THE ADVANTAGE OF THE MONTESSORI TEACHING METHOD IN INDENTIFYING CHILDREN’S INNER ASPIRATIONS AND ABILITIES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qodirova, L. (2023). THE ADVANTAGE OF THE MONTESSORI TEACHING METHOD IN INDENTIFYING CHILDREN’S INNER ASPIRATIONS AND ABILITIES. Modern Science and Research, 2(5), 279–282. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20019
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article also covers the indicators of the coverage of preschool children in preschool institutions in the Republic of "the conceptual basis for the development of preschool education system" and their proposals.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

BOLALARNING ICHKI QOBILIYATLARINI

ANIQLASHDA MONTESSORI O'QITISH USULINING AVZALLIGI

Qodirova Lobar Shovkat qizi

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

Maktabgacha ta’lim mutaxassisligi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7928016

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarning ichki qobilyatlari va imkoniyatlarini aniqlashda

Montessori o’qitish usulidan foydalanish afzalliklari va ular haqida takliflar, ushbu metodni
Respublikagi maktabgacha yoshdagi bolalarda qo’llash uslublari haqida fikrlar ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: Montessori o’qitish uslubi, Montessori, Maktabgacha ta'lim, yosh,

maktabgacha yoshdagi bolalar, qobilyat, imkoniyat, usul, uslub, izchillik.

ПРЕИМУЩЕСТВА МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ МОНТЕССОРИ В

ВЫЯВЛЕНИИ ВНУТРЕННИХ СТРЕМЛЕНИЙ И СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ

Аннотация. В данной статье "концептуальные основы развития системы

дошкольного образования" и предложения по ним также освещаются показатели охвата
детей дошкольного возраста дошкольными образовательными учреждениями Республики.

Ключевые слова: образование, система, возраст, дети, реконструкция,

модернизация, образовательные учреждения, реформы, согласованность.

THE ADVANTAGE OF THE MONTESSORI TEACHING METHOD

IN INDENTIFYING CHILDREN’S INNER ASPIRATIONS AND ABILITIES

Abstract. This article also covers the indicators of the coverage of preschool children in

preschool institutions in the Republic of "the conceptual basis for the development of preschool
education system" and their proposals.

Keywords: School, education, system, age, children, reconstruction, modernization,

educational institutions, reforms, consistent.

Ta’limning insonparvarlashuvi va inson qobilyatlarining ochilishi hamda uning ta’limga

nisbatan bo’lgan turli tuman ehtiyojlarini qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar
ustuvorligining ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining
uyg’unlashuvidir. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida
bir qancha ilg’or usullar tadbiq etib kelinmoqda. Shunday ishlardan yana biri Montessori ta’lim
texnalogiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o’zlashtirilgan “tabiiy” usul bo’lib, bola ta’lim-
tarbiyasida har tomonlama mukammalligi bilan ommalashgan. Montessori ta’limining asoschisi
Italiyalik shifokor hamda pedagog Maria Montessori bo’lib, u dastlab kambag’al bolalar uchun
“Casa dei Bambini” nomli bolalar ta’lim-tarbiya muasassasini tashkil etdi. Shundan so’ng
Montessori ta’lim tizimi butun dunyoga mashhur bo’ldi. Montessori ta’lim dasturining o’ziga
xosligi shundaki, bola uchun maxsus tayyorlangan o’qitish muhitida bolaning mustaqil faoliyatini
tashkil etish hamda amalga oshirish, bolaning sezgi organlarini mukammal darajada rivojlantirish
orqali bolalar ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishdir. Montessori o’qitish uslubi
bolaga o’zi o’rganishni istagan narsani tanlashga imkon berish bilan boshlanadi. Montessori
ta’limi o’z-o’ziga yo’ntirilgan va bu bolalar o’quv jarayonida tajribaga ega bo’lishga undaydi.
Montessori ta’limining asosiy vazifalari bolalarning yashiringan imkoniyatlarini oshkor etish,
ijtimoiy intelektual, hissiy va amaliy hamda akademik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

280

Shuningdek, ushbu dasturda bolalarning o’zidagi mag’rurlik hamda hurmat hissi ularni bilimni
sevishga undovchi muhim omil sifatida yoritilgan. Bundan tashqari bolalarning kichik-kichik
yutuqlari ham ularni rag’batlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg’u berilgan.
Montessori ta’limi haqida gapirar ekanmiz, yaqinda bu ta’limga oid quyidagi fakt dunyo
miqiyosida juda ommalashdi.

“Google kompaniyasi asoschilari Sergey Brin va Larry Page, Microsoft kompaniyasi

asoschisi Bill Geyts, Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff
Bezon, Wikipediya yaratuvchisi Jimmi Ueily, YAHOO CEO Marissa Mayer , Amerikaning
avvalgi prezidentlari Bill Clinton va Barack Obama kabi dunyoga mashhur shaxslar o’zlaridagi
“Empatik qobilyat” va “Yaratuvchanlik qobilyat”i Montessori bolalar bog’chasidan
boshlanganligi haqida aytdilar! “

Yuqorida keltirib o’tilganlarga asoslanib, Montessori ta’limining qay darajada ustuvor

ekanligini bilish mumkin. M.Montessori o'zining pedagogik tizimini didaktik jihatdan
tayyorlangan muhitda bolaning o'zini o'zi rivojlantirish tizimi deb atagan. Kattalar bilan yaqin
joyda o'tadigan bolaning hayot yo'lini o'rganish, uning ta'lim usullari va tamoyillariga aralashish
emas, balki u pedagogi kantropologiyaning asosini o'rganish edi. M. Montessori har qanday amaliy
harakatlar, nazariyalar va modellar faqat rivojlanayotgan shaxs haqidagi fundamental bilimlarga
asoslanishi mumkin deb hisoblardi. Bolalarning holati va xulq-atvorini ilmiy kuzatishlar unga
"Diqqatning qutblanish hodisasi" ni aniqlashga yordam berdi, shundan u bolaning erkin o'zini-o'zi
rivojlantirishi va uning ishini maxsus maktabda tashkil etish usullari to'g'risida xulosa chiqaradi.
Tayyorlangan muhit. Mariya Montessorining muhim asarlaridan biri "Bolalar boshqacha" deb
nomlangan. Kitobning sarlavhasida allaqachon uning bola hayoti tasviriga fundamental nuqtai
nazari ko'rinadi. Bu bolaning ruhiyati va mohiyati kattalarnikiga qaraganda boshqacha tartibga
solinganligidadir. Agar kattalar sodir bo'layotgan voqealarni tahlil qilish va sintez qilish orqali
bilimga ega bo'lsalar, bola shunchaki hayotni butun sifatida qabul qiladi. Bola vaqtni
kattalarnikidan farq qiladi. Uning hayotining tabiiy ritmi ancha sekinroq. U ma'lum bir daqiqada
u bilan nima sodir bo'layotganiga qarab yashaydi, kattalar esa doimo o'z hayotlarini
rejalashtirishadi, eng zarur va zarur narsalarni ta'kidlaydilar. Yosh bolalar birinchi navbatda o'z
harakatlari orqali o'rganadilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishda ularning ichki

intilishlari muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan bolalarning ichki imkoniyatlari va yashiringan
qobilyatlarini yuzaga chiqarishda Montessori ta’limidan foydalanish samaraliroq ekanligini
inobatga olib, quyidagi usullardan foydalanishni lozim deb bildik:

• Bola o’z ichki imkoniyatlarini namoyon etishi va qobilyatlarini yuzaga chiqarishi uchun

maxsus o’qitish muhitini yaratish.

Bolalarning imkoniyatlari va qobilyatlari eng avvalo ularning faoliyatlarida namoyon

bo’lishini inobatga olib, maxsus o’quv muhiti orqali ularning faoliyat doirasini kengaytirish lozim.
Maxsus o’quv muhiti bolalarni kuzatish jarayonini osonlashtiradi. Shu bois bolalarning
qobilyatlarini erta aniqlashda muhim tayanch hisoblanadi.

• Mukammal kuzatuvchanlik orqali bolaning ilk qobilyat kurtaklarini ko’ra bilish.
Yuqorida urg’u berilgan muhitni tayyorlab berish va bu muhitda bolaning faoliyatini

sinchkovlik bilan diqqat markaziga olish bolaga mas’ul shaxs, ota-ona, tarbiyachi, ustoz
zimmasida bo’ladi. Shu bois ushbu shaxs mukammal kuzatuvchanlik mahoratiga ega bo’lishi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

lozim. Hamda ushbu shaxs bolaning intilishiga asoslanib, o’quv muhitini rivojlantirish va
mukammallashtirib borishi kerak.

• Bolaning sezgi organlarini rivojlantirish.
Bola sezgi organlarinining rivojlanishi uning atrof-muhitga yanada moslashuviga imkon

beradi. Bolada ko’rish, eshitish, hid bilish, ma’za bilish, tuyg’u organlarining qay darajada
rivojlanishi uning imkoniyat va qobilyatlarini ochib berishda yetakchi unsurlardan biri
hisoblanadi. Montessori sezgi organlarini rivojlantirish o’quv qo’llanmalari har bir sezgi organini
rivojlantirish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, bola sezgi organlarini rivojlantirishda ushbu
o’quv qo’llanmalaridan foydalanish samarali yo’l bo’lib xizmat qiladi.

• Bola so’zlaganda uni har bir so’zini diqqat bilan tinglash.
Bola gapirganda uning gaplarini oxirigacha tinglash lozim. Shunda u o’zining suhbati,

gaplari atrofdagilar uchun ahamiyatli va qiziqarli ekanligini his etadi. Shuningdek, bu jarayonda
bola o’zining ham atrofdagilar uchun qay darajada qadr-qimmatga ega ekanligini anglaydi.
Bunday jarayonning davomiyligi esa bolaning atrofdagi narsalarga, borliqqa yanada ko’proq
qiziqish bildirishiga sabab bo’lib, bolani faollikka undaydi va ichki imkoniyatlarini ochib berishda
turtki bo’ladi.

• Ma’lum bir sohada bolaning qiziqishi uyg’ondimi, aynan o’sha sohada, aynan o’sha

vaqtning o’zida shu sohani o’rganish uchun bolaga shart-sharoit, imkoniyat yaratib berish.

Bola 6-7 yoshda maktabga borishi, uni shu yoshda o’qishni yoki yozishni o’rganishi kerak

degani emas. Bola necha yosh bo’lishidan qat’iy nazar qiziqish bildirgan vaqtning o’zida shu
sohada faoliyat olib borishi uchun yetarlicha imkoniyat yaratish lozim. Bolaning o’z xohishi bilan
o’rganishga, bilishga intilishi uning ichki imkoniyatlarini ochib berib, davomiy rivojlanib
borishiga sabab bo’ladi.

• Bolaga kichik xatolardan ham saboq chiqarishga o’rgatish.
• Bola o’z faoliyatida omadsizlikga uchraganda yoki kutilgan natijaga erisha olmaganda

bolaning yaqinlari ushbu faoliyatni qaytadan boshlash uchun bolada ishtiyoq uyg’otishi, bolaga
o’rnak, namuna bo’lishi.

Bola turli vaziyatlarda tushkunlikga tushganda uning yaqinlari, ota-onasi, tarbiyachisi

bolaga tushuntirish ishlarini olib borishi, o’g’it-nasihatlar qilishi tabiiy hol. Ammo bunday yo’l
har doim ham samarali bo’lavermaydi. Bunday vaziyatda kattalar bolaga yaqqol namuna bo’lishi
samarali usullardan biri hisoblanadi. Misol tariqasida shuni keltirish mumkin, deylik, ona taom
tayyorlayapti, bola esa uning atrofida onani kuzatyapti, ammo, onaning tayyorlagan taomi
kutilgandek chiqmadi. Bunday vaqtda ona taom tayyorlashni to’xtatib qo’yishi bolaga salbiy ta’sir
etib, bola ham kelgusida qiyin vaziyatga tushganda, bu jarayonni shunchaki to’xtatib qo’yishi
mumkin. Aksincha, yuqoridagi vaziyatda ona o’xshata olmagan taomni qaytadan tayyorlab
kutilgan natijaga erishishi esa, bolaning ham har bir qiyin vaziyatda shunday yo’l tutishiga sabab
bo’ladi. Bu jarayon orqali bolalar turli to’siqlarni yengib o’tishni o’rganadilar. Bu ham o’z
navbatida bola o’z ustida ishlashiga va tabiiy holda o’z imkoniyatlarini ochishiga turtki bo’lib
xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, bolaning ichki imkoniyati va qobilyatlarini aniqlashda turli usullarni

qo’llash, mutaffakkirlarimiz va chet el pedagoglarining asarlarini hayotga tadbiq etish katta samara
beradi. Hamda bolalarning o’ziga xos xususiyatlariga asoslanib, ularga turli xil usullarda samarali
ta’lim-tarbiya berish bugungi kun talabi hisoblanadi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori,
2019., 13 may, PQ 4312 son.

2.

O‘zbekiston Respublikasini Presidentining Qarori PQ-3261 ― “Maktabgacha ta’lim
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 09.09.2017.

3.

UNESCO, Montoya S. Defining literacy. GAML fifth meeting, Germany, 2018.

4.

I Je Song “Eight” Janubiy Koreya “Thinking Garden” nashriyoti 2019-yil.

5.

Yu Yong So “

마리아

몬테소리

어린의

교육

어머니

“(Maria Montessori bolalar

ta’limining onasi) Janubiy Koreya “ Hangug Academic”nashriyoti 2003-yil.

6.

Fausyek Yu U. Montessori bolalar bog’chasi. T; “Yangi asr avlodi” 2007y

7.

Lee Youngil. Montessori ta’limi. Qo’llanma. Qarshi. “Intelekt “ nashriyoti, 2022-326 b.

8.

Орипова Н. Х., Келдиярова В. Б. Формирование образного мышления учеников
начальных классов через интеграционное обучение //Журнал научных публикаций
аспирантов и докторантов. – 2018. – №. 7. – С. 43-45.

9.

Khalilovna O. N. et al. Main core and meaning of shaping professional faith //Journal of
Critical Reviews. – 2020. – Т. 7. – №. 2. – С. 242-245.

INTERNET SAYTLARI

10. www.uz.m.wikipediya.org
11. www.daum.net
12. www.ZiyoNet.Uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son.

O‘zbekiston Respublikasini Presidentining Qarori PQ-3261 ― “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 09.09.2017.

UNESCO, Montoya S. Defining literacy. GAML fifth meeting, Germany, 2018.

I Je Song “Eight” Janubiy Koreya “Thinking Garden” nashriyoti 2019-yil.

Yu Yong So “마리아 몬테소리 어린의 교육 어머니“(Maria Montessori bolalar ta’limining onasi) Janubiy Koreya “ Hangug Academic”nashriyoti 2003-yil.

Fausyek Yu U. Montessori bolalar bog’chasi. T; “Yangi asr avlodi” 2007y

Lee Youngil. Montessori ta’limi. Qo’llanma. Qarshi. “Intelekt “ nashriyoti, 2022-326 b.

Орипова Н. Х., Келдиярова В. Б. Формирование образного мышления учеников начальных классов через интеграционное обучение //Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов. – 2018. – №. 7. – С. 43-45.

Khalilovna O. N. et al. Main core and meaning of shaping professional faith //Journal of Critical Reviews. – 2020. – Т. 7. – №. 2. – С. 242-245.

INTERNET SAYTLARI

www.uz.m.wikipediya.org

www.daum.net

www.ZiyoNet.Uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов