Хорижий филология
№2, 2019 йил
101
LINGVOKULTUROLOGIYA TILNING MADANIY FENOMENI SIFATIDA
Ahmedova Odinaxon Abdullajon qizi,
Andijon davlat universiteti o‗qituvchisi,
Kalit so‟zlar:
lingvokulturologiya, lingvokulturema, madaniyat, antroposentrizm, fenomen,
lingvokulturologik tahlil, paradigma, moddiy va ma‘naviy madaniyat.
XX asrning 90 – yillarida tilshunoslik
bilan ma‘daniyatshunoslik orasida yangi fan
sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadani-
yatshunoslik)
paydo
bo‘ldi.
U
tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida
tan
olindi.
Lingvokulturologiyaning
shakllanishi
haqida
deyarli
barcha
tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon
Gumboldtga borib taqalishini ta‘kidlaydilar.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy
tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu
sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan
dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon
Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A.
Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning
ishlari );
2) lingvokulturologiyaning alohida soha
sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish
bosqichi;
XXI
asr
boshiga
kelib
lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi
yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylanib
ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy
fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib,
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat
uning predmetini tashkil etadi. Jumladan,
V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi:
―Lingvokulturologiya
inson
omiliga,
aniqrog‘i insondagi madaniy omilni tadqiq
etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki,
lingvokulturologiya
markazi
madaniyat
fenomeni
bo‘lgan
inson
to‘g‘risidagi
antropologik paradigmaga xos bo‘lgan
yutuqlar majmuasidir‖ [3.222]
V.V.Vorobyev ―lingvokulturologiya –
sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi
bo‘lib, u madaniyat va til o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalar va ta‘sirlashuvlarni o‘rganadi. Bu
jarayonni
yagona lisoniy va nolisoniy
(madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit
tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy
nufuzli
madaniy
ustuvorliklarga
(umuminsoniy me‘yorlar va qadryatlar)
qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks
ettiradi‖,
-
deb
ko‘rsatadi.
Ushbu
tushunchalarning o‘zaro farqli jihatlarini
professor O‘. Yusupov quydagicha izohlaydi.
―Lingvokulturema - o‘z semantikasida
(ma‘nosida) madaniyatning biror bo‘lagini
aks ettiruvchi til yoki nutq birligi.
Lingvokulturemalarga
madaniyatning
biror bo‘lagini aks ettiruvchi so‘zlar,
frazeologik birliklar, so‘z birikmalari, gaplar,
paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar,
matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema
mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani
yuqorida ko‘rsatilgan birliklar, mazmun
planini esa o‘sha birliklarning semantikasi
tashkil
qiladi.
Demak,
lingvokulturema
kontseptdan o‘zining mazmun va ifoda
planiga ega bo‘lishi bilan farq qiladi,
lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini
lisoniy ko‘rinishda namoyon etish asosiy
vazifa
hisoblanadi.
Uningcha,
―lingvokulturema‖
tushunchasi
qiyosiy
tilshunoslik uchun foydali, ―zero til –
madaniy fakt, biz meros qilib oladigan
madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda
qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali
verballashadi,
aynan
til
madaniyatining
tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga
keltiradi va ularni belgilar ko‘rinishida, ya‘ni
so‘zlar vositasida ifoda etadi‖ [4.15].
Agar madaniyatshunoslik insonning
tabiat, jamiyat, san‘at, tarix va boshqa
ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o‘z-
o‘zini
anglash
xususiyatini
o‘rgansa,
tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining
mental
modellari
sifatida
aks
etuvchi
dunyoqarashni
o‘rganadi.
Lingvokulturologiyaning
asosiy
tadqiqot
predmeti esa doimiy o‘zaro ta‘sirlashish
Хорижий филология
№2, 2019 йил
102
holatida bo‘lgan ham til, ham madaniyat
hisoblanadi.
―Madaniyat‖
lotincha
―Colere‖
so‘zidan olingan bo‘lib, ―ishlov berish,
tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat‖
ma‘nolarini anglatadi. XVIII asrdan boshlab
―madaniyat‖ atamasi inson faoliyatining
mahsuli bo‘lgan barcha narsalarga nisbatan
qo‘llanila boshlagan. Bu ma‘nolarning
barchasi
―madaniyat‖
so‘zining
qo‘llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida
bu so‘z ―insonning tabiatiga maqsadli ta‘siri,
tabiatning
inson
manfaatlari
uchun
o‘zgartirilishi , ya‘ni yerga ishlov berilishi‖
(
qishloq xo‘jalik madanyati
) degan ma‘noni
anglatgan. Keyinchalik ―madaniyat‖ atamasi
bilimdon,
marifatli,
yuksak
tarbiyali
insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan.
Hozirga kelib ―madaniyat‖ atamasining fan va
amaliyotning turli sohalarida 500 dan ortiq
variantda ishlatilishi ma‘lum [6. 1-2].
Mualliflarning madaniyatga bergan
ta‘riflari umumlashtirilsa, madaniyatga
butun
tarixiy
taraqqiyot
jarayonida
insoniyat
tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan
barcha moddiy va ma‘naviy boyliklar
yig‘indisi‖
deb ta‘rif berish mumkin. Shunga
asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1)
moddiy madaniyat; 2) ma‘naviy madaniyat;
Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli
yaratilgan ―ikkinchi tabiat‖, ya‘ni ishlab
chiqarilish
vositalari,
mehnat
qurollari,
mehnat ko‘nikmalari, shuningdek, ishlab
chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun
hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi.
Ma‘naviy madaniyatning qamrovi behad
keng bo‘lib, u ijtimoiy ongning barcha
shakllari, ya‘ni falsafiy, ilmiy, huquqiy,
axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif,
ta‘lim-tarbiya, maktab, o‘rta va oliy ta‘lim,
fan, madaniyat muassasalari, ommaviy
axborot vositalari, san‘at, xalq ma‘naviy
ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi.
Moddiy va ma‘naviy madaniyat bir biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini
to‘ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror
turini inson aql-zakovatisiz, tafakkurisiz,
aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib
bo‘lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni
barpo etish zamirida ma‘naviy madaniyat ham
yotadi. Har qanday moddiy va ma‘naviy
madaniyat
durdonalari
inson
aqliy
va
jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga
keladi. Ma‘naviy ma‘daniyat voqealikni
badiiy aks ettirish va o‘zlashtirish
vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va
insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan,
ma‘naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-
rusm, an‘ana, marosim va milliy qadriyatlar
bilan chambarchars bog‘liqdir.
Madaniyat
qanchalik
chuqur
va
tafsilotlari bilan o‘rganilsa, uning inson
fikrlashi bilan bog‘liq ekanligi yakdil
seziladi. Shunday ekan, inson ko‘z o‘ngida
aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali
ongiga
singdirishga
hamisha
intiladi.
Ma‘lumki, insonlar ma‘lum bir ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu
milliy tilda so‘zlashadilar va ular muayyan
milliy ma‘naviyat va madaniyatga ega. Milliy
ma‘naviyat, uni ro‘yobga chiqishida muhim
o‘rin tutadigan til madaniyati va nutq
ma‘naviyatining o‘ziga xos xususiyatlari
insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o‘z
aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror
narsani yerga tushib ketishidagi emotsional
holatni ingliz ayoli ―Oaps‖, nemis ayoli
―Mein Got!‖, rus ayoli ―Боже мой!‖, o‘zbek
ayoli esa ―Voy, o‘lay‖ tarzlarida ifodalaydi.
Turli millatlarga mansub bo‘lgan ayollar til
madaniyati va nutq ma‘naviyatini qiyosiy
tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu
misoldan ko‘rinib turganidek, to‘saddan sodir
bo‘lgan his – hayajonni ifodalashda hech
qanday lug‘aviy ma‘noga ega bo‘lmagan
―Oaps!‖ undov so‘zidan, nemis va rus ayollari
o‘z ajdodlarining til madaniyati va nutq
ma‘naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi
qiladigan ―Mein Got‖, ―Боже мой‖
so‘zlaridan foydalanadilar. O‘zbek ayoli esa
bunday holda salbiy ma‘noga ega bo‘lgan
―Voy, o‘lay!‖ so‘zlarini ishlatadi.
Insonning hayot kechirishida kerakli
predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-
hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa
ham bo‘ladi. Masalan, quyoshni yoki oyni
madaniyatga kiritish bir tomomdan mumkin
emasdek ko‘rinadi. Ammo barcha xalqlar
madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud
ekanligi ma‘lum. Lekin ba‘zi salqin ob-havo
sharoitida
yashovchi
Yevropa
xalqlari
(slavyanlar va germanlar) quyoshni issiqlik,
Хорижий филология
№2, 2019 йил
103
ardoqlash va iltifot belgilari sifatida ijobiy
baholaydi. Arab davlatlari madaniyatida esa
quyosh yoz paytida ularni qiyin ahvolga
soluvchi jazirama haroratga tenglashtirib,
salbiy baholanadi. Demak, quyoshni faqat
tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli
sifatida tushunsa bo‘ladi.
Janubda
yashovchi
xalqlar
madaniyatida oy alohida e‘tirof bilan tilga
olinadi. Ruslar ongida u qorong‘ilik, oxirat
bilan bog‘lanib, ba‘zida hayot- va momot
bilan (жить «под луной», » в подлунном
мире» - hammaning hayoti birdek sharoitda
kechadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa
slavyanlarda homilador hamda norasidalar
uchun havfli, ziyon keltiradigan hodisaga
taqqoslanadi. Vetnamliklarda esa boshqa
janubiy
Osiyo
xalqlaridagi
kabi
oyga
munosabat tomoman boshqacha, ya‘ni ular oy
kalendari bo‘yicha yashashadi, maxsus
nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning
sevimli bayrami hisoblanadi. Go‘zal, nozik va
beg‘ubor yosh qizlar oyga o‘xshatiladi,
sevishganlar oy yorug‘ida guringlashib, unga
bag‘ishlab she‘rlar to‘qishadi va qo‘shiqlar
aytishadi. Shuning uchun Vetnam xalqi
hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali
tasavvur etadilar.
Shu kabi oyga munosabat - o‘zbek
xalqiga ham mansub ekanligini alohida
ta‘kidlash lozim. Chunki o‘zbeklarda oy
quyoshdan nur olib, yog‘du soluvchi samoviy
jismgina emas (―oyni etak bilan yopib
bo‘lmaydi‖ - maqol), balki ―go‘zal, chiroyli
yuz‖ ( oy yuzini qora chimmat zulmidan
qutiltirg‘il. ―juda go‘zal, juda ham chiroyli‖)
(―Oy desa oyga, kun desa kunga o‘xshaydi‖),
safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash
(―Oy borib omon qayt‖) ma‘nolarida
ishlatiladi [5, 205]. Shuni aytib o‘tish joizki,
rus xalqida ham ―лицо как луна‖ iborasi
go‘zalikka tan berishni anglatadi .
Bunga o‘xshagan misollarni boshqa
xalqlar madaniyatida ham uchratish mumkin.
Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida
keltirilgan o‘ziga xos alohidaliklarning tilda
aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning
asosiy vazifalaridan biridir.
Hozirgi
vaqtda
lingvokulturologiya
jahon, xususan, rus, o‘zbek tilshunosligida
eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu
borada bir qancha o‘quv qo‘llanmalar
yaratilgan.
Tilshunoslarning
e‘tirof
etilishicha, ularning orasida eng mashhuri
V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv
qo'llanma
hisoblanadi.
Mazkur
o‘quv
qo‘llanmada lingvokulturoligiya sohasining
metodlari, obyekti va predmeti, yo‘nalishlari
yoritib
berilgan,
muayyan
til
birligini
lingvokulturologik tahlil qilish namunalari
ko‘rsatilgan [1. 208].
Lingvokulturologik
yondashuvdagi
tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligida oxirgi o‘n
yilliklarda paydo bo‘la boshladi. Professor
N. Mahmudovning ―Tilning mukammal
tadqiqi
va
yo‘llarini
izlab…‖
nomli
maloqasida lingvokulturologiya, umuman,
antropotsentrik paradigmaning mohiyati va
bu boradagi muammolar chuqur va asosli
yoritib beriladi. Ushbu maqolani o‘zbek
tilshunosligida lingvokulturologiya haqida
jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi
asar sifatida baholash mumkin. Maqolada
lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi
uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy
tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar
haqida juda asosli mulohazalar aytilgan [2. 3-
16].
Xulosa qilib aytganda, XIX asrda
V.Gumboltdning
til
va
tafakkur
munosabatlarini
o‘rganishda
millat
madaniyatiga asosiy e‘tibor berilishi lozimligi
haqidagi mulohazalari XX asrning 90-
yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi
fan lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga
sabab bo‘lib, ushbu fan hozirgi zamon
tilshunosligida o‘ta tez sur‘atlarda rivojlanib,
umumiy
tilshunoslikdan
alohida
o‘rin
egalladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Maslova V.A. Lingvokulturologiya: Ucheb. Posobie. – M.: Academia, 2001-208s.
2. Mahmudov N. – Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…// O‘zbek tili va adabiyoti.-
Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.
Хорижий филология
№2, 2019 йил
104
3.
Teliya
V.N.
Russkaya
frazeologiya:
semanticheskiy,
pragmaticheskiy
i
lingvokultrologicheskiy aspekti. - M.: Shkola ―Yaziki russkoy kulturi‖, 1196- S.222.
4. Vorobyev V.V. Lingvokulturologiya. Teoriya i metodi. –M., 1997.
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I.I. – M: Russkiy yazik, 1981.
6. blib // refcairc allbcsi. Ru
Ahmedova O. Lingual culture as cultural pehomenon of a language.
This article explores
linguoculturology as a phenomenon of language and is one of the most important aspects of
linguistics. The study of national marker linguistic linguoculturology and the process of
understanding speech in the context of interc.
Ахмедова О. Лингвокультурология как культурное явление языка.
В этой статье
исследуется лингвокультурологии как феномен языка, который является одним из наиболее
важных аспектов языкознания. Изучение национального маркера лингвокультурологии и
процесса понимания речи в контексте межкультурной коммуникации.