Мақолада чорвачилик селекциясида мавжуд урчитилаётган зотлардан самарали фойдаланишда ҳар бир зотнинг келиб чиқишида ота-она авлод аждодлари, шунингдек хўжалик учун фойдали селекция белгиларига қараб танлаш ва саралаш, асраш ва озиқлантириш, маҳсулдорлиги юқори маҳсулдор ҳайвонларни кўпайтириш ва наслини яхшилаш ва селекция ютуқларини яратиш масалаларга тўхталади.
Tadqiqotlarda golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqligi aniqlangan va birinchi tug‘ishida tirik vazni 481 kg hamda undan yuqori bo‘lgan sigirlar yuqori sut mahsuldorligiga ega bo‘lganligi va ularning II laktatsiyada III tajriba guruhidagi sigirlarining sut miqdori I va II tajriba guruhlaridagi tengqurlarinikidan tegishlicha 465,3 kg (P>0,99) va 256,5 kg, sut yog‘i chiqimi 15,6 kg (P>0,999) va 8,4 kg, sut oqsil chiqimi 14,9 kg (P>0,999) va 8,0 kg, 4%-li sut 389,3 kg (P>0,999) va 209,9 kg yuqori bo‘ldi.
Shuningdek tadqiqotlar sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash darajasi sut mahsuldorligiga bog‘liqligi va yuqori sut mahsuldorligiga ega III tajriba guruh sigirlari 1 kg tabiiy yog‘lilikdagi sut ishlab chiqarish uchun I va II tajriba guruhlaridagi sigirlarga nisbatan tegishlicha 0,05 ozuqa birligi va 0,02 ozuqa birligi, 1 kg 4%-li sut uchun esa 0,99 ozuqa birligi sarfladi va tengqurlpriga nisbatan 0,04 ozuqa birligi yoki 3,8 foiz; 0,02 ozuqa birligi yoki 1,9 foiz kam sarfladi.
Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan.
Tadqiqotlarda golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqligi aniqlangan va birinchi tug‘ishida tirik vazni 481 kg hamda undan yuqori bo‘lgan sigirlar yuqori sut mahsuldorligiga ega bo‘lganligi va ularning I laktatsiyasida sut miqdori birinchi tug‘ishidagi tirik vazni 460 kg-gacha va 461-480 kg bo‘lgan I va II tajriba guruhlardagi sigirlarnikidan tegishlicha 282,0 kg (P>0,95) va 134,9 kg, sut yog‘i chiqimi 10,8 kg (P>0,99) va 4,4 kg, sut oqsil chiqimi 9,1 kg (P>0,999) va 4,4 kg, 4%-li sut miqdori 243,6 kg (P>0,99) va 109,7 kg yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Shuningdek tadqiqotlarda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash darajasi sut mahsuldorligiga bog‘liqligi va yuqori sut mahsuldorligiga ega III tajriba guruh sigirlari 1 kg tabiiy yog‘lilikdagi sut ishlab chiqarish uchun I va II tajriba guruhlaridagi sigirlarga nisbatan tegishlicha 0,04 ozuqa birligi yoki 3,9 foiz; va 0,02 ozuqa birligi yoki 1,9 foiz; 1 kg 4%-li sut uchun esa 1,05 ozuqa birligi sarfladi va tengqurlariga nisbatan 0,04 ozuqa birligi yoki 3,8 foiz; 0,02 ozuqa birligi yoki 1,9 foiz kam sarfladi.