OBJECTIVES OF THE TALIS INTERNATIONAL PROGRAM AND RESEARCH

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bekova , M. (2023). OBJECTIVES OF THE TALIS INTERNATIONAL PROGRAM AND RESEARCH. Modern Science and Research, 2(6), 81–84. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20848
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article aims to reveal the effectiveness and essence of the TALIS international assessment program, as well as the principles of its operation, the results of its use in different countries.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

81

TALIS XALQARO DASTURI VA TADQIQOTLARINING

MAQSAD-VAZIFALARI

Bekova Mahkamtosh Kupaysinovna

Oriental universiteti ta’lim menjmenti yo‘nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8000823

Annotatsiya.

Ushbu maqola TALIS xalqaro baholash dasturining ishlash prinsiplari, turli

mamlakatlardagi qo`llanilganlik natijalari o`laroq smamaradorligi va mohiyatini ochib berishga
qaratilgandir.

Kalit so’zlar:

reyting, talabalar, pedagog, boshqaruv, tizimli yondashuv, tamoyil,

moslashuvchanlik, kadrlar, ta’lim inspeksiyasi, rahbarlar boshqaruvi.

OBJECTIVES OF THE TALIS INTERNATIONAL PROGRAM AND

RESEARCH

Abstract.

This article aims to reveal the effectiveness and essence of the TALIS

international assessment program, as well as the principles of its operation, the results of its use
in different countries.

Key words:

rating, students, pedagogue, management, systematic approach, principle,

flexibility, personnel, educational inspection, leadership management.

ЦЕЛИ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ И ИССЛЕДОВАНИЙ TALIS

Аннотация.

В данной статье ставится цель раскрыть эффективность и суть

международной оценочной программы TALIS, а также принципы ее работы, результаты
ее использования в разных странах.

Ключевые слова:

рейтинг, студенты, педагог, управление, системный подход,

принцип, гибкость, персонал, образовательная инспекция, руководство.


TALIS o‘qituvchilar va maktab rahbarlarning kasbiy va pedagogik rivojlanishi,

shuningdek, ta’limdagi muhit va sharoitlar haqida tegishli tahlillarga imkon beruvchi aniq
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ishonchli va taqqoslanadigan ma’lumotlarni ishlab chiquvchi tadqiqotdir;

TALIS tadqiqoti 2008, 2013 va 2018-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, keyingi tadqiqot 2024-

yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan;

Tadqiqot doirasida hukumatlar, xalqaro konsorsium, OECD va o‘qituvchilar kasaba

uyushmalari o‘rtasidagi hamkorlikda ishlar tashkil etiladi;

Tadqiqot o‘qituvchilar va maktab direktorlariga ta’limni tahlil qilish va ta’lim siyosatining

asosiy sohalarida qarorlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatini beradi;

Tadqiqot o‘zi kabi qiyinchiliklarga uchrayotgan mamlakatlarga boshqa davlatlar bilan

solishtirish va siyosiy yondashuvlar bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradi;

TALIS 2018 tadqiqoti TALIS 2013 tadqiqotining muvaffaqiyatiga asoslanadi, unda

maktab rahbariyati, o‘qituvchilarning professional muhiti, o‘qitish sharoitlari, maktab va
o‘qituvchilarning samaradorligiga katta e’tibor qaratiladi. TALIS 2018 tadqiqotining o‘ziga xos
mazmuni ishtirokchi davlatlar tomonidan yangi ko‘rsatkichlarni kiritish imkoniyati bilan ustuvor
reyting mashg‘ulotlari orqali belgilanadi. TALIS 2018 tadqiqoti TALIS 2013 tadqiqoti bilan bir
xil tarkibga ega bo‘lib, quyidagi sohalarda tadqiqot olib boradi: o‘qituvchilarning ta’lim amaliyoti
sifati va o‘qitishga bo‘lgan ishonchlari;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

82

Ta’lim muhiti: o‘qituvchilar va maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari; maktabdagi

boshqaruv tizimining ahamiyati;

o‘qituvchilarning kasbiy amaliyotlari va sinf muhitini o‘rganish;
o‘qituvchi va boshlang‘ich ta’limning o‘zaro muvofiqligi;
kasbiy rivojlanish, baholash va o‘zaro fikr-mulohaza almashish orqali o‘qitishni

takomillashtirish;

maktab va ta’lim muhiti hamda tizim vakillari o‘rtasidagi aloqalarning o‘zaro muvofiqligi;

o‘qituvchining shaxsiy samaradorligi va o‘z ishidan qoniqishi hamda ularning ahamiyati;

sinfda o‘qituvchilarning yangiliklarga ochiqligi;
sinfdagi o‘zaro tenglik va xilma-xillik bilan bog‘liq muammolar.
TALIS tadqiqotining natijalari jamiyatimizda tizimning barcha vakillari uchun muhim

masalalar bo‘yicha, jumladan, muntazam kasbiy rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish,
o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlik va ularning kundalik faoliyatlaridagi baholash hamda o‘zaro
fikr-mulohaza almashishning kelgusidagi manfaatli jihatlari borasida munozaralarni keltirib
chiqardi. Bu ikki yo‘nalish, baholash va o‘zaro fikr-mulohaza almashish Ispaniyada
o‘qituvchilarning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini oshirish vositasi sifatida yanada
rivojlantirilishi kerak. Bu muhim bosqich, chunki TALIS tadqiqotida ta‘kidlanganidek,
o‘qituvchilar ta’lim tizimimizda muhim rol o‘ynaydi va ularning jamiyatdagi qadr-qimmati
beqiyosdir. Montserrat Gomendio, Tadqiqotning ishtirokchi mamlakatlar uchun foydali jihatlari
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Ta’lim va ko‘nikmalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,
Ispaniyaning ta’lim, kasb-hunar ta’limi va universitetlar bo‘yicha sobiq davlat kotibi va ishtirokchi
davlatlar TALIS kengashining sobiq raisi

TALIS - bu o‘qituvchilarning qarashlarini o‘rganuvchi yagona xalqaro tadqiqotdir. Ushbu

tadqiqot mamlakatlarning o‘qituvchilar siyosatini rivojlantirish uchun muhim dalillarni taqdim
etadi. Biz bilamizki, o‘qituvchilarning ovozi ta’lim islohotlarining barqaror va samarali
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. TALIS tadqiqoti o‘qituvchilarning ish faoliyatlaridagi
kundalik haqiqatiga e’tibor berganligi sababli, ushbu kasb egalarini TALIS tadqiqotida ishtirok
etishga qiziqishlarini orttiradi. TALIS 2013 tadqiqotining asosiy ma’lumotlaridan biri shundaki,
shaxsiy manfaati yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar, ta’lim berishdan ko‘proq zavqlanadilar hamda
yangilikka moyil bo‘ladilar, bundan farqli o‘laroq o‘ziga ishonchi bo‘lmagan o‘qituvchilar
bolalarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladilar. Har ikki xalqaro ta’lim - o‘qituvchilar uyushmalari
global federatsiyasi va OECD kasaba uyushmasining maslahat qo‘mitasi TALIS 2013ni qo‘llab-
quvvatladi. Uning natijalari nafaqat o‘qituvchilar va ularning uyushmalari o‘rtasida milliy, balki
xalqaro miqyosda o‘qituvchilik kasbiga bag‘ishlangan xalqaro sammitda siyosiy muhokamalarini
boyitadi. John Bangs, OECD Kasaba uyushmasining maslahat qo‘mitasi ta’lim, o‘qitish va bandlik
siyosati bo‘yicha ishchi guruhi raisi

Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

(OECD) tashkiloti vakillari oʻrtasida Oʻzbekistonning 2024-yilgi Taʼlim berish va oʻqitish sifatini
baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bagʻishlangan onlayn
uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiyaning tegishli

boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

83

OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi,
xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar

faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro
tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro
baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda iyun oyida eʼlon
qilingan edi.

Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-

sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni
koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim
etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro
darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.

Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini

obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va
kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi.

TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar

orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab
olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori
qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash
va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan
maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi
taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib,
natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro
miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.

Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va

direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham
taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini
ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga
xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD
vakilining taqdimotida.

TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar

orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab
olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori
qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash
va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida jarayonni PISA tadqiqoti
oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.
Tadqiqotning maqsadi shuki, taʼlim muassasalaridagi ahvol, oʻqituvchilarning faoliyatidagi
muammolar tizimli tahlil qilinib, natijalar individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili
asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS

tadqiqotida ishtirok etishi masalasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi qarorida belgilangan
boʻlib, ushbu tadqiqotda qatnashish boʻyicha Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

natijasida tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi. Tadqiqotda ishtirok
etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga
oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.

Ma’lumki, hozirgi Xalqaro baholash dasturlari PISA, PIRLS, TALISS haqida bir qancha

ma’lumotlarga ega bo`ldik. Bu baholash dasturlarining dunyo miqyosidagi qo`llanilish o`rinlariga,
ishlash prinsiplariga e’tibor beradigan bo`lsak, har biri o`quvchining maktab jarayonida olayotgan
bilimlari, malakasi va ko`nikmalarini rivojlantirishga yo`naltirilganligini ko`rishimiz mumkin.

Aytish joizki,bizning ta’lim dasturlarimizda ham shunda baholash tizimidan foydalanish,

o`quvchilarimizning faqatgina nazariy bilimini emas, balki o`rgangan bilimlarini amaliyot bilan
bog`lay olish ko`nikmalarini rivojlanishiga katta hissa qo`shadi.Shu o`rinda mamlakatimizda ham
xalqaro baholash dasturlarini amaliyotda qo`llash, o`quvchilarga shunday dasturlardagi kabi
testlar,s o`rovnomalar o`tkazish, xalqaro baholash dasturlari o`tkazilayotgan konferensiylalrda
qatnashish va tadqiqotlarni amalga oshirish borasidagi qilayotgan izlanishlari maqsadga
muvofiqdir.Bu borada Avloniy nomidagi institut xodimlarining olib borayotgan faoliyatlari
taxsinga sazovordir.Endilikda maktablarda ham PISA dasturi bo`yicha bahoash amalga oshirilishi,
o`quvchilarni bilim olish bilan bir qatorda, hayotiy tajribalarga ham o`rgatish, turli muammolarga
yechim toppish, turli vaziyatlarga baho berish kabi inellektual bilimlarini ham rivojlantirish
maqsad qilib olingan.

O`ylaymizki, bu tadqiqotlar samarasi o`quvchilarimiz bilimida, faoliyatida sezilarli natija

beradi.


REFERENCES

1.

Kulnevich V.N. Ta'lim jarayoni sifatini boshqarishni baholash mezonlari.
Munitsipal ta'lim sohasida ta'lim sifatini boshqarish. Viloyat avgust
konferensiyasida ma’ruza. - Rostov n/a, 2001 yil.

2.

Velkov I.G. Rahbarning shaxsiyati va boshqaruv uslubi. - M., 1993 yil.

3.

Konarjevskiy Yu.A. Boshqaruv va maktab ichidagi boshqaruv. M .: "Pedagogik
qidiruv" markazi, 2000.

4.

Timoti Uoker “Finlandiya ta’lim mo`jizasi” Global books” Toshkent-2023,

5.

6-8 betlar

6.

https://m.kun.uz/uz/news/2018/07/31/uzbekiston-pisa-va-talis-halkaro-
tadkikotlarida-istirok-etadi-angi-millij-markaz-taskil-etiladi netdan olindi.

7.

Andreas Shlyaher Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Ta’lim va
ko‘nikmalar bo‘yicha direktori jurnalistlarga bergan nutqidan.

8.

Andreas Shlayxr” Jahon miqyosidagi ta’lim”
https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/07/schleicher/

9.

PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA 2021 Creative

10.

Thinking Framework (Third Draft))/ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti/

11.

Umumiy tahrir – U.Sharifxodjayev, D.Norboyeva / Tarjima – M. Maxsudov/ Xalq

12.

ta’limi vazirligi – Toshkent, 2020-yil, 76 bet.


References

Kulnevich V.N. Ta'lim jarayoni sifatini boshqarishni baholash mezonlari. Munitsipal ta'lim sohasida ta'lim sifatini boshqarish. Viloyat avgust konferensiyasida ma’ruza. - Rostov n/a, 2001 yil.

Velkov I.G. Rahbarning shaxsiyati va boshqaruv uslubi. - M., 1993 yil.

Konarjevskiy Yu.A. Boshqaruv va maktab ichidagi boshqaruv. M .: "Pedagogik qidiruv" markazi, 2000.

Timoti Uoker “Finlandiya ta’lim mo`jizasi” Global books” Toshkent-2023,

6-8 betlar

https://m.kun.uz/uz/news/2018/07/31/uzbekiston-pisa-va-talis-halkaro-tadkikotlarida-istirok-etadi-angi-millij-markaz-taskil-etiladi netdan olindi.

Andreas Shlyaher Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Ta’lim va ko‘nikmalar bo‘yicha direktori jurnalistlarga bergan nutqidan.

Andreas Shlayxr” Jahon miqyosidagi ta’lim” https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/07/schleicher/

PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA 2021 Creative

Thinking Framework (Third Draft))/ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti/

Umumiy tahrir – U.Sharifxodjayev, D.Norboyeva / Tarjima – M. Maxsudov/ Xalq

ta’limi vazirligi – Toshkent, 2020-yil, 76 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов