Ushbu maqolada ingliz tili darslarida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi ochib berilgan
Ushbu maqolada jahon moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari va moliya tizimining rivojlanishidagi global muammolar haqida bayon etilgan .
Ushbu maqolada qurilish sohasidagi bo’layotgan rivojlanishlar, yangiliklar haqida xususan milliy qurilish me’yorlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalar asosida ish yuritish va eksport hajmini kengaytirish masalalari yoritilgan.
Jigar kasalliklari ko'payish tendentsiyasining kuchayishi jigar patogenezini o'rganishni va gepatotsitlardagi patobiokimyoviy o'zgarishlarni bartaraf etadigan samarali gepatoprotektorlarni izlashni talab qiladi: antioksidant mudofa faolligining pasayish fonida lipid peroksidatsiyasining kuchayishi fermentlar va membranalarning lipid tarkibining buzilishiga olib keladi. Jigar patalogiyasi lipid metabolizmining buzilishiga olib keladi, chunki u ushbu metabolizmda yetakchi rol o'ynaydi. Safro sintezi buziladi, gidrolitik fermentlar faollashadi, fosfolipidlar sintezi pasayadi, oshqozon-ichak traktida lipidlarning hazm bo'lishi va yog'ning parchalanadigan mahsulotlarini, shuningdek antioksidant E vitaminini o'z ichiga olgan yog'da eriydigan vitaminlar so’rilishi buziladi.