Xorazm viloyatida shizofreniya kasalligi bo'yicha psixiatr shifokorlarga murojaatlarning tarkibi va o'zig a xosxuslsiyatlari (xorazm viloya tl materiallari asosida)

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
3-5
8
5
Поделиться
Абдуллаев, И., & Дурдфьев K. (2011). Xorazm viloyatida shizofreniya kasalligi bo’yicha psixiatr shifokorlarga murojaatlarning tarkibi va o’zig a xosxuslsiyatlari (xorazm viloya tl materiallari asosida). Журнал вестник врача, 1(4), 3–5. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/12746
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har qanday davlatda ruhiy kasalliklarning tarqalishi,
boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq. ular nafaqat
tibbiy-ijtimoiy, balki, qator ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiypsixologik, xuquqiy va bemorlaming turmush tarzi, hayot sifati masalalari bilan bog'liq bo'lgan salbiy asoratlar va muammolarni keltirib chiqaradi

Похожие статьи


background image

Dofyor axfiorotnomast, 2011, 4, Samarqand

3

XORAZM VILOYATIDA SHIZOFRENIYA KASALLIGI BO'YICHA PSIXIATR
SHIFOKORLARGA MUROJAATLARNING TARKIBI VA O'ZIG A XOS-
XUSLSIYATLARI (XORAZM VILOYATl MATERIALLARI ASOSIDA)

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Har qanday davlatda ruhiy kasalliklarning tarqalishi,

boshqa somatik kasalliklardan farqli o'laroq. ular nafaqat
tibbiy-ijtimoiy, balki, qator ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
psixologik, xuquqiy va bemorlaming turmush tarzi, hayot
sifati masalalari bilan bog'liq bo'lgan salbiy asoratlar va
muammolarni keltirib chiqaradi.

Ko'plab statistik ma'lumotlar va inualliflaming ilmiy

xulosalariga

qaraganda,

ayniqsa.

rivojlangan

mamlakatlarda ruhiy buzilishlarning oshib borishi
kuzatilmoqda (Tyuvina N.A., Krovlsov K.Yu., 2006). Shu
jumladan respublikamizda, qolaversa tadqiqotimiz amalga
oshirilayotgan Xorazm viloyati ham bu masalada istisno
emas.

Ruhiy

kasalliklarning

orasida

shizofreniya

kasalligining aholi orasida keng tarqalishi va yuzaga
keladigan har xil yo'nalishdagi va turdagi muammolarda
ham o’ziga xos-xususiyatlar mavjud.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiioti ma'lumotiga

qaraganda er sharida 45 mln.dan ortiq. aniqroq qilib
aytganda 1% yaqin aholi (0,77%) shizofreniya kasalligi
bilan og'rigan bemorlar ro'yxatga olingan. Ayrim hisob
kitoblarga

qaraganda

shizofreniya

bilan

umumiy

kasallanish darajasi er kurrasida 1.9 dan 10 gacha har 1000
ta aholiga. Ruhiy kasalliklar kasalxonasida yotib
davolanayotgan bemorlaming 30 foizdan 70% gachasini
shizofreniya kasalligi bilan og'rigan bemorlar tashkil etadi.
Eng achinarlisi, bu kasallik yasharish xususiyatiga ega,
ya'ni uning yoshlar orasida tarqalishining oshish holati
kuzatilmoqda (Tyuvina N.A., Krovtsov K.Yu., 2006).

Ayrim statistik ma'lumotlar va ilmiy xulosalarga

qaraganda

2005

yilda

shizofreniya

kasalligining

tarqalganlik darajasi respublikada har 100 000 ta aholiga
11,2 ga teng bo'lib, jami ruhiy buzilishlarning 8,6 %ini
tashkil etgan bo'Isa, Xorazm viloyatida bu ko'rsatkich 3,7
ga teng bo'lib. jami ruhiy kasalliklarning 3,1 %ini tashkil
etgan. Ko'rinib turibdiki viloyatda bir qarashda
shizofreniya

kasalligining

tarqalishi

respublika

ko'rsatkichidan 2,7 marotaba kam. Respublika salomatlik
instituti taxlil markazining ma'lumotlariga qaraganda
shizofreniya kasalligining eng kam ko'rsatkichi (3,7/100
000 aholiga) Xorazm viloyatida kuzatildi. Bu ko'rsatkich
hatto ayrim, masalan, Namangan viloyatidan 5,8
marotaba, Qaraqolpog'iston respublikasidan - 4,9
marotaba, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan -3,3
marotaba kam ekanligini ko'rish mumkin. Ha, bir qarashda
bu masalada viloyatda muammo bir oz ha! bo'lgandek
ko'rinsada. kuzatuvlardan shu narsa malum bo'ldiki, 2004-
2008 yillardan jami murojaatlaming 33,5%i shizofreniya
kasalligiga tog'ri kelishi, viloyatda mazkur muammoning
o'ta dolzarbligini ko'rsatadi va kasalliklarni erta davrda
aniqlash masalasiga koproq e'tibor berishni taqozo etadi.

Shizofreniya kasalligining tarqalganlik darajasi ayrim

rivojlangan davlatlarda. (1000 aholiga) AQShda-6.8-10:
Buyuk Britaniyada-6; Shvetsiyada-8. Daniyada-2, Polsha.
Vengriya, Chexiya va Slovakiyada 1,88-5,2, Moskva
shahrida 5.1-9,6 ekanligi qayd etiladi va kasallik
ko'rsatkichlari o'rtasidagi farqlarni, aynan uni o'z vaqtida,
erta aniqlanmasligi bilan tushuntiriladi (Magzumova
Sh.Sh.. 2001). Viloyatda shizofreniya kasalligining
tarqalganlik darajasi bir qarashda kamdek ko'rinsada, 2004
yilga nisbatan 2008 yilda kasallik 1,4 marotaba oshgan.

Tadqiqotimizning asosiy maqsadi Xorazm viloyatida

shizofreniya

kasalligi

tarqalishi,

bemorlaming

murojaatlari va uning tarkibini, viloyat dispanseridan
olingan birlamchi materiallar asosida o'rganish va
baholashdan iborat.

Materiallar va uslublar.

Shizofreniya kasalligining

tarqalishi, murojaatlar darajasi va uning tarkibini o'rganish
maqsadida O'zbekiston Respublikasi SSV Salomatlik
instituti taxlil markazidan, uning viloyat bo'limidan ruhiy
kasalliklar bo'yicha hisobotlar o'rganilib qiyosiy tahlil
etildi va baholandi. Ruhiy kasalliklar bo'yicha viloyat
ruhiy kasalliklar dispanseriga 2004-2008 yillarda amalga
oshirilgan I4153ta qatnov (shu jumladan 4749 tasi
shizofreniya bo'yicha) olinib tahlil etildi. To'planilgan
materiallarni statistik tahlil qilishda ijtimoiy gigienik va
sanitariya statistik usullardan keng foydalanildi. Qayd
etilgan yillardagi materiallar yoppasiga ko'chirma olish
usuli bilan amalga oshirildi.

Natijalar va taxlillar.

Ruhiy kasalliklar ichida

shizofreniya nisbatan keng tarqalgan va ko'p hollarda
nogironlikka olib keluvehi kasallik. Ayniqsa, bu holatni
hurujsimon kechuvchi shizofreniyada (Sh) (42,9-51,8%)
ko'proq kuzatish mumkin (Agranovskiy M.L., Usmanov
R.M., 2001).

2004-2008 yillar davomida viloyat ruhiy kasaliiklar

dispanseriga jami 14153 ta qatnov amalga oshirilgan
bo'Isa, uning 4749 tasi (33,5%) shizofreniya kasalligiga
to'g'ri kelib, ruhiy buzilishlar orasida murojaatlaming eng
ko'pini tashkil etganligi ma lum bo'ldi.

E'tiborli toinoni shundaki, shizofreniya kasalligi

bo'yicha murojaatlar darajasi yil sayin oshib borib, uning
o'sish sur'ati 2004 yilga nisbatan 2008 yilda 43,5%ga teng
bo'lgan. Ushbu ko'rsatkichni murojaat qilganlaming yosh
guruxlari bo'yicha ko'rganimizda 20 yoshgacha- 145%,
21-30 yoshlarda - 44,3%, 31-40 yoshlarda - 46,5%, 41-50
yoshlarda - 33,8%, 51-60 yoshlarda - 21,8% va 60 yoshdan
yuqorisida - 75%ni tashkil etib, eng yuqori darajadagi
o'sish 20 yoshgacha bo'lganlarda kuzatildi. Murojaatlar
miqdori besh yilda 1,4 marotaba oshganligi qayd etildi
(2004 yilda-763, 2008 yilda-1095).

Besh yilda amalga oshirilgan murojaat qilganlaming

yoshlararo tahlil qilganimizda, lining eng yuqori darajasi

Abdullayev I.Q.,
Durdfyev Q.Sh.


background image

'Doctor a%6orotnomasi, 2011, 4, Samarqancf

4

31-40 yoshdagilarga to'g'ri kelib, jami murojaatlaming
37,7±0.7%ini tashkil etdi. O'rganish jarayonida bizning
e'tiborimizni o'ziga tortgan jihat shu bo'ldiki, jami
murojaatlaming 83,6±0,53%i

21-50

yoshdagilarga to'g'ri kelib, kasallik ko'proq aynan,
mehnatga layoqatli davrida uchrashi qayd etildi. Kasallik
bo'yicha murojaatlar ayniqsa 20 yoshgacha va 60 yoshdan
keyin juda kam miqdorda kuzatilib, mos ravishda 4,02 va
3,3%larni tashkil etishi aniqlandi. Bundan shu narsa
ma'turn bo'ldiki, kasallikning paydo bo'lishida ayniqsa,
mehnat va turmush sharoitlari bilan bog'liq omillarning
ta'sirlari katta. Epilepsiya va oligofreniya kasalliklarida
buning aksini ko'rish mumkin. Ayniqsa, oligofreniya
kasalligi bo'yicha murojaatlaming 72,2^0,78%i epilepsiya
bo'yicha - 33,2% ±0,69%i

20

yoshgacha bo'lgan davrda kuzatildi. Qiyosiy baholash
sifatida qayd qilish mumkinki, 2004- 2008 yillar davomida
oligofreniya kasalligi bo'yicha o'sish sur ati 25,3%ga,
epilepsiyada- 18,0%ga teng bo' Igan.

Shizofreniya

kasalligi

bo'yicha

bemorlarning

murojaatlarini aholining ijtimoiy tarkiblai i bo'yicha taxiil
qilib o'rgangan.imizda ham qator o'ziga xos-xususiyatlar
borligi

qayd

etildi.

Dispanserga

qilingan

janii

murojaatlaming sltahar aholisida shizofreniya sahnog'i
31.4%ni, qishloq aholisida 35,9%ini, shuningdek
erkaklarda 31,4%, ayollarda esa 38,0%ni tashkil etishi
aniqlandi. Ushbu daraja shaharda va erkaklarda
cpilepsiyadan keyin ikkinchi o'rinni egallasa. qishloqda va
ayollarda eng yuqori darajani egallashi ma'lum bo'ldi.
Bundan xulosa shuki, shizofreniya bo'yicha murojaatlar
qishloqda shaharga nisbatan, ayollarda erkaklarga
nisbatan yuqori va bu uning tibbiy-ijtimoiy jihatlarini va
asosiy sabablarini chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi.

Agar ushbu holatni murojaat qilganlaming yoshlari

bo'yicha

tahlil

qilsak,

shizofreniya

bo'yicha

murojaatlaming salmog'ida quyidagi holatlarning guvohi
bo'ldik. Jami murojaatlaming 20 yoshgacha bo'lganlarda
shizofreniya sahnog'i 4,7%ni tashkil etib boshqa
kasaliiklar orasida eng kam darajani egallashi qayd etilsa,
21-30 yoshda- 33.4%, 31-40 yoshda-53,7%, 41-50 yoshda
- 54,6%, 60 va yuqori yoshlarda - 38,8%larni tashkil qilib.
yosh oshishi bilan shizofreniya bo'yicha murojaatlaming
salmog'i ham oshib borishi kuzatiladi va uning eng yuqori
darajasi 31- 60 yoshdagi aholiga to'g'ri kelishi aniqlandi.

Rossiyada

ruhiy

kasaliiklar

shifoxonalariga

yotqizilgan bemorlarning ham 30-70%ini shizofreniya
kasalliklari tashkil qilgan va kcyingi yillarda kasallikning
yasharish xususiyati kuzatilayotganligi qayd etiladi. Shuni
alohida qayd qilish lozimki, AQShlarida aynan ana shu
kasallikni davolash maqsadida yiliga milliy daromad
miqdorining 2%ga yaqini sarflanadi (Guzeyeva V.l. va
boshqalar, 2005).

Viloyat dispanseriga amalga oshirilgan barcha

qatnovlarni. ularning murojaat qilish maqsadlari bo'yicha
ham tahlil etildi va quyidagi o'ziga xosliklarga ega ekanligi
qayd etildi. Murojaatlaming 33,4%i shaharlik, 64,6%

qishloq aholisiga to'g'ri keldi va shaharga nisbatan 1,7
marotaba yuqori ekanligi qayd etildi. Ba'zi rivojlangan
mamlakatlarda bu holatning aksini ko'rish mumkin.
Murojaatlaming 56,3% (2670) erkaklarga va 43.7%
(2079) ayollarga to'g'ri keldi va shizofreniya bo'yicha
murojaatlar erkaklarda nisbatan yuqori.

Shizofeniya kasalligida murojaatlaming boshqa ruhiy

kasalliklardagidan farqi shundan iboratki, birlamchi
murojaatda aniqlangan darajasi juda past, birlamchi
murojaatda shizofreniya tashxisi deyarii qo'yilmagan desa
ham bo'ladi va uning miqdori 0,1 %ni tashkil etadi xolos.
Qolgan 99,9%

(4747) holatlarda kasallik qayta

murojaatlarida aniqlangan. Demak deyarii barcha
holatlarda

shizofreniya

kasalligi

to'liq

shakllamb

bo'lgandan keyin tashxislanadi va holat kasallikni erta
davrda tashxislashning yangi usuli va yondashishini ishlab
chiqishni taqozo etadi. Murojaatlaming 95.2% o'zbek va
4.8% boshqa millatlarga to'g ri keldi. Yana shizofreniya
kasalligidagi murojaatlaming o'ziga xosligi shundaki,
bemorlarning 66% (3131) kasalxonaga yotqizilgan, 25%
(1217) ambulatoriya usulida davolanish uchun dori-
vositalarini olganlar, qolgan 3% (144) har xil masalalar
bo'yicha maslahat yuzasidan murojaat qilganlar. Demak,
97% murojaatlar shizofreniya kasalligi tufayli amalga
oshirilgan. Ko'rinib turibdiki viloyatda aynan shizofreniya
kasalligi bo'yicha murojaatlar darajasi. shu bi Ian birga
kasalxonaga yotib davolanayotgan bemorlar orasida ham
uning salmog'i katta. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar
asosida quyidagilarni xulosa qilish mumkin.

Xulosa

1.

Xorazm viloyatida statistik ma'lumotlar bo'yicha

shizofreniya kasalligining tarqalganlik darajasi respublika
viloyatiari ichida eng kam ko'rsatkichga ega bo'lsada (3,7
har 100 000 aholiga), ruhiy kasalliklar dispanseriga
murojaatlar darajasi yuqori (jami murojaatlarning 33,5%)
va u yil sayin o'sib borish xususiyatiga ega.

2.

Shizofreniya kasalligi bo'yicha murojaatlarning

eng yuqori darajasi (37,7%) 31- 40 yoshdagilarga va eng
kam darajasi 20 yoshgacha (4,01%) va 60 yoshdan yuqori
aholiga to'g'ri keldi. Jami murojaatlarning 83,6%i aynan
mehnatga yaroqli yosh davriga to'g'ri kelishi aniqlandi.

3.

Viloyatda

shizofreniya

hastaligi

bo'yicha

murojaatlar qishloqda (64.6%) shaharga nisbatan va
erkaklarda (56,3%) ayollarga nisbatan bir muncha yuqori.

4.

Viloyat ruhiy kasalliklar dispanseriga 2004- 2008

yillarda jami shizofreniya bilan murojaat qilganlarning
66%i kasalxonaga yotqizilgan, 25,6%iga ambulatoriya-
poliklinik tarzda davolanish tavsiya etilgan, 5,4%i
nogironlikni aniqlash uchun hujjat rasmiylashtirish va 4%i
boshqa har xil masalalar bo'yicha murojaat qilganliklari
aniqlandi.

5.

Viloyatda deyarli barcha bemorlarda kasallik

to'liq shakllanib bo'lgandan keyin, qayta murojaat qilgan
vaqtida aniqlangan.


background image

'Doctor a%6orotnomasi, 2011, 4, Samarqancf

5

Adabiyotlar

1.

Аграновский М.Л., Усманова P.M. Прогностическая оценка комплекса социально-преморбидных характеристик личности
больных приступообразной шизофрении/. Мед. жхрн. Узбекистана.-2001 .-№4.- С.76-77.

2.

Гузеева В.И., Скоромец А.А. Медико-социальные аспекты детской эпилепсии// Журн.неврол. и психиатр,- 2005.-№9.-С.64-
65.

3.

Магзумова Ш.Ш. Эпидемиологические исследование в психиатрии// Неврология, науч.мед.журн.-2001 .- №3.-С.51-53.

4.

Тювина Н.А., Кривцов К.Ю. Применение метода компьютерного психо-семантического анализа ранней диагностики
рецидива параноидной шизофрении/ /Рос. психиатр.журн.-2006.-№4.-С.66-71.

Библиографические ссылки

Аграновский М.Л., Усманова Р.М. Прогностическая оценка комплекса социально-преморбидных характеристик личности больных приступообразной шизофрении/. Мед. жхрн. Узбекистана.-2001 .-№4.- С.76-77.

Гузеева В.И., Скоромец А.А. Медико-социальные аспекты детской эпилепсии// Журн.неврол. и психиатр,- 2005.-№9.-С.64-65.

Магзумова Ш.Ш. Эпидемиологические исследование в психиатрии// Неврология, науч.мед.журн.-2001 .-№3.-С.51-53.

Тювина Н.А., Кривцов К.Ю. Применение метода компьютерного психо-семантического анализа ранней диагностики рецидива параноидной шизофрении//Рос. психиатр.журн.-2006.-№4.-С.66-71.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов