ARTICLE ON IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY CLASS STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Hojiboyeva, M. (2023). ARTICLE ON IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL PROCESS OF PRIMARY CLASS STUDENTS. Modern Science and Research, 2(5), 80–82. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19780
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is written in order to increase the effectiveness of the theory of education in primary classes.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

80

BOSHLANG’ICH SINF O'QUVCHILARIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI

SAMARASINI OSHIRISH HAQIDA MAQOLA

Hojiboyeva Mohiraxon

Farg'ona viloyati Uchko‘prik tumani 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang'ich

sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7902074

Annotatsiya.

Boshlang‘ich sinflarda tarbiya nazariyasi samaradorligini oshirish yo’lida

yozilgan ushbu maqola.

Kalit so’zlar

: tarbiya, ta'lim, bilim, tajriba, tamoyillar, milliy dasturi.

ARTICLE ON IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL

PROCESS OF PRIMARY CLASS STUDENTS

Abstract.

This article is written in order to increase the effectiveness of the theory of

education in primary classes.

Key words:

upbringing, education, knowledge, experience, principles, national program.

СТАТЬЯ О ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО

ПРОЦЕССА УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

Данная статья написана с целью повышения эффективности теории

обучения в начальных классах.

Ключевые слова:

воспитание, образование, знания, опыт, принципы, национальная

программа.

Didaktik tamoyillar o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra

tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini
belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi
me’yoriy asoslari o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning
qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv
materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash
imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning
bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.Ta’lim
tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib
borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari
ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish
va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini
keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati,
qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiiradi.Masalan: o’quvchining ko’rish qobilyati uncha
yaxshi bo’lmasa yoki yomon eshitsa, uni birinchi qatorga o’tqizishi kerak. Bu narsa diqqati
beqaror bo’lgan o’quvchilarga ham tegishlidir. Bundan tashqari, ulardan tez-tez so’rash, undan
o’rtog’‘ining javobini qaytarishta, to’ldirishga yoki u xaqda o’z fikrini bildirishga majbur etish
lozim.Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning
mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya
nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

81

tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika,
fiziologiya, psixologiya kabilarning ma’lumotlaridan foydalanadi.

Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari,

ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog’liq.Tarbiya –muayyan,
aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi,
xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya
yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va
xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy
tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.
Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda
ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy
shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo
saodat– yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas,
balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi
avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq.O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni
qo’lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda.
Islohotlarning asosiy g’oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo’li deb e’tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.

Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o’sib kelayotgan yosh

avlod zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni,
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori»,
«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani
yo’lga qo’yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Tarbiya

- shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik

jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.

Tarbiya jarayoni

o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil

etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir.

Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi,

ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy
odatlar hosil bo’ladi.Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan
to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy
ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va
xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning ta’siri
bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki
tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his
qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy
munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.Tarbiya jarayonida o’quvchining
ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan
axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

82

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.

2.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
T., «Sharq», 1997 yil.

References

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов