Самарқанд вилояти шароитида қорамол цистицеркозининг эпизоотологик, тениаринхознинг эса эпидемиологик ҳолатини баҳолаш.Тадқиқотнинг материал ва услублари. Самарқанд вилояти шароитида қорамоллар орасида цистицеркознинг, одамлар орасида тениаринхознинг тарқалиши вилоят давлат назорат санитария-эпидемиология марказининг ва Самарқанд вилоят давлат ветеринария бошқармаси, Самарқанд шаҳар ветеринария бўлимининг йиллик ҳисоботлари бўйича ўрганилди.
Tadqiqotlarda golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligi birinchi tug‘ishidagi tirik vazniga bog‘liqligi aniqlangan va birinchi tug‘ishida tirik vazni 481 kg hamda undan yuqori bo‘lgan sigirlar yuqori sut mahsuldorligiga ega bo‘lganligi va ularning I laktatsiyasida sut miqdori birinchi tug‘ishidagi tirik vazni 460 kg-gacha va 461-480 kg bo‘lgan I va II tajriba guruhlardagi sigirlarnikidan tegishlicha 282,0 kg (P>0,95) va 134,9 kg, sut yog‘i chiqimi 10,8 kg (P>0,99) va 4,4 kg, sut oqsil chiqimi 9,1 kg (P>0,999) va 4,4 kg, 4%-li sut miqdori 243,6 kg (P>0,99) va 109,7 kg yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Shuningdek tadqiqotlarda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash darajasi sut mahsuldorligiga bog‘liqligi va yuqori sut mahsuldorligiga ega III tajriba guruh sigirlari 1 kg tabiiy yog‘lilikdagi sut ishlab chiqarish uchun I va II tajriba guruhlaridagi sigirlarga nisbatan tegishlicha 0,04 ozuqa birligi yoki 3,9 foiz; va 0,02 ozuqa birligi yoki 1,9 foiz; 1 kg 4%-li sut uchun esa 1,05 ozuqa birligi sarfladi va tengqurlariga nisbatan 0,04 ozuqa birligi yoki 3,8 foiz; 0,02 ozuqa birligi yoki 1,9 foiz kam sarfladi.