MENTAL PREPAREDNESS OF THE POPULATION FORN EMERGENCY SITUATIONS.

HAC
Google Scholar
To share
Abduraxmanova, S. (2024). MENTAL PREPAREDNESS OF THE POPULATION FORN EMERGENCY SITUATIONS. Modern Science and Research, 3(2), 400–405. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31008
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The procedure for preparing all segments of the population for actions in emergency situations and in the field of civil protection, as well as the actions of heads of state administration bodies, local executive bodies and other organizations, workers and employees in the prevention and elimination of emergency situations and civil protection. There are also scientifically based sources on the psychological mechanisms of providing psychological support and correction to people in extreme situations as a direct witness, perpetrator or victim of an emergency.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

FAVQULODDA VAZIYATLARGA AHOLINI RUHIY TAYYORGARLIGI.

Abduraxmanova Sayyoraxon Ro

zaliyevna

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi.

tel: +998904098202

https://doi.org/10.5281/zenodo.10971906

Annotatsiya. Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va

fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy
ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha
amalga oshiriladigan ishlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, insonlar favqulodda vaziyatga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvoh, sababchi yoki jabrlanuvchi sifatida ekstremal holatlarga tushgan paytda
psixologik zo‘riqishga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam ko‘rsatishning psixologik
mexanizmlari hamda korreksiyasi haqida ilmiy asoslangan manbalar o‘rin egallagan.

Kalit so‘zlar: Favqulodda vaziyat, strategiya, fuqaro muhofazasi, tashkilot, psixologik

himoya, ekstremal vaziyat, psixologik zo‘riqish, stress, o‘z-o‘zini nazorat qilish, qutqaruv,
jabrlanuvchi, muloqot, trening, psixologik konsultatsiya, xavfli vaziyat, motivatsiya.

MENTAL PREPAREDNESS OF THE POPULATION FORN EMERGENCY

SITUATIONS.

Abstract. The procedure for preparing all segments of the population for actions in

emergency situations and in the field of civil protection, as well as the actions of heads of state
administration bodies, local executive bodies and other organizations, workers and employees in
the prevention and elimination of emergency situations and civil protection. There are also
scientifically based sources on the psychological mechanisms of providing psychological support
and correction to people in extreme situations as a direct witness, perpetrator or victim of an
emergency.

Keywords: Emergency, strategy, civil defense, organization, psychological protection,

extreme situation, mental stress, stress, self-control, rescue, victim, communication, training,
psychological counseling, dangerous situation, motivation.

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА НАСЕЛЕНИЯ К ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ

СИТУАЦИЯМ.

Аннотация. Порядок подготовки всех слоев населения к действиям в чрезвычайных

ситуациях и в сфере гражданской защиты, а также действия руководителей органов
государственного управления, местных исполнительных органов и иных организаций,
рабочих и служащих при предупреждении и ликвидации чрезвычайных ситуаций и
гражданской защиты. Имеются также научно обоснованные источники о
психологических механизмах оказания психологической поддержки и коррекции людям,
находящимся в экстремальных ситуациях в качестве непосредственного свидетеля,
виновника или жертвы чрезвычайной ситуации.

Ключевые слова: Чрезвычайная ситуация, стратегия, гражданская оборона,

организация, психологическая защита, экстремальная ситуация, психическое напряжение,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

стресс, самоконтроль, спасение, пострадавший, общение, обучение, психологическое
консультирование, опасная ситуация, мотивация.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Aholini

favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 754-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, aholining barcha qatlamlarini
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi,
shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa
tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va
ko‘nikmalarini hosil qilish, aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida
band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalarini
favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish kabi bir qator chora-
tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu amalga oshiriladigan ishlarning asosiy mazmun-mohiyati
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
tadbirlariga metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish va nazorat qilish ko‘zda tutilgan [1,
1-b].

Insonlar, favqulodda vaziyatga to’g’ridan-to‘g‘ri guvoh, sababchi yoki jabrlanuvchi

sifatida ekstremal holatlarga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli, odamlarning keskin
holatlarga tushishiga javoban, ularda psixologik kechinmalarni yuz berishini inobatga olish zurur[
2, 5-b].

Ekstremal vaziyatlarda psixologik zo‘riqishga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam

ko‘rsatishda juda muhim bir holatga e’tibor berish lozim: haqiqiy ofat, favqulodda vaziyatning
ta’siri tugagandan so‘ng, sodir etilgan voqealarni anglab olish jarayonida boshlanadi. Aynan shu
kategoriyadagi jabrlanuvchilar psixologik yordamga juda muhtoj bo‘ladilar.

Ta’kidlash kerakki, jabrlanuvchi va ularning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatishda

ekstremal yo‘nalishdagi psixolog-mutaxassislar ish olib boradilar. Tushkunlikka tushib qolgan
insonlarga atrofida sodir bo‘layotgan voqea hodisalarni anglab yetish qiyin kechadi, ushbu
voqealarni anglab olmaganidan nima bo‘layotganini so‘zlab bera olmaydi. Jumladan,
qutqaruvchilar bilan individual suhbat va konsul’tatsiya o’tkazilib boriladi. Qolaversa,
qutqaruvchilar faoliyatida psixologik emotsional zo’riqishlarning oldini olish hamda ularni turli
kutilmagan hodisalarga tayyor turishlari uchun psixologik ko‘mak berish bo‘limi psixologlari
tomonidan trening hamda relaksatsiya trening-mashg‘ulotlari o‘tkazilib boriladi. Ish jarayonida
turli psixokorreksion va terapevtik metodlardan foydalaniladi. Ushbu faoliyatning negizida asosan
stress holatlarning oldini olish birinchi o‘rinda turadi. Bo‘lim mutaxassislari qutqaruvchilarning
murakkab sharoitli faoliyatida nostandart holatlarga psixologik jihatdan tayyor turishlarini
ta’minlashga harakat qiladilar.

Odatda, kuchli psixologik deformatsiyani boshidan o‘tkazgan kishilarda qo‘rquv,

umidsizlik holatlari yuzaga keladi, bunday taziyqlarga dosh berish uchun kuchli iroda, chidam
zarur bo‘ladi. Bu o’rinda psixologik bosimlarni yengib o‘tish uchun zarur amaliy yordam olish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

imkoniyatini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. “Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy
vazifasi favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo bo‘lgan holatlarning oldini olish, yangi sharoitga
moslashuv jarayonini anglash, shaxsning adaptiv va kompensator resurslarini aktivlashtirish kabi
ishlarni amalga oshiradi”. Jabrlanuvchilarga samarali psixologik yordam ko‘rsatish natijasi bu
ekstremal, favqulodda vaziyatlarda insonning psixologik holatini yengillashtirish hisoblanadi [2,
13-b].

Ma’lumki, favqulodda vaziyat e’tiqodlar, turmush tarzi, vaziyat va his-tuyg‘ularning

o‘zgarishi yoki voqealar markazida bo‘lgan odamlarning hayotiy tajribalari mavjud bo‘lgan
dinamikaning mexanizmini ishga tushirish uchun kelajakdagi o‘zgarishlarning boshlang‘ich
nuqtasi bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat jabrlanganlarga, balki ularga yordam beradigan
mutaxassislarga ham tegishli. Odatda, favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan odamlar, ular uchun
boshqa odamlarning qayg‘usi va azob-uqubatlarini ko‘rgan narsalar izsiz o‘tmasa-da, o‘zlarida
qanday iz qoldirganini o‘ylamaydilar. Shubhasiz, favqulodda vaziyatlarning psixologik, aqliy o‘z-
o‘zini boshqarish qobiliyatlari haqida yetarli bilimga ega bo‘lmagan holda, ekstremal holat
mutaxassislari kelajakda farovonlikning yomonlashishiga ko‘proq moyil bo’ladi.

Mutaxassislar o‘z hayotlarida hech qanday ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatadigan xulq-

atvorning himoya uslubiga ega. Ular orasida psixikani buzadigan favqulodda vaziyat omillarining
ta’siridan konstruktiv ravishda himoya qilishga yordam beradigan va kasallikka olib keladigan,
ahvolning yomonlashuviga olib keladigan narsalar mavjud. Ish tugaganidan keyin salbiy
reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin, uyqu buzilishi, past darajadagi kayfiyatning ustunligi. Odatda,
reaksiyalar qaytib kelgandan keyin qisqa vaqt ichida davom etishi mumkin.

Bu vaqt ichida organizm asta-sekin tiklanadi.
Favqulodda vaziyatlarda ishlaydigan psixologning professional yukida mudofaa xatti-

harakatlarining konstruktiv uslublari mavjud, ular aniq ko‘nikmalarga ega, favqulodda vaziyatda
ishlashning hissiy taassurotlarini “omon qolish”, tushunish, “ishlash” imkoniyati mavjud. Xuddi
shu bilim qutqaruvchilarga, o‘t o‘chiruvchilarga yordam berishi mumkin.

Ekstremal vaziyat mutaxassislari, boshqalar kabi, kasb-hunarga moslashish, kasbiy

rivojlanish bosqichlari orqali o‘tadi [2, 34-b].

Turli omillar bilan bog‘liq bo‘lgan ekstremal vaziyatning namoyon etilishi insonning

psixologik tabiatiga bevosita salbiy ta’sir etishi shubhasizdir. Natijada insonda muayyan
darajadagi depressiv holatlarning namoyon etilishi kuzatiladi. Ushbu depressiv holatdan chiqish
uchun esa albatta insonga psixologik xizmat ko‘rsatish zarurdir. Buning uchun esa eng avvalo
ekstremal holatni keltirib chiqaruvchi psixo-emotsional omillarni bilish talab qilinadi.

Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:
1. Xavfli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi turli xil emotsiogen harakatlarning namoyon

etilishi.

2. Ayni paytdagi zarur axborotlarning taqchilligi va vaziyatni yumshatishga qaratilgan

axborotlarning yo‘qligi.

3. Psixologik, jismoniy va emotsional zo‘riqishlarning haddan tashqari ortib ketishi.
4. Noqulay ob-havo ta’siri: o‘ta issiq harorat, o‘ta sovuq harorat, kislorod havoda

yetishmasligi va boshqalar.

5.Ocharchilik, qurg‘oqchilikning boshlanishi va boshqalar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

Yana shuni alohida qayd etish lozimki, ekstremal vaziyatlarda inson organizmida stress

holatiga tushish ko‘proq kuzatiladi. Insonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish uchun esa stressning
moxiyati va kelib chiqish sabablarini bilish juda muhimdir. Binobarin, stressni o‘rganish bo‘yicha
dunyoda yirik mutaxassis, Nobel mukofoti sohibi, yetuk fiziolog olim Gans Sel’ye (1907-1982)
hisoblanadi. Olimning fikricha, stressga tushgan bemorlarda dastavval ishtahaning yo‘qolishi,
harakatning susayishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi, tushkunlik holatlari ko‘proq kuzatiladi.
G.Sel’ye mazkur stress belgilarini “oddiy kasallik belgisi” deya belgilaydi [4, 58-b].

O‘zbekistonda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy

va ma’naviy islohotlarning tub negizida eng avvalo har bir insonning qadr-qimmati, aql-zakovati,
ma’naviy salohiyati va o‘ziga xos ijtimoiy psixologik taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillar yotadi.

Zero, bu omillarni har jihatdan himoya qilish bashariyatning eng oliy ne’mati hisoblangan

shaxsni himoya qilish demakdir. Shu bilan birga shaxsdagi o‘zini o‘zi turli xil
muvaffaqiyatsizlikdan, turli xil salbiy holatlarga tushib qolishdan himoya qila olish tizimini
o‘rganish, tadqiq qilish va rivojlantirish masalasi ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etishini
unutmaslik kerak bo‘ladi.

Chunonchi o‘tkazilgan barcha nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy amaliy

xulosalar yotadi:

1. Ekstremal psixologiyadagi ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlar tahlili shaxs uchun

harakterli bo‘lgan o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish jarayonini maxsus tahlil qilishga
bag‘ishlangan tadqiqotlarning nihoyatda taqchil ekanligini ko‘rsatadi. Holbuki, har qanday
shaxsning taraqqiyotiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan turli xil muvaffaqiyatsizliklar, ichki
ziddiyatlar, yuqori darajadagi stress holatlari shaxsda psixologik himoya qila olishga tayyorlaydi.

2. Tanlangan va ishlab chiqilgan usullar majmuasini qo‘llash tizimli tarzda tashkil etilgan

psixologik xizmat jarayonida shaxsga xos bo‘lgan psixologik himoya mezonlari va uning iyerarxik
tizimiga oid ko‘rsatkichlar dinamikasini o‘rganish va tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi.
Jumladan, Riks-Uessman shkalasi bo‘yicha o‘zini o‘zi hissiy baholash me’yorlari, Ch.D.Spilberg
tomonidan yaratilgan “Reaktiv va shaxsiy xavotirlik shkalalarini o‘rganuvchi metodika”si
yordamida shaxsning xavotirlik xususiyatlari, doirasidagi mutanosiblik ko‘rsatkichlari shaxs
uchun xarakterli bo‘lgan psixologik himoya omillari haqidagi yangi ma’lumotlar beradi.

3. Bugungi psixologik xizmat jarayonida shaxs o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish

jarayoniga ta’sir qiluvchi va ayni paytda tadqiqot predmetiga aylantirilgan mezonlarning har biri
o‘ziga xos himoya omili, belgisi, dinamikasi va iyerarxik tizimiga ega ekanligi va bu umumiy
psixologik himoyaning bir-biriga bog‘liq iyerarxik zanjirni mustahkamlashga hamda
mukammallashtirishga xizmat qilishi bilan alohida xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan mazkur
mezonlar talqini shaxsning o‘zini o‘zi psixologik himoya qilish tizimi haqida empirik ma’lumotlar
berish mumkinligini isbotladi.

4. Riks-Uessman shkalasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan empirik ma’lumotlar tahlili

shaxslardagi o‘zini o’zi psixologik himoya qilish jarayonining kechishi aksariyat hollarda
o‘smirlardagi maktab hayotiga, o‘z-o‘ziga, shaxslararo umumiy muloqotga bog‘liq bezovtalik
me’yorlariga, shuningdek, shaxslar faolligini ta’minlovchi xotirjamlik, g‘ayrat-shijoatlilik, hissiy
ko‘tarinkilik,

o‘z-o‘ziga

ishonchlilik

sifatlariga

mutanosiblik

yoki

nomutanosiblik

ko’rsatkichlarining namoyon etilishi bilan bog’liqligini ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

Jumladan, qayd etilgan mutanosiblik ko‘rsatkichlarining ortib borishi, shaxsdagi

psixologik himoya imkoniyatlarining tobora kengayib borishiga olib kelishi mumkin.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi eng avvalo inson shaxsi va

uning manfaatlarini himoya qilishga, qolaversa, har bir shaxsning ijtimoiy-psixologik
taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda, mamlakatimizda hozirgi zamon ilg‘or

psixologiyasi yutuqlarini hayotga tadbiq etish zaruriyatini hisobga olib, shaxslardagi psixologik
himoya jarayoni bilan bog‘liq holatlarni to‘g‘ri tushunish, tadqiq qilish va uning bugungi
yoshlarimizni tarbiyalash ishidagi ulushini oshirishga qaratilgan quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab
chiqildi.

1. Bugun respublikamizda faoliyat yuritayotgan favqulodda vaziyat xodimlari, yong‘in

xavfsizligi xodimlari va ekstremal holatlarga tushib qolgan shaxslar

bilan hamkorlikda shaxslar

uchun zarur bo‘lgan ishlar dasturini tuzishlari va shu dasturga mos psixologik himoya jarayonini
o‘rganishga qaratilgan tadbirlarni belgilashlari zarur.

2. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan psixologlarga psixologik xizmatning ish

mazmunini tashkil etuvchi “Nizom”ga qo‘shimcha ravishda amaliyotchi - psixologlar bajarishi
lozim bo‘lgan quyidagi vazifalarni tavsiya etamiz:

- faoliyat va individual imkoniyatlar o‘rtasidagi adekvatlikning qay darajada tarkib

toptirilayotganligini aniqlash, har bir shaxsdagi mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish bilan
bog‘liq individual uslubni aniqlash, mehnat faoliyati jarayonida har bir shaxsning o‘zini o‘zi
muvaffaqiyatli idora qilishning ta’minlanishi bilan bog‘liq me’yoriy hissiy faollik
ko‘rsatkichlarini aniqlash;

- ota-onalar, tezkor xizmat xodimlari, o‘rtasida psixologik himoya imkoniyatlari va

istiqbollari xususida maxsus tushuntirish ishlarini olib borish talab etiladi;

- har bir shaxs uchun xarakterli bo‘lgan faoliyatdan qoniqishga nisbatan psixologik himoya

iyerarxiyasining qaror toptirilishiga xizmat qiluvchi, rivojlantiruvchi korreksion ishlar rejasini
ishlab chiqish va uni amalga oshirish kerak bo‘ladi;

- har bir shaxsning psixologik himoya imkoniyatlaridan kelib chiqib, mehnat faoliyati

talablarini bajarish bilan bog‘liq muvaffaqiyatlarga erishish, ayni paytda, turli xil
muvaffaqiyatsizliklarga uchramaslik uchun tegishli yakka hol maslahatlar berib borish bilan birga,
mazkur shaxsning faoliyatga nisbatan muvaffaqiyatli individual uslubni rivojlantirish uchun
tegishli shart-sharoit yaratilishini ta’minlovchi tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
etadi;

O‘ylaymizki, mazkur vazifalarning muntazam ravishda amalga oshirilishi psixologik

himoya samaradorligini ta’minlashda, ayni paytda shaxsdagi psixologik himoya omillarini tadqiq
qilish bilan bog’liq ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat samaradorligini yuksaltirishni
ta’minlaydi. Ya’ni, eksremal va favqulodda vaziyatlarda shaxsni o‘rganish va unga psixologik
ta’sir qilish mexanizmlaridan xabardor bo‘lish har bir soha mutaxassislaridan juda katta mahorat
talab etadi.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

REFERENCES

1.

“Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida
tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-son Qarori.

2.

Аvezov О.R. “Ekstremal vaziyatlar psixologiyasi”. Darslik. B: “Durdona” nashriyoti, 2020.

3.

Атватер И., Даффи К. Психология для жизни. М. 2008.

4.

Судаков К.В

.

Социальные и биологические аспекты психо-эмоционального стресса:

пути защиты и его нежелательных последствий. Вестник междунар. Академии наук
(Русская секция). 2006. № 1. С. 8-14.

5.

https://lex.uz/acts/4508476.

References

“Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-son Qarori.

Аvezov О.R. “Ekstremal vaziyatlar psixologiyasi”. Darslik. B: “Durdona” nashriyoti, 2020.

Атватер И., Даффи К. Психология для жизни. М. 2008.

Судаков К.В. Социальные и биологические аспекты психо-эмоционального стресса: пути защиты и его нежелательных последствий. Вестник междунар. Академии наук (Русская секция). 2006. № 1. С. 8-14.

https://lex.uz/acts/4508476.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов