ASPECTUAL SEMANTICS OF SPEECH ACTIVITY VERBS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xudaynazarova, S. (2023). ASPECTUAL SEMANTICS OF SPEECH ACTIVITY VERBS . Modern Science and Research, 2(4), 146–150. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19193
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, there is a complete description of speech styles, their features that are suitable for literary speech, and words that are used only in certain speech styles.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

NUTQ FAOLIYATI FE’LLARINING ASPEKTUAL SEMANTIKASI

Xudaynazarova Sogdiana Alijonovna

Urganch Davlat Universiteti

Lingvistika:ingliz tili 2-kurs magistratura talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7824217

Annotatsiya.

Mazkur maqolada nutq uslublari, adabiy nutq uchun mos xususiyatlari bilan

ajralib turadigan ko'rinishlari, ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar haqida
to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar:

adabiy nutq, so'zlashuv uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub,

bog‘lanishli nutq.

АСПЕКТУАЛЬНАЯ СЕМАНТИКА ГЛАГОЛОВ РЕЧЕВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация.

В этой статье есть полное описание стилей речи, их особенностей,

подходящих для литературной речи, и слов, которые употребляются только в
определенных стилях речи.

Ключевые слова:

литературная речь, разговорный стиль, публицистический стиль,

художественный стиль, научный стиль, связная речь.

ASPECTUAL SEMANTICS OF SPEECH ACTIVITY VERBS

Abstract.

In this article, there is a complete description of speech styles, their features that

are suitable for literary speech, and words that are used only in certain speech styles.

Key words:

literary speech, colloquial style, journalistic style, artistic style, scientific style,

connected speech.

Til – bu ijtimoiy hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning

ona tili uning milliy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir. Til tafakkur
bilan monand bog‘langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik
nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham
namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi
ma’lum. «Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani
ifodalamaydi. Tafakkur – obyektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga
berish va mustahkamlash vositasi. So‘z bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi.

Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ikki tamoyil

mavjud: bir tomondan, milliy tillarning yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa
– o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda. O‘zbekiston
Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p
sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu
esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.

Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi

mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq
bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza
qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini
o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan
muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va
ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

beradi.

Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish,

xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish
shaklida namoyon bo‘ladi.

Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,

bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq
o‘stirish deganda, o‘quvchilaming tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli
nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullami qo‘llash tushuniladi. Shuning
uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so‘z, gap, bog‘lanishli nutq kabi
qismlarni o‘z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo‘limlari „Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish",
„O‘qish va nutq o‘stirish", „ Grammatika, imlo va nutq o‘stirish“ deb nomlangan. Nutq faoliyati
uchun, shuningdek o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon

qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq,

boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. Shunday ekan, o‘quvchilar
nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi
nutqi mazmunli bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmalari, gap, nutq birliklari yordamida

ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi
sharti — nutqni til vosi

talari bilan qurollantirish hisoblanadi.
O‘quvchiIarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur.

Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi
asoslanadigan ongli ravishda „tilni sezish" shakllanadi.

Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni,

birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan
foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat
jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi.

Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda

so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy,
so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.

2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini ya’ni

o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan o‘quvchilar yozma

nutqning xususiyatlarini, uning og‘zaki so‘zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.
3. O‘quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa

vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o‘quvchilaming nutq
madaniyatiga alohida e’tibor beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida
ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik

baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis
xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik
lingvistikasiga asoslanadi. Demak,

Maktabda o‘quvchilar

nutqini o‘stirishga ona tili

o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslarininggina
emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at,
ashula

darslari)ning, shuningdek, sinfdan

tashqari

o‘tkaziladngan tadbirlarning ham

vazifasidir.

Adabiy nutq me'yorlarini buzish nafaqat savodsizlik va madaniyatsizlik, balki o'z ona tiliga

nisbatan hurmatsizlik belgisi sanaladi. Mana shuning uchun, umumta'lim maktablarida «Ona tili»
o'quv fanlaridan biri sanaladi. Binobarin, mana shu fan adabiy nutq me'yorlarini o'rgatadi, undan
foydalanish malakalarini takomillashtiradi.

Adabiy nutqning aniq bir sohadagi muloqot uchun belgilangan, bir qator oʻziga mos

xususiyatlari bilan ajralib turadigan ko'rinishlari - uslublari mavjud. Bular quyidagilardan
iborat;

1) so'zlashuv uslubi;
2) publitsistik uslub;
3) badiiy uslub;
4) ilmiy uslub;
5) rasmiy-idoraviy uslub.

So'zlashuv uslubi insonlarning oilada, ko'cha-ko'yda g'oya almashinuvi vaqtida

foydalaniladigan nutq uslubi hisoblanadi. So'zlashuv uslubi, ko'pincha dialog shaklida
bo'ladi.

Publitsistik uslub axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga

xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-jurnallar) uslubidir.

Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya'ni badiiy asarlarga mos bo'lib, unda badiiylik,

ifodaviylik, ta'sirchanlik kuchlidir. Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng
foydalanilishga xos bo'lib, hamma ilmiy asarlar, shuningdek, maktab darsliklari ham shu
uslubda yozilgan.

Rasmiy-idoraviy uslub o'ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident

farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog'ozlari, idoralararo yozishmalar
va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham
va aniq boʻladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin,
tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so'zlar va so'z birikmalari keng qo'llaniladi.

Shuni ta'kidlash joziki, nutq uslublari tizimini tashkil etuvchi vositalarning bir-biri bilan

o'zaro aloqasi ayni shu nutq uslubining asosiy vazifasidan kelib chiqadi. Masalan,
Biroq nutq uslubiga xos jihatlar boshqa bir uslub tarkibida ham uchrashi mumkin. Masalan,
ilmiy terminlar rasmiy, publitsistik va so'zlashuv kabi uslublarda ishlatilishi mumkin.
Shunga ko'ra, nutq uslubi — ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan tizimidan iborat
deyish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

149

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga

xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish –
xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim
nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga
ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.

Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar

uslubiy xoslangan so‘zlardir. Sababi shu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida
foydalaniladi.

Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq

uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi tufayli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga
kiradi.

Nutq uslublarining har biri alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Bu jihat aloqa-aralashuv

quroli bo'lgan tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. To'g'ri, tilning fonetik tuzilishi,
grammatik qurilishi va lug'at tarkibining har biri ham alohida bir tizimni, tilning o'zi esa yaxlit
holda butun bir tizimni tashkil etadi. Tilning vazifaviy uslublari mana shu fonetik, leksik va
grammatik tizimlarga xos barcha vositalarning ma'lum kommunikativ maqsadga ko'ra uyushishi
tufayli vujudga keladi. Demal nutq uslublari tilning vazifasi bilan bevosita bog'liq ekan. Shu bois
ular vazifaviy uslublar deb yuritiladi.

Mukammal rivojlangan, talab darajasidagi nutq texnika, o'qituvchining umumiy nutqiy

madaniyatining eng asosiy tomonidir. Jonli, tovushli nutq va uning hamma unsurlarini to'g'ri
voqelantirish ko’nikma va malakalarining jami nutq texnikasi sanaladi. Bunda ovozning sifati,
nutq mobaynida to'g'ri nafas olish, tovush va tovush qo'shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq
diksiya kabi bir qator voqealar nazarda ilmiy

uslubning

asosiy

vazifasi-tabiiy

va

ijtimoiy

hayot hodisalarini, muayyan fikrning mantiqiy isbotini aniq ta'riflash va

izohlashdan iborat. Ilmiy uslubning mantiqiy xarakteri uning leksik-frazeologik va grammatik
xususiyatlarida o'z ifodasini topadi.

tutiladi. Nutq texnikasidagi bosh masala ovoz masalasi hisoblanadi. Asosiy quroli nutq

bo'lgan har qanday odam uchun ovozni hal etishda ahamiyatga molikdir.

Qo‘l, oyoq, yuz, og‘iz, gavda bilan bog‘liq harakatda harakatlanuvchi ob’ekt yaqqol ko‘rinib

turadi. Oyoq bilan bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’l: yurmoq, kezmoq, yo‘rg‘alamoq,
gandiraklamoq, tentiramoq, tepqilamoq, tepmoq, toptamoq, depsinmoq, tisarilmoq. Qo‘l bilan
bog‘liq harakatni ifodalovchi fe’l: yurmoq, solmoq, ushlamoq, silamoq, tirnamoq, shapaloqlamoq,
changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, hovuchlamoq. Yuz, gavda, og‘iz, lab, quloq, burun va x.
bilan bog‘liq harakatlar ham mavjud. Nutq fe’li insonning gapirish faoliyati bilan bog‘liq harakatni
ifodalaydi: gapirmoq, so‘zlamoq, aytmoq, demoq, bidirlamoq, do‘ng‘illamoq, vaysamoq,
g‘uldiramoq, vaqillamoq, javramoq, bobillab bermoq, javob bermoq, vag‘illab ketmoq kabi.

Xulosa

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, gap bo'laklarining odatdagi va oʻzgargan

tartibining nutqda o'z foydalanish o'rinlari mavjud. Odatdagi tartib ilmiy asarlar uslubi uchun
xos bo'lsa, o'zgargan tartib og'zaki va badiiy (ayniqsa, she'riy) nutq uslubi uchun mos. Nutq
uslublari, o'ziga xos xususiyatlaridan qat'i nazar, adabiy me’yorlari asosida umumiylikka
ega. Adabiy me'yor tilning tovush tizimini, grammatik qurilishi hamda uning lug'at
tarkibidagi eng zaruriy unsurlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. U tilning silliqlashgan,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

150

ishlangan shaklidir. Adabiy me'yor faqat yozma adabl til uchungina taalluqli bo'lmay, u og'zaki
adabiy til uchun ham zarur holatdir.


REFERENCES

1.

Ibrohimov S. Nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida. Toshkent 1972.

2.

Umuqulov B.Lektor nutqi va badiiy til.-Toshkent:O'zbeliston,1981.

3.

Qilichev E.Badiiy tasvirning leksik vositalari.-Toshkent,1982.

4.

Tojiyev Y.,Mallababoyev M.O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari.-
Toshkent,2006.

5.

Tojiyev Y. O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati aoslari.-Toshkent,1994.

References

Ibrohimov S. Nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida. Toshkent 1972.

Umuqulov B.Lektor nutqi va badiiy til.-Toshkent:O'zbeliston,1981.

Qilichev E.Badiiy tasvirning leksik vositalari.-Toshkent,1982.

Tojiyev Y.,Mallababoyev M.O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari.-Toshkent,2006.

Tojiyev Y. O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati aoslari.-Toshkent,1994.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов