Sazag‘on madaniyatining davrlashtirishga oid ba’zi mulohazalar

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
112-116
112
8
Поделиться
Рахмонова, К. (2023). Sazag‘on madaniyatining davrlashtirishga oid ba’zi mulohazalar. История и культура центральной Азии, 1(1), 112–116. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17073
К Рахмонова, Национальный университет Узбекистана

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zarafshon vohasi qadimda insonlar tomonidan o’zlashtirish uchun qulay geografik hudud bo’lgan. Buni biz olib borilgan tadqiqotlar natijasidan bilishimiz mumkin. Aynan Zarafshon daryosining o’rta va quyi oqimlarida tosh davrining so’ngi bosqichlariga oid olib borilgan arxeologik ishlarni uch turkum yodgorliklar kompleksi asosida tadqiq etilgan

Похожие статьи


background image

112

Mukhamedov, Y. Q. (2022). Сhach administrative center of the western

turkic khaganate. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research,
2(05), 46-52.

SAZAG‘ON MADANIYATINING DAVRLASHTIRISHGA OID BA’ZI

MULOHAZALAR

Raxmonova K.M.

o‘qituvchi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Zarafshon vohasi qadimda insonlar tomonidan o’zlashtirish uchun qulay

geografik hudud bo’lgan. Buni biz olib borilgan tadqiqotlar natijasidan bilishimiz
mumkin. Aynan Zarafshon daryosining o’rta va quyi oqimlarida tosh davrining
so’ngi bosqichlariga oid olib borilgan arxeologik ishlarni uch turkum yodgorliklar
kompleksi asosida tadqiq etilgan. Xususan:1.Zarafshonning o‘rta oqimida
Qoratepa tog‘ massivining adirli mintaqasida tarkib topgan Sazog‘on madaniyati.
2.Qoratog‘ tizmasining Vaush tog‘i sharqiy qismida joylashgan Uchtut neolit
shaxtalari. 3.Zarafshonning quyi havzasining ko‘l yoqalarida aniqlangan yerto’lalar
sifatida aniqlangan Kaltaminor madaniyatining Darbazaqir yodgorliklari aytib
o’tish mumkin. Sazog’on yodgorliklarida dastlab olib borilgan izlanishlar
natijasida davriy sanalari haqidagi mualliflarning xulosalarida qarama-qarshiliklar
uchraydi. Keyingi tadqiqotlar natijasida esa ularda bir tuxtamga kelish uchun
yetarli ma’lumotlarni qo’lga kiritishadi. Ayniqsa, Sazog‘on madaniyati
yodgorliklarining sanasi masalasida ilmiy baxslar bo‘lib, ular haqida ba'zi bir fikr-
mulohazalarni keltirib o’tamiz.

O’rta Zarafshon vohasi Qoratepatog’ tizmasi shimoliy yonbag’ri yangi kashf

etilgan paleolit (Olmabuloq makoni), mezolit (Qoraqamar, Zamicha tosh vohasi
Ochil g’or makoni pastki madaniy gorizonti) va neolit (Jangal 1, Tepaqul 3,4,5,
Lolab, Ochil g’or yuqori madaniy gorizonti, Oxalik) yodgorliklari asosida maskur
hudud tosh davrida o’ziga xos “mikro madaniy voha” bo’lganligi aniqlangan [1,
B. 11]. Hozirgi kunda arxeologlar qo‘lida Sazog‘on yodgorliklari sanalarini
aniqlashda arxeologik artefaktlar yetarli darajada. Shu bilan birga, Sazag‘on
soyining terrasalari bo‘yicha geologik va geo morfologik tadqiqot natijalari ham
muhim ahamiyatga ega. Xususan, Sazag’on soy terrasalarining geologic
kesmalariga asoslanib, geolog E.D. Mamedov ularning sanasini mezolit-neolit
davri bilan belgilanishini taklif qilgan [2. B. 74, 77]. Trassolog G.F.Korobkova
esa Sazog’on manzilgohlari tosh industriyasi ustida trassologik izlanishlar
o’tkazib, ularni mezolit davriga oid degan hulosaga kelgan [3. B. 23]. Anashu
tadqiqot natijalariga asoslangan M.J. Jo‘raqulov va Yu.P. Xolyushkinlar har bir
manzilgoh komplekslari tahliliga alohida to‘xtab, Sazog‘on 1 manzilgohi
arxeologik kompleksining yuqori darajadagi mikrolit xarakterda ekanligini
ta'kidlaydilar va Sazog‘on 1 yodgorligi kelib chiqish tarixiy ildiziga ko‘ra,
Samarqand yuqori paleolit yodgorligiga oid hisoblanib, u davriy mezolit davriga
tegishlidir, degan xulosaga keladilar [4, B.307].


background image

113

Sazog‘on 1 va Sazog‘on 2 manzilgoxlarining Yoshi masalasida bir-biriga

zid fikrlar mavjud bo‘lib, bir guruh olimlar ularni neolit davriga tegishli deb
chiqdilar [5, B. 58]. Birinchi yil qazilma materiallariga asoslangan D.N. Lev
Sazag‘on 1 manzilgohini neolit davriga tegishli ekanligini alohida ta'kidlab, uni
Kaltaminor madaniyatiga mansub deb xisoblashgan [6, B. 15-16]. Sazag‘on
madaniyati yodgorliklari arxeologik komplekslarining qiyosiy tipologik tahlili va
adir zonasi soylari terrasalarining geologic va geomarfologik analizi, Sazag‘on
yodgorliklari sanasi masalasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Sazag‘on 1 -
so‘nggi mezolit - mil. avv. VII-VI mingyillik; Sazag‘on 2, Jangal 1, Tepaqul 3 -
neolit - mil. avv. VI- III mingyillik. Keyingi uchta manzilgoxlarning saqlangan
yuqori qatlamlarida eneolit va bronza davri materiallari ham aniqlangan[7, B.
111].

M.J.Jo‘raqulov va N.U.Xolmatovlar esa Sazog‘on 2 arxeologik

kompleksining asosida asosan neolit davri materiallari yotishini ko‘rsatib,
manzilgohning qaysi bir joyida “sof” neolit davriga tegishli madaniy qatlam
saqlanganligi va u ikki gorizontdan iborat ekanini yozadilar [8, B. 42].
Shuningdek, Sazag‘on 2 tosh qurollari yer satxidan 40 smlar chamasi pastroqda
ko‘proq uchrashini ta'kidlab, stratigrafik va tipologik kuzatuvlar ularni
(artefaktlarni) kamida ikkita madaniy qatlamga tegishli degan xulosaga keladilar.
Biroq, bunday jiddiy xulosa matnida va tegishli illyustrativ materiallarda o‘z aksini
(tasdig‘ini) topmagan [9, B.42].

Gulyamov Ya.G., Islamov U. va A.Asqarovlarning xulosalariga ko’ra,

Tepaqul 3 manzilgohining asosida neolit yotadi. Ammo uning yuqori qatlamlari
ham kuzatilgan. Tepaqulda solingan shurflarning birida kuzatilmagan qatlamning
ustidan bir necha spool parchalari uchratilib, ular naqshining kompozitsion syujeti
neolit davri sopollari naqshlaridan farq qiladi, ya'ni bu spool parchalarining sirtiga
bosma nuqta uslubida naqsh berilgan, naqshlar asosan ichi shtrixlangan
uchburchakli geometric shakllardan iborat. Sopollar juda yupqa, bir yarusli
xumdonlarda pishirilgan, keramika loyiga maydalangan spool kukini yoki usimlik
kuli aralashtirilgan. Tadqiqotchilarning kuzatuviga ko’ra bunday sopollar sazag‘on
yodgorliklari komplekslarining eneolit davri keramikasiga o’xshash. Aynan
shunday sopol parchalari uchburchak naqshlari bilan quyi Zarafshon havzasida
o‘rganilgan eneolit davriga oid Kattatuzkon 30 va 35, Kaptarnikumi 4,5,7
manzilgohlarida ham uchragan [10, B. 68-72]. Shuningdek, bu manzilgoxlarda mis
bigiz va metalldan ishlangan mexnat qurollari parchalaridan tashqari bodom shakl
tosh paykonlar, qistirmapichoq (вкладышиножй) va arratishli qistirma qurollar
topilgan[11, B. 68-72]. Shuningdek, eneolit keramikasi neolit davrining yupqa
sopollaridan farq qilgan holda, qalin va qupolishlangan, shakli jixatidan
Zamonbobo madaniyatining tuxumsimon shakldagi idishlari va ramziy xumo suv-
donlariga o’xshash.

Sazog‘onga mansub yodgorliklarining stratigrafiyasi va ulardan topilgan

ashyoviy dalillarning tahlilidan kelib chiqib, Sazog‘on yodgorliklarining tosh
davri bilan bog‘liq mexnat qurollari davr jihatidan so‘nggi mezolit va neolit
davrlariga oidligi aniqlangan [12, B.321-323]. Tosh qurollarining mezolit


background image

114

xarakteri barcha Sazog‘on manzilgohlari tosh industriyasida ma'lum miqdorda
bo‘lganligi aniqlangan. Bu holat ayniqsa, Sazog‘on 1 manzilgohida yaqqol ko‘zga
tashlanishini aytib o’tish mumkin. Shuningdek, to‘plamdagi qayroqtosh quroli va
qurollari bo‘laklari ham makon tosh industriya xarakterini aniqlashda ahamiyatli
hisoblanadi. Yirik o‘lchamli va butun holatdagi qayroqtosh quroli o‘z vazifasi
bo‘yicha yumshoq ushatgichlar tipiga kiradi. Uch qismi ish maydoni va yon
qirralarida ishlatilganlikdan qolgan izlarini o‘zida mujassamlashtirganligi
aniqlangan. Yuqorida keltirilgan tosh qurollarning tipologiyasi bo‘yicha
ma'lumotlar Sazog‘on makoni tosh industriyasining o‘ziga xosligini, xarakterini
belgilab beradi. Tosh qurollari o‘z yasalish shakli, ishlov berilishi usullari hamda
turmushda bajargan funksiyalari, xomashyosi bo‘yicha Sazog‘on neolit
yodgorliklari qurollariga o‘xshashligi aniqlangan. Tosh buyumlar to‘plamida
chaqmoqtosh, chaqmoqtoshli slanets, xolsedonlardan yasalgan, yaxshi ishlov
berilgan uchirindi qurollarning ko‘pliligi Sazog‘on 3 yodgorligi tosh industriyasi
uchirindili-payraqali industriya ekanligi va u O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi mezolit-
neolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishliligi haqida xulosaga kelish imkonini
beradi. Sazog‘on 3 yodgorligi tadqiqotida qo‘lga kiritilgan ko‘p sonli spool
idishlar parchalari, asosan yuqori qatlamlardan topilgan bo‘lib, ular tarixiy
taraqqiyotning keying davrlariga, ya'ni o‘rta asrlarga tegishli idishlarning
parchalari hisoblanadi. O‘z xamirining tarkibi, idish devorlarining yupqaligi, rangi
bo‘yicha sanoqli tarzda topilgan sopollar neolit davriga oid bo‘lishi mumkin [13,
B. 221-224]. Shuningdek, qazilma jarayonida ko‘plab hayvon, qisman parrandalar
suyak qoldiqlari topilgan. Ular mutaxassislar tomonidan tahlil etilishi nazarda
tutilgan. Sazog‘on 3 yodgorligi 2019 yilgi qazilma ishlari jarayonida qo‘lga
kiritilgan arxeologik ashyolar, ma'lumotlarga tayanib, quyidagi ilmiy xulosalarni
keltirish mumkin [14, B. 321-323]:

1.O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ tizmasi shimoliy yon bag‘ri

Sazog‘onsoy yon terrasasidan Sazog‘on 3 makonining topilishi, mazkur hudud
tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda o‘ta istiqbolli o‘lka ekanligini
yana bir bor tasdiqlaydi.

2.Sazog‘on 3 makoni tadqiqotida qiziqarli tosh buyumlar to‘plami qo‘lga

kiritildi. Tosh qurollarining tipologik tahlili natijalari bu makon tosh
industriyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uni Sazog‘on neolit
madaniyati yodgorliklari turkumiga kiritish imkonini berdi.

Shuningdek, N.U.Xolmatov tomonidan kompleks tarzda keng qiyosiy usul

qo‘llanilib, Sazag‘on madaniyati arxeologik majmualarining davriy xrologiyasini
yangicha ishlab chiqishga imkon bergan. Bunda tosh qurollariga ishlov berish
uslublari hisobga olingan. Natijada ayrim makonlar (Sazog‘on 1, Zamicha tosh va
Ochilg‘or) mil.avv. VIII – VII – V mingyilliklar boshlari bilan, ya'ni mezolit
davrining so‘nggi bosqichi va ilk neolit davriga mansubligi aniqlangan.

Sazog‘on 2, Tepaqul 4 kabi makonlar o‘rta neolit – mil. avv. V mingyillik

boshlari – IV mingyillikning birinchi yarmi bilan belgilandi. Jangal 1, Tepaqul 3,5
makonlarining xronologiyasi mil.avv. IV mingyillik o‘rtalari – III mingyillik


background image

115

boshlari bilan bog‘lanadi. Ushbu bosqich so‘nggi neolit davriga to‘g‘ri keladi [15,
B. 23-24].

Maskur davrlashtirish tizimining ishlab chiqishda Sazog‘on madaniyati

mehnat qurollari va ularning tipologik klassifikatsiyasining muhimligini yana bir
bor ta'kidlash joiz. Sazog‘on madaniyati tosh qirg‘ichlar, teshgichlar, o‘q-
yoyuchlarini silliqlovchi va boshqa qurollar mavjud [16, B. 22].

Sazog‘on madaniyatining kelib chiqishi masalasida, uning Samarqand

so‘nggi paleolit davri makoni tayanch nuqta sifatida va quyi Zarafshon vohasidagi
Chorbaqti mezolit davri jamoalari madaniyatining ishtiroki qayd etilib, maskur
madaniyatining tub joyli ekanligi to‘g‘risida xulosaga kelingan [17, B. 138-141].

Ushbu fikrga qushilgan holda, ya'ni turli hududlarda (Ustyurt, Janubiy Orolbuyi,
Qizilqum va Zarafshon vohasida) o‘ziga xos xususiyatlaridan iborat mahalliy
neolit davri madaniyatlari rivoj topgan bo‘lsada, ushbu bosqich urug‘dosh
jamoalarning hayotiga ko‘ra, o‘zlashtiruvchi ho‘jalik sohasining muayan shakli
ustunlik qilgan [18, B. 6-7].

Адабиётлар:

1. Холматов Н.Ў. Сазоғонмаданиятиваунинг неолит даврида тутган

ўрни: Тарих фан. докт. (DSc) дисс... автореф. – Самарқанд: Археологик
тадқиқотлар институти, 2019, – Б. 11. 7, Б. 111. Б. 23-24. 13.Б. 22.

2. ДжуракуловМ.Дж., Мамедов Э.Д. Геология археологических

памятников Зарафшана. Ташкент-1986, с.74, 77.

3. Коробкова Г.Ф. Культуры и локальные варианты мезолита и неолита

Средней Азии. СА № 3. 1975, с.23.

4. Джуракулов М.Ж., Холюшкин Ю.П. Предварительные результаты

статистического подсчёта и характер развития неолитической индустрии
Сазаган 1// «Материалы по истории Узбекистана». Тр. СамГУ, вып.307. –
Самарканд, 1976.

5. Лев Д.Н. Итогы работы археологического отряда СамГу в 1966 г. Тр.

СамГУвып. 218. с. 15. Холюшкина В.А. Неолитическая стоянка Сазаган. Тез.
Докл. Самарканд-1972, с. 11. ДжуракуловМ.Дж. Стоянка эпохи неолита в
Сазагане. ОНУ, № 8, с.58, c. 15-16.

6. Джуракулов М.Ж., Н.У. Холматов. Мезолит и неолит Среднего

Зарафшана. – Ташкент, 1991. с. 42. 12, с. 321-323.

7. Гулямов Я.Г., Исламов У. ваА.Аскаров. Первобытная культура в

низовьях Зарафшана. Ташкент- 1966, с. 68-72,

8. Холматов Н.У. Сазоғон 3 неолит макони // Ўзбекистонда археологик

тадқиқотлар 2018-2019 йиллар №12. –Самарқанд.2020. – Б. 321-323.

9. Холматов Н.Ў. Сазоғон маданиятига оид янги археологик манбалар

хусусида // СамДУ ахборотномаси. №2. – Самарқанд, 2012. – Б. 221-224.

10. Холматов Н.Ў. Сазоғон маданияти ва унинг неолит даврида тутган

ўрни: Тарих фан. докт. (DSc) дисс... автореф. – Самарқанд: Археологик
тадқиқотлар институти, 2019, – Б. 11. 7, Б. 111. Б. 23-24. 13, Б. 22


background image

116

11. Холматов Н.Ў. Происхождениеи судъба неолитических кулътур

Средней Азии // Проблемыистории, археологии и этнологии Централъной
Азии. – Ташкент, 2018. – С. 138 – 141.

12. Сагдуллаев А.С. Актуалъные проблемы древней истории

Централъной Азии // Фармированиеисторико – кулътурных областей в
Централъной Азии и проблемы этнической географии. – Ташкент, 2018. – С.
6-7.

Ochildiev, F. (2021). Cotton Production Development In Bukhara Emirate

During The Late XIX–Early XX Centuries.

The American Journal of Social

Science and Education Innovations

,

3

(02), 119-125.

Ochildiev, F.B. (2019). Trade relations between Bukhara-Russia in the

second half of XVIII century-in the XIX century.

Theoretical & Applied Science

,

(5), 484-487.

Ochildiev, F.B. (2019). The сreation of the amudarya fleet.

ISJ Theoretical

& Applied Science

,

10

(78), 583-586.

Очилдиев, Ф., & Хайдаров, З. (2022). Кеш ва Шаҳрисабз археологияси:

КАТЭ тадқиқотлари.

Общество и инновации

,

3

(2/S), 79-86.

Khaydarov, Z. (2021). Archaeology of Kesh and Shakhrisabz: on the basis

of KATE reports. current research journal of history (2767-472X), 2(11), 52-57.

Mukhamedov, Y. Q. (2022). Chach administrative center of the western

turkic khaganate. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research,
2(05), 46-52.

СЎХ ҲАВЗАСИДАГИ АРХЕОЛОГИК ҚИДИРУВ-КУЗАТУВ

ИШЛАРИДА СORONA – СУНЪИЙ ЙЎЛДОШ

ТАСВИРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ АМАЛИЁТИ

Пардаев М.Х.

таянч докторант

ЎзР ФА Миллий археология маркази

Жорий 2022 йилнинг июнь ойида Қўқон экспедицияси аъзолари

томонидан Қўқон шаҳрида жойлашган Тепақўрғон ёдгорлигида археологик
қазув ишлари билан биргаликда Сўх дарёсининг қуйи оқимида жойлашган
ҳудудларда археологик қидирув-кузатув ишлари олиб борилди. Бунда асосан
Фарғона вилоятининг Бувайда, Учкўприк ва Данғара туманлари ўрганилиб,
аниқланган ёдгорликларнинг электрон жадвал-каталоги тузилди. Мазкур
каталогга шунингдек, 2019 йилда Фарғона вилояти археологик
ёдгорликларини рўйхатга олиш ва харитасини яратиш доирасида олиб
борилган изланишлар доирасида Сўх туманида олиб борилган қидирув
кузатиш ишлари [Саидов, Жўраев, Пардаев, 2020], архив хужжатлари ҳамда
мақолаларда қайд қилинган 18 та ёдгорлик ҳам киритилди. Ёдгорликлар
координаталарини белгилашда глобал навигация тизимлари (GPS)нинг
WGS84 координаталар тизимидан фойланилди. Ёдгорликлар номлари

Библиографические ссылки

Холматов Н.Ў. Сазоғонмаданиятиваунинг неолит даврида тутган ўрни: Тарих фан. докт. (DSc) дисс... автореф. – Самарқанд: Археологик тадқиқотлар институти, 2019, – Б. 11. 7, Б. 111. Б. 23-24. 13.Б. 22.

ДжуракуловМ.Дж., Мамедов Э.Д. Геология археологических памятников Зарафшана. Ташкент-1986, с.74, 77.

Коробкова Г.Ф. Культуры и локальные варианты мезолита и неолита Средней Азии. СА № 3. 1975, с.23.

Джуракулов М.Ж., Холюшкин Ю.П. Предварительные результаты статистического подсчёта и характер развития неолитической индустрии Сазаган 1// «Материалы по истории Узбекистана». Тр. СамГУ, вып.307. – Самарканд, 1976.

Лев Д.Н. Итогы работы археологического отряда СамГу в 1966 г. Тр. СамГУвып. 218. с. 15. Холюшкина В.А. Неолитическая стоянка Сазаган. Тез. Докл. Самарканд-1972, с. 11. ДжуракуловМ.Дж. Стоянка эпохи неолита в Сазагане. ОНУ, № 8, с.58, c. 15-16.

Джуракулов М.Ж., Н.У. Холматов. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент, 1991. с. 42. 12, с. 321-323.

Гулямов Я.Г., Исламов У. ваА.Аскаров. Первобытная культура в низовьях Зарафшана. Ташкент- 1966, с. 68-72,

Холматов Н.У. Сазоғон 3 неолит макони // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2018-2019 йиллар №12. –Самарқанд.2020. – Б. 321-323.

Холматов Н.Ў. Сазоғон маданиятига оид янги археологик манбалар хусусида // СамДУ ахборотномаси. №2. – Самарқанд, 2012. – Б. 221-224.

Холматов Н.Ў. Сазоғон маданияти ва унинг неолит даврида тутган ўрни: Тарих фан. докт. (DSc) дисс... автореф. – Самарқанд: Археологик тадқиқотлар институти, 2019, – Б. 11. 7, Б. 111. Б. 23-24. 13, Б. 22

Холматов Н.Ў. Происхождениеи судъба неолитических кулътур Средней Азии // Проблемыистории, археологии и этнологии Централъной Азии. – Ташкент, 2018. – С. 138 – 141.

Сагдуллаев А.С. Актуалъные проблемы древней истории Централъной Азии // Фармированиеисторико – кулътурных областей в Централъной Азии и проблемы этнической географии. – Ташкент, 2018. – С. 6-7.

Ochildiev, F. (2021). Cotton Production Development In Bukhara Emirate During The Late XIX–Early XX Centuries. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 119-125.

Ochildiev, F.B. (2019). Trade relations between Bukhara-Russia in the second half of XVIII century-in the XIX century.Theoretical & Applied Science, (5), 484-487.

Ochildiev, F.B. (2019). The сreation of the amudarya fleet. ISJ Theoretical & Applied Science,10(78), 583-586.

Очилдиев, Ф., & Хайдаров, З. (2022). Кеш ва Шаҳрисабз археологияси: КАТЭ тадқиқотлари. Общество и инновации, 3(2/S), 79-86.

Khaydarov, Z. (2021). Archaeology of Kesh and Shakhrisabz: on the basis of KATE reports. current research journal of history (2767-472X), 2(11), 52-57.

Mukhamedov, Y. Q. (2022). Chach administrative center of the western turkic khaganate. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(05), 46-52.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов