Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
194
этган, улар ҳақида маълумот берадиган манбаларни тадқиқ этиш ва ўрганиш
вауни келажак авлодга еткашиш вазифамиздиир. Тарихнавис олим Имом
Абу-л-Фазл Муҳаммад ибн Абдулжалил ибн Абдулмалик ибн Али ибн
Ҳайдарнинг «Қандия хурд» асари Самарқанд ва унинг атрофида яшаган
аждодларимизнинг таржимаи ҳоли, Самарқанд мозорлари ва унинг
атрофидаги ерларнинг суғориш тизими ҳақида маълумотлар берадиган
қимматли асардир.
Фойдаланилган манба ва адабиётлар:
1.
Абу Тоҳирхожа. Самария. – Тошкент: Камалак, 1991.
2.
Абдулҳай Лакнавий. “Фавоиду-л-баҳия фи тарожими-л-ҳанафия”.
3.
Абдулкари ас-Самъоний. Насабнома (Ал-Ансоб). Ҳилол нашр. –
Тошкент, 2017.
4.
Абулвафо ал-Қураший. Ал-Жавоҳир ал-музиййа фи табақот ал-
ҳанақиййа
5.
И.Абдуллаев ва Ҳ.Ҳикматуллаев. Самарқандлик олимлар. – Тошкент,
Фан нашриёти, 1969 йил.
6.
Котиб Чалабий. Кашф аз-зунун ан-асоми ал-кутуб вал-фунун. – Байрут.
7.
Маҳмуд ибн Сулаймон ал-Кафавий. Ал-Аълом ал-ахёр
8.
Нажмуддин Умар Насафий. “Тилбату-т-талаба”. Шайх Холид
Абдурроҳман тадқиқи). “Дору-н-нафоис” нашриёти, Байрут – 1999.
9.
СВР, VIII, Ташкент, 1967. СВР, I, № 693-697; СВР, V, № 3965-3970;
10.
Ҳофиз Зайнуддин Қосим ибн Қутлубғо. “Тожу-т-тарожим фий
табақоти-л-Ҳанафия”.
11.
Ш.Зиёдов, Қ. Маҳмудов. Ўрта асрларда яшаган машҳур Самарқандлик
алломалари. – Тошкент, 2019.
XALIL SULTONNING BOSHQARUV DAVRIDA XORIJLIKLARNING
O‘Z YURTLARI TOMON KO‘CHISHLARI
Begimqulova L.M.
Farg‘ona davlat universiteti
O‘zbekiston tarix kafedrasi v.b. dotsenti
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
195
Yoqubjonov S.I.
O‘zbekiston tarixi kafedrasi
II bosqich magistranti
Annotatsiya:
Xalil Sultonning davlatchilik faoliyatiga katta salbiy ta’sir o‘tkazgan
iroqliklar, ularni Xalil Sultonga xizmat qilishdan bosh tortib, Xorazm tomondan muzlagan
Jayhunni kechib o‘tib va o‘z yerlari tomon ko‘chishlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Kalit so‘z va iboralar:
Xalil Sulton, Mirzo Shohrux, Mirzo Pir Muhammad, Mirzo
Muhammad Jahongir, Shayx Nuriddin, Xudoydod Xusayniy, Alouddavla, Shihobuddin Ahmad,
Hoji Poshsha, Mazondaron, Xuroson, Hirot, Xorazm
,
Jayhun
.
Аннотация: На основе исторических источников проанализированы иракцы,
оказавшие большое негативное влияние на государственную деятельность Халил
Султана, отказавшиеся служить Халил Султану, перешедшие через замерзший Джайхун
со стороны Хорезма и переселившиеся на свои земли.
Ключевые слова и фразы: Халил Султан, Мирза Шахрух, Мирза Пир Мухаммад,
Мирза Мухаммад Джахангир, Шейх Нуруддин, Худоидад Хусейни, Алуддавла,
Шихабуддин Ахмед, Хаджи Пошша, Мазондаран, Хорасан, Хирот, Хорезм, Джайхун.
Annotation: This article analyzes, Iraqis who had a great negative impact on Khalil
Sultan's statecraft, refused to serve Khalil Sultan, crossed the frozen Jayhun from the Khorezm
side and moved to their lands were analyzed based on historical sources.
Keywords and phrases: Khalil Sultan, Mirza Shahrukh, Mirza Pir Muhammad, Mirza
Muhammad Jahangir, Sheikh Nuriddin, Khudoidad Husayni, Alouddavla, Shihabuddin Ahmad,
Haji Poshsha, Mazondaran, Khorasan, Herat, Khorezm, Jayhun.
Xalil Sultonning davlatchilik faoliyatiga katta salbiy ta’sir o‘tkazgan Qaro
totorlarining o‘z yurtlariga ko‘chishi masalasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Manbalarda
ko‘chuvchilar Ibn Arabshoh tomonidan Rum totorlari
[2: 44],
Abdurazzoq
Samarqandiy tomonidan qaro totorlar
[3: 86],
ko‘p holatlarda Old Osiyo va
G‘arbiy Eronning turli hududlaridan ko‘chirilgan aholi iroqliklar nomlari bilan
atalgan. Shuningdek, muarrixlarning asarlarida bu qavmlarning ko‘chish vaqti ham
turlicha berilgan. Abdurazzoq Samarqandiy hikoya qilgan voqealar tahlili ularning
ko‘chishini 1405 yilning iyul-oktyabr oylari oralig‘ida yuz berganligini ko‘rsatadi
[4: 85-86].
Ibn Arabshoh esa ularning ko‘chish vaqti haqida ikki xil ma’lumot
bergan. U dastlabki ko‘chish 1406-yili sodir bo‘lganligini ta’kidlab: “Keyin
shavvol (oyi)ning boshlari (22 mart, 1406 yil) dushanba kechasi iroqliklardan
boshliqlari botirlar o’z xotin xalajlari va tobelari, bolalari va guruhlari bilan
(Samarqanddan) chiqdilar. Boshchilari Hoji Poshsha deb ataladigan kishi bo‘lib,
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
196
ular amri ostida u qanday hohlasa shunday yurardilar. Ular (iroqliklar) savlatli va
javlon uradigan (odamlar) bo‘lib, Sulton Ahmad Bog‘dodiyning pushti kamaridan
bo‘lgan Sulton Alouddavla ularga hamroh edi. U Temur asoratiga tushgan bo‘lib,
Temur uni o‘z ofatiyu kulfati hibsiga solgan edi. So‘ngra Xalil Sulton uni ozod
etib, o‘z huzurida martabayu makonga ega qilgandi. Qachonki odamlar (ramazon)
hayiti ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib turganlarida ushbu botirlar (Xalil Sultonga
itoatdan) qo‘llarini tortdilar: aftidan ular oralarida oldindan bu xususda ittifoq
voqe’ bo‘lgan. Ular Jayhunni kechib o‘tib, Xurosonga yetib keldilar”
[5: 38-39].
.
Shuningdek, ibn Arabshoh ularning keyingi ko‘chishi borasida ham so‘z yuritgan:
“Shu (1407) yil Qaro totorlari bosh ko‘tarib, azmu qaror bilan oyoqda Xorazm
tomondan muzlagan Jayhunni kechib o‘tdilar va o‘z yerlari tomon yo‘l oldilar.
Shunda ularni to‘zg‘itib, qirg‘in solgan kishilar har tomonlan mutasaddi bo‘ldilar.
Natijada, Iroq askarlari o‘rtasida hosil bo’lgan noittifoqchilik ular o‘rtasida ham
hosil bo‘ldi”
[6: 44].
Manbalardagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bular bir vaqtdagi
emas, boshqa-boshqa vaqtdagi ko‘chish haqida so‘z yuritishmoqda. Abdurazzoq
Samarqandiy ko‘chish borasida bir bora so‘z yuritgan va uning voqealari qisman
Ibn Arabshoh hikoya qilgan birinchi yurishga yaqin. Har ikkisida ham
ko‘chuvchilar Xuroson orqali ketishgan. Lekin, ularning vaqtlari bir biriga to‘g‘ri
kelmaydi. Shuni e’tiborga olish kerakki, o‘z yurtlariga qaytuvchilarning barchasi
Xurosonga tegishli turli hududlaridan, jumladan Xorazm orqali ketganlar ham
Mazondarondan o‘tishga majbur edi. Sababi boshqa yo‘l bo‘lmagan. Bundan
xulosa qilish mumkinki, qaro totorlarning ko‘chishi bir necha bosqichda amalga
oshgan. Avval ham ta’kidlaganimizdek, aslida Mo‘g‘uliston chegaralariga
ko‘chirilgan ushbu qavmlar 1405-yilning aprelidayoq janubga siljib, ularning bir
qismi amir Xudoydod Husayniy, katta qismi esa Xalil Sulton xizmatiga kirgan edi
[7: 19-20].
Lekin ko‘p o‘tmay ularning bir qismi 1405-yilning yozida
Movarounnahrni tashlab ketishga qaror qilgan. Aynan shu ko‘chish Abdurazzoq
Samarqandiy tomonidan hikoya qilingan. Qolgan qismi esa Xalil Sulton tomonidan
in’om etilayotgan behisob in’omlar sababli bo‘lsa kerak, uning xizmatida qolgan.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
197
1406-yili Nasaf yonida bo‘lib o‘tgan jangda ham Xalil Sulton qo‘shining bir
qismini aynan qaro totorlar tashkil etgan bo‘lib, manbalarda ular Iroq bahodirlari
nomlari bilan atalgan
[8: 89].
Ularning ikkinchi ko‘chishi esa 1406-yilning mart oyidan boshlangan. Ibn
Arabshohning ta’kidlashiga ko‘ra, iroqliklar Xalil Sultonga xizmat qilishdan bosh
tortib, o‘zaro uyushgan holda ko’chish uchun yashirin tayyorgarlik ham
ko‘rganlar. Abdurazzoq Samarqandiy ushbu ko‘chish haqida so‘z yuritmagan. U
faqat ibn Arabshoh tomonidan 1406 yilning mart oyida Samarqandni tark
etganligini ta’kidlagan Sulton Alouddavlani Bag‘dod shahriga 1407 yilning may
oyida yetib borganligini qayd etgan
[9: 553].
Xorijliklarning uchinchi ko‘chishi esa 1407 yilning boshlariga, qish fasliga
to‘g‘ri keladi. Ko‘chishning juda noqulay bo‘lgan qishda amalga oshganligi, uning
jiddiy sabab natijasida yuz berganligini ko‘rsatadi. Bu safar ko‘chayotganlarni
Xalil Sultonning o‘zi ta’qib etganligi ham e’tiborni tortadi.
Xorijiylarning o‘z yurtlari tomon ko’chishlariga ta’sir ko‘rsatgan omillar
sifatida quyidagilarni sanash mumkin:
Birinchidan, ular o‘z yurtlariga, tug‘ilib o‘sgan makonlariga qaytib borish
istagining ustunligi bunga sabab bo’lgan dastlabki omildir. Amir Temur vafoti
natijasida boshlangan o‘zaro nizolar va boshboshdoqlik, markaziy hokimiyatning
kuchsizlanishi esa ko’chishning boshlanishiga sharoit yaratib bergan.
Ikkinchidan, Xalil Sultonning davlat boshqaruvida yo‘l qo‘ygan xatolari
ham bunga sabab bo‘ldi. Xalil Sultonning taxtga chiqishiga, uning hokimiyati
mustahkamlanishiga xizmat qilgan kishilarning keyinchalik e’tibordan chetda
qolishi iroqliklarni Xalil Sultondan uzoqlashtirgan omillardan biri edi.
Uchinchidan, Xalil Sulton tomonidan hukmronligining dastlabki yillarida
lashkar va amirlarga in’om etilgan behisob boyliklar keyinchalik xazinaning
bo‘shab qolishiga olib keldi. Katta hadyalar bilan ushlab turilgan qo‘shin esa sekin
asta porakandalikka yuz tuta boshladiki, buni birinchi bo’lib iroqliklar boshlab
berishdi.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
198
To‘rtinchidan, 1406-yilning oxiri va 1407-yilning boshlarida Movarounnahr
va Xurosonda qattiq qahatchilik yuz bergan edi. Abdurazzoq Samarqandiy
Hirotdagi vaziyatni bunday ta’riflagan: “O‘sha kunlarda Xurosonda, xususan,
Hirot shahrida, shunday qahatchilik yuz berdiki, biron tarixda bunga o‘xshashidan
nishon keltirilgan emas.; chunonchi shar’iy o‘lchovda ikki yuz ellik misqol
(og‘irligi)ga barobar bo‘lgan bir man bug‘doyning bahosi ikki misqol zarb qilingan
a’lo sifat kumushga to‘g‘ri keladigan uch kabakiy dinorga yetdi. Hazrat hoqoni
Said < Ollohning yaratgan bandalariga shafqat qilinsin> (degan hadis)ning talabiga
muvofiq buyruq berdi va omborlarni ochib, kishilarga bir man g‘allani bir kabakiy
dinordan sotdilar”
[10: 105].
Samarqandda esa vaziyat bundan ham og‘ir edi. Ibn
Arabshoh o‘sha vaqtda Samarqandda qahatchilik va narxu navo qimmatchiligi
natijasida odamlar o‘rtasida tillo va kumushdan qadrsiz narsa bo‘lmaganligini
ta’kidlaydi
[11: 51].
Ushbu vaziyat ham xorijliklarning o‘z vatanlariga qaytish
istagini kuchaytirgan. Ularning oxirgi katta ko‘chishi aynan shu qahatchilik
boshlanganidan so’ng 1407-yilning boshlarida sodir bo‘lgan.
Xorijiylarning o‘z yurtlariga ko‘chishi qanday holatda va shakllarda yuz
berganligi, uni boshlab bergan shaxs xususida Ibn Arabshoh qiziqarli ma’lumotlar
bergan: “Shu holatlar asnosida (ba’zi) odamlar Samarqanddan tarqalish va
to‘zishga yuz qo‘yib, har bir g‘arib o‘z Vatanini qo‘msadi, o‘z kulbasi va oilasini
qidirib, ba’zilar ijozat bilan panoh tilab, ba’zilar qochib, xufyona holda (ketish)
harakatiga tushdilar. Shom ahli ichidan (Samarqanddan) ketishni istab, ijozat
so‘raganlardan dastlabkisi shahid vazirning o‘g‘li Shihobuddin Ahmad bo‘ldi.
Keyin arablaru ajamlar toifalari to‘da-to‘da bo‘linib, sharqu g‘arb taraflarga
to’zg’ib ketdilar”
.
Umuman olganda,
xorijiylarning o‘z
yurtlariga qaytib ketishiga
Movarounnahrda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy hayotga oid muammolar ham o‘z
ta’siri o‘tkazgan. Bu jarayon Xalil Sulton tomonidan boshqaruvda yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklarning natijasi sifatida ham yuzaga kelgan va uning davlatchiligi
inqirozini tezlashtirgan.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
199
Shu o‘rinda Xalil Sulton davlatchilik faoliyatining boshqaruv sohasidagi
natijalariga ham e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki aynan shu sohada
yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar keyinchalik uning inqirozga yuz tutishini
ta’minladi.
Xalil Sulton Samarqand taxtini qo‘lga kiritganidan so‘ng Mirzo Muhammad
Jahongirning xon deb e’lon qilinishi uning siyosat olamidagi dastlabki taktik
yurishi bo‘lib, juda yaxshi samara berdi. Bu bilan u marhum valiahd shahzoda
Muhammad Sulton mirzoning tarafdorlarini, uning xalq ichida mashhurligidan
foydalanib keng ommani o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Shuningdek, Mirzo Shohrux
va Mirzo Pir Muhammadlarning toju taxt uchun da’volariga ham qonuniy asosda
ma’lum ma’noda javob berishga erishdi. Shu bilan birgalikda, o‘zining
hokimiyatga erishishi yo’lida xizmat qilganlarning barchasini rag‘batlantirishga
kirishdi. Ularga turli lavozim, boyliklar va vakolatlar in’om etildiki, bu o‘z o‘rnida
uning davlattini mustahkamlanishida ijobiy rol o’ynadi. Uning taxtga chiqishida
amir Arg‘unshoh, amir Xoja Yusuf kabi amirlar katta xizmat qilgan edi. Ular
dastlabki yillari Xalil Sulton huzurida eng hurmatli davlat arboblariga aylandilar.
Aynan shu vaqtda dastlab uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan ko‘pgina yirik
amirlar va sarkardalar ko‘p o‘tmay uning qo‘li ostida to‘plandilar. Ular qatorida
amir Shamsiddin Abbos, amir Sulaymonshoh, amir Burunduq, amir Rustam
Tag‘ay bug‘a, amir Ollohdod, amir Saodat Temurtosh va boshqalarni tilga olish
mumkin.
Shuningdek, Xalil Sultonning 1405-yili Mirzo Sulton Husayn, 1406-yili
Mirzo Pir Muhammad va Ulug‘bek mirzo, 1407-yili esa amir Shayx Nuriddin va
amir Xudoydod Husayniy ustidan qozongan g‘alabalari unda Amir Temur
davridayoq namoyon bo’lgan harbiy sarkardalik qobiliyati saqlanib qolganligi
ko‘rsatdi. Bu g‘alabalar uning siyosiy va harbiy mavqeini bir muncha
mustahkamladi.
Lekin uning davlatchilik faoliyatidagi ijobiy jihatlar yuqoridagilar bilan
yakunlanar edi. Deyarli barcha mualliflar Xalil Sulton Amir Temur tomonidan
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
200
to‘plangan xazinadan hisobsiz, rejasiz foydalanib, ko‘p tarafdorlar to‘plaganligini
ta’kidlaydilar. Lekin bir necha yil o‘tgach xazinaning avvalgi nufuzi qolmadi. Bu
esa Xalil Sulton uchun davlat boshqaruvida qator muammolar yuzaga kelishiga
sabab bo‘ldi.
Xalil Sultonning o‘z davlatchilik faoliyati keyingi yillarida Alisher Navoiy
ta’biri bilan aytganda “zurafo va shuaro majlisi”ga berilib ketishi, davlat ishlariga
yetarli darajada e’tibor qaratmaganligi uning siyosiy va harbiy mavqeining
pasayishiga sabab bo‘ldi. Movarounnahrdagi mavqei so‘nggi marta 1407-yilda
amir Shayx Nuriddin va amir Xudoydod Xusayniyga qarshi yurishdagi g‘alabalar
evaziga anchagina mustahkamlandi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Ibn Arabshoh. Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur: Temur tarixida taqdir
ajoyibotlari. /So‘z boshi, arab tilidan tarjima va izohlarni U. Uvatov tayyorlagan. 2
- kitob. – T.: Mehnat, 1992. – B. 21-22.
2.
Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So
‘
z boshi, tabdil, izohlar va
ko
‘
rsatkichlar mualliflari A. Ahmad va H. Bobobekov. –T.: Sharq, 1997. B. 262.
3.
Ibn Arabshoh. O‘sha asar. 2-kitob. B. 22-25.
4.
Ibn Arabshoh. Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur: Temur tarixida taqdir
ajoyibotlari. /So’z boshi, arab tilidan tarjima va izohlarni U. Uvatov tayyorlagan. 1
- kitob. –T. : Mehnat, 1992. – B. 11.
5.
Abdurazzoq Samarqandiy.
Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn / Fors –
tojik tilidan tarjima, kirish so’z va izohi lug’atlar tarix fanlar nomzodi A.
O’rinboevniki. –T. : Fan. 1969.
B. 124-125; Fasix Xavafi. Mudjmal-i Fasixi / Per.
predis., primech. i ukazateli D. Yu. Yusupovoy. – T. : Fan, 1980.
S. 149
.
6.
Fayziev T. Temuriylar shajarasi – T.: Yozuvchi, Xazina, 1995. – 350 b.
7.
Xilьda Hukxem. Vlastitelь semi sozvezdey. / Per. s angl. G. Xidoyatova. –
T.:Adolat, 1995. – 320 c.
8.
Aka, İsmail. “Timur Sadece Bir Asker Mi İdi?”, Belleten, Sayı 240, Ankara,
2001, 64: 453-466.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
201
9.
Ali Rıza Yağli. Timurlu Devleti Emirleri I- Barlas Boyu: Yadigar Barlas,
Tükel Barlas ve Hinduke Barlas // Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi / Journal of
Turkish History Researches, Prof. Dr. Bahaeddin Ogel Sayısı Yıl/Vol. 4, Sayı/No.
1 Bahar/Spring 2019. s. 232-245.
10.
Subtelny Maria. Timurids in Transition. Turko-Persian Politics and
Acculturation in Medieval Iran. Brill Academic Pub. 2007. – 412 p.
11.
Alan, Hayrunnisa. Sultan Ebu Said Devri Timurlu Tarihi (1451-1469),
Mimar Sinan Güzel Sanatlar Üniversitesi, Sosyal Bilimler Enstitüsü, Tarih Ana
Bilim Dalı, Ortaçağ Tarihi Bilim Dalı, Doktora Tezi, 1996. – 184 s.
12.
Hayrunnisa Alan. Bozkırdan Cennet Bahçesine Timurlular (1360-1506)
İstanbul, Ötüken Yayınları, 2016, - 340 s.
13.
Begimkulova, L. M. (2020). THE ROLE OF SHAIKH NURIDDIN AND
SHOKHMALIK IN THE POLITICAL PROCESSES THAT TOOK PLACE IN
THE FIRST DAYS AFTER THE DEATH OF AMIR TEMUR.
O’tmishga nazar
jurnali
,
11
(3).
14.
Begimqulova, L. (2020). STUDY OF THE POLITICAL PROCESSES IN
TRANSOXIANA IN 1405-1409 IN THE WORKS O
15.
Begimqulova, L. (2020). STUDY OF THE POLITICAL PROCESSES
THAT TOOK PLACE IN TRANSOXIANA IN 1405-1409 IN FRENCH
HISTORIOGRAPHY.
In
WORLD
SCIENCE:
PROBLEMS
AND
INNOVATIONS
(pp. 76-78). F ENGLISH HISTORIANS. In
INNOVATSIONNOE
RAZVITIE: POTENTSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYa
(pp. 65-
67).
16.
Begimkulova, L. M. (2020). Amir Tumur vafotining dastlabki kunlaridagi
siyosiy jarayonlarda SHayx Nuriddin va SHohmaliklarning tutgan o’rni. Vzglyad v
Proshloe,
3
(11).
17.
Mashrabovna, B. L. (2022). Amir Temur vafotidan keyin Movarounnahrda
yuz bergan tarixiy voqiyalarga turkiyalik temurshunoslar qarashlari. Barqarorlik va
yetakchili tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali,
2
(10), 223-225.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
202
18.
Mashrabovna, B. L. (2022). Relations Between the Children of the Temuri
Queens After the Death of Amir Temur.
International Journal of Formal
Education
,
1
(10), 127-133.
19.
Usmonov B. A. On the dates of the military clashes between sultan Ahmad
Mirza and Umarshaikh Mirza //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 5. – С. 397-404.
20.
Bahriddin U. Ferghana in the period of Amir Timur's struggle for power
(1360-1370) //International Journal of Innovative Technology and Exploring
Engineering. – 2019. – Т. 9. – №. 1. – С. 3180-3187.
21.
Usmonov B. A. A Study of Political Processes in the Fergana Valley In
1371-1376 //Design Engineering. – 2021. – С. 6174-6187.
22.
Musaev A. THE FERGHANA VALLEY IN THE FIRST HALF OF THE
17TH CENTURY AS VIEWED BY RESEARCH HISTORIANS: https://doi.
org/10.47100/conferences. v1i1. 1234 //RESEARCH SUPPORT CENTER
CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.
23.
Abdurasulovich N. A. THE HISTORY OF THE SHEIBANID PERIOD OF
THE FERGANA VALLEY IN FOREIGN HISTORIOGRAPHY.
24.
Musayev A. B. Political processes in the Fergana valley at the turn of the
XVI-XVII centuries //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). –
2020. – Т. 9. – №. 11. – С. 16-21.
XALIL SULTONNING DAVLATCHILIK FAOLIYATIGA XOTINI
SHODMULK OG‘ONING TA’SIR O‘TKAZISHI
Begimqulova L.M.
FaDU, O‘zbekiston tarix kafedrasi dotsenti v.b.
Annotatsiya: Ushbu maqolada
Xalil Sultoning davlatchilik faoliyatidagi xatolari,
boshqaruv tizimiga Shodmulk og‘oning ta’sir doirasi borasida mulohazalar bildirilgan.
Shuningdek, uning siyosiy faoliyatida dinamik o‘sish yuz bermagani, mamlakatning iqtisodiy
ahvoliga ham yetarli darajada e’tibor qaratmagani tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Kalit so‘z va iboralar:
Xalil Sulton, Shodmulk, Mirzo Shohrux, Shayx Nuriddin,
Xudoydod Xusayniy, Shoxmalik,
Sham’i Jahon,
Bobo Tarmish, Arg‘unshoh, Ollohdod, Laduniyo
tarxon,
Hisor, Jizzax,
Mazondaron, Xuroson, Movarounahrda, Bodg‘is, Samarqand, Sheroz.