Лингвокультурология как культурное явление языка

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
101-104
74
20
Поделиться
Ахмедова, О. (2019). Лингвокультурология как культурное явление языка. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71), 101–104. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1022
Одинахон Ахмедова, Андижанский государственный университет

Преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье исследуется лингвокультурологии как феномен языка, который является одним из наиболее важных аспектов языкознания. Изучение национального маркера лингвокультурологии и процесса понимания речи в контексте межкультурной коммуникации

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

101

 

 

LINGVOKULTUROLOGIYA TILNING  MADANIY FENOMENI SIFATIDA 

 

Ahmedova Odinaxon Abdullajon qizi, 

Andijon davlat universiteti o‗qituvchisi, 

 

Kalit  so‟zlar: 

lingvokulturologiya,  lingvokulturema,  madaniyat,  antroposentrizm,  fenomen, 

lingvokulturologik tahlil, paradigma, moddiy va ma‘naviy madaniyat.   

 

XX  asrning  90  –  yillarida  tilshunoslik 

bilan  ma‘daniyatshunoslik  orasida  yangi  fan 
sohasi,  lingvokulturologiya  (lingvomadani-
yatshunoslik) 

paydo 

bo‘ldi. 

tilshunoslikning  mustaqil  yo‘nalishi  sifatida 
tan 

olindi. 

Lingvokulturologiyaning 

shakllanishi 

haqida 

deyarli 

barcha 

tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon 
Gumboldtga borib taqalishini  ta‘kidlaydilar.      

Lingvokulturologiya  sohasida    jiddiy 

tadqiqotlar  yaratgan  V.A.  Maslova  ushbu 
sohaning  rivojini 3 bosqichga  ajratadi:  

 1)  fan  shakllanishiga  turtki  bo‘lgan 

dastlabki  tadqiqotlarning  yaratilishi  (V.  Fon 
Gumboldt,  E.Benvnist,  L.Vaysgerber,  A.A. 
Potebnya,  E.Sepir)  kabi  tilshunoslarning  
ishlari );  

2) lingvokulturologiyaning alohida soha  

sifatida ajratilishi;  

3)  lingvokulturologiyaning  rivojlanish 

bosqichi;  

XXI 

asr 

boshiga 

kelib 

lingvokulturologiya  dunyo  tilshunosligidagi 
yetakchi  yo‘nalishlardan  biriga  aylanib 
ulgurdi.  Lingvokulturologiya  tilni    madaniy 
fenomeni  sifatida  o‘rganuvchi  fan  bo‘lib, 
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat 
uning  predmetini  tashkil  etadi.  Jumladan, 
V.N.  Teliya  bu    haqida  shunday  yozadi: 
―Lingvokulturologiya 

inson 

omiliga, 

aniqrog‘i  insondagi  madaniy  omilni  tadqiq 
etuvchi  fandir.  Bu  esa  shuni  bildiradiki, 
lingvokulturologiya 

markazi 

madaniyat 

fenomeni 

bo‘lgan 

inson 

to‘g‘risidagi 

antropologik  paradigmaga  xos  bo‘lgan 
yutuqlar  majmuasidir‖ [3.222]  

V.V.Vorobyev  ―lingvokulturologiya  – 

sintezlovchi  toifadagi  kompleks  ilm  sohasi  
bo‘lib,  u  madaniyat  va  til  o‘rtasidagi  o‘zaro 
aloqalar  va  ta‘sirlashuvlarni  o‘rganadi.  Bu 
jarayonni 

yagona  lisoniy  va  nolisoniy 

(madaniy)  mazmunga  ega  birliklarning  yaxlit 

tarkibi  sifatida  mazkur  jarayonni zamonaviy 
nufuzli 

madaniy 

ustuvorliklarga 

(umuminsoniy    me‘yorlar  va  qadryatlar)  
qaratilgan  tizimli  metodlar  yordamida  aks 
ettiradi‖, 

deb 

ko‘rsatadi. 

Ushbu  

tushunchalarning  o‘zaro  farqli  jihatlarini 
professor O‘. Yusupov quydagicha izohlaydi. 
―Lingvokulturema  -  o‘z  semantikasida 
(ma‘nosida)  madaniyatning    biror  bo‘lagini 
aks ettiruvchi til yoki nutq  birligi. 

