SEMANTICS OF PHYSICAL PROCESS VERBS. (BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ergasheva, F., & Rasulov, R. (2023). SEMANTICS OF PHYSICAL PROCESS VERBS. (BASED ON ABDULLAH QADIRI’S NOVELS). Modern Science and Research, 2(5), 1203–1206. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20620
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article provides information about physical process verbs and their semantics.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1203

JISMONIY JARAYON FE’LLARINING SEMANTIKASI.

(ABDULLA QODIRIY ROMANALARI ASOSIDA)

Ergasheva Feruzaxon Abdusalim qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti

oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs magistranti

R.Rasulov

Ilmiy rahbar: f.f.d.proff.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978709

Annotatsiya.

Maqolada jismoniy jarayon fe’llari va ularning semantikasi haqida ma’lumot

beriladi.

Kalit so‘zlar:

semantika, jismoniy jarayon fe’llari, jismoniy jarayon fe’llarining

semantikasi.

SEMANTICS OF PHYSICAL PROCESS VERBS.

(BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

Abstract.

The article provides information about physical process verbs and their

semantics.

Key words:

semantics, physical process verbs, semantics of physical process verbs.

СЕМАНТИКА ГЛАГОЛОВ ФИЗИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА.

(ПО РОМАНАМ АБДУЛЛЫ КАДИРИ)

Аннотация.

В статье представлена информация о глаголах физического процесса

и их семантике.

Ключевые слова:

семантика, глаголы физического действия, семантика глаголов

физического действия.


KIRISH

Jismoniy jarayon fe’llari ba’zi ilmiy adabiyotlarda “Fiziologik xolat fe’llari deb ham

yuritiladi.Fiziologik holat feʼllari ayni feʼllar semantik maydonining eng katta, asosiy leksik-
semantik guruhini tashkil qiladi. Ushbu feʼllar inson va hayvon aʼzolarining jismoniy holatini
ifodalaydi. Bu jismoniy holat ushbu feʼllar maʼnosining moddiy asosi sifatida namoyon boʼladi.
Fiziologik holat feьllari tub va yasama feьllar boʼlib, maʼno tomonidan biologik va psixik holat
feʼllariga yaqin turadi. Biologik holat feʼllari jonli va jonsiz predmetlarga xos psixik holat feʼllari
inson va hayvon ruhiyatiga xos xususiyatlarni,fiziologik holat feʼllari esa-psixik holat, asosan,
tashqi ʼjismoniy holatlarni ifodalashi bilan u nisbiy mustaqildir. Аniqrogʼi, bu holat feʼllari
maʼnosida jonli mavjudotlarda, ularning muayyan aʼzolarida sodir boʼluvchi muayyan fiziologik
oʼzgarishlar,jarayonlar aks etadi.

1

Tilshunos olim R.Rasulov o‘zining “O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari”

kitobida quydagi jismoniy jarayon fe’llarini keltirib o‘tganlar.

"Fiziologik " xolat fe'llari quyidagilar: uxlamoq, charchamoq, shilpiqlanmoq, toliqmoq,

ogrimoq, sulaymoq, oriqlamoq, ozmoq, isitmalamoq, bezraymoq, yeg'lamsiramoq, mizgimoq,
sovqotmoq, namiqmoq, kasallanmoq, semirmoq, yog'onlashmoq, to'lishmoq, majolsizlanmoq,
chiniqmoq, elimoq, xorimoq, darmonsizlash (yokilan) moq, seraymoq, shishinqiramoq,

1

R.Rasulov.O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi.Toshkent.2008.58-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1204

choqqaymoq, shumshaymoq, (qovogʻini solmoq, to'rsaymoq), tolmoq, zirqiramoq, shifolanmoq,
xolsizlanmoq, qoraymoq ( qora tusga kirmoq ),va boshqalar.

2

Jonli mavjudodning jismoniy holati ikki xil ko’rinishda yuz beradi.Bular: inson yoki

hayvon organizmidagi jismoniy holat biror jismoniy o’zgarish natijasida,jismoniy jarayon holati
tarzida kuzatiladi. Bu jihatdan jismoniy jarayon fe’llari o’z ichida quydagi guruhlarga bo’linadi:

1.Jismoniy oʻzgarish natijasida bo’lgan holatda inson va hayvon ,ularning organizmida

sodir bo’lgan muayyan holatlar kuzatiladi va bir holatdan yoki bir harakatdan boshqa bir jismoniy
holatga o’tish , o’zgarish natijasi anglashiladi.

2. Jismoniy jarayon holatini ifodalovchi jismoniy jarayon fe’llari inson va hayvon

organizmida holatni jarayon holat sifatida ifodalaydi.Jismoniy jarayon holatini ifoda etuvchi
fe’llar jismoniy o’zgarish holatidagi fe’llardan jarayon belgisiga ko’ra farqlanadi.Bunda ham bir
holatdan boshqa bir holatga o’tish ifodalanadi.Jismoniy jarayon holatini ifodalovchi fe’llar
davomiyligi, tugallanmaganligi ,jarayon holatligi bilan ham o’ziga xosdir.

Jismoniy o’zgarish natijasida:

1 .Anvarda

qonsizlanish

va kiprik ostida harakat ko’rildi.(Abdulla Qodiriy.Mehrobdan

chayon)

2. Qovoq ostlari

ko’kargan

yonig’a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi.

3. Kumush honimning

ozg’ani

sog’inchniki.

4. Kumushbibi yillab yotguchi og’riqlardek sarg’ayib

ozg’an.

5. Burung’i to’lalig’i ketib

ozg’inlangan

va lekin bu ozg’inlik uning husniga kamchilik

bermay bilaks yuqorilatgan.

6.Shaxidbek zakotchimiz ham shu bir necha kunning orasida bir chorak

etini

yo’qotayozdi.

(O’tkan kunlar)

Jismoniy jarayon holatida:

1.Mulla Abdurahmon Safar bo’zchini mehmonxonaning daxliziga kirishdayoq ko’rib qoldi

va sariq tusi

bo’zarib ketkan

xolda ichkariga kirdi. (Mehrobdan chayon)

2. Kumushbibi yig’idan

qizarg’an

katta ochib so’radi. (O’tkan kunlar)

3.Otabek

qip –qizil qizarib

gunohkorlardek yerg’a qarag’an edi.

4.Saodat

qizarib -bo’zarib

chetga burilib olg’an edi.

5.Odatdagidan ham

rangi o’chgan

Abdurahmon bularning imo-ishoratiga ishtrok etmadi

Ushbu misollarda jismoniy jarayon fe’llari “jonli”, “harakatchan” ko’rinishga ega. Bu

jarayon asosan insonlarning muayyan a’zosi-tana, yuz a’zosi bilan bog’liq. Mazkur fe’llarga
“O’zbek tilining izohli lug’ati” da quydagicha izoh beriladi.

“Qonsizlanmoq“ - qoni , rangi qochmoq, rangi o’chmoq , oqarmoq. Safar bo’zchining bu

so’zidan imomning qonsiz rangi yana qonsizlangan, olamunchoq ko’zi allanechukholatga kirgan
edi. (Abdulla Qodiriy.Mehrobdan chayon)

“Qizarmoq”- nojo’ya, nomaqbul xatti-xarakati, aybi, qilmishi kamchiligi va shu kabilar

uchun kimsa oldida xijolat tortmoq, izza holatga tushmoq. Bu so’zdan Anvar

qizarib

ketdi. Ra’no

qog’ozdan ko’zini olib

qizardi.

Samad bo’qoq uning bu pichingidan

qizardi

. (Abdulla Qodiriy.

Mehrobdan chayon)

2

R.Rasulov O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent.2022.22-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1205

Otabek

qip-qizil qizarib

gunohkorlardek yerg’a qaragan edi. Ko’p yig’lagandan

ko’zlari

qizarg’an,

qovoqlari shishgan, yuzlari bo’rtgan. Uning yuzi uyatdan juda

qizarg’an.

Saodat

qizarib-bo’zarib

chetka burilib olg’an edi. Meni ko’rgach

qizarinib ketdi.

Kumushbibi yig’idan

qizarg’an k

o’zini kata ochib so’radi.

(Abdulla Qodiriy.O’tkan kunlar)

Bo’zarmo”

- rangi quv o’chib, oqarib ketmoq. Mulla Abdurahmon Safar bo’zchini

mehmonxonaning daxliziga kirishidayoq ko’rib qoldi

va sariq tusi bo’zarib ketkan

xolda

ichkariga qadam uzdi. Mulla Abdurahmon ham

bo’zarib oldi.

(Abdulla Qodiriy.Mehrobdan

chayon) O’zbek oyim

bo’zarib qolib

darav esiga hindining jodusi kelin tushgan edi. Saodat

qizarib

-bo’zarib

chetka burilib olg’an edi. Garchi bu ko’cha uning yuziga qizarib-oqarish va

bo’zarib – sarg’ayish

tuslari berar edi. Zaynab

bo’zarg’an h

olatda uyiga yugurib ketdi. (Abdulla

Qodiriy.O’tkan kunlar) Bo’zarmoq so’zida salbiy bo’yoqdorligi bilan o’ziga xos bo’lib, so’zlashuv
uslubida qo’llanadi.

Ko’karmoq”

– qattiq zarb, sovuq yoki boshqa biror sabab ta’sirida ko’k-qoramtir tusga

kirmoq (badan , yuz haqida). Ul titrar edi,

ko’karar edi

, to’lg’anar edi. Qovoq

ostlari ko’kargan

,

yonig’a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi. (Abdulla Qodiriy.O’tkan kunlar)

Ozmoq

” - eti qochib ,ozg’in tortmoq, ozg’inlanmoq, oriqlanmoq. Kumush honimning

ozg’ani

sog’inishniki. Kumushbibi yillab yotg’uchi og’riqlardek

sarg’ayib ozg’an.

.(Abdulla

Qodiriy.O’tkan kunlar)

Ozg’inlamoq”

– oriqlamoq, ozmoq. Misol: Burung’i to’laligi ketib, ozg’inlangan va lekin

bu ozg’inlik uning husniga kamchilik bermay, bil’aks yuqorilatgan. (Abdulla Qodiriy.O’tkan
kunlar)

Etini yo’qotmoq

” – Et oldirmoq. Ozmoq. Shaxidbek zakotchimiz ham shu bir necha

kunning orasida qarib bir chorak etini yo’qatayozdi. (A.Qodiriy Mehrobdan chayon)

Kulimsiramoq”

- miyig’ida kulmoq, iljaymoq jilmaymoq. Ko’rsam bo’ladir…-dedi va

kulimsiragansimon.

Rahmat Otabekka

kulimsirab

qaradi-da, tog’asiga javob berdi. (Abdulla

Qodiriy.O’tkan kunlar)

“Kulumsimoq

”-biroz kulmoq. Kulumsiramoq bilan ma’nodosh bo’la oladi. Mohlar oyim

kulimsidi, agar o’lmasam shu do’ndiq qizimni berib, Anvarni o’zim kuyav qilaman. Yigitcha
ro’molimni keltirdi, tusida biroz

kulimsish

bor edi. (A.Qodiriy Mehrobdan chayon)

“Kulmoq”

yuz, ko’z harakatlari yoki har xil tovush bilan hursandligini zavq-shavqini ifoda

etmoq, kulgu ifodalamoq. Xech gap deb

kuldi.

Yana

gurr etib kulib

yubordilar. Yerga tushsa

mushuk yeb qo’yadi dedi Ra’no va

kulib qotib qoldi.

(A.Qodiriy Mehrobdan chayon)

Otabekka

kulib boqdi.

Kishilarning shaqillashib so’zlashishlari, xoxolab

kulishlari

saroyni ko’kka ko’targudek. .(Abdulla Qodiriy.O’tkan kunlar)

“Iljaymoq”

ovoz chiqarmay, lab, yuz-ko’z harakati bilan kulgu ifoda etmoq. Abdurahmon

turtib qo’ydi va Anvarga ishorat qilib ana ahvol degandek

iljaydi.

(A.Qodiriy Mehrobdan chayon)

Bir turlik

iljayib

yer tagidan Hasanaliga ko’z tashladi. (Abdulla Qodiriy.O’tkan kunlar)

“Dardmanlik” –

xastalik, kasal bo’lmoq.

Shundan beri Otabek

dardmand

. Ziyo aka

ajablanib dedi- qanday dardmandlik Otabek sog’ku. (Abdulla Qodiriy.O’tkan kunlar)

3

XULOSA

3

O'zbek tilining izohli lug’ati.5 jild.Toshkent 2006.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1206

Jismoniy jarayon fe’llari tirik organizmlarning, inson va hayvon organizmining jismoniy

holatini ifodalaydi. Bu fe’llar jonli mavjudodlarning tanasida, ularning muayyan a’zolarida sodir
bo’lgan jismoniy holatni, jarayonni ifodalaydi.

Jonli mavjudod organizmida sodir bo’ladigan fiziologik o’zgarishlar orqli namoyon

bo’ladigan fe’llarni jismoniy jarayon fe’llari deb ayta olamiz.

REFERENCES

1.

O‘zbek tilining izohli lug’ati.5 jild.Toshkent 2006.

2.

R.Rasulov.O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi.Toshkent.2008.

3.

R.Rasulov O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent.2022

4.

Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. Toshkent. 2016

5.

Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. Toshkent. 2019

References

O‘zbek tilining izohli lug’ati.5 jild.Toshkent 2006.

R.Rasulov.O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi.Toshkent.2008.

R.Rasulov O‘zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent.2022

Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar. Toshkent. 2016

Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. Toshkent. 2019

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов