Dolzarblik. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati salomatligi ovqat hazm qilish a’zolarining boshlang‘ich profilaktikasi uchun muhim omil hisoblanadi.
Yangilinayotgan O‘zbekiston yoshlarining ilmiy tafakkurini shakllantirish mezonlari sifatida ilmiy bilimlar, tushunchalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi. Har bir mamlakat oldida turgan muhim vazifalardan biri yoshlarga oid siyosatning milliy modelini ishlab chiqishdir. Ma’lumki, yoshlar jamiyatning eng faol qatlami hisoblanib, ular ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi asosiy omil va salohiyatli kuch hisoblanadi. Yoshlarni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashlari uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ularni vatan taqdirini hal etuvchi
Arab tilida ham, o'zbek tilida ham ko'makchilarning ko'p iste’molli ekanligi barcha tilshunoslarga ma'lum. Mazkur maqolada arab tilidagi j? tub ko'makchisining anglatadigan ma'nolari haqida gap boradi. Darsliklarimizda, o'quv qo'llanmalarda mazkur ko'makchilarning ma’nolariga kam e’tibor qaratilgan, lekin mumtoz va hozirgi davr nahvshunoslarining ilmiy asarlarida bu mavzu keng yoritilgan. Biz mana shu asarlardagi barcha ma’lumotlarni bir joyga jamlab mazkur tub ko'makchining barcha ma'nolarini ko'rsatib o'tishga harakat qildik. Buni kengroq yoritib berish uchun turli manbalardan, jumladan o'rta asr nahvshunoslaridan Mahmud Zamaxshariyning "Al-mufassal fi-n-nahvi", Abdulqodir Jurjoniyning "Arab nahvidagiyuzta omil", hozirgi davr arab tilshunos-nahvshunoslaridan Livanlikolim Antuan Dahdahning "Mu’jamu-l-lug'ati-n-nahvi-l-arabiy", suriyalik mashhur tilshunos olim Ahmad Qabbisning "Al-kamil fi-n-nahvi va-s-sarfi va-l-i’rob", Ardabiliyning Zamahshariyning "Al-unmuzaj fi-n-nahvi" nomli asariga yozgan sharxi, shaqshunos olimlardan В. M. Grandening "Курс арабской грамматики в сравнително-историческом освещени”"va boshqa asarlardan foydalandik.
Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma’rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur’on va Sunnatni mukammal o‘rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo‘tabar manbasiga og‘ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g‘oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o‘zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo‘liga safarbar eta olganida namoyon bo‘lishi tadqiq qilingan.
Alisher Navoiyning e’tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir o‘qib o‘rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so‘z yuritiladi. Diniy-ma’rifiy va falsafiyirfoniy g‘oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na’t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma’rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni ifodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to‘ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.
Har qanday davlatda ruhiy kasalliklarning tarqalishi,
boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq. ular nafaqat
tibbiy-ijtimoiy, balki, qator ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiypsixologik, xuquqiy va bemorlaming turmush tarzi, hayot sifati masalalari bilan bog'liq bo'lgan salbiy asoratlar va muammolarni keltirib chiqaradi