WAYS TO SHAPE THE PRINCIPLES OF HEURISTICS AND CREATIVITY IN READERS IN THE STUDY OF THE TOPIC OF TRANSITION FROM A GASEOUS STATE TO A LIQUID STATE AND METHODS OF LIQUEFACTION OF GASES.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Rahmanov, V. (2023). WAYS TO SHAPE THE PRINCIPLES OF HEURISTICS AND CREATIVITY IN READERS IN THE STUDY OF THE TOPIC OF TRANSITION FROM A GASEOUS STATE TO A LIQUID STATE AND METHODS OF LIQUEFACTION OF GASES. Modern Science and Research, 2(5), 745–751. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20353
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article will focus on the role and significance of creative pedagogy in the system of Social Sciences and educational practice, as well as on the pedagogical conditions for the implementation of the creative direction of teaching a person in the process of continuing education, this article will give methods of liquefaction of gases, methods of their easy understanding, as well as the results of.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

GAZ HOLATDAN SUYUQ HOLATGA O‘TISH VA GAZLARNI SUYULTIRISH

USULLARI MAVZUSINI O‘RGANISHDA O‘QUVCHILARDA EVRISTIK VA

KREATIVLIK TAMOYILLARINI SHAKILLANTIRISH YO‘LLARI.

Rahmanov Valijon Turdaliyevich

Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti

Fizika kafedra o‘qituvchisi, Guliston shahri.

valijonrahmanov4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7883323

Annotatsiya.

Maqolada kreativ pedagogikaning ijtimoiy fanlar tizimi va ta’lim

amaliyotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, uzluksiz ta’lim jarayonida shaxsni o‘qitishning
ijodiy yo‘nalishini amalga oshirishning pedagogik shartlari to‘g‘risida fikrlar yuritiladi, ushbu
maqolada gazlarni suyultirish metodlari, ularni oson tushunish usullari berilgan, hamda gazlarni
suyultirishning ahamiyatini o‘rganish va darsni muammoli savollar bilan boshlash natijalari
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Kreativlik, kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, ijodiy

salohiyat, o‘qituvchining kreativ salohiyati, kreativ salohiyatning tarkibiy asoslari va tamoyillari,
o‘qituvchining kreativ salohiyatini belgilovchi mezonlar.

WAYS TO SHAPE THE PRINCIPLES OF HEURISTICS AND CREATIVITY IN

READERS IN THE STUDY OF THE TOPIC OF TRANSITION FROM A GASEOUS

STATE TO A LIQUID STATE AND METHODS OF LIQUEFACTION OF GASES.

Abstract.

The article will focus on the role and significance of creative pedagogy in the

system of Social Sciences and educational practice, as well as on the pedagogical conditions for
the implementation of the creative direction of teaching a person in the process of continuing
education, this article will give methods of liquefaction of gases, methods of their easy
understanding, as well as the results of.

Keywords:

creativity, factors that prevent the development of creativity, creative potential,

creative potential of the teacher, structural foundations and principles of creative potential,
criteria that determine the creative potential of the teacher.

ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ПРИНЦИПОВ ЭВРИСТИКИ И

КРЕАТИВНОСТИ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ТЕМЫ ПЕРЕХОДА ГАЗА ИЗ СОСТОЯНИЯ

ЖИДКОСТИ И МЕТОДОВ СЖИЖЕНИЯ ГАЗОВ.

Аннотация.

В статье рассматриваются роль и значение креативной педагогики в

системе общественных наук и образовательной практике, а также педагогические
условия реализации творческой направленности обучения личности в процессе
непрерывного образования, в данной статье даны методы разбавления газов, способы их
легкого понимания, а также даны результаты изучения значения разбавления газов и
начала урока с проблемных вопросов.

Ключевые

слова:

креативность,

факторы,

препятствующие

развитию

креативности, творческий потенциал, творческий потенциал учителя, структурные
основы и принципы творческого потенциала, критерии, определяющие творческий
потенциал учителя.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

Kirish

Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi – o‘quvchining intelektual darajasini,

yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali yangi bilimlarni olish,
yaratishga, ruhlantirishga qaratilmog’i kerak.

“Creato”-

lotincha so‘z bo‘lib, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni bildiradi.

“Creato”

–so‘zi ma’nosi, ijodiy fikr, texnik loyiha, ijodkorlikka moyillik, o‘quv – biluv

jarayonida mas’uliyat, yaratuvchanlik

Kreativ pedagogika-

ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni o‘rganish

tushuniladi

.

“Creato” –

so‘zi ma’nosi, ijodiy fikr, texnik loyiha, ijodkorlikka moyillik, o‘quv – biluv

jarayonida mas’uliyat, yaratuvchanlik, kreativ pedagogika.An’anaviy ta’lim asosan ilgaritdan
mavjud bo‘lgan didaktikaga asoslangan, ya’ni o‘quv jarayoniga ilgaritdan fanga ma’lum
bo‘lgan bilimlarni o‘qitish, o‘rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi. O‘qituvchi ilgaritdan
ma’lum bo‘lgan reproduktiv faoliyatni olib boradi. Bu esa asosan o‘quvchining ta’lim mazmunini
yodlab olishi, qayta takrorlab borishi bilan cheklanadi. Ya’ni ta’lim ilgaritdan ma’lum bo‘lgan
predmet “avval hunar o‘rgat, keyin shogird o‘z hoxishiga ko‘ra nima qilsa qilaversin” yo‘sinida
ish tutish rasm bo‘lgan.

Bunday holda bilim kontseptsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
1. Bilim bilan tanishish, ma’lum axborotni tushunib olish, voqealarni bir – birdan ajrata olish;
2. Bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarini takrorlash;
3. Bilim, ko‘nikma, olgan malakalarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish;
4. Bilim – transformatsiya, olgan bilimlarini keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni

bajarishda qo‘llay olish (ya’ni ijodiy foydalana olish darajasi)dir.

Agar umumiy ta’lim maktablari birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o‘rgatsa, oliy

ta’lim uchinchi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘rtinchi darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish,
magistratura, doktaranturalarda bilim berishni davom ettiriladi.

Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o‘zi bilan cheklanmay, ya’ni sub’ekt

(bola)ning ijodkorligi, moyilligi, extiyojiga qarab, ish yuritilsa, ijobiy natijalar beradi (ijodkorlikka
bolalikdan o‘rgatish mumkin va zarur).

Umuman ulug’ kashfiyot namoyondalari fikrlash algoritmini yaxshi o‘zlashtirganlar,

chuqur, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar. Ular asosan evristik metod va usullarni yaratganlar,
shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar.

“Creato”

lotincha so‘z bo‘lib, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni bildiradi.

Ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni, o‘rganishni kreativ pedagogika deyiladi

[1], [2], [3].

Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan loyihalar

asosida jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo‘nalishga ega, o‘quvchilarning faolligi
tufayli u yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi [4], [5], [6].

“Evristika”

–grekcha so‘z bo‘lib, “heurist” so‘zi “izlayman”, “topaman”, “ochdim”

ma’nolarini beradi.

O‘quvchilarning mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil etishda evristik metodlar asosidagi

ta’lim alohida o‘rin tutadi.

Umuman evristik ta’lim juda uzoq antik zamonlardan beri qo‘llanib

kelinadi. Birinchi bora ta’lim jarayonida qo‘llanilganda – evristik suhbatlar yo‘naltirilgan, ketma


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

747

– ket berilgan savollarga javob jarayonida shakllangan, savollarga javob berishda javoblar
o‘quvchi tomonidan muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan.

Pedagogikada o‘quvchi fikrini rivojlantiruvchi, maqsadli, sermahsul ishlanmalar asosida

qo‘llanilgan [7], [8], [9].

Mavzuga doir qiziqarli va o‘ylantiradigan savollar bilan mavzuni ochish, o‘quvchilarda shu

mavzuga oid bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqish uyg’otadi va mana shu mavzuga doir yanada
ko‘plab ma’lumotlarni izlashga, to‘plashga topishga undaydi. Bu esa ularda yangi g’oyalar paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek ushbu mavzu yuzasidan yangiliklar qilishga xohish
uyg’otadi. Bu mavzuni esa “Gazlarni suyuqlikka aylantirishimizning biz uchun nima foydasi
bor?”, “Gazlarni qanday qilib suyuqlikka aylantiramiz?” kabi savollar bilan boshlashimiz yuqori
natijalar berishiga ishonamiz. Shuning uchun mavzuni quyidagicha bayon qilishimiz maqsadga
muvofiq bo‘ladi [10], [11], [12].

Gazlarni suyultirish hayotda katta ahamiyat kasb etadi. Boisi ba’zi bir gazlarni suyultirish,

ularni haroratini juda past holatga tushirish demakdir. Buning esa ko‘plab foydali tomonlari bor.
Masalan bir qancha moddalar oz miqdordagi yorug’lik yoki issiqlik ta’sirida tez reaksiyaga
kirishish xususiyatiga, ya’ni portlash xossasiga egadirlar. Bu kabi moddalarni xavfsiz holatda
saqlash maqsadida biz suyultirilgan gazlardan foydalanishimiz mumkin. Yoki tibbiyotda
suyultirilgan gazlar organlarni sof holatda saqlash maqsadida ishlatiladi. Boshqa ko‘pgina
sohalarda ham suyuq gazlardan keng foydalaniladi.

Gazlarni suyultirish jarayonini o‘rganar ekanmiz, avvalo kritik nuqta nima ekanligi haqida

va Van-Der-Vaals tenglamalari to‘g’risida tushunchaga ega bo‘lishimiz lozim.

Birinchi bo‘lib gazni (amiakni) siqish yo‘li bilan suyuqlikka aylantirgan olim Van Marum

(XVIII asr oxiri) edi. Van Marumdan so‘ng gazlarni siqish yo‘li bilan suyuq holatga o‘tkazish
borasida ko‘p urinishlar bo‘ldi. Lekin uzoq vaqt nima uchun ba’zi gazlarni siqqanda suyulish yuz
berishi, boshqalarida bu holat yuz bermasligi noaniqligicha qolaverdi [4]. Shundan so‘ng
siqilganda suyuqlikka aylanmaydigan gazlarga doimiy gazlar deb qaraladigan bo‘ldi, toki kritik
nuqta kashf etilmagunga qadar.

1822-yilda dastlab Kanyar-de-la-Tur tomonidan kritik temperature haqida bir qancha

hodisalar kashf etilgan edi [1].

Ingliz fizigi Tomas Endryus 1861-1869 yillarda temperatura bilan bog’liq tajribalar

o‘tkazadi. Shu tadqiqotlari natijasida Endryus kritik temperatura tushunchasini fanga kiritadi [4].

Aynan mana shu kritik temperatura Van-Der-Vaals tenglamasi orqali hisoblab topiladi va

bundan qaysi moddani qanday temperaturada suyuqlikka aylantirish mumkin ekanligini aniqlay
olamiz.

1873-yilda Gollandiyalik olim Van-Der-Vaals, izojarayonlarda ideal gazning klayperon

tenglamasi: PV=RT real gazlar uchun noo‘rin ekanligini ta’kidlaydi. Chunki biz ideal gazlarda
molekulalar aro o‘zaro ta’sir kuchi yo‘q, faqat molekulalar itarish xususiyatiga ega deb tasavvur
qilgan edik. Endilikda real gazlarni o‘rganar ekanmiz, molekulalar aro o‘zaro ta’sir kuchlarini
inobatga olishimiz kerak. Ushbu jarayonni iloji boricha real deb o‘rganishga harakat qilsakda, bu
ham aslida nisbiy o‘rganilgan. Sababi real gazlardagi jarayonlar o‘ta murakkab tarzda namoyon
bo‘ladi.

Hisob-kitoblar va tajribalar natijasida Van-Der-Vaals real gazlar uchun quyidagi holat

tenglamasini yaratadi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

748

(P+

𝑎

𝑉

2

)(V-b)=RT

Shu tenglama yordamida izoterma grafigi hosil bo‘ladi, ammo labaratoriya chizmasi va shu

tenglama orqali hisoblab chizilgan grafiklar, albatta, real sharoitdagi molekulalar harakatini to‘liq
o‘rgana olmaganimiz tufayli bir-biridan farq qilishini ko‘rishimiz mumkin: (1-rasm).

1-rasm. Real gazlar holatining Van-Der-Vaals izotermalari.

Bunda

K

-

kritik nuqta va T

K

-kritik temperaturadir.

Kritik temperatura bu – fazaviy o‘tish jarayonining, gaz bilan suyuqlik o‘rtasida chegara

farqi yo‘qolgan nuqtadagi temperaturasi hisoblanadi.

Real gazlar holatining Van-Der-Vaals tenglamasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday gazni suyuq

holatga o‘tkazish mumkin, biroq buning uchun gazni dastlab kritik temperaturasini aniqlash kerak.

Endryus karbonat angidridning izotermalarini turli temperaturalarda o‘rganish natijasida

kritik temperatura tushunchasini fanga kiritgan edi. U tajribalaridan shunday xulosaga keladi:
gazning temperaturasi kritik temperaturadan pastda bo‘lgan holdagina, gazni siqish yo‘li bilan
suyuqlikka aylantirish mumkin. Agar gazning harorati kritik temperaturadan yuqori bo‘lsa,
bosimni har qancha oshirganda ham, gazni suyuqlikka aylantirib bo‘lmaydi. Demak, T

K

kritik

tempraturadan yuqori temperaturalarda modda faqat gazsimon holatdagia mavjud bo‘la olar ekan.

Masalan, karbonat angidrid gazini xona temperaturasida suyultirish mukin, boisi uning kritik

temperaturasi 31.1

0

C hisoblanadi. Lekin shunday gazlar ham bor: azot, kislorod va shu kabilarni

ko‘raylik. Xona haroratida ularga har qancha katta bosim berib ham suyuqlikka aylantira
olmaymiz. Chunki ularning kritik temperaturasi xona temperaturasidan ancha past. Misol uchun
azotning kritik temperaturasi 126.1 Kelvinga teng. Demak bu moddani shu temperaturadan pastroq
muhitga o‘tkazishimiz, ya’ni sovutishimiz lozim bo‘ladi.

Keling biz ko‘p eshitgan gazlarimiz: azot, kislorod, vodorod va geliyning bir atmosfera

bosimi ostidagi qaynash va suyulish haroratlarini ko‘rib o‘taylik [5,6]..

63.14-77.32 K-suyuq azot
54,36-90.12 K-suyuq kislorod
14.04-20.39 K-suyuq vodorod
0.7-4.21 K-suyuq geliy (He

4

suyuq geliy bug’larini haydash yo‘li bilan erishiladigan eng

past temperature 0.7 K hisoblanadi.).

Quyidagi jadval yoramida esa, ba’zi moddalarning kritik nuqtadagi temperaturalari

va shu nuqtadagi bosimlari haqida bilib olishimiz mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

749

1-jadval.

Moddalar

Kritik

temperatura,

T

K

0

C

Kritik bosim,
P

K

-atmosfera

bosimida

Suv, H

2

O

374

217

Xlor, Cl

2

144

76

Ammiak, NH

3

132

112

Karbonat angidrid, CO

2

31

73

Kripton, Kr

-62.5

54

Kislorod, O

2

-118.8

50

Argon, Ar

-132.4

48

Azot, N

2

-147

33.5

Neon, Ne

-228

26

Vodorod, H

2

-240

12.85

Geliy, He

-267.9

2.2


Gazlarni suyultirishning turlicha usullari mavjud bo‘lib, bu borada olimlar juda ko‘plab

tajribalar o‘tkazishgan. Suyuqlik intensiv bug’lanayotganda uning ichki energiyasi bug’lanishga
(bug’lanish issiqligiga) sarf bo‘lib suyqlik soviydi; Pikte suyuqlikning bu xossasidan gazlarni
suyultirishda foydalandi. Pikte suyuq oltingugurt angidridini intensiv bug’latib, uning
temperaturasini pasaytirdi. Suyuq oltingugurt angidrid bug’lanayotgan idishga joylashtirilgan
zmeyevik orqali katta bosim ostidagi korbonat angidrid o‘tkazilgan. Bu holda korbonat angidrid
suyulgan. Keyin suyuq korbonat angidrid ichidan siqilgan kislorod bilan to‘ldirilgan nay
o‘tkazilgan boshqa idishda bug’lantirilgan. Korbonat angidrid intensiv bug’lanishi natijasida
uning temperaturasi -130

0

C holatigacha, ya’ni kislorodning kritik nuqtadagi temperaturasidan

pastroq temperaturagacha tushadi. Bu sharoitda esa, endi kislorodni kuchli ravishda siqish bilan
suyultirish mumkin [2].

1884-yilda Vorobdevskiy bilan Olshevskiy vodorodni 190 atmosfera bosimigacha siqib va

shuning bilan bir vaqtning o‘zida uni qaynayotgan kislorod yordamida sovitib suyuq holatga
keltirganlar. O‘tgan asrning oxirlarida esa Dyuar va Linde gazlarni sovitish uchun Joul-Tomson
effektidan foydalanishni tavsiya qilganlar [2].

Gazning kengayishi hisobiga sovishidan iborat bo‘lgan effektga Joul-Tomson musbat effekti

deb ataladi.

Dyuar-Linde metodini faqat uy temperaturasi sharoitida Joul-Tomson musbat effektini

beruvchi gazlargagina bevosita tatbiq etish mumkin.

Uy temperaturasi sharoitida Joul-Tomson manfiy effekti beradigan gazlarni dastavval

inversiya nuqtasidan pastroqqacha sovitish kerak. Masalan, bosimi 100 atmosfera bosimidan 1
atmosfera bosimigacha kamayganda vodorodda Joul-Tomson musbat effektini vujudga keltirish
uchun uni dastavval -80

0

C haroratgacha sovitish kerak. Bosimning huddi o‘sha intervali uchun

geliyning inversiya nuqtasi -258

0

C. Shu ko‘rsatilgan temperaturadan past temperaturagacha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

750

sovitilgandan so‘ng (vodorod suyuq havo yordamida sovitiladi, geliy esa suyuq vodorod
yordamida sovitiladi), bu gazlar Dyuar-Linde metodi bo‘yicha suyultirilishi mumkin [5], [6].

Xulosa

Gazlarni bir qancha metodlar bilan suyultirishimiz mumkin. Ammo eng asosiysi bu gazning

kritik nuqtasi haqida to‘liq, umumiy ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. Har qanday
gazlarni suyultirish usulida ham, avvalo, uni shu nuqtasidan passtroq haroratgacha sovitishimiz
lozim ekan. Tabiiy gazni suyultirish faqat kritik haroratdan pastroq sovutilganda mumkin. Aks
holda, gaz juda yuqori bosimlarda ham suyuqlikka aylantirilmaydi. Tabiiy gazni kritik haroratga
teng (T=T

kt

) haroratda suyultirish uchun uning bosimi kritikga teng yoki undan katta bo lishi kerak,

ya ni P> Pkt.


REFERENCES

1.

Kikoin A.K, Kikoin I.K. Molekulyar fizika. T.: “O‘qituvchi”. -1978.(387-388.).

2.

Frish S.E, Timoreva A.V. Umumiy fizika kursi 1-TOM. T.: “O‘qituvchi”. -1965.(270-283.-
b).

3.

Sivuxin D.V. Umumiy fizika. T.: “O‘qituvchi”. -1978.(394-399.-b).

4.

Abdullayev R, Xamidjonov I.X, Qoraboyeva M. Molekulyar fizika. T.: “O‘qituvchi”. -
2005.(88.-b).

5.

Savelov I.V. Umumiy fizika kursi 1-TOM. T.: “O‘qituvchi”. -1973.(342-343.-b).

6.

Rahmanov V.T Umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquv jarayonining samaradorligini
oshirishda fizika fanining namoyish tajribalarni zamonaviy qurilmalar yordamida oʻqitish -

Scientific Bullettin of NamSU-Nauchnыy vestnik NamGU-NamDU ilmiy axborotnomasi–
2022-yil_4-son 725 p.

7.

Rahmanov V.T Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizik namoyish tajribalari, uning
vazifalari va tizimi

-

Scientife Bullettin of NamSU - Nauchniy vestnik - NamDU Ilmiy

Axborotnomasi - 2022_1-son 699 p.

8.

Toshtemirov, D., Muminov, B., & Saidov, J. (2020). Fundamentals of compilation of
electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database. International
Journal of Scientific and Technology Research, 9(4), 3226-3228.

9.

Toshtemirov, D. E., Saidov, J. D., & Mamatqulov, S. X. (2019). TECHNOLOGY OF
CREATING MODERN ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES. Bulletin of
Gulistan State University, 2019(1), 67-71.

10.

Jasur Doniyor, O. G., Saidov, L., Allayorov, S. P., OMBORINI, S. X. I. M. L., &
BAHOLASH, Y. B. Y. K. K. MEZONLARI//Scientific progress. 2021. № 1. URL:
https://cyb erleninka. ru/articl e/n/ma-lumotl ar-omborini-yarati sh-bo-yicha-kasbiy-
kompetentligini-baholash-mezonlari (дата обращения: 02.06. 2022).

11.

Baxtiyor Baxriddinovich Ergashev, Jasur Doniyor Ogli Saidov, & Sait Xalilovich Islikov
(2021).

BO'LAJAK

INFORMATIKA

VA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI

O‟QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI
VA METODLARI. Academic research in educational sciences, 2 (2), 1139-1146. doi:
10.24411/2181-1385-2021-00312

12.

Saidov, J. D., Qudratov, A. N., Islikov, S. X., Normatova, M. N., & Monasipova, R. F.
(2023). Problems of Competency Approach in Developing Students' Creativity Qualities for


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

751

Creating a Database. Journal of Higher Education Theory & Practice, 23(1).

13.

Doniyor o‘g‘li, S. J. (2023). O ‘ZBEKISTONDA TAʼLIM TIZIMIDA BO ‘LAJAK
MUTAXASSISLARNING MAʼLUMOTLAR BAZASI BO ‘YICHA BILIMLARINI
SHAKILLANTRISH. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI, 3(3), 72-77.

14.

Саидов Жасур Дониёр Ўғли (2022). КОМПЕТЕНТНОСТНЫЙ ПОДХОД ПРИ
ОБУЧЕНИИ РАБОТЕ С БАЗАМИ ДАННЫХ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО
ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы современного образования, (6), 253-265.

15.

Doniyor o’g’li, S. J. (2022). PROBLEMS AND SOLUTIONS TO INCREASE THE
EFFICIENCY OF DATABASE TEACHING. European Journal of Research and Reflection
in Educational Sciences, 10(2).

16.

O‘G‘Li, S. J. D. (2022). TA’LIM OLUVCHILARNING MA’LUMOTLAR BAZASI
FANIGA BO ‘LGAN QIZIQISHLARINI KOMPETENSIYALIY YONDASHUVLAR
ASOSIDA OSHIRISH MUAMMOLARI. Science and innovation, 1(B3), 89-93.

17.

Jasur Doniyor O‘G‘Li Saidov, Saydullo Payzievich Allayorov, & Said Xalilovich Islikov
(2021).

MAʼLUMOTLAR

OMBORINI

YARATISH

BO‘YICHA

KASBIY

KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI. Scientific progress, 2 (1), 1804-1807.

References

Kikoin A.K, Kikoin I.K. Molekulyar fizika. T.: “O‘qituvchi”. -1978.(387-388.).

Frish S.E, Timoreva A.V. Umumiy fizika kursi 1-TOM. T.: “O‘qituvchi”. -1965.(270-283.-b).

Sivuxin D.V. Umumiy fizika. T.: “O‘qituvchi”. -1978.(394-399.-b).

Abdullayev R, Xamidjonov I.X, Qoraboyeva M. Molekulyar fizika. T.: “O‘qituvchi”. -2005.(88.-b).

Savelov I.V. Umumiy fizika kursi 1-TOM. T.: “O‘qituvchi”. -1973.(342-343.-b).

Rahmanov V.T Umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquv jarayonining samaradorligini oshirishda fizika fanining namoyish tajribalarni zamonaviy qurilmalar yordamida oʻqitish - Scientific Bullettin of NamSU-Nauchnыy vestnik NamGU-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_4-son 725 p.

Rahmanov V.T Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizik namoyish tajribalari, uning vazifalari va tizimi - Scientife Bullettin of NamSU - Nauchniy vestnik - NamDU Ilmiy Axborotnomasi - 2022_1-son 699 p.

Toshtemirov, D., Muminov, B., & Saidov, J. (2020). Fundamentals of compilation of electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(4), 3226-3228.

Toshtemirov, D. E., Saidov, J. D., & Mamatqulov, S. X. (2019). TECHNOLOGY OF CREATING MODERN ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES. Bulletin of Gulistan State University, 2019(1), 67-71.

Jasur Doniyor, O. G., Saidov, L., Allayorov, S. P., OMBORINI, S. X. I. M. L., & BAHOLASH, Y. B. Y. K. K. MEZONLARI//Scientific progress. 2021. № 1. URL: https://cyb erleninka. ru/articl e/n/ma-lumotl ar-omborini-yarati sh-bo-yicha-kasbiy-kompetentligini-baholash-mezonlari (дата обращения: 02.06. 2022).

Baxtiyor Baxriddinovich Ergashev, Jasur Doniyor Ogli Saidov, & Sait Xalilovich Islikov (2021). BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‟QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI. Academic research in educational sciences, 2 (2), 1139-1146. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00312

Saidov, J. D., Qudratov, A. N., Islikov, S. X., Normatova, M. N., & Monasipova, R. F. (2023). Problems of Competency Approach in Developing Students' Creativity Qualities for Creating a Database. Journal of Higher Education Theory & Practice, 23(1).

Doniyor o‘g‘li, S. J. (2023). O ‘ZBEKISTONDA TAʼLIM TIZIMIDA BO ‘LAJAK MUTAXASSISLARNING MAʼLUMOTLAR BAZASI BO ‘YICHA BILIMLARINI SHAKILLANTRISH. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(3), 72-77.

Саидов Жасур Дониёр Ўғли (2022). КОМПЕТЕНТНОСТНЫЙ ПОДХОД ПРИ ОБУЧЕНИИ РАБОТЕ С БАЗАМИ ДАННЫХ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы современного образования, (6), 253-265.

Doniyor o’g’li, S. J. (2022). PROBLEMS AND SOLUTIONS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF DATABASE TEACHING. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 10(2).

O‘G‘Li, S. J. D. (2022). TA’LIM OLUVCHILARNING MA’LUMOTLAR BAZASI FANIGA BO ‘LGAN QIZIQISHLARINI KOMPETENSIYALIY YONDASHUVLAR ASOSIDA OSHIRISH MUAMMOLARI. Science and innovation, 1(B3), 89-93.

Jasur Doniyor O‘G‘Li Saidov, Saydullo Payzievich Allayorov, & Said Xalilovich Islikov (2021). MAʼLUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI. Scientific progress, 2 (1), 1804-1807.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов