutaxassisi sifatida
tasvirlanishi asarning umumiy satirik muhitini ta’minlab beradi. U Ser Jek Pitman
tomonidan uning “Angliya, Angliya” deb nomlangan juda yirik turistik loyihasini amalga
tatbiq etish uchun ishga yollanadi. Ser Jek Pitmen asarda asosiy xarakterlardan biri bo
‘
lib
istehzoli tarzda “katta odam” sifatida ta’riflanadi va uning “kattaligi”ni quyidagi
jabhalarda ko
‘
rish mumkin.
Ser Jek orzulari “katta”, ishtahasi “katta” va “katta” olijanob
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
71
odam. Faoliyatini mayda-
chuydalardan boshlashiga qaramasdan, juda “katta” ishlarda
meteor singari ko
‘
tarilgan. U
–
juda “katta” tadbirkor, innovator, ilg‘
or g
‘
oyalar ustasi,
chinakam san’at homiysi va shahar hayotini jonlantirib turuvchi shaxs. U davlat rahbarlari
bilan bir safda yurishi mumkin, ammo yeng shimarib, qo
‘
llarini kir qilishdan also
qo
‘
rqmaydi. Shuncha boylik va shon-shuhratga qaramasdan, u qalban oila odami [4].
(asar
tarjimasi mualliflarniki., M. Tursunova., N. Maxmudova). Odamlar uni bir odam hayoti
davomida qilishi mumkin bo
‘
lgan deyarli hamma ishni qilishga muvaffaq bo
‘
lgan erkak
deya ta’riflashadi. U o‘
zi haqida gapirganida o
‘
zidan g
‘
ururlanib so
‘zlaydi: “
Men noldan
haqiqiy biznes qurdim. Men juda ko
‘
p boylik orttirdim. Olqishlar men uchun tabiiy holga
aylandi. Men davlat rahbarlarining ishonchli vakiliman, go
‘
zal ayollar menga oshiq
bo
‘
ldilar. Jamiyatda meni o
‘
ta qattiq hurmat qilishmasa-da, hurmatga sazovor shaxs
sifatida e’tirof etildim. Men yaxshigina mavqega egaman. Mening xotinim esa prezidentning
o
‘
ng tomonida o
‘
tiradi
”. [4] Uning shaxsiyatidagi markazlashgan “men” muallif
dekonstruksiyasining nishoniga aylanadi. Chunki dekonstruksiyaviy yondashuv ayni bir
g
‘
oyalar tizimini kinoyaviy tarzda markaziy ahamiyatidan mahrum qilishni nazarda
tutadi. Asl holatida olib qaralsa, Ser Jek Pitmen qaroqchi Ser Frensis Dreikning
postmodern jamiyatlardagi parodiyaviy ko
‘
rinishi xolos. Hatto uning familiyasi ham
ramziy ravishda “pit” kovak ma’nosini anglatib, uning faqat kovakda yashashiga ishora
qiladi. U Vayt orolida turistik-
tijorat maqsadlarida “Angliya, Angliya” deb nomlangan
mavzuviy parkni qurish jarayonida tiribdi. Muallif shu tariqa Angliyaning Disneylendga
aylanib ketayotganligiga ishora qiladi. Aslllik me’yorlari ostida shakllangan deya
ta’riflangan Angliya va ingliz millatining o‘
zigagina xos milliy shaxsiyati
–
dekonstruktiv
yondashuvlar asnosida postmodern jamiyatlarning replikasi sifatida namoyon bo
‘
ldi.
Fransuz faylasufi
–
Jan Bodrillardning nazdida bu simulakra davrining ko
‘
rinishi bo
‘
lib,
holatni haqiqatni yolg
‘ondan hamda reallikni sun’iylikdan farqlaydigan chin hayotiy
mexanizmlarning o
‘
limi [3] deya baholash mumkin. Asarda Marta bilan ishqiy
munosabatlarda bo
‘lgan fransuz bilimdoni ta’kidlaganidek: “
Biz albatta o
‘
ta zamonaviy
masala haqida gaplashyapmiz. Men iqtibos keltirganlarning ko
‘
pchiligi tomonidan
isbotlangan haqiqat shuku
–
biz asl narsalardan ko
‘
ra ularning nusxasini afzalroq deb
bilamiz. Biz asl san’at asaridan ko‘
ra uning qayta ishlangan shakllarini ko
‘
proq xush
ko
‘
ramiz
” [4]. Shu o‘
rinda Ser Jek Pitmenning borliq haqiqatlari haqidagi qarashlarini
tahlil qilib, buning postmodern jamiyatlarda qay darajada ahamiyatli ekanligi haqida bir
xulosaga kelishimiz mumkin. Uning bir jarayonda xonada o
‘tirganlarga qarab, “Haqiqat
o
‘zi nima” deya qilgan murojaatidan va borliq haqiqatlarining uning o‘
zi uchun
ahamiyatini ma’lum qilgach, biz uning uchun tom ma’nodagi reallikning mavjud
emasligini ko
‘
rishimiz mumkin.
“Haqiqat nima? Ba’zan o‘
zimga shunday savol beraman.
Masalan, siz haqiqatdan ham, sizmisiz? Haqiqiymisiz? … Albatta, siz o‘
zingiz uchun
haqiqiysiz, ammo oliy darajadagi masalalarga bunday yondashish to
‘
g
‘
ri bo
‘
lmaydi. Mening
javobim shuki: Yo
‘
q. Ming afsus. Va siz meni samimiyligim uchun kechirishingiz mumkin,
lekin men uchun sizning o
‘
rningizga boshqa odamni yollash hech bir muammo tug
‘
dirmaydi
–
bu bir oddiy simulakra va men bu ishni sevimli Brankuzi haykalchamni sotishdan ham
tezroq bajarishim mumkin. Pul haqiqiymi? Qaysidir ma’noda pul sizdan haqiqiyroq.
Yaratgan Zot haqiqiymi? Bu masalaga meni yaratgan Zotni uchratgunimcha teginmay
turganimiz ma’qul. … Mening ismim haqiqiymi?... Bordiyu faqat qizlarim bo‘
lsachi? Unda bu
abadiyatdan qarzga olingan arzimasgina bir matoga teng. … Ulkan g‘
oyalar haqiqiymi?
Faylasuflar bizni shunga ishonishimizni istashadi. Albatta, menda ham o
‘
z vaqtida shunday
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
72
katta g
‘
oyalar bo
‘
lgan, ammo ularni yozib yurmaymiz-da. Ehtimol menga ayni damda
yagona kerakli narsa bu so
‘
nggi ulkan g
‘
oyadir [4].
Uning bu kabi g
‘
oyalari haqiqiy
Angliyani distopiyaga aylantirish uchun o
‘
ylab topilgan balandparvoz gaplar xolos.
Ser Jek Pitmennning bu kabi qarashlaridan shuni tushunishimiz mumkinki, uning
uchun haqiqatlar mavjud emas, faqat pulgina haqiqiy va faqat u insonlarni qandaydir
haqiqatlarni amalga oshirishlariga imkon bera oladigan chin haqiqat. Garchi uning uchun
“katta” haqiqatlar hech qanday ramziy ma’noga ega bo‘
lmasada, o
‘
zi asos solgan
haqiqatlarning Marta Kokreynning cho
‘
rtkesarligi va zukkoligi sabab yo
‘
qqa
chiqarilganligini ko
‘
rishimiz mumkin. Ser Jek Pitmen Marta Kokreyn bilan bo
‘
lgan ishga
joylashish uchun uyushtirilgan suhbatdayoq buni tan olishga majbur bo
‘
ladi. Pitmenning
“
Bugungi avlod Qirollik oilasini nega bunchalar yaxshi ko
‘
radi deb o
‘
ylaysiz
?” degan
kinoyali savoliga Marta “
Bordiyu aksi bo
‘
lganda ham nega buning aksi bo
‘
lyapti deb
so
‘
ragan bo
‘
lar edingiz
” deya masalani shu joyning o‘
zidayoq yechimga yuzlashtirib
qo
‘
yadi.
–
“
Biz juda mag
‘
rur xalqmiz, 1066-yildan beri biror urishda mag
‘
lub etilmadik
”
deya g
‘ururlanib gapirganida ham Marta “
Amerika inqilobiy urushlari va Afg
‘
on urishlarini
hisobga olmaganda
”, deb haqiqatning boshqa tomonlarini ham oshkor qiladi. Suhbatning
bunday tus olishini kutmagan Ser Jek Pitmen “
baribir, biz Napoleonni, Kayzerni va Gitlerni
mag
‘
lub qilganmiz
”, deb maqtanganida Marta “
Do
‘
stlarimizning arzimagan yordami bilan
albatta
” deya suhbatga yakun yasaydi. Shubhasiz, ingliz millatining o‘
zligini va qudratini
namoyon etuvchi bu kabi tarixiy voqealar aslida umuman boshqacha shaklda sodir
bo
‘
lganligini asar davomida Marta Kokreynning dekonstruktiv salohiyati sabab tushunib
yetamiz. Ser Jek Pitmen haqiqatning bunday qiyofasini ko`
‘
rishga tayyor emas edi, ammo
ich-ichidan buni tan oldi va Marta suhbat zalini tark etgach, yonidagi hamkasblariga
qarab: “
Bir hovuch qum va haqiqiy marvarid. Albatta men o
‘
xshatmasdan gapira
olmayman, lekin mening lug
‘
atimdagi erkaklar ayollikni xush ko
‘
radilar. Janoblar,
menimcha men sevib qoldim
”, deya suhbatga yakun yasaydi.
Uchinchi bo
‘limda “Angliya, Angliya” deb nomlangan Angliyaning replikasini
yaratish jarayoni boshlanib ketadi. Tematik parking haqiqiy qiymatini Ser Jek
Pitmennning uning ko
‘lami haqidagi nutqidan bilib olishimiz mumkin. “
Biz tematik park
haqida gaplashayotganimiz yo
‘
q
” deya gap boshladi u. “
Biz xalq madaniy merosining
markazi haqida ham gaplashmayapmiz. Biz Disneylendni, butun jahon ko
‘
rgazmasini,
Britaniya festivalini, Legolend yoki Peye Esteriksni ham muhokama qilayotganimiz yo
‘
q
.
Bordiyu ikki xil uslubda va antiqa tarzda tayyorlanadigan kurka go
‘
shti tayyor bo
‘
lguncha
aktyorlar tomoshabinlarga qayla ulashib turadilar va bunday xizmatlar uchun kredit
kartochkasi orqali to
‘
lovni amalga oshiradilar, deb o
‘
ylagan bo
‘
lsangiz kechirib qo
‘
yasiz.
Bilasiz, men majoziy ma’noda gapiraman. Biz kvant uslubida sakrashni amalga
oshiryapmiz. Bizga ikki tiyini bor yoki yo
‘
q turistlar kerak emas. Biz dunyoni lol qoldiramiz.
Biz oddiy ko
‘
ngilochar o
‘
yin-kulgu vositalari umuman taklif qila olmaydigan hattoki yuqori
sifatli dam olish maskanlari taklif qila olmaydigan xizmatlarni taklif qilamiz” [4].
Garchi
uning atrofidagi bir necha hamkorlari bunday replika g
‘
oyasiga katta shubha bilan
qarashgan bo
‘
lishsada, Ser Jek Pitmen ularni o
‘
z g
‘oyasining asosliligiga kutilganidan a’lo
tarzda ko
‘
ndirishga muvaffaq bo
‘ladi. “
Bordiyu funt haqiqiy bo
‘
lsa, dollar replikaga
aylanadi va biroz muddat o
‘
tgach haqiqiy narsa replikaga aylanadi
”, deydi u. Postmodern
davri tanqidchilarning fikricha simulakra dengizida real hayot ramzlari butunlay yo
‘
q
bo
‘
lib ketadi [7]. Simulakrani real hayotning replikasi sifatida tan oladigan bo
‘
lsak,
ma’lum ma’noda replika reallikni o‘
zida namoyon etishi mumkin, ammo asl reallikka
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
73
da’vo qila olmaydi. Bu holat o‘
z navbatida ikki narsaga sabab bo
‘
ladi: birinchi holatda
hech qachon jiddiy qabul qilinmaydi. Ikkinchi holatda esa replika haqiqiy real narsa
sifatida qabul qilinadi. Ikkala holatda ham faqat ayanchli natijaga sabab bo
‘
ladi.
Keyingi bosqichda katta loyihani amalga oshirish uchun har tomonlama
mukammal joy tanlash muammosi ko
‘
rib chiqiladi. Ser Jek Pitmen va uning hamkorlari
uchun Shillesni tanlashsa, u turistlarga juda uzoqlik qilar edi, Chennel orollari
–
haddan
tashqari fransuzcha bo
‘
lib ketar edi, paffinlari bilan mashhur Lundi orollari esa Temza
daryosi qirg
‘
oqlaridagi
–
loyli yerdan iborat edi xolos. Va nihoyat Vayt oroli tanlandi. U
Angliyaning shundoqqina belidan pastda joylashgan edi. Bundan tashqari, “
mitti
va
shirintoylig
i”, “
muqaddas
” buldozerlar tagida qolib ketib, yo‘
qolib ketish xavfi ostidagi
biron-bir o
‘
simliklar, hayvonlar, qushlar va madaniy merosga yetqazilishi mumkin
bo
‘lgan zarar haqida biror “
ma’lumot keltirilmagani
” juda katta loyiha uchun aynan shu
orolning tanlanishiga sabab bo
‘
ldi.
Ammo Ser Jek va uning atrofidagilar uchun loyihani amalga oshirish juda qiyin
kechdi. “Angliya, Angliya” deb nomlangan mavzuiy istirohat bog‘ini Ser Jek va’da
qilganidek turistlarning Makkasiga (A Tourist Mecca) aylantirish uchun ancha ter
to
‘
kishga to
‘
g
‘
ri keldi. Haqiqiy ingliz millatini o
‘
zida ifoda etishi mumkin bo
‘
lgan barcha
narsa inobatga olindi. Fuqarolar orasida haqiqiy ingliz millatini nima ifoda etishi
mumkinligi haqida so
‘
rovnomalar o
‘
tkazildi. Javoblarda keltirilishi kutilgan Qirollik oilasi,
Big Ben, Robin Gud, kriket, BBC, Shekspir va yana uzundan uzoq ro
‘
yxatda
–
tog
‘
cho
‘qqisidagi malinovka qushi singari ba’zi umuman kutilmagan xususiyatlar ham
inobatga olindi. Ammo ro
‘
yxatda keltirilgan ko
‘
ngilni xira qiladigan ingliz imperializmi,
tabaqalar o
‘
rtasidagi keskinlik, ikkiyuzlamachilik va shunga o
‘
xshash bir necha salbiy
fikrlar “vatanparvar” Ser Jek Pitmenning g‘
azabini keltirgan bo
‘
lsa-da, u buni shunchaki
hasadgo
‘
ylarning ig
‘
vosi deya baholadi. Barcha muammolar bartaraf etildi, orol
Parlamentning biroz qarshiligiga qaramasdan, sotib olindi. Ingliz millatining ramzi deya
tan olingan ellikta eng muhim punktlar asosida “Angliya, Angliya” yaratildi, Pitmen Uyi II
bo
‘
lib, yangi orolga ko
‘
chirildi. Mavzuiy istirohat bog
‘
ining ochilish marosimi Ser Jek
Pitmenning tug
‘ilgan kuniga belgilandi va aynan shu kuni u yangi zamonaviy “Angliya,
Angliya”ning gubernatori etib saylandi. Angliyaning ushbu miniatyura nusxasi tashrif
buyuruvchilarga ingliz madaniyati va tarixiy merosini hech bir noqulayliklarsiz ko
‘
rish
imkonini yaratdi. Asarda nomi keltirilgan Shvetsariya Birlashgan Banki tahlilchisi
–
Richard Poborskining Uol Strit jurnalida Angliya, Angliya haqida to
‘xtalib ta’kidlaganidek:
“… bu juda ajoyib taraqqiyot namunasi. U haqiqiy tijorat markazi. Uning ishlariga davlat
umuman daxl qilmaydi chunku u yerda davlatning o
‘
zi yo
‘
q. U yerda tashqi va ichki siyosat
tushunchasi mavjud emas, faqat iqtisodiy siyosatgina bor. Bu
–
markazlashgan
hukumatning murakkab dasturlari va saylov va’dalaridan xoli xaridorlar va sotuvchilar
uchun sof muloqot bozori”
[4]. Haqiqiy Angliyaga qiyoslaganda yangi Angliya, Angliya
nafaqat “
qulayroq balki, tozaroq, eng muhimi yana ham do
‘
stona va vaqtni samarali
o
‘
tkazish imkonini bera oladi
[4]
”
. Ser Jek Pitmen ta’kidlaganidek, bu yerda hamma narsa
duplikat va soxta, faqat pulgina haqiqiy.
Shubhasiz, bu joyda faqat sotish va sotib olish
mumkin. Chin insoniy tuyg
‘
ularga va
haqiqatlarga bu yerda o
‘
rin yo
‘
q. Agar shunday
bo
‘
lmaganida Martaning Angliya, Angliyadagi kechinmalari ayanchli yakun topmas edi.
Garchi loyihaning fundamental asosidan tortib, uning asosiy komponentlari ipidan
ignasigacha Martaning yo
‘
riqnomalari asosida tuzilgan bo
‘
lsa-
da, loyiha a’zolari uchun u
ma’lum muddatgagina kerak edi. Loyiha maromiga yetkazilib, o‘
z faoliyatini boshlagach
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
74
Martani bosh direktor (CEO
–
chief executive officer) lavozimiga tayinlashgan bo
‘
lsa-da,
uning bu yerdagi faoliyatini yakunlash uchun birgina sabab yetarli edi. Marta bilan
sevishib yurgan loyiha ishtirokchilaridan biri Pol Harrison bosh direktor lavozimiga
erishish uchun Martadan foydalanib yurgani tez orada oydinlashadi va Marta persona
non grata sifatida paromda Eski Angliyaga qaytarib yuboriladi.
Eski Angliya asarda “Anglia” deb nomlanib, muallif Julian Barnsning nazdida garchi
huvillab qolgan bo
‘
lsa-da, hammasini qaytatdan boshlash uchun berilgan bir imkon,
ammo bu safar yuqorida nomi keltirilgan madaniy meros
–
yolg
‘
onlardan xiyonatdan,
axloqsizlik va illatlardan xoli tarzda yaratilishi kerak. Ingliz millatining bosh afsonasi
qahramonlari xalq manfaatlari uchun kurashgan
–
Robin Hud va uning quvnoq do
‘
stlari
aslida gey bo
‘
lib chiqsa,
[4] butun dunyoga dong
‘
i ketgan zodagon shoiri
–
Bayron o
‘
zining
o
‘
gay singlisi bilan ishqiy munosabatlari sabab [4] xalq og
‘
ziga tushgan bo
‘
lsa, Oskar
Uaylda hammasi ochiq oydin bo
‘
lsa, Bernard Shou yalang
‘
och rasmga tushib [4]
maqtangan bo
‘
lsa, millatning ko
‘
nglidan joy olgan Nel Givin xonim o
‘
zini ochiqdan ochiq
“Protestant fohisha” deb tan olgan bo‘
lsa, bunday holatda eng to
‘
g
‘
ri yo
‘
l ko
‘
hna Angliaga
–
uning bu kabi illatlardan xoli holatiga qaytish bo
‘
ladi. Muallifning fikricha, biz bilgan
Angliya dunyoga hech bir donolik timsolini chiqarib bera olgan emas (
Hadn’t Old England
produced any wits who were … sound?
[4]). Asarning birinchi bo
‘
limidagi haqiqiy Angliya
ana shunday ayanchli distopik ahvolda. Bunday nosog
‘
lom muhitda hech qanday
qadriyatlarga o
‘
rin yo
‘
q. Aksi bo
‘
lganda, Marta otasi tirik bo
‘
la turib, ota mehridan
mosuvo bo
‘
lib, o
‘
smas edi, chinakam qadriyatlar ustiga qurilgan jamiyatlarda oilalar
bunchalik oson buzilib ketmas edi. Martaning nazdida esa otasidan qolgan achchiq
xotiralar sabab “
oilali erkaklar eng yomon erkaklar
[4]
”
sifatida namoyon bo
‘
lmas edi.
Ikkinchi bo
‘
limdagi Angliya, Angliya
–
postmodern jamiyatlar orzu qilgan haqiqiy
tijorat maskani. U haqiqiy Angliya va’da ham qila
olmaydigan darajadagi oliymaqom
qulayliklardan bahramand bo
‘
lish imkonini bera olgan betakror simulakra mahsuli.
Haqiqiy reallikni qadrlay olmaydigan o
‘
zini asllikdan mahrum qilganlar uchun o
‘
zini o
‘
zi
aldab yashashi uchun yaxshi vosita. Balki ularning o
‘
limini ham yolg
‘
onga chiqara olish
kuchiga ega vosita. Ser Jek Pitmenning o
‘
limidan keyin uning o
‘
rniga uning nusxasi olib
kelib qo
‘
yildi. Endi u na o
‘
lgan va na yashayotgan hisoblanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xullas, uchinchi bo
‘
limda Angliya dekonstruktiv yondashuv asosida o
‘
zining asl
holatiga qaytarilgan ko
‘
hna
Angliya
ga aylandi. Garchi xavotirli tuyulsa-da, Angliada uzoq
yillar davomida amalda qo
‘
llab kelingan iqtisodiy o
‘sish, siyosiy ta’sirni kuchaytirish,
harbiy salohiyat va ma’naviy ustunlik g‘
oyalaridan butunlay voz kechildi. Hatto pul to
‘
lab
bo
‘
lsa-da, Yevropa Hamjamiyatidan chiqib ketildi. Mamlakat hududida xorijliklarning
mulkka egalik huquqi butunlay bekor qilindi va harbiylardan voz kechildi. Emigratsiyaga
ruxsat berildi, ammo chetdan kirib kelish cheklab qo
‘
yildi. Turistik maqsadlarga keskin
ta’qiqlar qo‘yildi. Eski ma’muriy okruglarga bo‘
linish tugatildi va yangi anglo-sakson
qirolliklari tizimidagi kabi viloyatlar tashkil etildi. Nihoyat, mamlakat dunyodan
ajralganligini e’lon qildi. Uchinchi ming yillikdan boshlab uning nomi Angliyaga
o
‘zgartirildi. Angliya vatanparvarlarining nazdida bu kabi choralardan maqsad “o‘
z
tarixidan charchagan davlat”ni qayta tiklash edi. Va nihoyat, Marta uchun keksalik
davriga kelib, o
‘
zi orzu qilganidek, haqiqiy xavotirsiz, yolg
‘
onlarsiz hayot boshlash imkoni
berildi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ahmed S. Satires in Julian Barnes’s England, England. –
Bangladesh. Cognizance
Journal of Multidisciplinary Studies., Vol.3, Issue.9., 2023.
–
PP. 165-173.;
2.
Arargüç M.F. Idle Simulacra in Julian Barnes’ England, England. Journal of British
Literature and Culture. No. 12., 2005.
–
PP. 3-20.
3.
Baudrillard J. Trans. by Glaser Sh.F. Simulacra and Simulation. Michigan, 1994.
–
P. 6.
4.
Barnes J. England, England.
–
NY. Vintage Ebooks., 1998.
–
P. 11, 13, 52, 57, 86,
87, 132, 160, 185.
5.
Butler Ch. Postmpodernism. A Very Short Introduction.
–
NY. Oxford University
Press., 2002.
–
P. 21.
6.
Ekberg. J. More Real than Real: Simulacra and Satire in Julian Barnes's England,
England.
–
China. College of Liberal Arts., 2014.
–
P. 1.;
7.
Matthews G. Ethics and Desires in the Wake of Postmodernism: Contemporary
Satire. Bloomsbury Academic. UK, 2012.
–
P. 2.
