Этапы развития детской речи

CC BY f
275-280
56
1575
Поделиться
Давлатова, Х. (2022). Этапы развития детской речи. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 275–280. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp275-280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные и написано, книги, рассказы, песни появляются в представлениях. Речь материальна и воспринимается органами чувств – это происходит только в процессе использования языка, который проявляется в речи.

Похожие статьи


background image

275

BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

X.U.Davlatova (AnDU)

Annotation. In the process of writing this article, we came to the conclusion that the

study of speech act, the emergence and development of speech, the formation of speech
competence in children’s speech: speech is a process and a result, as well as speech texts,
oral and written, books, stories, songs appear in different guises. Speech is material, and it
is perceived by the senses, this is only done in the process of using the language that
manifests itself in speech.

Keywords: speech act, speech texts, speech competence, communication, upbringing,

language.

Аннотация. В процессе написания данной статьи мы пришли к выводу, что

изучение речевого акта, возникновения и развития речи, формирования речевой

компетенции в детской речи: речь – процесс, а результат – речевые тексты, устные

и написано, книги, рассказы, песни появляются в представлениях. Речь материальна

и воспринимается органами чувств – это происходит только в процессе

использования языка, который проявляется в речи.

Ключевые слова: речевой акт, речевые тексты, речевая компетенция,

общение, образование, язык.


Nutq mahorati terminiga o‘nlab yetuk olimlar tomonidan ko‘plab ta’riflar berilgan.

Ulardan eng samarali izlanishlar olib borganlaridan biri A.Leontyevdir, uning fikricha,
“mukammallikka erishilgan nutq bo‘lishi uchun o‘ylash jarayonining butunligi, amalga
oshirish jarayonida spontanligi, avtomatizmi va barqarorligi bilan ajralib turadi” [11:214].

Nutq va til kompetensiyasi haqidagi fikrlar, muloqotning keng nutq amaliyoti

ekanligi, turli janrdagi adabiyotlarni o‘qishning katta hajmi bilan belgilanishi va
kommunikativ kompetensiya, nutq kompetensiyasining diskursiv xususiyatga ega ekanligi
hamda talabalar og‘zaki xulq-atvorining aks ettirishi N.N.Romanova tomonidan tahlil
qilindi.[8]

So‘zdan foydalanishning to‘g‘riligi muloqotga kirishuvchilarning nutq mavzusini qay

darajada bilishi, qanchalik bilimdon ekanligi, mantiqiy fikrlay olishi, til konunlari va uning
qoidalarini bilishiga bog‘liq. Ushbu maqolani yozish jarayonida nutqiy akt, nutqning paydo
bo‘lishi, rivojlanishi, bolalar nutqida nutqiy kompetensiyaning shakllanishiga oid
materiallarni o‘rganish mobaynida shunday xulosaga keldik. Nutq jarayon va natija bo‘lish
bilan birgalikda, nutq matnlari, og‘zaki va yozma, kitoblar, hikoyalar, qo‘shiqlar kabi turli
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Nutq moddiy bo‘lib, uni hislar idrok etadi, bu faqat nutqda
o‘zini namoyon qiladigan tilni qo‘llash jarayonida amalga oshadi.

Oila – bu bolalarning nutqi shakllanishida asosiy maskan hisoblanadi va bu dargohda

bola kamol topib, voyaga yetadi. Barchamizga ma’lumki, farzandlarimiz uch yoshga
to‘lguncha nutqiy tarbiya asoslarini oila a’zolaridan o‘rganadilar va bu jarayon nutqni
rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligi bilan alohida o‘rin tutadi. Shu o‘rinda,
bolalarning chaqaloqlik davrlaridan boshlab nutqining rivojlanishiga oid ayrim fikrlarni
keltiramiz.

Chaqaloqlar ikki oylik bo‘lganlaridan so‘ng yig‘lash, qo‘llarini qimirlatish va turli

shakldagi tovushlarni chiqarishni boshlaydilar. Chaqaloqlar 3-4 oyga to‘lganlarida ota-
onasi, birga yashovchi va boshqa insonlar bilan ko‘z hamda tabassum orqali aloqa qilishni
boshlaydilar va o‘sha odamning yuz ifodasini kuzatadilar. Agar chaqaloqqa nisbatan


background image

276

erkalatuvchi so‘zlar bilan murojat qilinsa, ularning yuz ifodasida kulgu alomatlari seziladi.
Aksincha, do‘q-po‘pisaga o‘xshash so‘zlar qo‘llansa, (ha, seni qara-yu, yig‘lamasdan birpas
jim yotsang bo‘lmaydimi) ularning yuzlarida yig‘i alomatlari bilina boshlaydi, lablarini
bujmaytirib yig‘lashni boshlaydilar. Asta-sekinlik bilan shu davrdan boshlab quvnoq va
kulgiga o‘xshash tovushlarni chiqara boshlaydilar. Taxminan, 5 oylikdan boshlab tovush
hosil bo‘lishini va artikulyatsiya harakatlarini boshqarish qobiliyati rivojlanadi. Ovozlari
bilan qiyqiriq tovushlar chiqarishni boshlaydilar.

Chaqaloqlar 6 oylik bo‘lganlaridan boshlab, atrofdagilarga ko‘proq e’tibor berishni

boshlaydilar va asta-sekin kattalar e’tiborini o‘zlariga jalb qilish uchun imo-ishoralar,
qarashlar, tovushlardan foydalanadilar. Ular 10 oyliklardan boshlab inson nutq tovushlariga
o‘xshash tovushlarni baqiriqlar, chinqiriqlar orqali chiqara boshlaydilar. Ular ilk so‘zlarni 9-
12 oyliklarida

ayta boshlaydilar, bir yoshga

to‘lganlarida esa bir necha so‘zlarni va qisqa

iboralarni tushunishni boshlaydilar. Shu yoshdan boshlab kichkintoylar oddiy
ko‘rsatmalarni tushunishlari va ularga amal qilishlari mumkin. Masalan, yoshini so‘rasalar,
ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘rsatish orqali 1 yoshga to‘lganini qo‘l harakatida ifodalaydilar,
shu bilan birga, ular uchun sevimli bo‘lgan uy hayvonlaridan tovuqlar, jo‘jalarning sonini
so‘ralganda ham, barmoqlari bilan ifodalaydilar. Yaqin insonlari (onasi, buvisi, opasi, akasi)
tomonidan salomlashish o‘rgatilganda, garchi ular to‘liq gapira olmasalar-da, o‘ng qo‘lini
uzatib ko‘rishishni o‘rganadilar yoki, aksincha, xayrlashganda qo‘llarini, asosan,
barmoqlarini silkitish orqali xayrlashishni ifodalovchi xarakatni ko‘rsatadilar

Ularning og‘zaki nutqi bir yoshda noaniq bo‘lib, nutq tovushlarining deyarli

barchasini o‘z ichiga oladi. So‘z boyligi doimiy ravishda oshib boradi. Bu yoshdagi
chaqaloqlar o‘rtasida ham farqlar mavjud bo‘lib, ba’zilari ko‘plab so‘zlarni gapirishni
boshlaydilar, boshqalari esa hali ham dastlabki so‘zlarni aytishga qiynalayotgan bo‘ladilar.
Masalan, 1 yoshlik Foziljon “dada”, “amma”, “choy” so‘zlarini bemalol ayta oladi, 1
yoshlik Abror esa yuqoridagi so‘zlarni to‘liq ayta olmaydi. “dada-dad, dad”, “choy-umma”.
Bola 1-1,5 yoshga yetganda, endi yura boshlaganda, aka-opasini, ota-onasini odiga kelib
“meni ko‘taring” so‘zini ayta olmay, “xo‘ppa” deb ikkala qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, qo‘l
xarakati orqali fikrini ifodalashga urinadi

.

2 yoshli bolalar oddiy ko‘rsatmalarni tushuna oladilar. Ular o‘z ismlarini ayta oladilar

va ikki-uchta so‘zlardan iborat jumlalardan foydalana oladilar.

3 yoshli bolalar oddiy hikoyalarni, takliflar, ko‘rsatmalarni tushunishlari mumkin.

So‘roq gaplar, buyruqlar va inkor jumlalardan foydalanadilar. Bu yoshda bolalarning nutqi
to‘liq va aniq tushunarli bo‘ladi. Shu bilan birga, savollar berishni boshlaydilar. Birgalikda
kitoblar o‘qishni, rasmlarga ishora qilib, kitobdagi voqealar haqida suhbatlashishni
uddalaydilar.

4-5 yoshli bolalarning nutqi tobora kattalar nutqiga o‘xshay boshlaydi. Bu yoshda

bolalar o‘z tasavvurlarini tengdoshlariga va kattalarga aytishni yaxshi ko‘radilar. Ayniqsa,
bu yoshda ko‘p savol beradigan, sergap, mahmadona bo‘ladilar. 4 yoshli Omonboy
nutqidan:

– Barakalla, azamat, sen juda esli bola ekansan, – deb moy hidi kelib turgan

kattakon kafti bilan Omonboyning boshini silab qo‘ydi. Omonboy haqiqatdan ham azamat
va haqiqatdan ham esli bola edi. Shuning uchun ham shosha-pisha:

– Amaki, men-chi kechasi yotayotganimda kindigimga yog‘ surtib yotaman! – deb

axborot berdi yana.

– Mana buni chinakam qahramonlik desa bo‘ladi! – novcha amaki bu gal

Omonboyning yelkasiga qoqib qo‘ydi, – suvni qayerdan ichasizlar?

– Bog‘imizda hovuz bor, – negadir hovliqib dedi, Omonboy, – orqamdan

yuravering... Undan keyin-chi, amaki men ovqat yeyishdan oldin qo‘limni yuvib kelaman.


background image

277

– Voy-bo‘y, sen chindan ham ajoyib bola chiqib qolding -ku!
– Undan keyin-chi, amaki, men ovqat yeganimda labimni chapillatmayman.
– Ofarin

[4:6].

O‘zbek oilalarining eng asosiy burchlaridan biri nutqiy odob-axloq va ta’lim

tarbiyaga jiddiy yondashishligidadir. O‘zbek oilalarida tarbiya jarayonida ota-onaning,
ayniqsa, bobo-buvilarning o‘rni beqiyosdir. “

Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona

”, degan

maqolning o‘zidanoq o‘zbeklar uchun bolaning nutqiy tarbiyasi qanchalik muhimligini
anglash mumkin [8]. Bunga misol tariqasida biz ko‘chada, o‘yingohlarda, xiyobonlarda
do‘stlari bilan o‘ynayotgan yosh bolalarni yoki o‘smirlarni bir-birlari bilan nutqiy
muloqotiga vulgar so‘zlarni qo‘llagan holatlarida, yoshi ulug‘ insonlar tomonidan ularga
tanbeh berish, nasihat qilish orqali yoshlarning nutqini tartibga solishga urinishlarini
bevosita guvohi bo‘lamiz.

Bolalarning go‘zal hulqli, didli farosatli, barkamol, bilimli, zukko, jamiyatning har

sohasida yetuk mutaxasis bo‘lib kamol topishida ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Zero,
xalqimizning taniqli ma’rifatparvar adibi Abdulla Avloniyning “

Tarbiya biz uchun yo hayot

– yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

”, deb aytgan so‘zlari

naqadar haqiqatdir. [2]

Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy farzand tarbiyasi borasida bunday deydi:

Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u

tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa
bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda
saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik
bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-
oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga
tushadi

” [9].

Oiladagi ota-onalarning muomala madaniyati, nutqi, so‘zlashuv uslubi bevosita

farzandining nutqiga ta’sir qilmasdan qo‘ymaydi. Ota-bobolarimiz “

Qush uyasida

ko‘rganini qiladi”

, deb bejiz aytmagan [8].

Chunki bola tabiatidan ma’lumki, ular taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladilar. Agar

farzandlar sog‘lom yoki nosog‘lom muhitda tarbiyalansa, bu holat ularning nutqida, xatti-
harakatida va tengdoshlari, o‘zidan kattalar bilan muloqot jarayonida seziladi.

O‘zbek oilalaridagi farzandlarning nutqiy tarbiyasi borasida yana bir muhim jihat

shundan iboratki, ona-onalardan tashqari, bobo-buvilarning o‘rni beqiyosdir. Ijtimoiy
hayotimizdagi bolalarning so‘zlashuv jarayonini kuzatsak, oilada yoshi ulug‘ insonlar
tarbiyalagan farzandlarning nutqi, yosh ota-onalar tarbiyalayotgan bolalarning nutqidan
ajralib turadi. Azal azaldan ota-onalar o‘z farzandlarini har taraflama tarbiyasini, jumladan
nutqiy tarbiyasini ham ularning bobo buvilariga ishonib topshirganlar. Yoshi ulug‘ insonlar
nabira, chevaralarining go‘zal hulqli, xushmuomala, odobli bo‘lib ulg‘ayishlarida
o‘zlarining pand nasihatlarini berib kelishmoqda.

Ota-onalar va tarbiyachilar, murabbiylar bolalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlarida,

ularni nutqini to‘g‘ri shakllantirishga yodam berishlari, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuziga e’tiborli
bo‘lishlari va har bir savollariga erinmasdan javob berishlari kerak.

Bizga ma’lumki, chaqaloqlarning birinchi aloqa vositasi bu – yig‘lash. Bunga

javoban ota-onalar va murabbiylar bolani ko‘taradilar, unga gapiradilar, erkalatadilar,
ovqatlantirish orqali ularni tinchlantiradilar. Biz chaqaloqlarni yig‘lashdan tashqari, tana
harakati, qo‘l mimikalari va imo-ishoralar bilan ham muloqotga kirishgan jarayonlarini
ko‘rishimiz mumkin. Nutq tovushlarini o‘stirish uchun chaqaloqlarga o‘yinchog‘ini
ko‘rsatib, uning nomini to‘liq aytish kerak, garchi ular gapira olmasalar-da, o‘yinchoqning


background image

278

nomi ularning xotirasida qoladi. Masalan, o‘g‘il bolalar uchun mashinani ko‘rsatib, “didik”
emas, mashina, deb aytish kerak. Qizlar uchun o‘zbek milliy ertak qahramonlaridan bo‘lgan
Zumrad qo‘g‘irchoqni ko‘rsatib, nomini to‘liq aytish kerak (qizlar ulg‘aygan sari, bir ikki
so‘zlarni qo‘shib aytib borilsa nutqi tezroq shakllana boradi (

Zumrad odobli qiz, Zumrad

aqlli, chaqqon qiz

). Bu ham bolalar milliy nutqini rivojlantirishning bir usulidir. Bolalar

taqlid va o‘rnak orqali tilni tez o‘rganadilar. Ular bilan suhbatlashish (ertak aytish)
jarayonida qisqa va sodda so‘z-gaplardan foydalansak, nutqimizda turli xil so‘zlarni
qo‘llasak (Zumradni tasvirlashda tasniflovchi so‘zni turli ko‘rinishda aytishimiz mumkin:

chiroyli, aqlli, odobli.

Kiyimlarini tasvirlashda:

do‘ppisi bor, atlas ko‘ylagi yarashgan,

sochlari uzun

) maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ijtimoiy va madaniy jihatdan har xil oilalardan maktabga kelgan bolalar bir-birlari va

o‘qituvchilar bilan aloqaga kirishish yoxud tildan foydalanish mobaynida muloqot qilish
qobiliyatini namoyon qiladilar. Shuningdek, bu bosqichda faol so‘z boyligi, izchil gapirish
qobiliyati va nutqni aloqa sharoitlariga moslashtirishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarning
nutqiy muloqoti o‘rtasidagi bu farqlar maktabda ta’lim olish jarayonida kuzatiladi. Biz
bolalarning muloqotini kuzatish natijasida ularning jamiyatning qaysi ijtimoiy guruhiga
tegishli ekanligini anglab olamiz.

Har qanday madaniyat bolalarga tilni yetkazishda muvaffaqiyatli bo‘ladi va ota-

onalar farzandiga uni o‘zlashtirishini osonlashtirish uchun ko‘plab usullarni qo‘llashadi.
Ayrim bolalar kamgap bo‘lganliklari uchun fikrlarini aniq aytishga qiynaladilar, bunday
holda ota-onalar farzandlari nomidan nutq so‘zlaydilar, ularning ehtiyojlari va istaklarini
bildiradilar, ularning harakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ona tilida izoh beradilar. Bolaning
nutqi, asosan, ma’lumot almashish jarayonida kattalar bilan kundalik muloqot orqali
rivojlanadi.

Bola og‘zaki nutqida uning odobi, bilimi, xulq-atvori aks etadi. O‘zbek oilalarning,

asosan, ota-onalarning vazifasi farzandlariga bolaligini juda erta yoshdan boshlab aqliy
ravonlikda barkamol rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Ota-onalar bolaga nutqini aniq,
mazmunli, fikrini chiroyli ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishda asosiy
shaxs hisoblanadilar, ular farzandlarining kelajakda xalq oldida gapirishdan
cho‘chimaydigan va o‘z fikrlarini tinglovchilar ongiga ta’sir eta oladigan darajada notiq
bo‘lib yetishishlarida muhim qadamni qo‘yuvchilardir.

O‘zbek oilalarida farzandning nutqiy tarbiyasiga azaldan jiddiy ahamiyat bilan

yondashilganini Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi bosh qahramon
Otabekning ota-onasiga bergan javobidan bilsak ham bo‘ladi [1:71].

O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib

qo‘ydiq...

Otabek ma’lumki, ularning “qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an ishlarini”

albatta bilar edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga soldi:

Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas,

dedi [1:71].

Romandagi Otabek yoshligidan ziyoli oilada o‘sib kamol topgani, o‘z davrining

bilimli, ziyoli insonlari bilan ko‘p muloqotda bo‘lgani, fikr-mulohazali, dunyoqarashi keng
ekanligi uning ota-onasi bilan bo‘lgan nutqiy odobida ham namoyon bo‘lgan.

Psixolog olim G.G‘oziyev, nutq faoliyatini fiziologik va psixologik mexanizmlarga

ajratdi.[3] G‘oziyev nutq faoliyatini fiziologik jihatdan talqin qilishda bir necha olimlarning
fikrlarini umumlashtirgan holda quydagi to‘xtamga keldi: “nutq oddiy reflektor faoliyat
qonunlari asosida idrok qilinadi, Pavlovning “nutqning yuzaga kelishi va idrok qilinishida
inson (signallar signali) tarzidagi so‘zlaridan foydalaniladi. Mazkur jarayon bosh miya katta
yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi”, degan fikrini keltirdi. [3]

U Broko (1861-


background image

279

yil)ning miya postining ma’lum qismi (miya chap yarim sharlari peshona qismining pastki
tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa bemorlarda nutq artikulyatsiyasi
buzilishini aniqladi va “so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz”, degan fikrini keltirdi.
[3]

Psixologik jihatdan esa olim quydagi to‘xtamga keldi: “nutqning muayyan asoslariga

suyangan holda no‘ananaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi. (Nutq og‘zaki
va yozma (verbal va noverbal) turkumga ajratiladi)” [3].

Bugungi kunga kelib, bolalar nutqini o‘rganish, ko‘p qirrali ilmiy ma’lumotlarning

zarurligi, har tomonlama va tushuntirishli nazariy asoslarni yaratishning muhimligi va
go‘daklar hamda yosh bolalar bilan tajriba o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan innovatsion
uslubiy protseduralar tufayli qiyinlashmokda. Tadqiqotlar nutqning ontogenetik yo‘lini
boshqaradigan asab, motorik, sezgi, bilim, anatomik, lingvistik, hissiy va ijtimoiy
parametrlarning hissasini yoritishga harakat qiladi.

Noam Xomskiy tomonidan ishlab chiqilgan kompetensiya bir guruh olimlar:

tilshunoslar, funksionalistlar, kognitiv lingvistlar, psixolingvistlar, sotsiolingvistlar
tomonidan rad etildi. Xomskiyning fikricha, til kompetensiyasiga ona tilida
so‘zlashuvchilarda ega bo‘lgan lingvistik bilimlar tizimi sifatida qaralganligi bois, lingvistik
ko‘rsatkichlardan ajralib turadi va grammatik jihatdan ahamiyatsiz shartlar ta’sir qilmaydi,
deb ta’rif bergan edi [4]. Boshlang‘ich sinf (3-4sinf) yoshidagi bolalarning muloqot
qobiliyatlarini o‘rganish ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi bosqichida eng
muhim muammolardan biri hisoblanadi. Nomlari aytib o‘tilgan olimlarning ishlarini
o‘rganish natijasida, til va uning hosilasi bo‘lgan nutq kishilik jamiyatining muhim aloqa
vositalaridan biri ekanligini angladik.

Noqulay sharoitlar bolalar nutqini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada bunday

bola tengdoshlari bilan yomon aloqada bo‘ladi, boshqa kattalarni xavf manbayi deb biladi,
o‘qishni yoqtirmaydi va o‘rganishga qiziqish bildirmaydi. Hozirgi vaqtda shahar
markazlarida yashovchi aksariyat ota-onalar farzandining odob-ahloqiga, ta’lim-tarbiyasiga
qishloqdagi ota-onalarchalik e’tiborli bo‘lmaydilar, natijada bu e’tiborsizlik ularning xatti-
harakatida, ayniqsa, nutqida yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘z farzandlarining ehtiyojlariga

unchalik qiziqmaydigan shahar ota-onalari farzandlari tomonidan til madaniyatini sindirish,
ayrim so‘zlarni neologizmlar bilan ishlatishiga sharoit yaratadilar.

Ota-onadan bolaga

e’tibor yetishmasligi va ularning salbiy nutq faoliyati bola rivojlanishiga, nutqiga, ayniqsa,
fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas. Birinchidan, bu vaziyatda
boladagi taqlid mexanizmi ishlaydi, ota-onalarning nutqida ishlatiladigan so‘zlarni, nutq
vositasini bola ongsiz ravishda qabul qiladi. Ikkinchidan, nizoli vaziyatlarda ota-onalarning
stereotipli, tezlashtirilgan nutq darajasi, so‘zlardagi ohanglarning baland-pastligini eshitgani
bo‘yicha qabul qiladilar.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ota-onalar e’tiborini

farzandlarining nutqlariga qaratmoqchimiz, chunki bola bilan asta-sekin muloqotga
kirishish kerak, barcha so‘zlarni aniq talaffuz qilib, ularni ohang bilan bir-biridan ajratib
talaffuz qilish bolalarining og‘zaki nutqini to‘g‘ri shakklanishiga zamin yaratadilar. Shuni
ta’kidlash kerakki, bolalar tomonidan kattalarning nutqini idrok etishni faqat passiv jarayon
deb xisoblash mumkin, chunki nutqni tinglayotgan bola, aytilganlarning mazmunini
tushunishi, qabul qilingan nutq ma’lumotlarini aniq tushunib olishi kerak.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.

Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (roman). – Toshkent: 2016, 71-b

2.

Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti. 1979, 246-b.


background image

280

3.

E.G‘oziyev. Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashri. –

Toshkent: “O‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. – 309 b.

4.

Chomsky, Noam. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. Cambridge, MA: MIT

Press

5.

Н.Н.Романова

,

А.В.Филиппов Словарь. Культура речевого общения: этика,

прагматика, психология.

Москва, 2010.

6.

А.Леонтьев

.

Язык, речь, речевая деятельность.

Москва: Просвещение, 1969.

214 с.

7.

Xudoyberdi To‘xtaboyev. Peshonasiga televizor yopishtirib olgan bolaning

sarguzashtlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi. Ikkinchi nashr. 2019

8.

Ziyouz.uz

9.

muslim.uz

10.

Ashurov, Shahobiddin

Saidovich. "Инглиз ва ўзбек тилларидаги

интернационал мақоллар таржимасидаги ассиметрик ҳолатлар." Молодой ученый 18

(2020): 584-586.

Библиографические ссылки

Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (roman). - Toshkent: 2016, 71-b

Abdulla Avloniy. Toshkent tongi. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1979, 246-b.

E.G‘oziyev. Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashri. -Toshkent: “0‘qituvchi” Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. - 309 b.

Chomsky, Noam. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. Cambridge, MA: MIT Press

H.H.Романова, А.В.Филиппов Словарь. Культура речевого общения: этика, прагматика, психология. - Москва, 2010.

А.Лсонтьев. Язык, речь, речевая деятельность. - Москва: Просвещение, 1969. -214с.

Xudoyberdi To‘xtaboyev. Peshonasiga televizor yopishtirib olgan bolaning sarguzashtlari. - Toshkent: Yangi asr avlodi. Ikkinchi nashr. 2019

Ziyouz.uz

muslim.uz

Ashurov, Shahobiddin Saidovich. "Инглиз ва узбек тилларидаги интернационал маколлар таржимасидаги ассиметрик холатлар." Молодой ученый 18 (2020): 584-586.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов