THE IMAGE OF ASCETICISM IN NAVOI'S LYRICS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jandreyeva, M. (2023). THE IMAGE OF ASCETICISM IN NAVOI’S LYRICS. Modern Science and Research, 2(5), 666–668. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20378
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the image of asceticism in Alisher Navoi's lyrics, its use in ghazals, the question of how it acquires meaning, based on the analysis of Navoi's ghazals, are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

666

NAVOIY LIRIKASIDA ZUHD OBRAZI

Jandreyeva Matluba Mamarajab qizi

Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi 2-bosqich magistranti

matlubajandreyevaoff@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953528

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Alisher Navoiy lirikasida zuhd obrazi, uning g’azallarida

qo’llanilishi, qanday ma’no-mazmun kasb etishi masalasi, Navoiy g’azallari tahlili asosida fikr
yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, Navoiy g’azallari, Navoiyning tasavvuf, Zuhd obrazi, raqib

obrazi, yor obrazi.

THE IMAGE OF ASCETICISM IN NAVOI'S LYRICS

Abstract.

In this article, the image of asceticism in Alisher Navoi's lyrics, its use in ghazals,

the question of how it acquires meaning, based on the analysis of Navoi's ghazals, are discussed.

Key words

: Alisher Navoi, Navoi's ghazals, Navoi's Sufism, the image of Zuhd, the image of

a rival, the image of a friend.

ОБРАЗ ПОДВИЖНИЧЕСТВА В ЛИРИКЕ НАВОИ

Аннотация.

В данной статье на основе анализа газелей Навои рассматривается

образ аскетизма в лирике Алишера Навои, его использование в газелях, вопрос о том, как
он приобретает смысл.

Ключевые слова:

Алишер Навои, газели Навои, суфизм Навои, образ Зухда, образ

соперника, образ друга.


O’zbek lirik poetikasining janr jihatidan boyib, mukammal holga kelishi bevosita Navoiy

nomi bilan bog’langan. Navoiy devonida , bir tomondan, o’zbek poetikasida janrlarning mohiyat
e’tibori bilan yangicha rivojini ko’rsak, ikkinchi tomondan, fors adabiyoti o’zining qat’iy
qonuniyatlariga ega bo’lgan. Davlatshoh Samarqandiy Аlisher Navoiyni “Mir Nizomiddin”, yaʼni
“dinning nizomi – qonuni” deb bejiz ulugʼlamagan. Hazrat Navoiyning deyarli barcha asarlarida,
xususan, “Xamsa” dostonlarining muqaddimalarida Аllohga hamd, Paygʼambarga naʼt, munojot
va Rasululloh s.a.v madhining mavjudligiyoq bu fikrni isbot qiladi.

Аlisher Navoiy g’azallari orqali shariat va tasavvuf ilmining chuqur bilimdoni,

nazariyotchisi sifatida namoyon boʼladi. Alisher Navoiy diniy qarashlarida,avvalo, “Quroni
karim”ga tayangan,keyingi o’rinlarda esa Hadislarga murojat qilgan.Navoiyning bu jihatlarini olib
qaraydigan bo’sak,demak,uning g’azallari islomiy tushunchalarga asoslanganligini anglaymiz.
Navoiy naqshbandiya tariqatida bo’lgan.

Naqshbandiya tariqatiga Naqshband asos solgan bo’lib, Navoiyning ustozi, fors-tojik

adabiyotining namoyondasi Abdurahmon Jomiy ham huddi shu tariqatga ergashgan. Navoiy
g’azallarida tasavvufona qarashlar o’z aksini topgan. Shu sababdan turli tasavvufiy istilohlar va
obrazlar g’azallaridan o’rin egallagan. Bular orasidan zuhd-zohid obrazi alohida o’rin tutadi. Zuhd
obraziga Navoiygacha bo’lgan davr adabiyotida ham ko’p bora duch kelamiz. Shu sababli ham
Navoiy bu obrazga alohida toxtalib o’tadi va o’z g’azallariga kiritad

«ZULFUNG OCHILIB...»

G‘azalda mazmun va badiiy tasvir mutanosibligi boshdan-oyoq izchil davom etadi. Bu esa

g‘azalning kompozitsion jihatdan yakpora shaklda vujudga kelishini ta’minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

667

Bir lo‘liyi bozigar erur chanbar ichinda
Xolingki, o‘shul halqayi gesu bila o‘ynar,
Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayr qilur vaqtda tulku bila o‘ynar.
Bizga ma’lumki, bozigar lo‘lilar, ya’ni o‘ynab tomosha ko‘rsatuvchi lo‘lilar olomon

to‘plangan joyda o‘z san’atlarini namoyish qiladilar. G’azalda yor xolining lo‘lilar toifasiga
o‘xshatilishida mahbubaning husnini ta’kidlash bilan birga, soch halqasi va uning ichidagi xol
o‘yinidan boshqalarning bahramand bo‘lishi ehtimolidan tahlika ham sezilib turadi. Bu misrada
oshkora tasvirdan tashqari yashirin bir rashk, pinhon bir ta’na bor. Mana bu baytdagi insonning
jonivor bilan o‘ynashuviga asoslanganligi jihatidan yuqoridagi misraga bir qadar o‘xshab ketadi:

Zohid bila nafs etsa tamasxur yo‘q ajabkim,
It sayd qilur vaqtda tulku bila o‘ynar.
Bu misrada gapni sal uzoqdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, tasavvuf ilmida

insonning ilohga intilishi hayotdagi bosh maqsad sanalgan. Bu intilish butunlay xolis bo‘lishi va
g‘araz e’tiqodini chipakka chiqargan. Shuning uchun ham mazkur ta’limotda zuhd-zohidlik, ya’ni
xudo jamoliga erishuvning namoyishkorona yo‘li shartli ravishda g‘araz, nafs timsoli sifatida
talqin qilinadi.

Alisher Navoiy ham mansub bo‘lgan tasavvuf poeziyasida bu obraz o‘zining yorqin aksini

topgan. Baytdan shuni anglashimiz mumkinki, zohid nafsoniyatiga mukkasidan ketgan odam.
Nafs esa an’ana bo‘yicha itga qiyos etiladi. G’azalda ov chog‘ida itning tulki bilan o‘yini lavhasi
zohidning nafsga munosabatini ochib berishga xizmat qilgan. Bayt tag zamirida nafsning tulkidek
hiylagarligi ham singdirilgan.

Bunday o’xshatish Navoiygacha va undan keyingi she’riyatimizda ham mavjud.Demak

zohid obrazi orqali xudo jamoliga erishishdagi yomon timsol sifatida ham namoyon etilgan.

«SOQIYO, TALX O‘LDI AYSHIM HAJR BEDODI BILA» radifli g’azalida ham

tasavvufona qarashlariga duch kelishimiz mumkin. G‘azal «Badoe’-ul bidoya» va «G‘aroyib-us
sig‘ar» devonlariga kiritilgan.

Zuhd ko‘nglum ko‘zgusin qilmish muqaddar, ey harif,
Sindirurmen tavba piri itiq irshodi bila.
«Zuhd» — parhez, tiyinish uzlat ma’nolarini anglatadi. «Harif»—suhbatdosh, do‘st

demakdir. «Irshod»—to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, hidoyat, «Muqaddar»— g‘uborli, qora, g’amgin
ma;nolarini anglatadi. Baytdan shunday ma’no anglash mumkinki, «Zuhd, ya’ni zohidona
tavbatazarru’ ko‘nglimning ko‘zgusiga g‘uborlik qildi, ey do‘st, bunday tavbani ishq pirining
rahnamoligida sindirib tashlayman» -deya keltiradi. Shoir soxta zohidlik bilan haqiqiy ilohiy ishq
mayidan bahramandlikni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi, chunki zohidlar faqat tavba bilan
chegaralanganlar, ilohiyotnining orifona lazzatidan bexabar edilar.

Tavba tasavvufda mavjud, ammo unda bu tushuncha tariqat yo‘liga kirishning birinchi

bosqichi, harom-haloldan tiyinishni, o’zni faqat ilohiy ishq bilan mashg’ul qilishni anglatadi.
Zohidlarning tavbasiesa taraqqiy topmagan, namoyishkorona tavbadir. Osmon qadahlarini
«sindirish» bilan zuhd tavbasini «sindirish» orasida aloqa bormi? Agar dunyo va dunyoparastlikni
ya’ni zohidlik bilan osmon aloqador deb hisoblasak, unda osmon qadahini sindirish bilan zuhd
tavbasini sindirish ham aloqador bo‘lib chiqadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

668

REFERENCES

1.

I.Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent.G’ofur G’ulom nomidagi Nashriyot.
1991.

2.

Najmiddin Komilov. Tasavvuf. -T.: Maʼnaviyat, 2006;

3.

A.Abdullayev. Tasavvuf va uning namoyondalari.(ilmiy-ommabop risola)-Termiz:
2007.

4.

Alisher Navoiy.G’aroyib us-sig’ar(birinchi jild) T.G’ofur G’ulom nomidagi
nashriyot.:2012.

5.

Saviya.Uz.

6.

Arxiv.U





























References

I.Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent.G’ofur G’ulom nomidagi Nashriyot. 1991.

Najmiddin Komilov. Tasavvuf. -T.: Maʼnaviyat, 2006;

A.Abdullayev. Tasavvuf va uning namoyondalari.(ilmiy-ommabop risola)-Termiz: 2007.

Alisher Navoiy.G’aroyib us-sig’ar(birinchi jild) T.G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot.:2012.

Saviya.Uz.

Arxiv.U

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов