METHODS OF DEVELOPING CONNECTED SPEECH OF STUDENTS THROUGH TEXT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Eshimbetov, O. (2023). METHODS OF DEVELOPING CONNECTED SPEECH OF STUDENTS THROUGH TEXT. Modern Science and Research, 2(7), 100–103. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21806
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Recommendations regarding the sequence of activities related to the development of students' speech through the medium of text. Interactive aspects of various interactive games and their purposeful use in the educational process were studied. In particular, special attention was paid to the methods of developing students' connected speech skills through the medium of text.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

100

O‘QUVCHILARNING BOG’LANISHLI NUTQINI MATN VOSITASIDA

RIVOJLANTIRISH USULLARI

Olimjon Eshimbetov

Toshkent gumanitar fanlari universiteti o’qituvchisi

pedagogika fanlari bo’yicha falsafa fanlari doctori PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.8126400

Annotatsiya.

O’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning nutq o`stirish bilan bоg`liq

bo`lgan mashg`ulоtlar izchiligi borasida tavsiyalar. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim
jarayonida maqsadli qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi.ayniqsa, matn vоsitasida
o‘quvchilarning bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi.

Kalit so’zlar:

Matn, nutq, ko’nikma, tahlil, metod, tasavvur, interaktiv, pedagogik

texnologiya, tallafuz, talqin, so`zlash malakasi, bayon qilish madaniyati, оg`zaki hamda yozma
nutq.

METHODS OF DEVELOPING CONNECTED SPEECH OF STUDENTS

THROUGH TEXT

Abstract.

Recommendations regarding the sequence of activities related to the

development of students' speech through the medium of text. Interactive aspects of various
interactive games and their purposeful use in the educational process were studied. In particular,
special attention was paid to the methods of developing students' connected speech skills through
the medium of text.

Key words:

Text, speech, skills, analysis, method, imagination, interactive, pedagogical

technology, pronunciation, interpretation, speaking skills, culture of expression, oral and written
speech.

МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ СВЯЗНОЙ РЕЧИ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ ТЕКСТ

Аннотация.

Рекомендации по последовательности действий, связанных с

развитием речи учащихся средствами текста. Изучались интерактивные аспекты
различных интерактивных игр и их целенаправленное использование в учебном процессе, в
частности, особое внимание уделялось методам развития связных речевых навыков
учащихся средствами текста.

Ключевые слова:

текст, речь, умение, анализ, метод, воображение, интерактив,

педагогическая технология, произношение, интерпретация, говорение, культура
выражения, устная и письменная речь.


O‘quvchilar nutqini ularning tafakkuridan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Nutq tafakkur

negizida shakllanib, takomillasha boradi. Bu pedagogik tajribada sinalgan hodisadir. Qoraqalpoq
sinflarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning o‘zbek tilida erkin va bejirim gapira olishi, yoza bilishi,
muloqot qilishi asnosida so‘zlarni bexato talaffuz qilishi ko‘p hollarda o‘qituvchining masalaga
sistematik yondashuviga bog‘liq bo‘ladi.

Muloqot – inson ruhiy-ma’naviy dunyosining mahsuli. Muloqot kishilik jamiyatining

muhim asosi. Usiz hech bir ijodiy sifat yuzaga chiqmaydi. O‘quvchi o‘z talaffuzi bilan qay
darajada masalani o‘zlashtirib borayotganini anglab, o‘zi haqida o‘ziga baho berib boradi. O‘zbek
tili darslari, bolalar nutqini, lug‘at boyligini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni
o‘rgatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

Umuman, ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilar bog‘lanishli

nutqini tartibli tashkillashtirish uchun o‘qituvchidan mas’uliyat va matonat talab qilinadi. Zero,
nutqiy ko‘nikma, mahorat, sohaning yangiliklaridan, pedagogik tavsiyaviy xarakterdagi
ko‘rsatmalardan yaxshi xabardor bo‘lish ham yaxshi samara beradi. Zotan, aqliy va hissiy faoliyat
bir-birini to‘ldiruvchi ikki inson xususiyatlaridir. Aytish joizki, rang-tasvir va amaliyot ishlari
bilan uzviy olib borilsa, natijada bola nutqi teranlashadi. So‘zni talaffuz qilishga odatlanishadi.
Mantiqiy fikrlash tarzi rivojlanadi. Olamdagi hodisalarga baho berishda teranlashadi. Negaki,
oilada olib bo‘lgan ta’lim (og‘zaki suhbat)ni maktabda kundalik faoliyatida qo‘llaydi. Shuning
uchun bolalarning yosh va fikrlash xususiyatiga qarab ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Maktablarda juda ko‘plab muammolar bor. Vaqt esa tig‘iz hamda kamlik qiladi. 20 ta

o‘quvchining o‘rniga 35 nafar o‘quvchi ta’lim olishadi. Xo‘p, natija va sifat ko‘rsatgichi qanday
oqibatlarga olib kelishini o‘zingiz o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

DTSda “Bolajon” tayanch dasturida badiiy adabiyotning muhim natijalarni berishi

kiritilgan. Zero, badiiy adabiyot bolalarning monologik va dialogik nutqini o‘stirishda muhim
atribut sanaladi. Misol tariqasida, istaymizmi yo‘qmi, inson jim turgan paytida o‘z-o‘zi bilan
muloqot olib boradi. Bolalar-chi? Bolalar esa tasavur va xayolot olamida benihoya kengliklarga
sayr qiladi. Adabiy ertak qahramonlari kabi – mard, jasur, olijanob, vatanparvar, iqdtiroli,
kashfiyotchi, mohir uchuvchi singari o‘zida ichki qoniqish hissini shakllantiradi.

P.f.n.,dots. L.Mirjalolova shunday yozadi: “Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish

bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini talaffuz qilolmaydilar. Nutq
jarayonida ketappan – ketyapman, Hojaxon – Shohjaxon, Yo‘stam – Rustam, qalg‘a – qarg‘a kabi
talaffuz etishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash,
ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi
bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga
e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki
bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi” [1].

Darhaqiqat, bolalarning monologik nutqini maktab ostonasiga ilk qadam kungacha ham

rivojlantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Aynan mana shu ta’lim bola nutqini yanada
rivojlantirish uchun muhim taomillardan biri sanaladi. Boǵlangan nutq murakkab jarayon sanalib,
u ichki qatlam va shamoyillar mushtarakligini dalolatlaydi. SHaxsni yuksak insonparvarlik hamda
vatanparvarlik hissida tarbiyalash, mAnaviy-mArifiy ilǵamni yetakchi óringa kótarish, tahlil
teranligi va tasvir tiniqligini markazlashtirish istiloh tabiatini tavsiflaydi. SHu mAnoda, badiiy
nutq mohiyati oǵzaki va yozma bayon mushtarakligini birlashtiradi. Unda material mohiyati va
xarakteri maqsadga uyushadi. Uyushiq Azolar tizimi mantiqiy bosqichlarni boshqaradi. Tóǵri,
matn tanlovi mutaxassis tayyorgarligi, bosqich va qismlar orasidagi munosabat aloqadorligi,
mutolaa va yozuv ziddiyatini umumlashtirishni maqsad qilib qóyadi.

Negaki, matn – ijodiy yondashuv samarasi, unda anglash óziga xosligi hamda ózlashtirish

falsafasi bir-biri bilan konfliktga kirishadi. Binobarin, odamzod bilim saviyasi muntazam óqishni
mAqul kóradi. Matn esa, óz navbatida, nazariy mAlumotlarni tashkil etadigan majmua
hisoblanadi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan bilimlarni órganish va ózlashtirish vazifasi
turadi. Jamiyat taraqqiyotini hayotning takomillashuvini shuningsiz tasavvur qilib bólmaydi.
Bunga erishishning birdan-bir yóli yosh avlodning óqish va bilim kónikma va malakasini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

shakllantirishdir. Hadislarda «Beshikdan to qabrgacha ilm izla», deyilishida judda katta hikmat
bor. Ilm bobidagi izlanish va intilishlar insonni manaviy jihatdan óstiradi, axloqiy barkamollikka
eltadi. SHuning uchun ham bizning davrimizda xalq ta’lim tizimiga, yoshlar ma’naviyatining
muhim bir manbai sifatida katta e’tibor berilmoqda.

Óqishda malakasizlik, óqish madaniyatini bilmaslik har qanday órganish jarayonini tinkani

quritadigan oǵir mehnat va majburiyatga aylantiradi. Óqish va órganish malakasi muayyan
darajada shakllangan kishi uchun esa, ushbu faoliyat zavq beradigan ijodiy faoliyatga aylanadi.
Qiynayotgan ishning samaradorligini tAminlaydi.

Maktab adabiy ta’limning turli bosqichlarida óquvchilarni badiiy matn ustida ishlashga

órganishning maqbul usullari va shakllaridan foydalanish, shu jarayonda badiiy-estetik tushuncha
va zavqni tarbiyalash, ularni kitobxonlikka órgatish kabi muammolar, (u) metodist olimlarning
doimiy diqqat markazida bólib kelayotgani ham xuddi shu sababdandir.

Barcha sinf mashǵulotlarida, shu jumladan ona tili darslarida ham tilni amaliy jihatdan

ózlashtirib olinadi. Óquvchilar ertaklar aytadilar, óqiganlarini qayta hikoya qiladilar, matn
tuzadilar, uydagi va maktabdagi ishlari haqida, óyinlari, atrofdagi hayot haqida sózlaydilar, ayrim
narsalarni, voqea-hodisalarni muhokama qiladilar. Dastlabki vaqtda óquvchilar óqiganlari yoki
rasm asosida, shaxsiy kuzatuv va taassurotlari asosida qilgan ishlari va sayohatlar tóǵrisida, ba’zan
ózlariga yaxshi tanish bólgan predmetlarni tasvirlab, kichik mustaqil hikoya, matn tuzadilar. «Nutq
óstirish bilan boǵliq bólgan mashǵulotlar izchil, doimiy ravishda ótkazib borilmasa, ta’limning
yaxshi, sifatli bólishiga, óquvchilarning madaniy nutqini egallashlariga erishib bólmaydi. Shunga
kóra, darsda nutq óstirishni takomillashtirib borish, boshlanǵich sinflar ishini órta sinflar ishi bilan,
órta sinflar ishini yuqori sinflarda amalga oshiriladigan ishlar bilan boǵlangan holda davom ettirish
óqituvchi zimmasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi» [2].

Nutq óstirish tafakkurni óstirish demakdir, chunki nutq tafakkur bilan chambarchas boǵliq.

Bolaning fikrlash qobiliyatini óstirishga e’tibor bermay turib, nutqni óstirish mumkin emas.
Óqituvchining muhim vazifasi bola fikrining mazmunli, mantiq jihatdan tóǵri va izchil bólishiga
ǵamxórlik qilishdir. Óqishni hayot bilan boǵlash, atrof-muhitni kuzatish, uni órganish jarayonida
óquvchi nutqi ustida ishlash, bolani turli bilimlar bilan boyitish nutqni mazmunli qilishning eng
asosiy vositalaridir.

QIZIQ TADQIQOT

(E’tiborli bo‘ling)
Biz jonli tabiatning bir bo‘lagimiz. Atrofimizni o‘rab turgan olam bizning ehtiyojlarimizga

xizmat qiladi. Biroq inson yashashi uchun zarur bo‘lgan suv, toza havo, elektr energiyasi ( ***)
kabilar bitmas-tuganmas deb o‘ylamang. Siz atrofga e‘tiborli bo‘ling. Insonlarning atrof-muhitga
munosabati qanday ekanligini bilish uchun mutaxassislar kichik tadqiqot – kuztuv o‘tkizishbdi.
O‘quvchilar har kuni qatnaydigan yo‘lak, o‘qiydigan joylarda barg-(***)larni yoqib qo‘yishibdi,
suv tushadigan jo‘mraklarni atayalab ochib qo‘yishibdi, kuduz kuni elektr chiroqlar ham yoqib
qo‘yilibdi. Bir kun davomida o‘quvchilarning bu holatga munosabatini kuzatishibdi.

Ertasi kuni o‘quvchilarni yig‘ib ularga bo‘lgan voqea haqida mAlum qilishibdi. Hech kim

qancha mashaqqat bilan tortib kelingan ichimlik suvi isrof bo‘layotgani, biror kimsa havoning
ifloslanayotganidan bezovta bo‘lmagani, ota-onalarining qiynalib tólayotgan soliqlari hisobiga
ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining behuda sarf bo‘layotganiga ham hech kim diqqat
qilmaganini aytishibdi. Hamma e’tiborsizligidan xijolat bo‘libdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

Mutaxassislar birozdan vaqtdan so‘ng yana kuzatuv o‘tkazishibdi. Endi o‘quvchilar tutab

yotgan xazonlari o‘chirib, oqizib qoyilgan toza suv jo‘mraklarini yopib, keraksiz paytda yoniq
turgan elektr chroqlarini o‘chirib qo‘yishyotgani mAlum bo‘lgan.

Qadrli o‘quvchilar! Doim e’tiborli va tejamkor bo‘ling. Tabiat ne’matlarini va o‘zgalar

mehnatini qadrlashni o‘rganing!

Tillarning o‘ziga xos xususiyatlariga tayanish lingvistik va didaktik talablarga javob

beradigan yangi avlod darsliklari va metodik adabiyotlarni chop etish o‘zlashtirishda yuqori
samara beradi, shuningdek, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maqollar bu borada o‘qituvchida katta yordam beradi:

“Bir maqtanchoq g‘oz bor ekan. U g‘oz har kuni odamlar oldiga kelib, maqtanaverar ekan.

Bir kuni yana maqtanib:

– Men osmonda uchaman, suvda suzaman, erda chopaman, – debdi.
Bir dono odam kelib g‘ozdan: – Osmonda uchganingda sen burgutdek ucha olasanmi? –

deb so‘rabdi.

G‘oz: – Yo‘q, – debdi.
Dono odam: – Suvda suzganingda baliqdek suza olasanmi? – debdi.
G‘oz: – Yo‘q, – debdi.
Dono odam yana: – Erda chopganingda otdek chopa olasanmi? – debdi. G‘oz:
– Yo‘q, – debdi. SHunda odamlar kulishibdi:
– Hay, maqtanchoq g‘oz, hunaring oz! – deb urib, quvib yuboribdilar.
Xulosa: ba’zi odamlar ham xuddi shu g‘ozdek ko‘p maqtanib, dakki eydi” [3].
Bog‘lanishli nutqni rivojlantirish metodikasining mazmuni o‘zida mazmunli va ta’sirchan

nutqni talab etib, adabiy til me’yorlariga asoslangan semantik va strukturaviy butunlikni o‘zida
mujassam etadi.

REFERENCES

1.

Mirjalolova L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning monologik nutqini o‘stirish. –T.:

NDPU. Uslubiy ko‘rsatmalar2015. –B.7-8.

2.

Hotamov A., Zunnunov N. Adabiyot óqitish metodikasi.-T.: 1992.–B 268.

3.

O‘zbek xalq ertaklari.

https://ziyouz.uz/ozbek-xalq-ogzaki-ijodi/ozbek-xalq-ertaklari/


References

Mirjalolova L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning monologik nutqini o‘stirish. –T.: NDPU. Uslubiy ko‘rsatmalar2015. –B.7-8.

Hotamov A., Zunnunov N. Adabiyot óqitish metodikasi.-T.: 1992.–B 268.

O‘zbek xalq ertaklari. https://ziyouz.uz/ozbek-xalq-ogzaki-ijodi/ozbek-xalq-ertaklari/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов