THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IS A HUGE TASK

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Soxibov , . S. . (2023). THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IS A HUGE TASK. Modern Science and Research, 2(5), 1037–1041. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20476
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, a socio-philosophical analysis of the foundations of corruption, the creation of an institutional system of anti-corruption and systematic struggle through it is made. Also, the legal basis of the fight against this disease, legal norms and the relationship of international organizations were studied.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1037

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DOLZARB VAZIFA

Soxibov Salohiddin Anvar o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti

e-mail:

Soxibovfardu@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7964363

Annotatsiya.

Ushbu maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashning institutsional

tizimini yaratish va bu orqali tizimli kurash olib borish asoslari ijtimoiy-falsafiy tahlil qilingan.
Shuningdek, bu illatga qarshi kurashning huquqiy asoslari, qonunchilik normalari va xalqaro
tashkilotlarning munolsabati tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

korrupsiya, korrupsiyaon munosabatlar, davlat, qonun, poraxo‘rlik, vijdon,

halollik, korrupsiyadan xavfsizlik.

THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IS A HUGE TASK

Abstract.

In this article, a socio-philosophical analysis of the foundations of corruption,

the creation of an institutional system of anti-corruption and systematic struggle through it is
made. Also, the legal basis of the fight against this disease, legal norms and the relationship of
international organizations were studied.

Key words:

corruption, corrupt relations, state, law, bribery, conscience, honesty, security

from corruption.

БОРЬБА С КОРРУПЦИЕЙ – БОЛЬШАЯ ЗАДАЧА

Аннотация.

В данной статье произведен социально-философский анализ основ

создания институциональной системы противодействия коррупции и борьбы с ней. Также
были изучены правовые основы борьбы с этим заболеванием, правовые нормы и
взаимоотношения международных организаций.

Ключевые слова:

коррупция, коррупционные отношения, государство, право,

взяточничество, совесть, честность, защищенность от коррупции.

Korrupsiya ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy muammolarni keltirib chiqaruvchi,

davlat organlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik
qiluvchi illat sifatida o‘ta dolzarb va birinchi navbatda bartaraf etilishi kerak bo‘lgan
muammolardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda «korrupsiya tufayli dunyo
iqtisodiyoti 2,6 trillion dollarni yo‘qotmoqda, bu dunyodagi mavjud yalpi ichki mahsulotining 5
foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlar hukumatlari korrupsiyaga qarshi
kurashish uchun davlat dasturlarini qabul qilayotgan bo‘lsalarda, uning samarasi kutilgandek
bo‘lmayapti.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev korrupsiyani mohiyati va unga qarshi kurashish zarurligi haqida

quyidagi fikrni bejiz aytmagan edi: “Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya
balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilinib, Senatga yuborilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni tezroq
amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Bularning barchasi, o‘z navbatida, inson
huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat
hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”[1].

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi

kurashish to‘g‘risida”gi qonunida “korrupsiya” tushunchasiga quydagicha ta’rif berildi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1038

“Korrupsiya” deganda - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud
o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof
ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish
tushuniladi; shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik deganda — korrupsiya alomatlariga ega
bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish
tushuniladi”[2]. Shuningdek, qonunda manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasiga ham izoh berilgan
bo‘lib - u shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat
majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki
davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat anglanadi.

Barcha xalqaro tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy normalari

BMTning “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi” tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni
ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan
“BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”ga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi
to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga
kirdi.

Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan

tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon bo‘lishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:

-mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki

korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida
tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan

imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga
tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

-mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat

tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf
ko‘rish maqsadida axborotni manipulyatsiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini
cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;

-tor gruppaviy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish;

ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.

AQShda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda

sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar,
rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydi. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan
mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora beriladi. Pora olishning bu kabi shakli
so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham uchrab turibdi.

Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan

tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan ochiq tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda
u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab bo‘lmaydi, chunki g‘ayriqonuniy
kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hattoki, jabrlanuvchilar pora so‘ragan mansabdorlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1039

ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qiladi. Chunki, odamlar korrupsiyaga qarshi kurash
jarayonini samara berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba bilan
bog‘liq bo‘lgan muayyan obyektiv va subyektiv sabablar mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda
davlat faoliyatining mutaxassis bo‘lmagan kishilar tushunishi ancha qiyin bo‘lgan o‘ziga xos
turlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham korrupsiya o‘ta moslashuvchan jinoyatdir.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar va omillarning oldini olish maqsadida
iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnat jamoalarida ishchanlik va oshkoralik muhitini yaratish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar tashkil etish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish
hamda davlat organlari tomonidan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish,
davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini
tasdiqlashga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Lekin, mamlakatimizda 2017 yilga qadar
korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtiradigan, bu kurashni qonuniyligi va shaffofligini
ta’minlaydigan maxsus qonun qabul qilingmagan edi. Mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
tashabbusi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilindi va u 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan asosy maqsad
korrupsiyaga qarshi0 kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. Unda
“korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar
berildi.

Qonunning 7-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga

oshiruvchi davlat organlari sirasiga quyidagilar kiritildi: Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik
xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi
kurashish departamenti; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Shu bilan birga, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga

oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish
uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish
ham nazarda tutildi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi nazarda tutildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo
komissiyalar tashkil etilishi belgilandi. Unga muvofiq tarzda idoralararo komissiyaning asosiy
vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

–korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga

oshirishni tashkil etish;

–korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek

qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko‘rish;

–korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
–hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat[3].
Ma’lumki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda keng

jamoatchilikning ishtiroki ta’minlanmasa, undan kutilgan natijalarga erishib bo‘lmaydi. Mazkur
qonunning e’tiborli jihati shundaki, unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari, fuqarolarning va ommaviy axborot vositalari kabi fuqarolik jamiyati


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1040

institutlarining ham korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga doir yangi huquqiy asoslar
va qoidalar mustahkamlab qo‘yildi. Unga asosan keng jamoatchilik, o‘zini o‘zi boshqarish
organlari yoki nodavlat tashkilotlar qonunga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda,
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi; korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

2016 yilning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda korrupsiyaga barham berish

sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 2017 yil 2 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli qarori mamlakatda korrupsiyaga
barham berish va unga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qarorga asosan “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini
ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “2017-2018 yillarga
mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi, Korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaning
asosiy vazifalpri sifatida quyidagilar belgilandi:

-korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning

ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok

etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga

nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda
amalga oshirilishini tashkil etish;

-korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek

qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;

-korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan

monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy
mexanizmlarning samaradorligini baholash;

-korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu

sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;

-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini

muvofiqlashtirish[4].

2017 yilning birinchi yarmida 1566 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoi ish

qo‘zg‘atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin, bu davrda 2016 yilning birinchi
yarmiga nisbatan sudga oshirilgan jinoi ishlar 22 foizga kamaydi. Korrupsiyaviy faoliyat tufayli
keltirilgan zararning 77 foizi undirildi. 374 ta guruhlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy
jinoyatlar ochib tashlandi, 1330 ta korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi[5].

Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi – korrupsiya darajasini pasaytirish

hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘liq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1041

tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Bu siyosat davlatning korrupsiyaga qarshi
qaratilgan, qabul qilingan turli qonunlari, qarorlari, dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Korrupsiyaga
qarshi kurash siyosati – bu davlating korrupsiyaning oldini olish, u paydo bo‘lganda uni tugatish
va cheklash borasidagi sa’y-harakatlari va aniq chora-tadbirlar majmuidir.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza.//Milliy taraqqiyot yo‘limizni
qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.-T.: O‘zbekiston NMIU, 2017.-
B.110.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. 4
yanvar 2017 y.// http://parliament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165/.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni//
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 2-modda.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2017 yil 2 fevralda qabul qilingan PQ-2752-sonli qarori//O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 982-modda.

5.

В Узбекистане коррупсия пошла на спад//ҳттпс://регнум.ру/неwс/2360143.ҳтмл.

6.

Глава МВД Узбекистана признал наличие среди милитсионеров вимогательей и
взяточников.19.02.2018. ҳттп:// интерфах.аз/виэw/726256.

7.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(2), 1-3.

8.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА.

IJTIMOIY

FANLARDA

INNOVASIYA

ONLAYN

ILMIY

JURNALI

,

2

(11), 176-182.

9.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI.

Science and innovation

,

1

(B8), 99-105.

10.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT.

Science and Innovation

,

1

(8), 99-105.

11.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES.

International journal of advanced research

in education, technology and management

,

2

(2).


References

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza.//Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.-T.: O‘zbekiston NMIU, 2017.-B.110.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. 4 yanvar 2017 y.// http://parliament.gov.uz/uz/laws/adopted/253/19165/.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 2-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 2 fevralda qabul qilingan PQ-2752-sonli qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 982-modda.

В Узбекистане коррупсия пошла на спад//ҳттпс://регнум.ру/неwс/2360143.ҳтмл.

Глава МВД Узбекистана признал наличие среди милитсионеров вимогательей и взяточников.19.02.2018. ҳттп:// интерфах.аз/виэw/726256.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов