INCREASING THE LEVEL OF FORMATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS' SPIRITUAL-MORAL CHARACTERS USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF THE TEMURIIAN PERIOD

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamatova, N. (2023). INCREASING THE LEVEL OF FORMATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS’ SPIRITUAL-MORAL CHARACTERS USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF THE TEMURIIAN PERIOD. Modern Science and Research, 2(5), 345–348. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20138
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses some aspects of the formation of the spiritual and moral qualities of elementary school students using the pedagogical heritage of thinkers who lived and created during the Timurid period.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

345

TEMURIYLAR DAVRI ALLOMALARINING PEDAGOGIK MEROSIDAN

FOYDALANIB BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MA`NAVIY-AXLOQIY

FAZILATLARINI SHAKLLANGANLIK DARAJASINI OSHIRISH

Mamatova Nilufar Mahmudovna

Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti

Magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7933364

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Temuriylar davrida yashab ijod qilgan mutafakkir

allomalarining pedagogik merosidan foydalanib boshlang`ich sinf o`quvchilar ma`naviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirishning ayrim jihatlari muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar:

Temuriylar, tarbiya, mutafakkir, ajdod, o'quvchi, avlod, Vatan, darsiik,

metod, odob, axloqiy tarbiya.

INCREASING THE LEVEL OF FORMATION OF PRIMARY CLASS

STUDENTS' SPIRITUAL-MORAL CHARACTERS USING THE PEDAGOGICAL

HERITAGE OF THE TEMURIIAN PERIOD

Abstract.

This article discusses some aspects of the formation of the spiritual and moral

qualities of elementary school students using the pedagogical heritage of thinkers who lived and
created during the Timurid period.

Key words:

Timurids, education, thinker, ancestor, student, generation, Motherland,

textbook, method, manners, moral education.

ПОВЫШЕНИЕ УРОВНЯ СФОРМИРОВАННОСТИ ДУХОВНО-

НРАВСТВЕННЫХ ХАРАКТЕРОВ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО НАСЛЕДИЯ ТЕМУРСКОГО

ПЕРИОДА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются некоторые аспекты

формирования духовно-нравственных качеств учащихся начальных классов с
использованием педагогического наследия мыслителей, живших и творивших в
тимуридский период.

Ключевые слова:

Тимуриды, образование, мыслитель, родоначальник, ученик,

поколение, Родина, учебник, метод, нравы, нравственное воспитание.


KIRISH

Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ajdodlarning ma`naviy merosi vositasida tarbiyalash yuqori

samaradorlikka ega. Ma`lumki, Temuriylar davrida mamlakat rivojlanib, olimu fuzalolar ko`plab
yetishib chiqqan. Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni, bu davlat tarixiy
manbalarda Turon davlati deb atalgan, Sohibqiron vafotidan so‘ng uning vorislari bo‘lgan

temuriylar sulolasi vakillari

boshqardi. Temuriylar davrida ularning davlati hududi shimolda Ili

daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘iga qadar, sharqda Xitoy va
Hindistondan g‘arbda Trabzun (Qora dengiz) ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat
tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan ular musulmon Sharqida o‘rta asrlarda hukm surgan
davlatlardan katta farq qilmasa-da, ammo uning boshqaruv tizimi Turon, Turkiston,
Movarounnahr davlatchiligining asriy an’analari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy
aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan [1].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

ADABIYOTLAR SHARHI

Insoniyat yaratilganidan beri rivojlanishga, yangilikka, o‘z ehtiyojlarini qondirishga harakat

qilib keladi. U doim ehtiyoj sezadigan omillardan asosiysi “ma’naviy ozuqa”dir. Inson qorni
ochganda yegulik qidirgani kabi, miyadagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun ham ilm tomon intiladi.
Dastlabki davrlarda ta’lim yoshlarga, ota-onalarning yashashi uchun tabiatdan foydalanishi, uy-
ro‘zg‘or ishlarini yuritish, jamiyat va tabiyatga munosabati axloqi, odobi orqali shakllangan
bo‘lsa, bilimlar hajmi kengaya boshlagan sari, muallimlarga ehtiyoj tug‘ila boshlagan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, ilmli inson qilib

tarbiyalash vazifasi ko‘p jihatdan boshlang‘ich sinflarda ta’limni to‘g‘ri uyushtirish, xususan,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularning nutqini talab darajasida o‘stirish bilan o‘zaro
bog‘liq. So‘z zahirasi boy o‘quvchining fikrlash doirasi keng, ma’naviyati yuksak, o‘qish-
o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lishi tabiiydir. Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslari orqali
o‘quvchilarda savodxonlik sifatlari shakllantiriladi, kitobga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi
uyg‘onadi, ularning atrof- muhit haqidagi bilimlari kengaytiriladi, nutq va tafakkuri oshadi. Nutq
tarbiyasida “matn” ham markaziy tushuncha hisoblanadi. Zero, umumiy o‘rta ta’lim maktabida
nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning pirovard maqsadi o‘quvchini o‘z fikrini og‘zaki va yozma
shaklda erkin bayon qilishga o‘rgatishdir.

O‘quvchilar nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan amaliy vazifalar hal etilishi lozim. Shu o‘rinda

1-sinf o‘qish kitobini ‘Biz-buyuklar avlodi’ bo‘limi orqali birinchi bo‘lib yozuvchi Muhammad
Alining ‘Amir Temur’ bobomiz haqida ibratli matn berilgan bo‘lib, undan so‘ng Amir Temur
o‘gitlari o‘quvchilarga aniq va tushunarli holda bayon etilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Samarqand atrofida Damashq, Misr, Bag‘dod, Sultoniya, Sheroz nomli qishloqlarning

paydo bo‘lishini shu bilan izohlash mumkin. Bunday qishloqlar Shahrisabz, Qarshi, Buxoro
atroflarida ham yuzaga kelgan. XIV asr oxirlaridayoq qurilishda birga ishlagan mahalliy va
kelgindi me’morlar, ustalar o‘rtasida o‘zaro ta’sir va o‘ziga xos ijodiy amaliy birdamlik yuzaga
kelgan. Musiqa, raqs, tomosha san’atlarida bunday birdamlik va uyg‘unlik birmuncha kechroq
paydo bo‘lgan. XV asr boshlaridayoq umumiy badiiy maktablar shakllangan. Natijada nainki
me’morchilik, naqqoshlik, o‘ymakorlik va boshqa qator hunarlarda, balki musavvirchilik, musiqa,
raqs, tomosha san’atlarida ham keskin yuksalishlar yuz berdi. Buni aksariyat olimlar «Uyg‘onish
davri», «Temuriylar renessansi» deb ataydilar.

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy me’rosida ham ta’lim-tarbiya jarayoni munosib

o‘rinni egallaydi. U o‘zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g‘oya
ekanligini o‘rtaga tashlaydi.

Alisher Navoiy tarbiyada insoning o‘z-o‘zini tarbiyalashga, xato va kamchiliklarini anglab

tuzatishiga e’tibor beradi, yanglish va xato kishilik shartidir.

Xato va yanglishishni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimki e’tirof tomon qaytar ekan,

xatosi yo‘qoladi. Kimki dalil keltirib, aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag‘asi
qancha ko‘proq esa, yanglishishi shuncha ko‘rimliroq bo‘lur va o‘zini katta ko‘rsatib, tortishuvi
qancha esa ortiqroq, o‘zi xalq o‘rtasida shuncha rasvoroq ko‘rinur.

Amir Temur va temuriylar davridagi Samarqandni ilm-fan, san’at va madaniyat, ma’naviyat

rivojisiz tasavvur qilish qiyin. Amir Temur yuksak madaniyat va ma’naviyat homiysi bo‘lgani
uchun bepoyon davlati hududlaridan olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me’morlar,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

iqtidorli usta, hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo‘rlik qiladi. Amir
Temurning o‘zi, xotinlari, o‘g‘il va nabiralari Samarqandda muhtasham madrasalar, honaqohlar,
bog‘lar bunyod qiladi. Ana shunday qulay sharoit tufayli Samarqand XIV-XV asrlarda Sharqning
ulkan ilm-madaniyat markaziga aylanadi [3].

Amir Temur va temuriylarning turli tadbirlari olimu fuzalolar, din peshvolari davrasida

o‘tgan. Masalan, shaxsan Amir Temur oldida katta obro‘ga ega mantiq, kalom, hadis ilmining
donishmandi Mas’ud ibn Umar Taftazoniy (1322-1390) Sohibqiron safarlarida doimo hamrohlik
qilgan.

Amir Temur davrida Samarqandda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy,

Nu’moniddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Alouddin Koshiy, Jalol Hiriy, Xo‘ja Muhammad Zohid
kabi mashhur olimlar yashab ijod qilgan. Bu davrda Samarqand Abdumalik Samarqandiy, Ismat
Buxoriy, Bisotiy, Lutfullo Nishopuriy singari shoirlari bilan she’riyat olamida dong taratgan.
Agarda Amir Temur davrigacha Samarqandda fors tilli nazm rivojlangan bo‘lsa, Sohibqiron va
uning vorislari davriga kelib turkiy tildagi she’riyat ham yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan.
Chunonchi, To‘g‘li Xo‘ja, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy,
kabi shoirlar turkiy she’riyatni rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Shuningdek, temuriylar davrida
Samarqanddagi ilmu fan rivojiga o‘zbek adabiyoti va she’riyati asoschisi Alisher Navoiy (1466-
1468 yillarda Samarqandda yashagan), Qozizoda Rumiyning shogirdi Abdurahmon Jomiy,
tilshunos olim “Risola fi-l-istiora” asaraning muallifi Abulqosim ibn Abu Bakr Laysiy
Samarqandiy

(XV

asr),

temuriylar

davrida

(1490-yillar)

Samarqandda

yashagan,

“Shayboniynoma” asarining muallifi Muhammad Solih (1455-1535)lar ham munosib hissa
qo‘shishgan.

Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning bu borada benazir o‘rni bor.

Abdurahmon Jomiy ko‘p marta Samarqand bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasida tahsil ko‘rgan, Xoja
Ahror Vali kabi ulug‘lar bilan hamsuhbat bo‘lgan. Uning Samarqanddagi hayoti haqida «Mirzo
Hamdam» dostoni yaratilgan. 1465-1469 yillar orasida Samarqandda bo‘lgan Alisher Navoiy
mashhur faqih Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida o‘qigan, uni o‘ziga ustoz deb bilgan. Alisher
Navoiy Samarqandda Ahmad Hojibek Vafoiy, Mirzobek Samarkandiy, A’loi Shoshiy, Yusuf
Andijoniy, Riyoziy Samarqandiylar bilan ijodiy aloqada bo‘lib asarlar yaratgan.

Temuriylar davrida miniatyura san’ati ham tez rivojlandi. Bu san’at turi qo‘lyozmalarni

badiiy bezash ishlari bilan uyg‘un holda kamol topib borgan. Samarqand milliy miniatyura san’ati
rivojida musavvir Abdulhayning xizmatlari katta bo‘lgan. Abdulhay 1396 yildan boshlab
Samarqandda yashagan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Uning shogirdlaridan Pir Ahmad
Bog‘ishamoliyning nomi bizga yaxshi ma’lum. U Amir Temur barpo ettirgan Bog‘ishamol
bog‘idagi ko‘shkni bezashda ishtirok etgan va bog‘ning nomini o‘ziga taxallus qilib olgan. Amir
Temur davrida yaratilgan noyob miniatyuralar bugun Istanbul, Parij, London, Vashington, Sankt-
Peterburg kabi shaharlarning muzey hamda kutubxonalarida saqlanmoqda.

Mirzo Ulug‘bek islom dini va ilm-fan taraqqiyot yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlarini

amalga oshirgan. Uning shaxsiy tashabbusi bilan hozirgi Registon maydonida hashamatli
madrasa, Muqatta masjidi va xonaqoh barpo qilingan, shu hudud atrofida karvonsaroy va
hammom qurilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek Sohibqiron bobosiga taqlid qilib, Cho‘ponopa
tepaligini g‘arbiy etagida Bog‘imaydon va Chinnixona nomli ikkita bog‘-saroy bunyod qildirgan.

XULOSA VA MUNOZARA


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

Xullas, Amir Temur va temuriylar davlati Samarqand tarixi va madaniyatida o‘chmas iz

qoldirgan. Bu davrda Samarqandda ichki va tashqi savdo, Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan
diplomatik aloqalar keng yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘plab masjid, madrasa va maqbaralar bunyod
etilgan, kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik rivoj topgan. Sohibqiron Amir Temurning
avlodlari bir necha yuz yil davomida Samarqandda sarkarda, davlat va jamoat arbobi, shoir va
olim sifatida mamlakat ravnaqiga ulkan hissa qo‘shishgan. Ushbu davr mutafakkirlarining merosi
boshlang`ich sinf o`quvchilarining dunyoqarashini o`stirib, yetuk shaxs bo`lib yetishishida
muhim rol o`ynashi shubhasiz.

REFERENCES

1.

Valixo‘jaev B. Samarqandda oliy ta’lim – madrasayi oliya – universitet tarixidan
lavhalar. – Samarqand: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. B. 73.

2.

Irisov A., Nosirov A., Nizomitdinov I. O‘rta osiyolik qirq olim B. 80-81.

3.

Malikov A. Prepodavateli medrese Samarkanda v nachale XX veka: diskussii o reformax
// O‘rta asrlardagi Samarqand madrasai oliyalarining islom sivilizatsiyasi va ta’lim
tizimining taraqqiyotidagi roli. Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Samarqand
shahri, 2017 yil 13-14 oktyabr. Samarqand: TIKA, 2017. B. 39.

4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi.-T.: Hilol, 2018 y.

5.

Ahmedov Bo‘riboy Tarixdan saboqlar.-T.:” O‘qituvchi”, 1994 y.

6.

“ Ma’rifat ”gazetasi.2019 y.

7.

Alimov Usmonxon. Oilada farzand tarbiyasi.-Toshkent: ” Movarounnahr” 2017 y.

8.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

9.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL
THINKING

OF

FUTURE

ELEMENTARY

SCHOOL

TEACHERS

(IN

MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

References

Valixo‘jaev B. Samarqandda oliy ta’lim – madrasayi oliya – universitet tarixidan lavhalar. – Samarqand: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. B. 73.

Irisov A., Nosirov A., Nizomitdinov I. O‘rta osiyolik qirq olim B. 80-81.

Malikov A. Prepodavateli medrese Samarkanda v nachale XX veka: diskussii o reformax // O‘rta asrlardagi Samarqand madrasai oliyalarining islom sivilizatsiyasi va ta’lim tizimining taraqqiyotidagi roli. Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Samarqand shahri, 2017 yil 13-14 oktyabr. Samarqand: TIKA, 2017. B. 39.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi.-T.: Hilol, 2018 y.

Ahmedov Bo‘riboy Tarixdan saboqlar.-T.:” O‘qituvchi”, 1994 y.

“ Ma’rifat ”gazetasi.2019 y.

Alimov Usmonxon. Oilada farzand tarbiyasi.-Toshkent: ” Movarounnahr” 2017 y.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов