Ijtimoiy tarmoqlarda nutq madaniyati: muammolar va yechimlar

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
3-7
2
1
Поделиться
Нормуминова, С. (2024). Ijtimoiy tarmoqlarda nutq madaniyati: muammolar va yechimlar . СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 3–7. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28842
Севинч Нормуминова, Узбекский государственный университет мировых языков.
Студент 3 курса кафедры информационной службы и связей с общественностью факультета международной журналистики Узбекского государственного университета мировых языков
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi shiddatli zamonda hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib bo ’Imaydi. Buning natijasida, zamonaviy kasblar ham paydo bo ’lyapti va insonlarning asosiy ishlari elektron tarzda ijtimoiy tarmoq bilan bog 'liq bo jib bormoqda. Ko ’chadagi har bir inson, umumon olganda qo jida “smart" telefonlari bor insonlar ijtimoiy tarmoqda kundalik yangiliklardan xabardor bo lish, ularni bir-birlariga uzatish bilan umrini ко ’p qismini о ’tkazmoqda va buning qaysidir ma ’noda salbiy tarafi ham kuzatilyapti. Misol tariqasida ijtimoiy tarmoqda adovat tili shakllanishi, insonlarda majkuraviy imunitet va savodxonlik darajasi juda ham past ekanligiga guvoh bo jib bormoqdamiz. Bu esa virtual olamda yana bir alohida savodsiz va manaviyatsiz jamiyat shakllanayotganidan darak beradi.

Похожие статьи


background image

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

3

I ShO'BA.

TIL VA NUTQ MADANIYAT KO‘ZGUSIDA

IJTIMOIY TARMOQLARDA NUTQ MADANIYATI:

MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Sevinch NORMUMINOVA

O ’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nailishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Bugungi shiddatli zamonda hayotimizni internet yoki ijtimoiy

tarmoqlarsiz tasavvur etib bo ’lmaydi. Buning natijasida, zamonaviy kasblar ham
paydo bo’lyapti va insonlarning asosiy ishlari elektron tarzda ijtimoiy tarmoq bilan
bog’liq bo’lib bormoqda. Ko’chadagi har bir inson, umumon olganda qo’lida

“smart” telefonlari bor insonlar ijtimoiy tarmoqda kundalik

yangiliklardan xabardor bo’lish, ularni bir-birlariga uzatish bilan umrini ko’p qismini

o ’tkazmoqda va buning qaysidir ma ’noda salbiy tarafi ham kuzatilyapti. Misol
tariqasida ijtimoiy tarmoqda adovat tili shakllanishi, insonlarda mafkuraviy imunitet
va savodxonlik darajasi juda ham past ekanligiga guvoh bo’lib bormoqdamiz. Bu esa
virtual olamda yana bir alohida savodsiz va manaviyatsiz jamiyat shakllanayotganidan
darak beradi.

Kalit so ’zlar

: smart, mafkuraviy imunitet, virtual, real, telegram, Instagram,

facebook, you tube, ommaviy madaniyat, manipulyatsiya, shaxsiy blog, adovat tili,
kanal, axborot xuruji, post, ijtimoiy narkotik, sayt, like, content, avtomatik.

Hozirgi kelib real oldamdan ko’ra virtual olamdagi muammolar ko’payib, insonlar

bir-birini tanimasa ham, nutq madaniyatidan chetga chiqqan holda ijtimoiy tarmoqda

bir-birlari bilan tortishib, o’zlarida mafkuraviy imunitet shakllanmaganligi va

savodxonlik darajasi qanchalik past ekanligini ko’rsatishmoqda.

Dunyo xabarlari, yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar hammasi telegram,

Instagram, facebook, you tube ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritib borilyapti va insonlar

o’sha hodisada bo’lmagan bo’lsalarda, xabarlarni ko’rib o’z bilim darajasida tahlil

qilgan holda ularga munosabat bildirish, o’z fikrlarini bayon etib, tuyg’ularini,

qarashlarini bildirishga keng maydon yaratildi. Buning natijasida insonlar uchun

bemalol o’z fikrlarini bayon etib, tuyg’ularini, qarashlarini bildirishga keng maydon

yaraldi. Hatto, ba’zida shunday vaziyatlar bo’lyaptiki, ijtimoiy tarmoqlardagidek

bo’layotgan bahsni, fikrlarni biz real olamda uchratmaymiz. Chunki real hayotda

qaysidir ma’noda ommaviy madaniyat


background image

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

4

shakllangan, hamma bir-birini hurmat qiladi, ammo, ijtimoiy tarmoqda bir-birini

yoshini, kimligini bilmay turib, bemalol izoh qoldirish mumkin. Bu esa biz qanchalik

mafkuraviy imunitetga muhtoj ekanligimizni va savodxonligimiz qay darajada

ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bundan kelib chiqib shuni aytish joizki, Ijtimoiy tarmoq

bizga qaysidir ma’noda ko’zgu vositasida xizmat qilib, nuqsonlarimizni ko’rsatib

bormoqda.

Deyarli barcha hozirgi yosh avlod bugungi kunda ijtimoiy tarmoq orqali

“bilimlarini kengaytiryapti” desam mubolag’a bo’lmaydi. Ular deyarli barcha

axborotga ega bo’lishadi va o’z fikrlashlaridan kelib chiqib, u yoki bu masalaga o’z

munosabatlarini bildirishadi. Ammo afsuski, bu izohlarning yarimidan ko’pi saviyasiz,

o’qigan insonlarning fikri deb bo’lmaydi. Hozirda yetarli bilimi yo’q, hali

dunyoqarashi shakllanmagan insonlar o’z shaxsiy bloglarini yuritadi, yetarli

ko’nikmaga ega emasligini, fikri to’g’ri yoki noto’g’riligini, kimningdir ongini

manipulyatsiya qilishini, insonlarni keraksiz axborotlar bilan to’yintiryotganini va

ularning vaqtini o’g’irlashyotganini o’ylab ham o’tirishmayapti. Ozgina ko’nikmaga

ega bo’lib, 3-4 misrali “maqolalari”ni bezak bilan telegram, Instagram, facebook va

you tubedagi bloglariga joylashtirishmoqda.

Buning natijasida izohlarda bir-biriga “adovat tili” bilan munosabatda

bo’luvchilar, irqchilik ham diniy masalada tortishuvchilar soni ko’payapti. Ba’zi

insonlar o’zlarini “aqilli” ko’rsatgan holda, bu mavzuga taalluqli bo’lmasa ham

uzundan-uzun fikrlar qoldirishadi. Bu esa o’sha postni bezab turadi. Bugunga kelib,

kerksiz kanallar, bloglar, ma’lumotlarning adog’i yo’q. Shunday vaziyatlarni ham

kuzatishimiz mumkinki, ba’zilar qaysidir mashxur insonga o’z shaxsiy adovati

bo’lganligi uchun uzundan-uzoq u haqida munosabatlar qoldirishadi va huddi

hammaga uni qanday ekanligini ko’rsatganday bo’ladi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyo yoshlarining 96% ijtimoiy tarmoq

1

orqali munosabatga kirishishmoqda. Ko’p yoshlarda mafkuraviy imunitet

shakllanmaganligi tufayli ham ba’zi g’arazli kuchlar ularning qalbi, ongi, ruhiyatiga

tazyiq o’tqazib, axborot xurujlarini amalga oshirishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan

unumli foydalanishmoqda. Buning natijasida shuni ko’rishimiz mumkinki, izohlarning

1

https://iiv.uz/news/ijtimoiy-tarmoq-undan-siz-qanday-foydalanasiz


background image

5

ko’pida, deyarli hammasida yoshlar tarafidan qo’rs, qo’pol so’zlar ishlatilib, bir-birini

haqoratlash darajasiga borishyapti. Ikkinchi tarafdan u yerdagi imlo xatolarni

ko’radigan bo’lsak, bu inson o’zi boshlang’ich ta’lim olganmi deymiz. Bu hol o’rta

yoshlilar va yoshlarda ko’p kuzatilib kelinmoqda. Hatto yoshlar tomonidan “ijtimoiy

tarmoq alifbosi” yaratilyapti (misol uchun,“sh” harfi o’rniga “w”, “ch” harfi o’rniga

“4” ishlatilishi), vizual olam iboralari. Bu degani virtual olamda yangi jamiyat

shakllanyotganini bildiradi. Ba’zibir belgilar, iboralar, ularni faqat virtual olam egalari

biladi va shu orqali suhbat qurishadi. Mana shu jamiyat ijtimoiy tarmoq orqali o’z

“men” larini shakillantirishyapti. Kuzatishlarga qaraydigan bo’lsak yoshi katta insonlar

qisqartmalarni va imlo xatolar bilan bo’lgan izohlarni yoqtirmasligini va bunday

yozadigan insonlarni “ma’naviyatsiz kishi” deb bilishadi. Ular faqat o’tirgan joyida fikr

bildirisha oladi, lekin real hayotda o’zlarini o’rinlarini topmagan shaxslardir. Eng

qizig’i ba’zi vaziyatlarda shunday holatlar ham bo’ladiki, virtual olamdagi insonlar bir-

birining irqi, dini ustida bahslashadi, kamsitishadi, “adovat tili”ni keltirib chiqazishadi.

Bir insonning birgina gapi orqali orqasidan minglab saviyasiz odamlar ergashadilar.

Boshqa holatlarda bu maxsus topshiriq asosida insonlar o’rtasida ataylab “adovat tili”ni

keltirib chiqazish “ijtimoiy narkotik” tarqatish maqsadida qilingan bo’lishi mumkin.

Buni insonlar farqiga bormaydilar va o’zlari bilmagan holatda buning

manipulyatsiyasiga uchrab, xohlamasalar ham bir-birlariga tosh otishadi. Aslida nega

tortishayotganlarini ham o’zlari anglab yetmaydilar, hammasi maqsadsiz sodir bo’ladi.

Bugungi kunga kelib, ko’p elektron saytlar paydo bo’ldi, hamma narsa raqamli

texnologiyaga o’tdi. Endi insonlar bosma matbuotdan ko’ra, elektron xabarlarni

o’qishni afzal ko’ra boshladilar. Chunki ular tezkor va qulay va ,albatta, hamyonbopdir.

Lekin qo’shtirnoq ichidagi saytlar borki, jamiyatda “adovat tili”ni keltirib chiqazishga

sabab bo’lmoqda. Bundan maqsad esa raqobatda yutib chiqish, ko’p izohlar, “like”lar

to’plash, u xabarlarni insonlar yaqinlariga ulashishidir. U axborot manfaatli yoki

keraksizligini aslo qizig’i ham yo’q, muhimi raqobatchi saytlar o’rtasida birinchilikni

saqlab qolish.

Axborot aslida insonlarni birlashtiruvchi insonlarning insoniylik darajasini

shakillantirishga, ularni irqi, dini, tilidan qat’i nazar bir-birlariga yordam qo’lini

cho’zishni ko’rsatuvchi “kalit” Shu bilan birgalikda juda ham kuchli qurol hisoblanadi.

Bitta axborot, bitta so’z orqali urush barham topishi yoki alanga olishi mumkin.


background image

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

6

Shunday ekan, biz hozirgi ijtimoiy tarmoqqa kirayotgan har bir shaxsning

mafkuraviy ongini shakillantirishimiz, yosh avlodning ijtimoiy tarmoqlardan qanday

foydalanish kerakligini, fikrni to’g’ri berish, kim bo’lishdan qat’i nazar muomila

madaniyatidan chetga chiqmagan holda unga izoh yozish, kerakmas munosabatlarni

ijtimoiy tarmoqlarda bildirmaslikni, “adovat tili”ni qo’zg’atuvchi so’zlardan uzoq

bo’lishi kerakligini, o’z ongini manipulyatsiya qilishlariga yo’l ochib bermasliklarini

o’rgatish kerak. Bu uchun , albatta, loyiha ishlab chiqilishi kerak.

Agar har bir ijtimoiy tarmoqdan foydalanishdan oldin foydalanuvchining yoshini,

dunyoqarashini bilish uchun online o’quv kurslari, testlar, nutq madaniyatini

shakillantirishga qaratilgan video-kontentlar joylashtirilsa va targ’ib qilinsa yaxshi

bo’lar edi. Ya’ni qayisidir ijtimoiy tarmoqdan foydalanyotgan kishiga avtamatik

ravishda o’sha tarmoqni mobil telefonlariga ulayotganda bu narsalar taqdim qilinishi,

shundan keyingina u inson bu tarmoqdan foydalana olishi zarur va har oy bu bo’yicha

testlar, bu haqida ularning fikrini bilish uchun katta munosabat maydoni yaratilishi

zarur.

Shuningdek, maktablarda, oliygohlarda, tashkilotlarda, umumon olganda har bir

insonlar jamoasi bor joyda “ijtimoiy madaniyat” trening-seminarlari tashkil etilishi va

bu davomli bo’lib, natijasi kuzatib borilishi darkor. Bundan tashqari kitobxonlik va

yozish ko’nikmasini shakillantirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqarilishi kerak.

Insonning ongi to’g’ri axborot bilan to’lgan bo’lsa, to’g’ri yozish qobiliyati bor bo’lsa,

har bir yozayotgan izohlarini, ijtimoiy tarmoqqa joylayotgan postlarini o’ylab

qo’yadiBugungi texnologiyalar asrida biz texnika, raqamli tarmoqlarni rivojlanishini

also to’xtata olmaymiz, ular yanada taraqqiy etib boradi. Lekin inson o’zining ongini,

nutq madaniyatini boshqara oladi va unga egalik qilishi uchun bilim, ko’nikmaga ega

bo’lishi lozim. Shunday insongina jamiyatni botqoqlikdan olib chiqa oladi, bo’lmasa

tirik , ammo, ongli o’likday yashayverishadi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Тешабаева, Д. М. "Речевой этикет делового письма: Автореф.… канд.
филол. наук." Ташкент 19 (2000): 6.

2.

Мавлянова, Ш. З., and Д. А. Тешабаева. "Современный взгляд на патогенез
и терапию атопического дерматита." VA ESTETIK TIBBIYOT 1 (1991): 17.

3.

Тешабаева, Дилфуза, and Гульбахор Абдухалилова. "ТУРИЗМ СОҲАСИГА
ОИД

СЎЗ

ВА

ИБОРАЛАРНИ

ПРЕФИКСЛАР

ЁРДАМИДА

ЯСАЛИШИ." Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг

долзарб


background image

7

муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences. 3.9 (2023).

4.

Дадабаева, Хаётхон, and Дилфуза Тешабаева. "Роль акта в формировании
коммуникативной компетентности при обучении иностранным языкам
курсантов военного образования." in Library 3.3 (2023): 235-242.

Библиографические ссылки

Тешабаева, Д. М. "Речевой этикет делового письма: Автореф.... канд. филол. наук." Ташкент 19 (2000): 6.

Мавлянова, Ш. 3., and Д. А. Тешабаева. "Современный взгляд на патогенез и терапию атопического дерматита." VA ESTETIK. TIBBIYOT 1 (1991): 17.

Тешабаева, Дилфуза, and Гульбахор Абдухалилова. "ТУРИЗМ СОХАСИГА ОИД СУЗ ВА ИБОРАЛАРНИ ПРЕФИКСЛАР ЁРДАМИДА ЯСАЛИШИ." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 3.9 (2023).

Дадабасва, Хастхон, and Дилфуза Тешабаева. "Роль акта в формировании коммуникативной компетентности при обучении иностранным языкам курсантов военного образования." in Library 3.3 (2023): 235-242.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов