THE GENESIS OF THE IMAGE OF AN INTELLECTUAL IN UZBEK LITERATURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Maxmidjonov, S. (2023). THE GENESIS OF THE IMAGE OF AN INTELLECTUAL IN UZBEK LITERATURE. Modern Science and Research, 2(6), 1231–1235. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21641
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article reflects on the image of the intellectual and the genesis of the image of the intellectual in Uzbek literature. The first manifestations of the image of the intellectual artistic works were interpreted in reverse.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1231

O‘ZBEK ADABIYOTIDA ZIYOLI OBRAZINING GENEZISI

Maxmidjonov Shoxruxbek Dilshod o‘g‘li

FarDU, Adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8081091

Annotatsiya

.

Ushbu maqolada ziyoli obrazi va o‘zbek adabiyotida ziyoli obrazining

genezisining haqida fikr yuritilgan. Ziyoli obrazining ilk ko‘rinishlari badiiy asarlar orqli talqin
qilingan.

Kalit so‘zlar:

Badiiy adabiyot, badiiy obraz, ziyoli shaxs, olim inson, mif, xalq og‘zaki

ijodi, ageografik asarlar.

ГЕНЕЗИС ОБРАЗА ИНТЕЛЛИГЕНТА В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

В этой статье рассматривается образ интеллигента и генезис образа

интеллигента в узбекской литературе. Первые проявления образа интеллектуала
интерпретировались через художественные произведения.

Ключевые слова:

Художественная литература, художественный образ,

интеллектуальная личность, ученый человек, миф, устное народное творчество,
агеографические произведения.

THE GENESIS OF THE IMAGE OF AN INTELLECTUAL IN UZBEK

LITERATURE

Abstract.

This article reflects on the image of the intellectual and the genesis of the image

of the intellectual in Uzbek literature. The first manifestations of the image of the intellectual
artistic works were interpreted in reverse.

Key words:

Fiction, artistic image, intellectual personality, scientist Man, myth, folk oral

creativity, ageographic works.


Adabiyotning insonni ruhiyatini poklovchi axloqini tarbiyalovchi tafakkurini o‘stiruvchi

buyuk mo‘jizadir. U misilsiz fikrlar g‘oyalar manbai hisoblanadi. Unda turli zamonlarda yashagan
turli xarakterdagi kishilarning fikrlari, o‘ylari, orzu-umidlari, jamiyatdagi falsafiy, diniy, siyosiy
qarashlari aks etgan bo‘ladi. M.Gorkiy ta’rifi bilan aytganda, adabiyot “insonshunoslikdir”. Inson
va uning dunyosini so‘z vositasida tasvirlash san’atidir. Parvardigor olamlarni yaratar ekan asl
maqsadi inson edi. Olam Parvardigorning husn-u jamoli uchun ko‘zgu bo‘lsa, inson bu ko‘zguning
mahzaridir. Yaratganning qudrati, ilm-u karomati, sir-u asroridir. Ollohning ilmi va ishqining
xazinasidir. Shu ma’noda insonshunoslik bo‘lgan adabiyot boshqa san’at sohalaridan murakkab
va muqaddasligi bilan ahamiyatli.

Adabiyot iste’dodlari orqali insonni tarbiyalaydi. Uning dunyoqarashini saviyasini, didini,

ezgulik va yovuzlikka doir munosabatini yuksaltiradi. Davrlar o‘tishi bilan adabiyotning obrazlar
tizimida ham o‘ziga xos evrilishlar, yangilanishlar yuz berdi. Har qanday adabiyot o‘z davrining
ko‘zgusi. Ma’lum bir ma’noda o‘sha davr tafakkurini, yashash davrini aks ettiradi. Shu sababli har
bir davr ijodkorlari o‘z yaratgan qahramonlari bilan adabiyot olamida buyuklik kasb etgan.
Adabiyot hamisha odamlarni hayoti, ong-u shuurini yuqori ko‘tarishga, o‘zligini anglashga
undaydi. Shunday ekan badiiy adabiyot olamida odamlarni oldinga boshlaydigan, ibrat bo‘larlik
qahramonlar yaratish dolzarb bo‘lib kelgan. Adabiyotda xalq intilgan, ishongan ziyoli qatlami
borki, ular har davr uchun muhim vazifalarni bajaruvchisi hisoblangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1232

Ziyoli arabcha “ziyo” ya’ni nur tarqatuvchi ulashuvchi fikri ravshan, ongli, kimsa degan

ma’noni bildiradi. Hatto ba’zi bir xalqlar biz tushungan ma’nodagi ziyoli so‘zi o‘rniga “oydin”,
“oydinlar” deb ataydi. Masalan, turklarda bu atama keng tarqalgan. Bundan tashqari, “intelgent”,
“intelgentsiya” (lotincha intellestus so‘zidan olingan) atamasi aql, zakovat, ong, idrok, insonning
fikrlash qobiliyati, degan ma’noni anglatadi. Lug‘atlarda ko‘rsatilishicha, “intelligentsiya”
“professional tarzda aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan va buning uchun zarur bo‘lgan maxsus
ma’lumotga ega ijtimoiy tabaqa”. Bunga injenerlar, texniklar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar,
huquqshunoslar, fan va san’at arboblari ham kiradi. Bu ta’rif, umuman, to‘g‘ri, biroq uning
istisnolari ham bor. “Hayotda maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan, aqliy mehnat bilan
shug‘ullanmaydigan, lekin aql-zakovati o‘tkir, teran fikrlaydigan, narsa va hodisalarning
mohiyatini chuqur idrok etaladigan oddiy odamlar ham tez-tez uchrab turadi”.

1

Insonning tabiat va olam haqidagi tasavvurlaridan iborat bo‘lgan dastlabki mifologik

tafakkurlar zamirida ham qadimgi ajdodlarimizning olamni tushunishga va olamda o‘z o‘rnini
anglashlariga bo‘lgan intilishlarini aks ettiradi. Shunga ko‘ra, mifologiya insoniyat ma’naviy
tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Ibtidoiy tafakkur shaklida dastavval shunday
obrazlar yaratildiki, bular xalq ishonchini, e’tiqodi ramziga aylandi. Bu хil obrazlar ma’budlar,
хudоlar, hоmiy kultlar, titan, pahlavоn, asоtir, pirlar, muqaddas kuchlar ko‘rinishida o‘z aksini
topdi. Ularning har biri o‘zida timsоliy ma’nо tashib, urug‘, elat, qabila ishоnchi, e’tiqоd
madadkоriga aylangan. Afsоna namunalari qadimgi turkiy qavmlar оrasida yaratilgan tariхiy
manbalar, yodnоmalar, “Avеstо” tarkibi, islоm suralarida bizgacha yеtib kеlgan. Mazkur tip
оbrazlarning ijоbiy namunalari ezgulik atо etuvchi tinchlik, оsuda hayot, ezgulikni ulug‘lash,
yovuzlikni qоralash kabi yеtakchi g‘оyalarni ilgari suradilar. Ibtidоiy tushunchalarga ko‘ra
g‘ayritabiiy hоdisalarga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’budlar, ilоhlar, vоqеlikka e’tiqоd zaminida paydо
bo‘lgan irim-sirim, urf-оdat, qadimiy dunyqarash, tasavvurlar zamirida yaratilib shakllangan
mazkur mifоlоgik оbrazlarning har biri ijtimоiy haytga mansub turli xil sоhalardan birining
bоshqaruvchisi sifatida faоliyat ko‘rsatadi. Ular mazmuni, funktsiyasi e’tibоri bilan ikki хil tipga
bo‘linadi. Birinchi guruhni ma’budlar, ilоhlar tashkil etadi. Bular: Хumо – baхt tоlе, davlat хudоsi,
Anaхita – suv ma’budasi, Хubbi

suv хudоsi, Mirriх – urush, g‘alaba хudоsi, Mitra – quysh,

yorug‘lik хudоsi, Qayumars, Yima ezgulik tangrisi, Nahit – оbоdlik, farоvоnlik ma’budi. Har
qaysi ilоhiy qudrat muqaddaslashtirilgan, yaratish funksiyasini adо etish bilan farqlanadi.
Ikkinchisini pir, avliyolar tashkil etadi. Хubbi – Amudaryo piri, Cho‘pоnоta – pоdachilar piri,
Qambar – оtbоqarlar piri, Farhоd – quruvchi ustakоrlar piri, Хizr – ko‘kalamzоr, hоsildоrlik, cho‘l
piri. Bu хil оbrazlar hоmiylik funksiyasi bilan alоhidalik kasb etadilar. Bu kabi ilk obrazlar
zamirida ham xalq intiladigan turmush tarzini hayotini yengillashtiruvchi ularni yorug‘ hayotga
yetaklovchi ziyoli obrazining ibtidoiy ko‘rinishlari hisoblanadi.

“Shohnoma”da keltirilishicha, Jamshid taxtga o'tirgach, bir qancha kashfiyotlar qiladi.

Uning podsholigi davrida qurol aslahalar, mato-yu gazlamalar, kiyim-kechaklar yaratiladi.
Firdavsiy ayniqsa, Jamshidning ana shu yaratuvchanlik xususiyatini ulug‘laydi. Shoh xalqni
tabaqalarga ajratib, har bir tabaqa o‘z vazifasi biIan shug'ullanishi lozimligini ta’kidlaydi. Birinchi
tabaqa Kotuziy, ya’ni ruhoniylar bo'lib, ular xalqdan ajralgan holda tog'u toshlarda yashab, ibodat
bilan shug'ullanadi. Keyingi tabaqa Nisoriy – harbiylardir. Ular mamlakat tinchligini, shohlar toju

1

O.Sharfutdinov. Ziyolilik 2003.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1233

taxtini qo'riqlovchi posbonlardir. Uchinchi guruh Nasudiy, ya’ni dehqonlar bo'lib, ular birovga
qaram bo'lmay, o'z kunlarini o'zlari ko‘radilar. To'rtinchi tabaqa esa Axtuhushi – hunarmandlardir.
Shubhasiz, Jamshid zamonida ularga e’tibor katta bo'lgan va shu sababli hunarmandchilik gullab
yashnagan.

2

“Shohnoma”da Jamshid podsholigi davrlaridan boshlab shaharsozlik rivojlangan. Ilk

bor g‘ishtdan uy, saroy, hammomlar qurila boshlangan. Shuningdek, Jamshid zamonida
qimmatbaho toshlar va xushbo'y atirlar kashf etiladi, tabobat vujudga kelib, dardlarga shifo
topiladi, o'lim va kasalliklar bo‘lmaydi, xalq shodu-xurram, zulm neligini bilmay osoyishta
yashagan. Jamshid obrazi xalq xayolida yaratilgan, asarlar osha xalq qalbida ardoqlanib
kelayotgan, qadimiy epik qahramondir.

Xadislarda keltirilishicha “Alloh taolo Yer yuzida xalifa yaratmoqchiman deganida,

farishtalar, sen unda buzg‘unchilik qiladiganni yaratasanmi, vaholanki biz seni poklab hamd
aytamizku, deyishadi. Shunda, Alloh taolo Odam alayhissalomga ilm o‘rgatadi, farishtalardan
o‘sha narsani so‘raydi. Farishtalar esa, "Bizda sen bildirgan bilimdan o‘zga narsa yo‘q” deydilar
va Imom Moturidiyning Ta’vilotu ahli sunna asarida yozilishicha, farishtalar o‘zlarining doimiy
hamd aytish va Allohning poklash xususiyatining asl sababchisi ham Alloh ekanligini, agar Alloh
ularga bu ilmni bermaganida, ya’ni qanday poklash va hamd aytish ilmini, hech narsa
qilolmasligini anglashadi.

3

Ibn Rushd aytadi: "Insoniyat orasida omma doim ko‘pchilikni tashkil

qilgan". Agar lozim bo‘lganda Qur’on ilmiy dalil va mantiqiy bahslarga to‘la bo‘lgan bo‘lardi.
Ammo buni ommaning aksari tushunmagan, oqibatda Qur’onni chetga surgan bo‘lardi.

Qur’onda uch turli yondashuv bor:

1) Aql egalari uchun hikmat va tafakkurga chorlov.

2) O‘rta tabaqa uchun mujodala va bahs.

3) Omma uchun go‘zal mav’iza, xushxabar va ogohlantiruv.

Har bir qatlam uchun ular qabul qiladigan darajada yondashuv. Shuning uchun ham

Qur’on barcha insonlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun nozil bo‘lgan. Ya’ni bashariyatga
ziyo bo‘lgan.

Payg‘ambarlar esa insoniyatga muallim sifatida bevosita Yaratgan Zotdan kelgan

Haqiqatlarni yetkazganlar. Muqaddas manbalar, ageografik asarida ziyolilikning komil ahlllari -
payg‘ambarlarning o‘rgatuvchilik sifatlari keltirib o‘tilgan. Bir qator ageografik asarlar jumladan
“Qissasi Rabg‘uziy”da, Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi asarlarda ham bu haqida
yetarlicha ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Har bir payg‘ambar ma’lum bir davr uchun
muhim ilmlarni o‘rgatuvchisi bo‘lib yuborilgan. Jumladan, Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”
asarida Idris alayhissalom tasviri shunday berilgan: Payg‘ambarning avvali o‘z qavmiga xat
yozishni o‘rgatgan shu kishi edilar. Raqamni barpo qilgan ham shu kishi edilar.

Ilm ortuq olim erdi ibodatda soniy,

Fazli birla uluv olim ilmni kez anglayur,

Ilmu fazlu zuhdu judiyu darsu amal,

Toatiga barcha olam bil muni-yu kez tonglayur.

4

2

Jabborova M. Oltin bitiklar. 2019-yil. 2-son Toshkent

3

- Komil S. Xolxo‘ja M. Ziyoli haqida fikrlar .

4

Qissasi Rabg’uziy. –T.:1990.-B 35


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1234

Muqaddas dinimizda ham ilm va ulamolar ulug‘lanadi. Quroni karimda ilk nozil qilingan

oyatlardan ham buni bilish mumkin. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo(s.a.v.) ham o‘z hadisi
shariflarida ilmning fazilati va ilm oluvchi va o‘rgatuvchining ajri haqida ko‘p ta’kidlaganlar. Abu
Dordo (r.a) Rosululloh (s.a.v)dan quyidagi hadisni eshitganini aytganlar. Rosululloh sallalahu
alayhi vasallam

: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta,

farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi
uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta
olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat,
ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros
qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi"

dedilar.

Olamda Alloh taologa eng yaqin zotlar payg‘ambarlardir ular esa odamlarni ilm va

ma’rifatga chorlovchi hisoblaganlar. Payg‘ambarlarga, qo‘ldan ketib qolmaydigan boylik-ilm
berilgan. Ular ham bu sharafli ilmni o‘zlarining merosxo‘rlari olimlarga meros qoldirib ketganlar.
Olimlarni payg‘ambarlarning me’rosxo‘rlaridir deyilishi esa juda katta martaba va ma’suliyatdir.

Xulosa qilib aytganda ilm va yaxshi amal dunyodagi barcha narsadan afzaldir. Ilmni meros

olgan kishi esa barcha yaxshilikni qo‘lga kiritgan hisoblanadi. Alloh taolo ilm sababli olimlarni
oliy qilib, yaxshilik amallarga yo‘lboshlovchi qiladi. Farishtalar, xayvonlar, parrandalar,
dengizdagi baliqlar xattoki ho‘l-quruq narsalar borki barcha-barchasi olimning ilmi sababli unga
istig‘for aytadadi. Ilm mashaqqatini bosib o‘tib ma’rifat kasb etgan kishi esa o‘zligini asliyatini
chuqurroq anglaydi. Yaratganga yaqinlik kasb etadi. Shu bois hadisda ilm o‘rganish va o‘rgatish
yuksak baholangan.

REFERENCES

1.

Арасту. Поэтика. Аҳлоқи кабир. Риторика. –Т.: Янги аср авлоди, 2011.

2.

Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T.: G‘.G‘ulom, 2018

3.

Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T.: BOOKMANY PRINT. 2022.

4.

Umurov H. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: A.QODIRIY NOMIDAGI XALQ MEROSI.
2004

5.

Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE
HUMAN PSYCHE.

Интернаука

, (15-3), 75-76.

6.

Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., &
Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF
THE CONTRADICTIONS.

7.

Maxmidjonov, S., & Komilova, S. (2023). NAZAR ESHONQULNING “TOBUT”
HIKOYASI TAHLILI.

Новости образования: исследование в XXI веке

,

1

(6), 375-377.

8.

Boburning jahon ilm-fani, Z. M. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI.

9.

Ahronqulovna, M. J. R., Jo'raev, H., Shoxruxbek, M., Qosimov, A., & Umurzakov, R.
(2022). EXPRESSION OF FEMALE ARTISTRY.

References

Арасту. Поэтика. Аҳлоқи кабир. Риторика. –Т.: Янги аср авлоди, 2011.

Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T.: G‘.G‘ulom, 2018

Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T.: BOOKMANY PRINT. 2022.

Umurov H. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: A.QODIRIY NOMIDAGI XALQ MEROSI. 2004

Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

Maxmidjonov, S., & Komilova, S. (2023). NAZAR ESHONQULNING “TOBUT” HIKOYASI TAHLILI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 375-377.

Boburning jahon ilm-fani, Z. M. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI.

Ahronqulovna, M. J. R., Jo'raev, H., Shoxruxbek, M., Qosimov, A., & Umurzakov, R. (2022). EXPRESSION OF FEMALE ARTISTRY.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов