Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
18-32
12
33
Поделиться
Исмаилов, И. (2023). Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 18–32. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp18-32
Ильёс Исмаилов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук, доцент кафедры истории узбекской литературы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Adabiyot tarixi jahon xalqlari tarixi bilan bevosita aloqador bo‘lib, uning taqdiri insoniyat kamoloti va tanazzuli bilan parallel kechadi. Shunga muvofiq dunyo adabiyotining mavzular galereyasi ham xilma-xil, ular ning orasida esa jangnoma yoki shohnoma mavzusi alohida ajralib turadi. Bu mavzuning moyasi mashhur sarkarda, podshoh yoki pahlavonlar hayoti-faoliyati bo‘lib, ulardan ba’zilari dunyo adabiyotida an’ana yoki turkum asarlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Butun dunyoda adabiy shon-sharaf qozongan ana shunday qahramonlardan biri Iskandar (Sharqda Iskandar, G‘arbda esa Alexander The Great deb ataluvchi shaxs) bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyotiga birdek ta’sir ko‘rsatgan bunday siymoni qayta uchratish mushkul. Uning nomi tillarda doston bo’ldi va amalga oshirgan ishlari ijodkorlarni ilhomlantirdi. Xususan, Iskandar mavzusi Sharqda keng yoyilib, ko’plab iskandarnomalar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ushbu maqolada xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan ana shunday dostonlar Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” va Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy tahlil etish maqsad qilingan. Har ikki adibning ijodiy originalligi “Iskandarning Chinga yurishi epi- zodi” tasviri misolida ochib berilgan. Muallif bunda ishonchli manbalarga tayangan va o’z maqsadiga erishish uchun qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy, genetik tahlil kabi usullardan foydalangan.

Похожие статьи


background image

ISSN 2181-922X 18

32

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini

Ilyos Ismoilov

1

Abstrakt

Adabiyot tarixi jahon xalqlari tarixi bilan bevosita aloqador bo‘lib,

uning taqdiri insoniyat kamoloti va tanazzuli bilan parallel kechadi. Shun-

ga muvofiq dunyo adabiyotining mavzular galereyasi ham xilma-xil, ular

ning orasida esa jangnoma yoki shohnoma mavzusi alohida ajralib tura-

di. Bu mavzuning moyasi mashhur sarkarda, podshoh yoki pahlavonlar

hayoti-faoliyati bo‘lib, ulardan ba’zilari dunyo adabiyotida an’ana yoki

turkum asarlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Butun dunyoda ada-

biy shon-sharaf qozongan ana shunday qahramonlardan biri Iskandar

(Sharqda Iskandar, G‘arbda esa Alexander The Great deb ataluvchi shaxs)

bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyotiga birdek ta’sir ko‘rsatgan bunday siymo-

ni qayta uchratish mushkul. Uning nomi tillarda doston bo’ldi va amalga

oshirgan ishlari ijodkorlarni ilhomlantirdi. Xususan, Iskandar mavzusi

Sharqda keng yoyilib, ko’plab iskandarnomalar yuzaga kelishiga sabab

bo’ldi.

Ushbu maqolada xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan ana

shunday dostonlar – Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” va Alisher

Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonlari qiyosiy tahlil etish maqsad qilin-

gan. Har ikki adibning ijodiy originalligi “Iskandarning Chinga yurishi epi-

zodi” tasviri misolida ochib berilgan. Muallif bunda ishonchli manbalarga

tayangan va o’z maqsadiga erishish uchun qiyosiy-tarixiy, madaniy-tarixiy,

genetik tahlil kabi usullardan foydalangan.

Kalit so‘zlar

:

Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Iskandar

(Aleksandr), Iskandar mavzusi, Chin (Xito), xamsa, an’ana, genezis,

transformatsiya, badiiy talqin.

Kirish

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida

Iskandarning

Chinga yurishi

epizodini tasvirlash uchun keng o’rin ajratgan. Aslida,

bu voqea genetik jihatdan Iskandar mavzusiga begona bo’lib, u

1

Ismoilov Ilyos Abduqayumovich

- filologiya fanlari doktori (DSc), Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek adabiyoti

tarixi kafedrasi dotsenti.

E-mail

: ismoilov@navoiy-uni.uz

ORCID ID

: 0000-0002-8077-7914

Iqtibos uchun:

Ismoilov, I. 2023. “Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini”.

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adaiyotshunoslik

1 (2):

18-32.

18

Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (2)


background image

Aleksandrning haqiqiy tarixi bilan hech qanday aloqaga ega emas.

Ushbu to’qima sujet liniyasining sarchashmasi Psevdo-Kallisfen-

ning suryoniy versiyasi bo’lib, yunon, lotin va arman versiyalarda

uni uchratmaymiz.

Psevdo-Kallisfenda Aleksandrning Sin (Chin)ga safari “Saddi

Iskandariy” dostonida [Navoiy 2006, 236-303] bo’lganidek alohida

tasvirlangan emas, bu haqdagi tafsilotlar Aleksandr tomonidan

ustozi Aristotelga yozilgan maktubning ichida muxtasar bayon

qilingan. Maktubda qayd etilgan Chin safariga oid asosiy tafsilotlar

sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Aleksandr Hind yurishidan

so’ng Sin (Chin)ga keladi va Pitos nomi bilan elchi qiyofasida Chin

hukmdori huzuriga boradi, Chin hukmdorining Gundafar ismli

harbiysi Aleksandrni so’roq qiladi, shohona qabul tashkil etiladi, Sin

qiroli donishmandona javob berib, Aleksandrga bir yopinchiq kiyim

(plash) yuborib, “bizga dunyoda nasib etadigani shu kiyimning

o’lchamicha” deb pand beradi, shuningdek, ko’plab ipak, qilich, ot,

mo’yna kabi qimmatbaho hadyalar yuboradi. Elchi qiyofasidagi

Aleksandr minglab hadyalarni dastlab olmaslikka qaror qiladi,

lekin o’zining Aleksandr ekanligini bilib qolishlaridan cho’chiydi

[Pseudo-Callisthenes 1989, 109-113]. Voqealar ketma-ketligi

nuqtayi nazaridan har ikki asarda Chin safari bir xil o’rinda – Hind

yurishidan keyin tasvirlangan. Har ikki manbada Chin yurishining

jangsiz tugashi ham voqealarning umumiy mantig’i saqlanganini

ko’rsatadi.

Ammo tafsilotlar Navoiy dostoniga kelib jiddiy trans-

formatsiyaga uchragan bo’lib, voqealarning ichki rivoji ham farq-

lanib ketgan. Dastlabki jiddiy transformatsiya elchilik masalasida

ko’zga tashlanadi. Psevdo-Kallisfenda Aleksandr Sin hukmdori

huzuriga Pitos ismli elchi qiyofasida kelsa, Navoiy dosotonida xoqon

Iskandar huzuriga elchi qiyofasida boradi. Qayd etish kerakki,

Navoiy dostonidagi bu kabi tafovutlar, shubhasiz, Sharqdagi bir

qator manbalar ta’sirida sodir bo’lgan.

Iskandarning Chinga yurishi masalasi aksar Sharq man-

balarida ixtilofli. Xususan, Tabariy Iskandar Hindistondan Chinga

borgani, u yerning hukmdorini o‘ldirib, shaharlarini olgani, shu

tariqa Chin va Tibetni bo‘ysundirganini qayd etsa [Tabariy 1375 (h.),

494], Bal’amiy Iskandar Chinistonga borib, u yerdagi shaharlarni

vayron etgani, maliklarini o‘ldirgani, o‘rniga yangitdan binolar qurib,

boshqa hukmdorlar tayinlagani va Chinistondan Mag‘rib tomon yo‘l

olganini aytadi [Bal’amiy 1353 (h.), 700]. Dinovariyga ko‘ra, Iskandar

Finovus (Psevdo-Kallisfendagi “Pitos” so’zining sharqona aytilishi)

19

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini


background image

nomli vazirini o‘z o‘rniga tayinlab, o‘zi Finovus nomi bilan Chin shohi

huzuriga elchi qiyofasida boradi va uni sulhga rozi qiladi [Dino-

variy 1361 (h.), 39]. Mirxondning qayd etishicha, Iskandar va xoqon

o‘rtasida munozaralar bo‘lib o‘tgan, natijada xoqon Zulqarnaynga

itoat etadi. Hadya yuborish rasmiga muvofiq 1000 man axmar tilla,

1000 qat harir, 5000 debolar majmuasi, qaraganning ko‘zini xira

qiluvchi, qabzalari durr-u javohir bilan bezatilgan 100 ta shamshir,

100 ta uchqur ot, javohir bilan bezatilgan 100 ta idish, 100 bo‘lak

(yoki idish) oq-qora anbar, 1000 misqol mushk, 200 ratl

1

ud, anvoyi

surat va naqshlar bilan bezalgan idishlar, sumur, fanak, qoqumlarning

minglab po‘stinlari va boshqa ko‘plab tansiq peshkashlar yuborib

uzrxoh bo‘ldi. Iskandar chinliklar bilan tinchlik borasida ahdnoma

tuzadi [Mirxond 1338 (h.), 661].

Aytish mumkinki, Psevdo-Kallisfendagi epizod Dinovariy

tarixi orqali Sharq tarixnavisligiga transformatsiya bo’lgan.

Keyinchalik ushbu voqelik Sharqda (Xusrav Dehlaviyning “Oyinayi

Iskandariy” dostonida) qayta ishlangan, yangi detal va motivlar

bilan boyitilgan. Buni Mirxondning qaydlari ham tasdiqlab turibdi.

Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonini yozishdan oldin, shubhasiz,

ushbu tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishgan. Biroq bu Navoiy

tayangan manbalarning bir qismi, bir jihati. Navoiy Chin yurishi

tasvirida tayangan ikkinchi va eng asosiy manba bu – Nizomiy

Ganjaviyning “Iskandarnoma” dostonidir. Navoiy bu borada Nizo-

miydan ta’sirlangan, shu bilan birga, uning tasvirlarini yangilash,

boyitish, tuzatish yo’lidan ham borgan. Bu kabi nozik farqlar ikki

ijodkorning tasvirlarini muqoyasa qilganda ochiq ko’zga tashlanadi.

Asosiy qism

Navoiyga ko‘ra, Iskandar qish davomida Hindda vaqtini

xush o‘tkazadi, goh shahar ichra hammomga borsa, goh Roy qasriga

bazm uchun borar, ba’zan shikor ishlari bilan band bo‘lar edi. Shu

tariqa bahor kelgach, Iskandar Chin azmiga qaror qiladi. Iskandar

Chin kishvarida yurar ekan, yo‘l yoqasidagi turli shaharlarni itoatga

keltiradi, ularga qo‘shin yubormas, balki noma yuborsa, u yer

hukmdorining o‘zi kelardi.

Xoqon Iskandarning Hinddan chiqib, Chin tomon kela-

yotganidan xabardor edi, shu bois behisob qo‘shin to‘plab, jangga

hozirlik ko‘rib qo‘ygandi. Biroq u avval jang boshlashni niyat

qilmagan edi, shu sabab sulh uchun rasul yuborishni maqsad

qiladi. Bordiyu do‘stlikka ko‘nmasa, unga qarshi qo‘shini bilan jang

1

449.28 g ga teng og‘irlik o‘lchovi.

20

Ilyos ISMOILOV


background image

qilish, o‘zini bechora, ojiz ko‘rsatmaslikka qaror qilgandi. Xoqon,

dastlab, Iskandarga elchi yuboradi, elchi Doro elchisi kabi Iskandar

shavkatini ko‘rib, hayratda qoladi, Iskandar nozikfahmlik bilan buni

payqagach, elchi o‘ziga kelib olguncha, o‘zini boshqa ishlar bilan

band bo‘lgandek tutardi, so‘ngra elchiga yuzlanib, so‘zlarini bayon

qilishi mumkinligini aytadi. Elchi, Iskandarning kelishdan maqsadi

nimaligi, agar xohlasa, Doro kabi do‘st bo‘lishi mumkinligi, yo‘qsa,

taqdir peshonasiga nima yozgan bo‘lsa, ko‘rishga tayyor ekanliklarini

ma’lum qiladi. Iskandar unga javoban Xoqonning Iskandarni Doro

bilan teng qo‘yishi to‘g‘ri emasligi, chunki shohning obro‘si uning

mulki bilan o‘lchanishi va o‘zining mulki ikki Doroniki qadar ekani,

Doro bilan jangda Tangri unga nusrat bergani, agar Xoqon kelib itoat

izhor etsa, uzrini qabul qilishi, yo‘qsa, u bilan jang qilishga to‘g‘ri

kelishini aytib, elchini ortiga qaytaradi.

Xoqon elchi so‘zlaridan biladiki, Iskandar o‘zi o‘ylagandan

dalerroq, noiloj Iskandar kelar vaqtini poylab, jangga tayyorlana

boshlaydi. Qo‘shinini Chin shahridan tashqari qulay yerga olib

chiqib, joylashtiradi. Unga yaqin bir yerga Iskandar qo‘shini ham

joylashadi, ammo kech kirib qolgani bois, har ikki taraf harakatni

to‘xtatadilar. Iskandar erta tongda jang qilish fikrini qilardi, ammo

hikmat ahli undan ikki kun bu ishga sabr qilishi, chunki sayyora-yu

sobitot ikki kundan so‘ng shohning ishlari muvaffaqqiyatli amalga

oshishiga ishora qilayotganini aytib ko‘ndirishadi. U tomonda Xoqon

va uning lashkari ham Iskandar qo‘shini shavkatidan vahimaga

tushgan, askarlar orasida turli gap-so‘zlar tarqagandi. Guruh-

guruh bo‘lib odamlar so‘zlashayotgan bu vahimali gaplarni yaqin

odamlaridan biri xoqonga yetkazadi va bu ishlar borasida fikr qilib

ko‘rishni maslahat beradi, xoqon ham o‘z xalqi va lashkariga tushgan

vahmdan cho‘chib, chora izlay boshlaydi. Saharda bir fikr xayoliga

keladi, unga ko‘ra, xoqon xos mahramini chaqirib, hech kimni

huzuriga qo‘ymaslik, bugun shoh odamlarni qabul qilmaslikni, agar

shu kecha ortiga qaytmasa, o‘zi bilganicha ish tutverishini tayinlab,

elchi qiyofasida tong qorong‘usida saroyni tark etadi.

Xoqon elchi qiyofasida Iskandar huzuriga boradi, shu kecha

Iskandar tush ko‘radi, tushida o‘zi quyoshdek nur taratib turar,

ammo qarshisida yana bir shunday quyosh bor bo‘lib, u oldiga

kelib ta’zim bajo keltirardi. Shuningdek, Iskandar hikmat ahlining

ahkomida bu ikki kunda ko‘plab nodir voqealar sodir bo‘lishi

yozilganini ham aytadi. So‘ngra elchini olib kirishadi, Iskandar xabar

so‘raganda elchi aytadiki, xoqon menga nihoyatda muhim so‘zlarni

tayinlagan, shu bois uni hammaning oldida ayta olmayman va menga

21

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini


background image

bu so‘zlarni faqat shohga aytish buyurilgan. Elchi agar xavfsirashsa,

oyoq-qo‘lini band qilib, shohning qo‘liga tig‘ berib qo‘yishlari

mumkinligini aytadi. Iskandar barchaga ruxsat berib, bu ishlarga

ehtiyoj yo‘qligini bildiradi, ammo Arastu boshliq hakimlar iltimos

qilib, elchi aytgandek uni bandi qilib, Iskandar qo‘liga tig‘ berishadi

va u yerni tark etishadi. Shundan so‘ng rasul o‘zining xoqon ekani,

unga adovati yo‘qligi, Iskandar so‘zlariga kirmay gunohkor ekani,

shu bois aybini tan olib zabun holda qoshiga shaxsan kelgani, uning

qilgan ishlaridan boxabar ekani, unga nima sazovar ko‘rmoqchi

ekanini bilmoqchiligini aytadi.

Iskandar bu holdan behad taajjubga tushadi, xoqonga taskin

berib, o‘zi o‘g‘il, u ota ekanini aytib, xoqonni juda mamnun qiladi.

Xoqon bu so‘zlardan ko‘z yoshlarini tiya olmay, shukr qilib, bu sirni

elga fosh qilmaslik, sulhga rozi bo‘lganini e’lon qilish, erta tongda

elchi yuborib, huzuriga o‘zini chorlatishi va uning kelishi, el ko‘z

o‘ngida unga ehtirom ko‘rsatishi, lekin xiroj tayin qilmaslik, so‘ngra

uning bog‘ida mehmon bo‘lishni iltimos qiladi. Iskandar xoqon-

ning iltimoslarini qabul etadi va sirni ochmaslikka ham so‘z beradi.

So‘ng uni elchilardek mehmon qilib, kuzatishlarini byuradi. Xoqon

oqshomgacha u yerda komyob bo‘lib, kech tushgach o‘z yurtiga yo‘l

oladi va uni kutib turgan mahrami oldiga borib, yana o‘z taxtiga

o‘tiradi. Keyin Iskandar xoqon huzuriga elchi yuborib, sulhga roziligi

va xoqonning adovatni qo‘yib, huzuriga kelishini tayinlaydi. So‘ng

xoqon Iskandar huzuriga keladi, ikkovi ota-boladek ko‘rishadi,

dasturxon yoyib xoqonni mehmon qilishadi, ular kelishuv bo‘yicha

ish tutib, xayrlashadilar.

Xoqon o‘z shahriga qaytib kelgach, arkoni davlatni yig‘ib

Iskandarni mehmon qilish masalasini muhokama qiladi. Xoqon

taklifi bilan Iskandar sipohi maoshining bir yilligini xalq, bir yilligini

Xoqon o‘z xazinasidan to‘lashga va Iskandarning o‘ziga ham Xoqon

tuhfalar tayyorlashiga kelishib olishadi. Barcha harakatga tushib,

Xoqon aytganidek quyidagi peshkashlarni hozirlashadi: 1000 ot,

1000 tuya, 1000 xachir, 1000 ta to‘qqiz zarli hariru ipak gilam, 1000

ta yashil tusli toshdan turli idishlar, 1000 ta chiniy asbob-yarog‘,

1000 kaniz, Oinayi Chin va Lu’bati Chin. Oxirgi ikki hadya nihoyatda

kamyob bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatga ega edi. Masalan, Oinayi

Chin hakimlar tomonidan har ikki yuzi tilsimlangan bo‘lib, shoh

uning bir yuzidan agar ikki kishi bir-biriga da’vo qilsa, kim to‘g‘ri

so‘zlayotganini aniqlash uchun foydalanardi, buning uchun so‘zlovchi

oynaga qarasa kifoya qilardi, agar so‘zlovchining so‘z chin bo‘lsa,

oynada yuzi ko‘rinar, yolg‘on bo‘lsa, ko‘rinmas edi. Shu bois oynaning

22

Ilyos ISMOILOV


background image

bu yuzi tufayli da’vogarlar o‘rtasida guvohga ehtiyoj qolmasdi.

Ko‘zguning ikkinchi yuziga me’yordagi mast odam va badmastni

farqlash ishi tilsim qilingan edi, agar bazmda shoh o‘tirgan bo‘lsa,

bazmdagilar har zamo-har zamon ko‘zguga nazar solib turishardi,

agar yuzlari o‘z holicha aks etsa, demak, ular may ichishda davom

etishardi, agar yuzlari turli shakllarda – qiyshiq, yapaloq, katta, kichik

kabi ko‘rinsa, badmastlik alomati bilib, o‘zlarini noqulay ahvoldan

qutqarish chorasini ko‘rardi. Ikkinchi noyob hadiya Chin go‘zali

bo‘lib, u g‘oyat go‘zal bo‘lishdan tashqari, sozanda, jasur jangchi ham

edi.

Xoqon mana shunday tortiqlar tayyorlab, Iskandarni

saroyiga taklif etadi. Iskandar kelgach, katta bazm uyushtiriladi.

Navoiy bu bazmdagi holatni batafsil tasvirlaydi. Iskandarga barcha

hadiyalar bir-bir tortiq qilinganda Oinayi Chin uni eng ko‘p taajjubga

soladi, Iskandar unga qayta-qayta nazar tashlardi. Bazmdan so‘ng

Iskandarni o‘z manziliga yetkazib qo‘yishadi. Bu paytda qish fasli

yaqin edi, shu bois Xoqon Iskandardan shu yerda qishlashini iltimos

qiladi va Iskandar ham taklifni qabul qiladi.

Natijalar va mulohazalar

Nizomiy dostonida ham Iskandarning Chinga yurishi ancha

batafsil ifodalangan, aytish mumkinki, Navoiy mazkur sujet borasida

Nizomiydan ta’sirlangan. O‘z uslubiga muvofiq an’anaviy sujetga

yangi-yangi epizod va detallarni kiritgan, salafi tafsilotlarini tahrir

qilgan. Navoiyning bu boradagi ilk o‘zgartirishi elchi yuborish

masalasida ko‘zga tashlanadi, ya’ni Nizomiy dostonida, dastlab,

Iskandar Xoqonga elchi yuborsa, Navoiy dostonida Xoqon Iskandarga

elchi yuboradi. Har ikki holat, aslida, voqealar rivoji nuqtayi

nazaridan mantiqan asosli, Nizomiyning tasviri asl manbaga muvofiq

ham. Ammo Navoiy birinchi bo‘lib Xoqonning elchi yuborishini

mantiqliroq hisoblaydi, buni Iskandarning Chinga kelayotgani va

Xoqonning undan ko‘proq xadiksiragani, ya’ni asardagi voqealar

rivojining badiiy mantig’i bilan asoslaydi. Darhaqiqat, Iskandar

o‘ziga ishongan va o‘ta jasur shaxs, shu bois unda elchilar orqali turli

bahas-munozaraga xohish bo‘lmagan bo‘lishi haqiqatga yaqinroqdek

tuyuladi, qolaversa, Navoiy forslarni bo‘ysundirilgan paytidayoq

Iskandar Chinni fath etish borasida aniq bir qarorga kelganini qayd

etgan edi, shu bois Iskandarda Xoqonga elchi yuborish ehtiyoji

qolmagandi. Navoiy mana shu kabi mantiqiy asoslardan kelib chiqib,

Nizomiy sujetni keskin o‘zgartirgan.

Navoiy tahririning yana bir namunasini Nizomiy dostonidagi

23

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini


background image

Iskandarning hindiy Fur bilan jangi, Tibet cho‘llaridan o‘tishi, u

yerda o‘z-o‘zidan odamni kuldiruvchi joyga ro‘baro‘ kelishi kabi

epizodlarni tushirib qoldirganida ko‘rish mumkin. Bugina emas,

Navoiy salafi sujetining muhim qismlarini saqlab qolgan holda,

uning ayrim jihatlarini ham o‘zgartirib boradi. Masalan, Navoiy salafi

keng tasvirlagan Chin tabiati tasviri – peyzajni eng asosiy jihatlarini

saqlagan holda qisqartiradi va unga o‘z tasavvurlarini ham qo‘shadi.

Nizomiy sujetidagi Xoqonning josuslar orqali Iskandar haqida

ma’lumot to‘plashi, uni o‘rganishi va Xoqon yuborgan odamlarning

Iskandar to‘g‘risidagi uzundan-uzoq ta’rif-u tavsifini Navoiy o‘z

sujetiga olib kirmaydi. Ammo Xoqonning sulh uchun bahona qidirishi

borasida har ikki ijodkor hamfikr. Nizomiy o‘z uslubiga sodiq holda,

Iskandarning umidvorlik va qo‘rqinch beruvchi maktub yozganini

qayd etadi, ammo Iskandarning nima maqsadda kelgani aniq

bo‘lsa-da, nima uchun kelgani masalasi yana ochiq qoladi. Nizomiy

Iskandarning Xoqonga va Xoqonning Iskandarga javobini bir necha

sahifada batafsil tasvirlagan, Navoiy ham o‘z uslubiga muvofiq bu

kabi epizodlarga asarda keng o‘rin ajratishni ma’qul ko‘rmagan.

Nizomiy dostonida Xoqon, dastlab, Iskandarga elchi

yubormaydi, balki o‘zi elchi qiyofasida uning huzuriga boradi.

Mazkur holat voqealar rivojini birdaniga tanranglashtirgan va

keskinlikni oshirgan. Navoiy dostonida esa Xoqon avval elchi yuborib,

Iskandarning kelishdan maqsadini so‘raydi, sulhga moyilligini

bildiradi, ammo Iskandar rozi bo‘lmagach, jang qilish harakatiga

tushadi. Biroq Iskandarning shonli g‘alabalari, cheksiz shuhrati Chin

xalqi va lashkariga vahima solgandi, natijada sipoh orasida taxlika

yoyiladi. Xoqon bundan xabar topgach, jangda yengilishini aniq his

etadi, shu bois xalqini, askarlarini va yurtini talofatlardan omon

saqlash, shu bilan bir paytda o‘z obro‘sini saqlab qolish choralarini

izlay boshlaydi. Navoiy asar qahramonlarining mazkur vaziyatdagi

ruhiy-psixologik holatini yanada aniqroq ifodalash, ayni paytda

tasvirning ishonchli va qiziqarli chiqishini taminlash maqsadida,

sujetga hakimlarning Iskandardan ikki kun jang qilmay turishni

so‘rashi haqidagi iltimosi detalini kiritgan. Bu orqali Xoqonning

chora ko‘rishi, bu borada mushohada qilishi uchun badiiy vaqt

hozirlab beradi. Navoiy salafi sujetini mana shu tariqa tahrir qilish

va yangilash orqali ham o‘ziga xos ijodiy originallikni namoyon qilib

boradi. Navoiy sujetni shu qadar taranglashtirish orqali Xoqonni

shaxsan Iskandar oldiga borish va hayot-mamot masalasini hal

etishga badiiy “majbur qiladi”, ya’ni Xoqonning Iskandar huzuriga

borishini tabiiy holatga aylantiradi.

24

Ilyos ISMOILOV


background image

Xoqonning Iskandar huzuriga borishidan tortib masala hal

bo‘lgunga qadar bo‘lgan orqaliqda ham har ikki ijodkor tasvirida

prinsipial farqlar mavjudki, ular ham har ikki ijodkor tasvir uslubiga

xos jihatlarni tasavvur qilishga yordam beradi. Xususan, Xoqonning

elchi qiyofasida yo‘lga otlanishi borasida. Nizomiy Xoqonning o‘zi

borishga qaror qilgani va elchi qiyofasida saharda yo‘lga tushagnini

qayd etgan, xalos. Xoqonning o‘z arkoni bilan buni maslahat qilgan-

qilmagani, boshqalarning bilib qolmasligi uchun qanday yo‘l

tutgani, bu ishning maxfiyligi kabi masalalar ochiq qoladi. Navoiy

tasavvuriga ko‘ra, davlat rahbarining bunday nozik harakatlari o‘z

a’yonlaridan ham qattiq sir tutilishi lozim, muallifning ayni qarashi uni

salafi sujetini o‘zgartirishga majbur qilgan. Navoiy bu kabi o‘rinlarda

o‘quvchi qarashi va badiiy mantiqni ham nazardan qochirmagan

holda salafi sujetini tahrir qiladi va Xoqon obrazining yoniga uning

xos mahrami obrazi, bir kun hech kimni qabul qilmaslik haqidagi

e’lon, o‘z odamlari tanib qolmasligi uchun tong qorong‘usida yo‘lga

chiqish kabi detallarni qo‘shadi, natijada Xoqonning xatti-harakati

borasida hech qanday savolga o‘rin qolmaydi.

Xoqonning elchi qiyofasida Iskandar huzurida turishi

masalasi ham bu jihatdan e’tiborli. Nizomiy sujetida elchi maxfiy

topshiriq bilan kelgani, shu bois uni faqat shohga aytish tayinlan-

ganini ma’lum qilganda Iskandar elchining oyoqlarini bog‘lash

va o‘ziga qilich berishni shaxsan buyuradi. Bir qarashda, bu

tabiiy va Iskandarning o‘ta oqilligini ko‘rsatadi. Navoiy xuddi shu

epizodni tasvirlar ekan elchi yuqoridagi so‘zlarni ayta turib, agar

xavsirashsa oyoq-qo‘lini bandi qilishlari mumkinligini aytadi, ya’ni

Navoiy Nizomiy sujetida Iskandar tilidan aytilgan fikrni elchi tiliga

ko‘chiradi va bu o‘zgartirish orqali elchining aldamayotganini

asoslashga ham erishadi. Mazkur epizoddagi Navoiyga tegishli

ikkinchi o‘zgartirish shuki, elchi bandi qilish xususida so‘zlaganda

Iskandar bu ishga hojat yo‘qligini aytadi va bu orqali Navoiy o‘z

haqramonining naqadr qo’rqmas ekani, boshqa bir tarafdan, bu

voqeadan avvalroq Xoqonning Iskandarning mardligi, jasurligi

to‘g‘risida eshitgani aytilgan edi, Iskandarning o‘zini bunday tutishi

ana o‘sha fikrga o‘ziga xos isbot vazifasini ham bajargan. Biroq Navoiy

Nizomiy ustun qo‘ygan ehtiyotkorlikni noto‘g‘ri deb bilmaydi, shu

bois sujetga Arastu boshchiligidagi hakimlar detalini kiritish orqali,

ularning iltimosi bilan elchining bandi qilinishiga erishadi. Natijada

elchi bandi holda Iskandar tig‘ bilan o‘tirgan holda suhbatlashadilar.

Har ikki ijodkor tasvirlagan epizodda maqsad bir xil, ammo

ularning ifodasi turlicha va ayni shu o‘zgachalikda ijodkorlarning

25

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini


background image

dunyoqarashi, uslubi namoyon bo‘ladi hamda ular xususida hukm

chiqarganda mana shunday nuqtalarga tayanish maqsadga muvofiq

ko’rinadi.

Mazkur epizoddagi uchinchi bir jihat ham bu borada diqqat-

ga sazovor. Nizomiy sujetida Iskandar elchining Xoqon ekanini

bilgach, bu ishni qilishda qo‘rqmaganligi, to‘g‘rirog‘i, Iskandardan

hayiqmaganidan rostakam jahli chiqadi va Xoqonni koyiydi. Shu

vaziyatda Iskandar obrazi jahldor, o‘z shaxsiyatini ustun qo‘yuvchi,

biroz kibrli shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Navoiy sujetida esa

Iskandar sirdan voqif bo‘lgach, taajjubga tushadi va darhol bunday

qilishga uni nima majbur qilganini so‘rab biladi va uning to‘g‘riso‘zligi,

aqliga ofarin aytib, Xoqon bilan ota-o‘g‘il tutinish istagini bildiradi.

Navoiyning Iskandarida keskin ketmaslik, mushohadakorlik va

o‘zaro hurmat ruhi ustun. Masalaning ikkinchi bir jihati shuki,

Nizomiy sujetida Xoqon o‘ta ojiz va qo‘rqoq qiyofada tasvirlangan, u

o‘zini Iskandar huzurida chokardek tutadi. Darvoqe, Xusrav Dehlaviy

Nizomiy tasviridagi ayni shu jihatga e’tiroz bildiradi va Xoqonning

nihoyatda jasur bo‘lgani, Iskandar bilan o‘rtada qahshatgich jang

bo‘lib, hatto, Iskandarning Xoqondan cho‘chib, sulhga rozi bo‘lganini

tasvirlaydi [Dehlaviy 1977, 44-106]. Darhaqiqat, qadim turkiy

manbalarda Xoqon o‘z yurtini munosib himoya qila olgan, ba’zan

Iskandarni sulh tuzishga majbur qilgan shaxs sifatida ham qayd

etiladi [Koshg‘ariy 1960, 117]. Shu ma’noda Mahmud Koshg‘ariy

va Xusrav Dehlaviy sujetlari o‘rtasida bir manba yoki qarashga

daxldorlik, o‘zaro yaqinlik mavjud ekani e’tiborga molik.

Navoiy bu borada ko‘proq Nizomiy yo‘lini ma’qul ko‘rgan

bo‘lsa-da, imkon qadar mo‘tadillikka intiladi, mana shu intilish

natijasi o‘laroq Xoqonni Iskandar huzurida e’zoz va hurmatga

sazovor, buqalamunlikdan yiroq obraz qiyofasida tasvirlaydi

hamda uning uzviy davomi sifatida ikki shoh o‘rtasidagi sirning

Xoqon tashabbusi bilan qattiq muxofaza etilganiga e’tibor qaratadi.

Masalan, Nizomiy Xoqonning kelishuvdan so‘ng chiqib, o‘z qo‘shini

tomon ketganini qayd etsa, Navoiy sujetida Xoqon Iskandardan elchi

qiyofasida kelgani va sirning oshkor bo‘lib qolmasligi uchun o‘ziga

hammaning oldida elchidek munosabatda bo‘lishi, kechga qadar uni

saqlab turib, keyin ruxsat berishini so‘raydi va Xoqon kech tushgach,

o‘z saroyiga yetib keladi va o‘zi tayinlab ketgan xos mahrami bilan

kelishilgandek ishlarni davom ettiradi.

Ikki shoh sulhga ahd qilishgach, keyingi voqealar rivoji

oldindan ma’lumdek tuyuladi, Navoiy sujeti bu borada kutilgandek

davom etsa-da, ammo Nizomiy sujetida o‘ziga xoslik, kutilmaganlik

26

Ilyos ISMOILOV


background image

27

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini

saqlanib qoladi. Nizomiyga ko‘ra, Xoqon ertasi kuni butun qo‘shini

bilan jangovar holatda Iskandar tomon harakatlanadi, Iskandar bu

paytda bexavotir xordiq chiqarayotgan edi, bu xabarni eshitgach

darg‘azab bo‘lib, darhol ularga qarshi otlanadi. Maydon o‘rtasida

Xoqon Iskandarni yakkama-yakka olishuvga taklif etadi, Iskandar

uning qarshisiga kelib, uni firibgarlikda ayblaydi, ammo Xoqon

kelishuv o‘z kuchida ekani, biroq Iskandar uni ojiz deb bilmasligi

uchun o‘zining harbiy salohiyatini ko‘rsatish maqsadida shu

ishga qo‘l urganini aytib, Iskandarni tinchlantiradi. Natijada ular

do‘stlik e’lon qilib, sulh xabarini berishadi. Navoiy ushbu epizodni

tasvirlamaslikka qaror qiladi, chunki uning tasviridagi voqealar

rivoji va badiiy mantiq bu kabi harakatni, ayniqsa, Xoqon tomonidan

amalga oshirilishini taqazo etmasdi.

Xiroj masalasi ham mazkur sujetning muhim jihatlarini

aks ettiradi. Nizomiy sujetida Xoqon Iskandar huzuriga borganida

Iskandar, dastlab, unga 7 yillik xiroj tayin qiladi, ammo Xoqonning

oqilligini ko‘rgach, 6 yilidan voz kechadi. Navoiy sujetida Iskandar

xiroj masalasidan so‘z ochmaydi, xoqonning o‘zi bu haqida gapiradi va

Iskandardan xiroj talab qilmaslikni iltimos qiladi, chunki Xoqonning

obro‘si juda baland bo‘lib, u o‘zini Doro bilan teng tutardi. Ammo

Xoqon u so‘ragandan ortiq xiroj bermoqchi ekani, faqat uni xiroj

tarzida so‘ramaslikni istaydi va Iskandar bunga rozi bo‘ladi. Bu yerda

ham Navoiyning tahriri Iskandar obrazining o‘ta saxiy, bag‘rikeng

va mol-davlatga xavasmand bo‘lmagan shaxs sifatida tasavvur

qilinishiga olib kelgan, holbuki, Nizomiy ham Iskandarning saxiyligini

ko‘rsatish uchun 6 yillik xirojdan voz kechganini tasvirlasa, Navoiy

bu masalada uni yana bir pog‘ona balandroqqa ko‘tarib tasvirlashni

ma’qul ko‘radi.

Nizomiy Iskandar va Xoqon munosabatlari silsilasiga rumlik

va chinlik rassomlarning bahsi va Moniy haqidagi afsonani olib

kirgan. Naqqoshlar munozarasida Iskandarni hayratga solgan narsa

chinlik naqqoshlarning o‘zlariga ajratilgan sahnga oynadek ishlov

bergani edi. Chunki rumlik rassomlar juda go‘zal suratlarni chizish-

gan bo‘lib, o‘rtadagi parda ko‘tarilganda har ikki tomonda bir xil surat

aks etib turardi. Iskandar bu suratlarning biri aks tarqatayotgani,

biri uni qabul qilayotganini fahmlaydi va o‘rtadagi pardani takror

tutganda chinliklar sahnida hechqanday surat solinmagani, balki

uning oynadek qarshisidagi suratni aks ettirayotganiga guvoh

bo‘ladi. Navoiy har ikki epizodni dostoniga olib kirmagan.

Xoqonning Iskandarni mehmon qilishi va Xoqonning

tuhfalari borasida ham ayrim o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi.


background image

28

Ilyos ISMOILOV

Mehmonnavozlik borasida har ikki ijodkor tasviri mutloq farq

qilmaganidek, bir-biriga u qadar yaqin ham kelmaydi va har ikki

ijodkor Xoqon saroyidagi bazmni batafsil tasvirlaydi. Xoqoning

sovg‘alari borasida ham asosiy jihatga e’tibor qaratish maqsadga

muvofiq. Nizomiy sujetida Xoqon tortiq qilgan hadiyalar orasida

eng nodiri Chin kanizi bo‘lib, u

go‘zallik, jangchilik, xushovozlik

kabi

muhim uch xususiyatga ega edi. Navoiy sujetida nodir tuhfalar soni

ikkita bo‘lib, biri Chin kanizi, biri Oinayi Chin edi. Nizomiy kanizak

borasida aytgan fikrlarining aksariyati Navoiy tasvirida saqlangan,

biroq uning o‘zini namoyon qilish epizodining o‘rni o‘zgartirilib, unga

doir ba’zi masalalar yangilangan. Navoiyning tuhfalar borasidagi

asosiy yangiligi rostgo‘y oyna bo‘lib, Iskandar undan nihoyatda

taajjubga tushadi va qattiq tasirlanadi. Navoiy ijodida mana shu

obraz muhim o‘ringa ega bo‘lib, u keyinchalik o‘zi singari ko‘plab

ajoyibotlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi. Navoiy bu motivni

sujetga kiritish orqali Iskandarning ijokorlik, ilm-u hikmatga

munosabat va ma’rifatga tashnaligi kabi qirralarini ochib berishga

imkon topadi. Navoiy ham, Xusravdek, bu orqali dunyodagi ilk tilsimli

oyna sharqliklar, ya’ni chinliklarga tegishli ekanini ta’kidlaydi.

Navoiyning keyingi bobda qayd etishicha, Iskandar Chinda

mehmon bo‘lib turgan kezlarda qish yaqin edi, qolaversa, xoqonning

iltimosiga ko‘ra Iskandar Chinda qishlashga qaror qiladi. Xoqon

sovg‘a qilgan ko‘zgu Iskandarga judu yoqqan bo‘lib, taxta o‘tirib bahsli

masalalarni u bilan hal etar va bazm tuzub, badmastni sharmsor

etar, bundan hayratga tushardi. Iskandar donishmandlarni yig‘ib,

Tangri unga hikmat ilmini bergani, qolaversa, xizmatida yuzlab

hakimlar hozirligi, shu bois ko‘nglida Chin oynasidan yaxshiroq

tilsim yasash istagi borligini aytadi. Donishmandlar bu fikrga

xayrixohlik bildirgach, ular 200 kishidan iborat bo‘lgan ikki guruhga

bo‘linishadi va birinchi guruhga Filotun va Suqrot, ikkinchi guruhga

Arastu va Buqrot boshchilik qiladi, Iskandar esa dam-badam ular

bilan maslahatlashar, goh ishlarini qabul etsa, gohida rad etardi.

Har ikki guruh alohida ish bilan mashg‘ul bo‘lib, birinchi guruh olam

xususida fikr yuritib, po‘lat yordamida ko‘zgu yaratish to‘g‘risida

bosh qotirsa, ikkinchi guruh falak borasida mushohada yuritib, ro‘y-u

mis yordamida usturlob kashf etish haqida o‘ylardi. Shu tariqa ikki

guruh qish davomida bosh qotirib ikki jism yaratadi, biri usturlob

bo‘lib, unga samoning sir-sinoati yashiringan edi, ikkinchisi ko‘zgu

bo‘lib, butun jahon unda jilva qilardi. Bu paytda qish tugab, bahor

yaqin qolgan edi. Iskandar shohona bazm tuzib, xoqon bilan birga

o‘tirardi, shu payt ikki guruh donishmandlari kelib, shohlar oldiga


background image

29

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini

usturlob va ko‘zguni keltirishadi va ularni tavsif qilishadi. Xoqon bu

kashfiyotlarni ko‘rib gung-u lol bo‘lib qoladi va Iskandarga tahsinlar

aytadi. Iskandar ilm ahliga mol-u ganj bilan Yunonni ham syurg‘ol

qiladi, xoqon ham behisob gavhar hadya etadi.

Iskandar bu ikki muvaffaqiyatdan g‘oyat quvonadi, xur-

sandligidan ishratparast bo‘ladi. Iskandar Doro qizi Ravshanak va

mallu qizi Noz Mehrga uylanish haqida o‘ylay boshlaydi, zero, har

ikkisining otasi bu ishni unga vasiyat qilgan edi, ammo Iskandar

jahongirlik ishlari bilan bandligi bois bu ishlarga fursat topolmay

yurgan edi. Iskandar shu paytni ayni muddao biladi, qolaversa,

toj-u taxt egasiga vorisning bo‘lishi ham zarurat edi, a’yonlari bilan

maslahatlashgach, to‘yga tayyorgarlik ko‘rishga topshiriq beradi.

Gul-u sabza ayyomida Chinni bezatib, to‘y qilishadi. Yigitlik, shohlik,

donishogohlik kabi sifatlar bilan bezalgan Iskandar bahorda ikki

nozparvard vaslidan bahramand bo‘ladi. Ammo Iskandar dunyoning

bebaqoligini yaxshi bilardi, shu bois o‘tar dunyoda bir oz vasldan

komyob bo‘lishga qaror qiladi. Ravshanak mahdi ulyo, ya’ni bosh

xonim edi, ammo Noz Mehrning unga rashki kelardi, chunki Iskandar

ko‘proq vaqtini Ravshanak bilan o‘tkazar, Noz Mehrga esa kam vaqt

ajaratardi. Navoiy shundan so‘ng Iskandar va Noz Mehr o‘rtasidagi

ishqiy munosabatlarni batafsil tasvirlaydi. Iskandar bir qancha

vaqt bu ishlar bilan band bo‘lgach, yana avvalgi ishlariga qaytadi.

U jahonni qo‘lga kiritganda Mag‘rib zaminini bo‘ysundurmagan

edi, shu bois Iskandar xoqon bilan xayrlashib, Mag‘rib tomon yo‘lga

chiqadi, xoqon hamroh bo‘lishni iltimos qilsa-da, Iskandar buni qabul

qilmaydi. Hindistonning janubiy chegarasi bilan yurib, Mag‘ribga

otlanadi, yo‘lda Iskandar Royga ijozat beradi va Gajrot o‘lkasidan

eson-omon o‘tib, Ummon dengiziga ro‘baro‘ keladi. Undan o‘tib,

Mag‘rib zaminiga yetib boradi va u yerdagi ko‘plab shaharlarni tobe

qilib, Rum sari oshiqardi, biroq mag‘ribda shu qadar ajoyibotlar ko‘p

ediki, ularning tomoshasi tufayli Iskandarning Rumga qaytishi ortga

surilaverardi.

Xulosa

Tarixiy va adabiy manbalarda Iskandar va xoqon muno-

sabatlarining sulh bilan yakunlanishi, asosan, to‘rt xil: biri

Iskandarning elchi qiyofasida xoqon saroyiga borishi, ikkinchisi,

xoqonning elchi qiyofasida Iskandar huzuriga kelishi, uchinchisi,

shiddatli jangdan so‘ng o‘zaro kelishuv, to‘rtinchisi, xoqonning

donishmandligi bilan izohlangan. Dinovariy, Firdavsiy birinchi

qarash, Ibn Asir va Nizomiy ikkinchi, Xusrav uchinchi, Jomiy


background image

30

Ilyos ISMOILOV

esa to‘rtinchi qarash tarafdori bo‘lgan. Navoiy ikkinchi qarashni

ma’qullagan, uni bunday yo‘l tutishga undagan birinchi omil mazkur

qarashning aksariyat manbalarda uchrashi bo‘lsa, ikkinchi omil

voqealar rivojining tabiiy mantig’i edi, chunki Iskandar bunga qadar

dostonda katta zafarlarga erishgan, ulkan qudrat egasi sifatida

tasvirlangan edi. Uning xoqondan xavsirab, elchi qiyofasida huzuriga

borishi avvalgi tasvir mantiqiga zid kelardi, Navoiy buni yaxshi his

etgan va dostonida to‘la asoslab bergan.

Psevdo-Kallisfenda Aleksandr Sin hukmdoridan javob xati va

ko’plab hadyalar olgach, bu yurtga kelmay yo’lida davom etgani qayd

etilgan. Navoiy dosotonida esa pinhona elchi bo’lib borgan xoqon

iltimosiga ko’ra Iskandar mehmon sifatida Chinga tashrif buyuradi.

Bizningcha, Psevdo-Kallisfenda tasvirlangan Aleksandrning Singa

elchi sifatida borishi, shohona qabul va unga atab ziyofat uyushtirilishi

kabi tasvirlar keyinchalik sharq manbalarida transformatsiyaga

uchrab, Navoiy dostonidagi Iskandarning Chinga mehmon sifatida

tashrif buyurganiga oid epizodlarning yuzaga kelishiga asos bo’lgan.

Shuningdek, Psevdo-Kallisfenda qayd etilgan Sin hukm-

dorining Aleksandrga turli-tuman sovg’alar yuborishiga oid

tafsilotlar ham sharq iskandarnomalarida jiddiy qayta ishlangan

va to’ldirilgan. Bu borada Dinovariy, Saolibiy va Mirxondlarning

qaydlari ayniqsa e’tiborga molik. Xamsanavislar – Nizomiy, Xusrav

va Jomiy bir masalani uch hil talqinini qayd etgan. Navoiy voqealar

rivoji borasida Saolibiy, Ibn Asir hamda Nizomiy talqinini qabul

qilgan. Biroq voqealar rivojida muallif dunyoqarashi va uslubini

belgilovchi muayyan ayirmalar ham bor. Navoiyning mazkur sujet

bobida Nizomiydan bahramand bo‘lgani aniq, lekin bu Navoiy

Nizomiydan ko‘chirgan degan xulosani bermaydi, chunki Navoiy va

Nizomiy sujetlarini taqqoslash Nizomiy tasviri Navoiy tomonidan

jiddiy qayta ishlanganini ko’rsatdi. “Saddi Iskandariy” sujeti o‘ziga

qadar yaratilgan manbalarning birortasiga aynan mos kelmaydi,

ayrim faktlar, detallar, epizodlar, obrazlarning badiiy funksiyasi,

fikrning poetik ifodasi individual xarakter kasb etgan. Hatto, Navoiy

xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan iskandarnomalarda

sayyor xarakter kasb etgan Lubati Chin, Oinayi Iskandariy [Ismoilov

2019, 68 – 98] va usturlob kabi personaj-u motivlar tasvirida ham

originallik ko’rsatishga erishgan.

Adabiyotlar

Bal’amiy, Muhammad bin. 1353 (h.). Tarixi Bal’amiy. Tehron: Tobish.

Dinovariy, Ahmad ibni Dovud. 1361 (h.).

Axbor at-tivol

. Tarjo‘mayi Sodiq

Nishot. Tehron: Bunyodi farhangi Iron.


background image

31

Nizomiy va Navoiy: bir mavzuning turfa talqini

Dehlaviy, Amir Xusrav. 1988.

Oinayi Iskandariy

.

Matni intiqodiy

. Bo

tas’hih-u muqaddimayi Jamol Mirsaidof. Masko‘v: Sho‘bayi

adabiyoti Xovar.

Исмоилов, И. 2022.

Алишер Навоийнинг “Садди Искандарий” достони

генезиси ва поэтикаси.

DSc дисс. Toshkent.

Ismoilov, I. 2019. “Iskandar oynasi”.

Oltin bitiglar

4: 68 – 98.

Кошғарий, Маҳмуд. 1960.

Девону луғатит турк

. 1 том. Тошкент: Фан.

Mirxond, Muhammad bin Xovandshoh. 1338 (h.).

Ravzat us-safo

.

J. 1. Tehron: Piruz.

Навоий, Алишер. 2000.

Тарихи мулуки Ажам

. МAT. 20 томлик. Т.16.

Тошкент: Фан.

Navoiy, Alisher. 2006.

Saddi Iskandariy

. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi

NMIU.

Tabariy, Muhammad bin Jarir. 1375 (h.).

Tarixi Tabariy

. J. 2. Tehron:

Асотир.

The Book of the gests of Alexander of Macedon. Sefer Toledot Alexandros

ha-Makdoni.

A mediaeval hebrew version of the Alexander ro-

mance by Immanuel ben Jacob Bonfils.

1962. Edited and trans-

lated with introduction and notes by Israel J. Kazis, Ph.D.

Massachusetts: The mediaeval academy of America.

Nizami and Navoi: different interpretations

of the one topic

Ilyos Ismoilov

1

Abstract

The history of literature is directly connected with the history of

the peoples of the world, and its fate runs parallel to the perfection and

decline of mankind. Accordingly, the gallery of themes of world literature is

also diverse, and among them the theme of war or a royal romance stands

out. The core of this topic is the life and activity of famous commanders,

kings or fighters, some of which caused the appearance of legends or series

of works in world literature. One of these heroes, who gained literary fame

throughout the world, was Iskandar (the person who was called Iskandar

in the East, and Alexander the Great in the West). It is difficult to come

across such a figure who had an equal impact on Eastern and Western lit

-

1

Ismoilov Ilyos Abdukayumovich

- Doctor of Sciences in Phlology (DSc), Tashkent

State University Of Uzbek Language And Literature Named after Alisher Navoi,

Department of History of Uzbek Literature.

E-mail

: ismoilov@navoiy-uni.uz

ORCID ID

: 0000-0002-8077-7914

For citation:

Ismoilov, I. 2023. “Nizami and Navoi: different interpretations of the

one topic”.

U

zbekistan: Language and Culture. Literature

1 (2): 18-32.


background image

32

Ilyos ISMOILOV

erature. His name had become a legend in languages, and his activity had

inspired creative people. In particular, the Iskandar theme spread wide-

ly in the East and promoted the creation of many iskandarnomas

(novels

about Iskandar).

The purpose of this article is to compare and analyze such

dastans

(epics)

created in the khamsanavislik

(khamsa writing)

tradition

as “Iskandarnoma” by Nizami Ganjavi and “Saddi Iskandariy” by Alisher

Navoi. The creative originality of both writers is revealed on the example of

the image of the “Episode of Iskandar’s campaign in China”. The research

of the author was supported by reliable sources, and he used such meth-

ods as comparative-historical, cultural-historical and genetic analysis to

achieve his goal.

Key words:

Nizami Ganjavi, Alisher Navoi, Iskandar (Alexander),

Iskandar’s theme, China (Khito), khamsa, tradition, genesis, transformation,

artistic interpretation.

References

Bal’amiy, Muhammad bin. 1353 (h.). Tarixi Bal’amiy. Tehron: Tobish.

Dinovariy, Ahmad ibni Dovud. 1361 (h.).

Axbor at-tivol

. Tarjo‘mayi Sodiq

Nishot. Tehron: Bunyodi farhangi Iron.

Dehlaviy, Amir Xusrav. 1988.

Oinayi Iskandariy

.

Matni intiqodiy

. Bo tas’hih-u

muqaddimayi Jamol Mirsaidof. Masko‘v: Sho‘bayi adabiyoti

Xovar.

Ismoilov, I. 2022. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni genezisi

va poetikasi. DSc diss. Toshkent.

Ismoilov, I. 2019. “Iskandar oynasi”.

Oltin bitiglar

4: 68 – 98.

Koshg‘ariy, Mahmud. 1960.

Devonu lug‘atit turk

. 1 tom. Toshkent: Fan.

Mirxond, Muhammad bin Xovandshoh. 1338 (h.).

Ravzat us-safo

. J. 1.

Tehron: Piruz.

Navoiy, Alisher. 2000.

Tarixi muluki Ajam

. MAT. 20 tomlik. T.16. Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 2006.

Saddi Iskandariy

. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi

NMIU.

Tabariy, Muhammad bin Jarir. 1375 (h.).

Tarixi Tabariy

. J. 2. Tehron: Asotir.

The Book of the gests of Alexander of Macedon. Sefer Toledot Alexandros

ha-Makdoni.

A mediaeval hebrew version of the Alexander ro-

mance by Immanuel ben Jacob Bonfils.

1962. Edited and trans-

lated with introduction and notes by Israel J. Kazis, Ph.D.

Massachusetts: The mediaeval academy of America.

Библиографические ссылки

Bal’amiy, Muhammad bin. 1353 (h.). Tarixi Bal’amiy. Tehron: Tobish.

Dinovariy, Ahmad ibni Dovud. 1361 (h.). Axbor at-tivol. Tarjo‘mayi Sodiq Nishot. Tehron: Bunyodi farhangi Iron.

Dehlaviy, Amir Xusrav. 1988. Oinayi Iskandariy. Matni intiqodiy. Bo tas’hih-u muqaddimayi Jamol Mirsaidof. Masko‘v: Sho‘bayi adabiyoti Xovar.

Исмоилов, И. 2022. Алишер Навоийнинг “Садди Искандарий” достони генезиси ва поэтикаси. DSc дисс. Toshkent.

Ismoilov, I. 2019. “Iskandar oynasi”. Oltin bitiglar 4: 68 – 98.

Кошғарий, Маҳмуд. 1960. Девону луғатит турк. 1 том. Тошкент: Фан.

Mirxond, Muhammad bin Xovandshoh. 1338 (h.). Ravzat us-safo. J. 1. Tehron: Piruz.

Навоий, Алишер. 2000. Тарихи мулуки Ажам. МAT. 20 томлик. Т.16. Тошкент: Фан.

Navoiy, Alisher. 2006. Saddi Iskandariy. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU.

Tabariy, Muhammad bin Jarir. 1375 (h.). Tarixi Tabariy. J. 2. Tehron: Асотир.

The Book of the gests of Alexander of Macedon. Sefer Toledot Alexandros ha-Makdoni. A mediaeval hebrew version of the Alexander romance by Immanuel ben Jacob Bonfils. 1962. Edited and translated with introduction and notes by Israel J. Kazis, Ph.D. Massachusetts: The mediaeval academy of America.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов