Ayol – buyuk so‘z. Unda bahor musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mujassam. Ular borki, o‘tmish, bugun va kelajakda farovon hayotga ishonch bor. Ayol qalbidagi mehrga to‘la samimiylik hayotimiz bezagi bo‘lsa, undagi fidoyilik esa takrorlanmas bir jasoratdir. Uning mehri ila oila gullab-yashnaydi, farzandlar kamol topadi. Musaffo osmondek tiniq orzular ilinjida dunyoni olishga zehni etadigan zabardast bo‘lgan zot ayoldir. Ayol – erkakning ko‘ngil xotirjamligi, dunyoning tebratuvchi beshigidir. Ularning sha’niga qancha so‘z aytmaylik, minglab doston va satrlar bitmaylik, qarzimizni ado etolmaymiz.Chunki ayol - bu onadir.
Temurnoma”ning jangnomasi tasvirlanayotgan voqelik va qahramonlarning tarixiy asosi mavjud bo‘lib, unda bosh qahramon sifatida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur asos qilib olingan. “Temurnoma”da Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlar xalq badiiy tafakkuri hosilasi o‘laroq Sohibqiron obrazi timsolida xalqona talqin qilingan. Xususan, bu talqinlar Amir Temurning tug‘ilishi, ma’lum vaqt otasidan ayro yashashi, yoshligida “sir” ko‘rsatib, telbaliklar qilishi, balog‘atga yetib qahramonliklar ko‘rsatishi, yerning olti tomoni – Shimol, Janub, G‘arb, Sharq, osmon va yer osti bilan aloqa bog‘lashi, eng muhimi, uning doimiy ravishda pir va eranlar homiyligida bo‘lishi tasvirlarida aks etadi. Tadqiqotning obyekti sifatida “Temurnoma: Amir Temur Ko‘ragon jangnomasi” tanlangan. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan.
Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida, ayniqsa, lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmunan 3 xili bor drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi25.
Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va tojik tilidagi variantlari berilib, misollarning madaniy, tarixiy bog‘liqligi o‘zaro solishtiriladi.
Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.
Adabiyot tarixi jahon xalqlari tarixi bilan bevosita aloqador bo‘lib, uning taqdiri insoniyat kamoloti va tanazzuli bilan parallel kechadi. Shunga muvofiq dunyo adabiyotining mavzular galereyasi ham xilma-xil, ular ning orasida esa jangnoma yoki shohnoma mavzusi alohida ajralib turadi. Bu mavzuning moyasi mashhur sarkarda, podshoh yoki pahlavonlar hayoti-faoliyati bo‘lib, ulardan ba’zilari dunyo adabiyotida an’ana yoki turkum asarlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Butun dunyoda adabiy shon-sharaf qozongan ana shunday qahramonlardan biri Iskandar (Sharqda Iskandar, G‘arbda esa Alexander The Great deb ataluvchi shaxs) bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyotiga birdek ta’sir ko‘rsatgan bunday siymoni qayta uchratish mushkul. Uning nomi tillarda doston bo’ldi va amalga oshirgan ishlari ijodkorlarni ilhomlantirdi. Xususan, Iskandar mavzusi Sharqda keng yoyilib, ko’plab iskandarnomalar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ushbu maqolada xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan ana shunday dostonlar Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” va Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy tahlil etish maqsad qilingan. Har ikki adibning ijodiy originalligi “Iskandarning Chinga yurishi epi- zodi” tasviri misolida ochib berilgan. Muallif bunda ishonchli manbalarga tayangan va o’z maqsadiga erishish uchun qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, genetik tahlil kabi usullardan foydalangan.