Odatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadidamoliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligi salbiy. Texnologik sohadagi o‘sish moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlashni kengaytirdi. Kompyuterga oid asosiy suiiste’molliklar quyidagi shartsharoitlar mavjud bo‘lganda yuz berishi mumkin:
– kompyuterga yoki terminalga bevosita kirish;
– ma’lumot fayllariga kirish;
– vositalardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi;
– tizimiy axborotning qulayligi;
– kompyuter dasturlariga kirish imkoniyati.
Auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning hisoboti to‘g‘risidagi fikrni ifoda etish va shu fikr asosida tuzilgan auditorlik xulosasi uchun to‘liq javobgardir.