Lingvokulturemalarga 

madaniyatning 

biror  bo‘lagini  aks  ettiruvchi  so‘zlar, 
frazeologik  birliklar,  so‘z  birikmalari,  gaplar, 
paremiyalar,  murakkab  sintaktik  butunliklar, 
matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema 
mazmun  va  ifoda  planiga  ega,  ifoda  plani 
yuqorida  ko‘rsatilgan  birliklar,  mazmun 
planini  esa  o‘sha  birliklarning  semantikasi 
tashkil 

qiladi. 

Demak, 

lingvokulturema 

kontseptdan  o‘zining  mazmun  va  ifoda 
planiga  ega  bo‘lishi  bilan  farq  qiladi, 
lingvokulturologiya uchun xalq  madaniyatini 
lisoniy  ko‘rinishda  namoyon  etish  asosiy  
vazifa 

hisoblanadi. 

Uningcha, 

―lingvokulturema‖ 

tushunchasi 

qiyosiy 

tilshunoslik  uchun  foydali,  ―zero  til  – 
madaniy  fakt,  biz  meros  qilib  oladigan 
madaniyatning tarkibiy qismi va ayni  paytda 
qurol  hamdir.  Xalq  madaniyati  til  orqali 
verballashadi, 

aynan 

til 

madaniyatining 

tayanch,  asosiy  tushunchalarini  harakatga 
keltiradi va ularni belgilar ko‘rinishida,  ya‘ni 
so‘zlar vositasida  ifoda  etadi‖ [4.15]. 

Agar  madaniyatshunoslik    insonning 

tabiat,  jamiyat,  san‘at,  tarix  va  boshqa 
ijtimoiy  va  madaniy  borliq  sohalarida  o‘z-
o‘zini 

anglash 

xususiyatini 

o‘rgansa,  

tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining 
mental 

modellari 

sifatida 

aks 

etuvchi 

dunyoqarashni 

o‘rganadi. 

Lingvokulturologiyaning 

asosiy 

tadqiqot 

predmeti  esa  doimiy  o‘zaro  ta‘sirlashish 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

102

 

holatida  bo‘lgan  ham  til,  ham    madaniyat 
hisoblanadi.  

 ―Madaniyat‖ 

lotincha 

―Colere‖ 

so‘zidan  olingan  bo‘lib,  ―ishlov  berish, 
tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat‖ 
ma‘nolarini  anglatadi.  XVIII  asrdan  boshlab 
―madaniyat‖  atamasi  inson  faoliyatining 
mahsuli  bo‘lgan  barcha  narsalarga  nisbatan 
qo‘llanila  boshlagan.  Bu  ma‘nolarning  
barchasi 

―madaniyat‖ 

so‘zining 

qo‘llanilishida  saqlanib  qolgan,  ammo  aslida 
bu so‘z  ―insonning tabiatiga maqsadli ta‘siri, 
tabiatning 

inson 

manfaatlari 

uchun 

o‘zgartirilishi  ,  ya‘ni  yerga  ishlov  berilishi‖ 
(

qishloq  xo‘jalik  madanyati

)  degan  ma‘noni 

anglatgan.  Keyinchalik  ―madaniyat‖  atamasi  
bilimdon, 

marifatli, 

yuksak 

tarbiyali 

insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan. 
Hozirga kelib ―madaniyat‖ atamasining fan va 
amaliyotning  turli  sohalarida  500  dan  ortiq 
variantda  ishlatilishi  ma‘lum [6. 1-2]. 

Mualliflarning    madaniyatga    bergan  

ta‘riflari umumlashtirilsa, madaniyatga  

butun 

tarixiy 

taraqqiyot 

jarayonida 

insoniyat 

tomononidan  yaratilgan  va  yaratilayotgan  
barcha  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklar  
yig‘indisi‖ 

deb ta‘rif  berish  mumkin. Shunga 

asosan madaniyatning  ikki turi  farqlanadi: 1) 
moddiy  madaniyat;    2)  ma‘naviy  madaniyat; 
Moddiy  madaniyat  inson  faoliyati  tufayli 
yaratilgan  ―ikkinchi  tabiat‖,  ya‘ni  ishlab 
chiqarilish 

vositalari, 

mehnat 

qurollari, 

mehnat  ko‘nikmalari,  shuningdek,  ishlab 
chiqarish  jarayonida  yaratilgan  hayot  uchun 
hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi. 
Ma‘naviy  madaniyatning  qamrovi  behad  
keng  bo‘lib,  u  ijtimoiy  ongning  barcha 
shakllari,  ya‘ni  falsafiy,  ilmiy,  huquqiy, 
axloqiy,  estetik,  diniy  qarashlar,  maorif, 
ta‘lim-tarbiya,  maktab,  o‘rta  va  oliy  ta‘lim, 
fan,  madaniyat    muassasalari,  ommaviy 
axborot  vositalari,  san‘at,  xalq  ma‘naviy 
ijodiyotning    barcha  turlarini  qamrab  oladi. 
Moddiy va ma‘naviy madaniyat bir biri bilan 
uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  biri  ikkinchisini 
to‘ldiradi. Masalan, moddiy boylikning  biror 
turini  inson  aql-zakovatisiz,  tafakkurisiz, 
aqliy  mehnatisiz  yaratib  va  takomillashtirib  
bo‘lmaydi.  Demak,  moddiy  madaniyatni 
barpo etish zamirida ma‘naviy madaniyat ham 
yotadi.  Har  qanday  moddiy  va  ma‘naviy 

madaniyat 

durdonalari 

inson 

aqliy 

va  

jismoniy  mehnati  sintezi  asosida  yuzaga  
keladi.  Ma‘naviy  ma‘daniyat    voqealikni 
badiiy    aks    ettirish  va  o‘zlashtirish 
vositasidir.  Moddiy    madaniyat  dunyo  va 
insonlarning  moddiy  hayot  sharoitlari  bilan, 
ma‘naviy    madaniyat  esa    urf-odat,    rasm-
rusm,  an‘ana,  marosim  va  milliy    qadriyatlar 
bilan chambarchars  bog‘liqdir.   

Madaniyat 

qanchalik 

chuqur 

va 

tafsilotlari  bilan  o‘rganilsa,  uning  inson 
fikrlashi  bilan  bog‘liq  ekanligi  yakdil  
seziladi.  Shunday  ekan,  inson  ko‘z  o‘ngida 
aks etgan voqea-hodisalarni  madanyati orqali 
ongiga 

singdirishga 

hamisha 

intiladi. 

Ma‘lumki,  insonlar  ma‘lum  bir  ijtimoiy-
iqtisodiy  tuzumda  yashaydilar,  u  yoki  bu 
milliy  tilda  so‘zlashadilar  va  ular  muayyan  
milliy ma‘naviyat va madaniyatga ega. Milliy 
ma‘naviyat,  uni  ro‘yobga  chiqishida  muhim  
o‘rin    tutadigan  til  madaniyati  va  nutq 
ma‘naviyatining  o‘ziga  xos  xususiyatlari 
insonlarning    lisoniy  kognitiv  faoliyatida  o‘z 
aksini  topadi.  Masalan,  stol  ustidagi  biror 
narsani  yerga  tushib  ketishidagi  emotsional 
holatni  ingliz  ayoli  ―Oaps‖,  nemis  ayoli  
―Mein Got!‖, rus  ayoli ―Боже мой!‖,  o‘zbek 
ayoli  esa  ―Voy,  o‘lay‖  tarzlarida  ifodalaydi. 
Turli  millatlarga  mansub  bo‘lgan  ayollar  til 
madaniyati  va  nutq  ma‘naviyatini  qiyosiy 
tahlil  qilish  imkonini    beruvchi  ushbu 
misoldan ko‘rinib turganidek, to‘saddan sodir 
bo‘lgan  his  –  hayajonni  ifodalashda  hech 
qanday  lug‘aviy  ma‘noga  ega    bo‘lmagan 
―Oaps!‖ undov so‘zidan, nemis va rus ayollari 
o‘z  ajdodlarining  til  madaniyati  va  nutq 
ma‘naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi 
qiladigan  ―Mein  Got‖,  ―Боже    мой‖ 
so‘zlaridan  foydalanadilar.  O‘zbek  ayoli  esa 
bunday  holda  salbiy  ma‘noga  ega  bo‘lgan 
―Voy, o‘lay!‖  so‘zlarini ishlatadi.  

Insonning  hayot  kechirishida  kerakli 

predmetlar  hamda  yuzaga  keladigan  voqea-
hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa 
ham    bo‘ladi.  Masalan,  quyoshni  yoki  oyni  
madaniyatga  kiritish  bir  tomomdan  mumkin 
emasdek  ko‘rinadi.  Ammo  barcha  xalqlar 
madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud 
ekanligi  ma‘lum.  Lekin  ba‘zi  salqin  ob-havo 
sharoitida 

yashovchi 

Yevropa 

xalqlari 

(slavyanlar  va  germanlar)  quyoshni  issiqlik,  


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

103

 

ardoqlash  va  iltifot  belgilari  sifatida  ijobiy  
baholaydi.  Arab  davlatlari  madaniyatida  esa 
quyosh  yoz    paytida  ularni  qiyin  ahvolga 
soluvchi  jazirama  haroratga  tenglashtirib, 
salbiy  baholanadi.  Demak,  quyoshni  faqat 
tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli 
sifatida  tushunsa  bo‘ladi. 

 Janubda 

yashovchi 

xalqlar 

madaniyatida  oy  alohida  e‘tirof  bilan  tilga 
olinadi.  Ruslar  ongida  u  qorong‘ilik,  oxirat 
bilan  bog‘lanib,  ba‘zida  hayot-  va  momot 
bilan  (жить  «под  луной»,  »  в  подлунном 
мире»  -  hammaning    hayoti  birdek  sharoitda 
kechadi)  tasavvur  qilinsa,  oy  nuri  boshqa 
slavyanlarda  homilador  hamda    norasidalar 
uchun  havfli,  ziyon  keltiradigan    hodisaga 
taqqoslanadi.  Vetnamliklarda  esa  boshqa 
janubiy 

Osiyo 

xalqlaridagi 

kabi 

oyga 

munosabat tomoman boshqacha, ya‘ni ular oy 
kalendari  bo‘yicha  yashashadi,  maxsus  
nishonlanadigan  Oy  bayrami  bolalarning 
sevimli bayrami hisoblanadi. Go‘zal, nozik va 
beg‘ubor  yosh  qizlar  oyga  o‘xshatiladi, 
sevishganlar  oy  yorug‘ida  guringlashib,  unga 
bag‘ishlab  she‘rlar  to‘qishadi  va  qo‘shiqlar  
aytishadi.  Shuning  uchun  Vetnam  xalqi 
hayotidagi  barcha  ezguliklarni  oy  orqali 
tasavvur  etadilar.   

Shu  kabi  oyga  munosabat  -  o‘zbek 

xalqiga  ham  mansub  ekanligini  alohida 
ta‘kidlash  lozim.  Chunki  o‘zbeklarda  oy 
quyoshdan nur olib, yog‘du soluvchi  samoviy  
jismgina  emas  (―oyni  etak  bilan  yopib 
bo‘lmaydi‖ - maqol),  balki ―go‘zal,  chiroyli  
yuz‖  (  oy  yuzini  qora    chimmat  zulmidan 
qutiltirg‘il. ―juda go‘zal, juda ham  chiroyli‖) 
(―Oy  desa oyga, kun desa kunga o‘xshaydi‖), 
safarga  ketayotgan  kimsaga  yaxshilik  tilash 
(―Oy  borib  omon  qayt‖)  ma‘nolarida 
ishlatiladi [5, 205].  Shuni  aytib o‘tish   joizki, 
rus  xalqida  ham  ―лицо  как  луна‖  iborasi 
go‘zalikka tan berishni anglatadi .   

Bunga  o‘xshagan  misollarni  boshqa  

xalqlar  madaniyatida  ham  uchratish  mumkin. 
Turli    xalqlar  madaniyatida  mavjud  yuqorida 

keltirilgan  o‘ziga  xos  alohidaliklarning  tilda  
aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning 
asosiy  vazifalaridan biridir.              

Hozirgi 

vaqtda 

lingvokulturologiya 

jahon,  xususan,  rus,  o‘zbek  tilshunosligida 
eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu 
borada  bir  qancha  o‘quv  qo‘llanmalar 
yaratilgan. 

Tilshunoslarning 

e‘tirof 

etilishicha,  ularning  orasida  eng  mashhuri 
V.A.  Maslova  tomonidan  yaratilgan  o'quv 
qo'llanma 

hisoblanadi. 

Mazkur 

o‘quv 

qo‘llanmada  lingvokulturoligiya  sohasining  
metodlari,  obyekti  va  predmeti,  yo‘nalishlari 
yoritib 

berilgan, 

muayyan 

til 

birligini 

lingvokulturologik  tahlil  qilish  namunalari  
ko‘rsatilgan [1. 208]. 

Lingvokulturologik 

yondashuvdagi 

tadqiqotlar  o‘zbek  tilshunosligida  oxirgi  o‘n 
yilliklarda  paydo    bo‘la    boshladi.  Professor  
N.  Mahmudovning  ―Tilning  mukammal 
tadqiqi 

va 

yo‘llarini 

izlab…‖ 

nomli  

maloqasida  lingvokulturologiya,  umuman, 
antropotsentrik  paradigmaning    mohiyati  va 
bu  boradagi  muammolar  chuqur  va  asosli 
yoritib  beriladi.  Ushbu  maqolani  o‘zbek 
tilshunosligida  lingvokulturologiya  haqida 
jiddiy  mulohazalar    bayon  qilingan  birinchi 
asar  sifatida  baholash  mumkin.  Maqolada 
lingvokulturologik  nazariyaning  shakllanishi 
uchun  hizmat  qilgan  omillar,  undagi  asosiy 
tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar 
haqida juda asosli mulohazalar  aytilgan [2. 3-
16].   

Xulosa  qilib  aytganda,  XIX  asrda 

V.Gumboltdning 

til 

va 

tafakkur 

munosabatlarini 

o‘rganishda 

millat 

madaniyatiga asosiy e‘tibor berilishi lozimligi 
haqidagi  mulohazalari  XX  asrning  90-
yillarida  qator  tilshunoslar  tomonidan  yangi 
fan  lingvokulturologiyaning  yuzaga  kelishiga 
sabab  bo‘lib,  ushbu  fan  hozirgi  zamon 
tilshunosligida o‘ta tez sur‘atlarda  rivojlanib, 
umumiy 

tilshunoslikdan 

alohida 

o‘rin 

egalladi.

 

Adabiyotlar ro‘yxati: 

1. Maslova V.A.  Lingvokulturologiya: Ucheb.  Posobie. – M.: Academia, 2001-208s.    
2. Mahmudov  N. – Tilning  mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…// O‘zbek tili va adabiyoti.-

Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16. 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

104

 

3. 

Teliya 

V.N. 

Russkaya 

frazeologiya: 

semanticheskiy, 

pragmaticheskiy 

 

i  

lingvokultrologicheskiy aspekti.  -  M.: Shkola  ―Yaziki russkoy  kulturi‖,  1196- S.222.

 

4. Vorobyev V.V.  Lingvokulturologiya.  Teoriya i metodi. –M., 1997.  
5. O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati. I.I. – M: Russkiy  yazik, 1981.  
6. blib // refcairc  allbcsi. Ru 
 

Ahmedova O. Lingual  culture as  cultural  pehomenon of a language. 

This  article explores  

linguoculturology  as  a  phenomenon  of  language  and  is  one  of  the  most  important  aspects  of 
linguistics.  The  study  of  national  marker  linguistic    linguoculturology    and    the    process  of  
understanding  speech  in the context of interc. 

Ахмедова  О.  Лингвокультурология  как  культурное  явление  языка. 

В  этой  статье 

исследуется лингвокультурологии как феномен языка, который является одним из наиболее 
важных  аспектов  языкознания.  Изучение  национального  маркера  лингвокультурологии  и 
процесса понимания речи в контексте межкультурной коммуникации. 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Maslova V.A. Lingvokulturologiya: Ucheb. Posobie. - M.: Academia, 2001-208s.

Mahmudov N. - Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab...// O’zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.

Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy lingvokultrologicheskiy aspekti. - M.: Shkola “Yaziki russkoy kulturi”, 1196-S.222.

Vorobyev V.V. Lingvokulturologiya. Teoriya i metodi.-M., 1997.

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1.1. - M: Russkiy yazik, 1981.

blib // refcairc allbcsi. Ru

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов