ALISHER NAVAI'S INTERPRETATION OF THE WORK "NASAYIM UL-MUHABBAT"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nabiyeva, N. . (2023). ALISHER NAVAI’S INTERPRETATION OF THE WORK "NASAYIM UL-MUHABBAT". Modern Science and Research, 2(4), 36–38. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18832
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

В данной статье анализируется художественная интерпретация произведения Алишера Навои «Насаим уль Мухаббат», и делается научный вывод.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

HAZRAT ALISHER NAVOIY “NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARI TALQINI

Nabiyeva Nodira Saidovna

Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Denov tadbirkorlik va pedagogika institute.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7800403

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiyning "Nasoyim ul muhabbat" asari badiiy

talqini tahlil etiladi, ilmiy xulosa yuritiladi.

Kalit so`zlar: iqtibos, so`z qo`llash, axloqiy qadriyat, poetika, ibora, badiiy termin.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ АЛИШЕРА НАВАИ ПРОИЗВЕДЕНИЯ

"НАСАЙИМ УЛ-МУХАББАТ"

Аннотация. В данной статье анализируется художественная интерпретация

произведения Алишера Навои «Насаим уль Мухаббат», и делается научный вывод.

Ключевые слова: цитата, словоупотребление, нравственная ценность, поэтика,

словосочетание, художественный термин.

ALISHER NAVAI'S INTERPRETATION OF THE WORK

"NASAYIM UL-MUHABBAT"

Abstract. This article analyzes the artistic interpretation of Alisher Navoi's work

"Nasayim ul Muhabbat", and makes a scientific conclusion.

Key words: quote, word usage, moral value, poetics, phrase, artistic term.

INTRODUCTION

Barchamizga ma’lumki, Husayn Boyqaro saltanatidagi har qanday ezgulikda Navoiyning

hissasi bordir. Saltanatdagi adolat, insof, tinchlikni shoir Navoiy shaxsiyatisiz tasavvur etish
mushkul. Uning siyosat olamidagi hayot madrasasidan olgan ta’limi bilan ma’naviy yo‘lchilikda
ruhoniy yo’lboshchidan olgan tarbiyasi mushtaraklik hosil qilib, ruhoniyatida komillik hosil etdi.
Tasavvufiy hayot, tariqat ta’lim-tarbiyasi Navoiy yoshligidanoq ongu shuuriga singdirildi.

Navoiy madrasa ta’limini ko’rgan, zohir ilmi – shariat bilan bir qatorda botin ilmi –

tariqatdan ham bolaligidan xabardor bo’lgan. Bu esa biror bir piri komilning etagini tutish
maslagini Navoiyda qat’iylashtirgan. Ruhoniyatidagi bu

ehtiyoj o’laroq, 1476 yilda

naqshbandiylik tariqatining piri komillaridan hisoblanmish Abdurahmon Jomiyga murid bo’ldi.
Navoiyshunos Yo. Is’hoqov: “Navoiy garchi Jomiy bilan tanishib, unga keyinroq qo’l bergan
bo’lsa-da, biroq u yoshlikdanoq o’z davrining buyuk siymosi bo’lmish Jomiy asarlari bilan,
shuningdek, naqshbandiylikning asosiy xususiyatlari bilan tanish bo’lgan va tanisha borgan.
Jomiyga qo’l berishi esa yosh Alisher e’tiqodidagi uzoq evolyutsiyaning rasmiy natijasidir”,–
degan edi [1]. Alisher Navoiy naqshbandiylik tariqatining muridi bo’lsa-da, O’rta Osiyodagi
mashhur tariqatlar yassaviylik va kubraviylik tariqatlarining ta’lim usullarini puxta o’rgangan.
Chunki bu davrda uchta tariqat peshvolari o’z faoliyatini teng olib borganlar.[2] Alisher Navoiy
ham har uchala tariqat namoyandalarining badiiy adabiyotini sevib o’qigan va ularning ibratli
hayot yo’li, tariqatidagi o’ziga xosliklar asarlarida aks etgan.

Xususan, “Nasoyim ul-muhabbat” shular jumlasidandir. Shoir o`zining “Nasoyim ul -

muhabbat” asarida so`fiylik va tasavvuf haqida juda qimmatli ma’lumotlar bergan. Bevosita
mavzumizga dalxdor bo`lganligi sababli “avliyo” va “orif” sozlarining lug`aviy ma’nolariga
to`xtalmoqchimiz. “Avliyo” sozi arab tilidan olingan bo‘lib, “valiya” fe’lidan yasalgandir.

Bu fe’l:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

1)

yaqin bo`lmoq;

2)

qo`shilmoq;

3)

boshqarmoq, voliylik qilmoq;

4)

mudirlik qilmoq, idora qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi.

Avliyo so`zi “valiy” so`zining ko`plik shaklidir. “Valiy” so`zi ham o`z o`rnida: 1) yaqin; 2)

tug`ishgan; 3) qarindosh; 4) mulkdor, mulk egasi; 5)vasiy, homiy; 6) valiy, avliyo (Allohning
do`sti) degan ma’nolarni beradi.[3]

“Kahf” surasining 102-oyatida ham “avliyo” so`zi kelgan bo`lib, ushbu oyatning ma’nosi

quyidagicha: “Yoki kufr keltirganlar meni qo`yib bandalarimni valiy-iloh qilib olishni gumon
qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz”. Bu oyati karimada
“avliyo” so`zi “Iloh, Rahnamo” ma’nosida kelgan. Bu ma’no ham avvalgilaridan farqli bo‘lib,
endi yolg`iz Allohning Haq Rahnamoligi haqida so`z ketmoqda. Shuningdek, Niso surasining
74-, 89-, 139-, 144-oyati karimalarida ham, “Moida” surasining 50-, 57-, 81- oyatlarida ham
“avliyo” so`zi kelgan.[4] Bu oyatlarning ko`pchiligi mo`min- musulmonlarning boshqa
musulmonlar turib, kofir kimsalarni do`st tutmasliklari haqida. Musulmonlar bu ishdan qattiq
qaytarilganlar. Demak, bu oyatlardagi “avliyo” so‘zining ma’nosi avvalda zikr qilingan ma’nolar
kabidir. Ya’ni aksari “insonlararo dostlik”ni ifodalab kelgan.

Bizga ma’lumki, tasavvufning g`oyasi komil insonni tarbiyalashdir. Bunday kamolotga

erishgan shayxlarning o`z darajalari va manoqiblari mavjud. Komil insonni tasavvufiy istilohda
“avliyo” deyiladi.[5] Biz avval avliyo tushunchasi va uning Qur’oni Karimda anglatgan ma’nolari
bilan tanishib chiqqan edik. Shu ma’nolar orasida “Allohning do`sti” ma’nosi ayni biz
o`rganayotgan mavzuni yoritib berishda asos bo`lib xizmat qiladi.[6]

Valiy tushunchasi Qur’on va hadisga asoslangan bolib, “do`st” (Allohning dosti) ma’nosini

bildiradi (“Alloh esa taqvodor zotlarning do`stidir”.

Ilm – Alloh tomonidan insonga berilgan ulug` ne’matdir. Ilm inson kamoloti uchun zurur

bo`lgan sifatlardan biridir. U insonni ziynatlaydi va uni ulug`likka yetkazadi. Insonga berilgan
ilmning

eng mukammal

darajasi

Payg`ambarlikdir Olimlar esa Muhammad(s.a.v.)

aytganlaridek “ Payg`ambarlarning me’rosxo`rlaridir” .[7]

Rasululloh (s.a.v) tufayli fazilatga erishgan ulug` sahobalar, valiyullohlar safida tariqat

pirlari ham turadilar. Tariqat pirlari Payg`ambarimiz (s.a.v.) sunnatlariga amal qilgan olimu
ulamolar bolib, ilm vositasida xalqni to`g`ri yo`lga boshlaganlar.

Tasavvufda komil inson namunasi sifatida Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hayot

yo`llari va faoliyatlarini asos qilib oladilar.

Tariqat pirlari – Rasulullohning sunnatlariga mustahkam bog`langan va u zotning axloq-u

odoblari bilan ziynatlanganlar. Ular ulug` martabali olim, buyuk tarbiyachi bo`lganlar.[8] Ular
ilm – ma’rifat chirog`i bo`lib, odamlarni zulmatdan ziyoga boshlaganlar. Tariqat nihoyada
murakkab va yuksak darajadagi barkamollik yo`lidir. Pirsiz murid bu manzilga yeta olmaydi. Ichki
olamining razolatdan tozalab, uni gozal xulq bilan bezatishi uchun murid komil pirning
rahnamoligiga ehtiyoj sezadi. Tariqat pirlari bajaradigan vazifasiga ko`ra tabibga o`xshaydi. Farq
shundaki, tabib insonning zohiridagi, ya’ni tanasidagi kasalliklarni davolaydi, pir – murshid esa
muridning botinini, nafsoniy xastaliklardan poklaydi. Pir muridning qobiliyati darajasiga qarab
muolaja usulini tanlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

Ko`rinadiki, Alisher Navoiy ijodida tasavvuf bilan adabiyot oliy darajada o`zaro

uyg`unlashadi. «Nasoyim ul-muhabbat»ning ahamiyati haqida so`z ketganda, uning tasavvuf
tarixi, oqim va silsilalari, namoyandalari, tasavvufning asosiy tushuncha va istilohlari, falafiy,
axloqiy konsepsiyasi namoyon bo`ladi.

REFERENCES

1.

Sayyid Qosimiy. Masnaviylar majmuasi, Fan, 1992.

2.

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. –Toshkent : Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2008.

3.

Nasimxon Rahmonov. Oʻzbek adabiy tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning
birinchi yarmigacha). –Toshkent: Sano-standart, 2016

4.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Hadis: 4 kitob. 1-k. Al- Jomi’ as-Sahih
(Ishonarli to‘plam). – T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991. – B. 133

5.

Kerimov G.M. Al-Gazali i sufizm. – Baku: Elm, 1969. – S. 32.

6.

Бертельс Э.Э. К. вопросу о мировоззрении Наваи // Наваи и Джами. Избр.труды.
том-4. –М.: 1965. С. 447.

7.

Abdurahmon Jomiy. Lavoyih. O‘zR FA SHI, qo‘lyozma № 503.

8.

Ramazonov N. “Nasoyim ul-muhabbat” va uning manbalari // O‘zbek tili va adabiyoti,
2001. №1. – B. 14–19.

References

Sayyid Qosimiy. Masnaviylar majmuasi, Fan, 1992.

Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. –Toshkent : Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008.

Nasimxon Rahmonov. Oʻzbek adabiy tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). –Toshkent: Sano-standart, 2016

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Hadis: 4 kitob. 1-k. Al- Jomi’ as-Sahih (Ishonarli to‘plam). – T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991. – B. 133

Kerimov G.M. Al-Gazali i sufizm. – Baku: Elm, 1969. – S. 32.

Бертельс Э.Э. К. вопросу о мировоззрении Наваи // Наваи и Джами. Избр.труды. том-4. –М.: 1965. С. 447.

Abdurahmon Jomiy. Lavoyih. O‘zR FA SHI, qo‘lyozma № 503.

Ramazonov N. “Nasoyim ul-muhabbat” va uning manbalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 2001. №1. – B. 14–19.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов