PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF COMMUNICABILITY ABILITIES IN CHILDREN OF SMALL SCHOOL AGE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Djaksımuratova , G. . (2023). PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF COMMUNICABILITY ABILITIES IN CHILDREN OF SMALL SCHOOL AGE. Modern Science and Research, 2(7), 275–279. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22214
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is described about the behavioral characteristics of children of a small school age, mental development of children of a small school age, features of educational activity, the formation of the Personality of Primary students, emotional characteristics of students of a small school age, interpersonal attitudes during a small school period, behavioral characteristics of children of a small school age.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KOMMUNIKATIVLIK

QOBILYATLARNI SHAKILLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Djaksımuratova Guljamal Mustapayevna

Ájiniyaz nomidagi NDPI magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8185372

Annotatsiya.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari, Kichik maktab

yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi, O‘quv faoliyatining xususiyatlari, Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilar shaxsining shakllanishi, Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional
xususiyatlari, Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat, Kichik maktab yoshidagi
bolalarning xulq-atvor xususiyatlari haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

psixik rivojlanish, xulq-atvor, aqliy rivojlanishi, ta’lim-tarbiya.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF

COMMUNICABILITY ABILITIES IN CHILDREN OF SMALL SCHOOL AGE

Abstract.

It is described about the behavioral characteristics of children of a small school

age, mental development of children of a small school age, features of educational activity, the
formation of the Personality of Primary students, emotional characteristics of students of a small
school age, interpersonal attitudes during a small school period, behavioral characteristics of
children of a small school age.

Key words:

psychic development, behavior, mental development, education.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ

КОММУНИКАТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО

ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация.

Сказано об особенностях поведения детей младшего школьного

возраста, психическом развитии детей младшего школьного возраста, особенностях
учебной деятельности, формировании личности младших школьников, эмоциональных
особенностях младших школьников, межличностных отношениях в младшем школьном
возрасте, особенностях поведения детей младшего школьного возраста.

Ключевое словa:

психическое развитие, поведение, психическое развитие,

воспитание.


Kichik maktab davri 6-7 Yoshdan 9-10 Yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim

olishga etadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan
biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks
ettirishdan ham iboratdir. SHu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv
qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni
maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, Shuningdek uning
ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor

bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 Yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum
darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu Yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish,
boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq
shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 Yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab Yoshidagi bolalarning
xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ayrim 6 Yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib,

maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida
turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday
bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun
to‘liq etishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning rivojlanmaganligi,
mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy
jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy
boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali “O‘quvchi ichki pozitsiya”sining
shakllanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muqaffaqiyatli o‘zlashtirib
ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning
foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining neyrofiziologik
qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib
uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy
jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday
xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, u 7‑8 Yoshli bolalarni qo‘rquv,
agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash
kerak emas degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni
o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday
taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola xali o‘qishga
aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish
o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi. Psixolog olimlarning
fikricha, psixik va evolyusiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda
universaldir. YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan
ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7‑8
Yoshda (aqliy Yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti Yoshda ham) shakllanadi. YA’ni shu Yoshda bola
45 minutlik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi.

Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik krizis bilan mos

keladi( bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ
o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi).

6-7 Yoshli maktabga tayyor bolada "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni

bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir
o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-
harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning
susayishida namoyon bo‘ladi.

Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning

organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli
zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga
tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi
sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi
o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

Kichik maktab Yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata

olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda
bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi,
ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin
o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal
o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib,
boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi.
Ushbu Yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga
muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining
faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil
ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom
organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu
Yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi
narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir.
Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan
bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu
normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga
nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham
tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning,
avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim
o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars
jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.

Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola engishi kerak bo‘lgan bir qancha

qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini
yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini
chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy
munosabatlarni qabul qilish v.h. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar bolalarga
albatta yordam berishlari zarur.

Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq

bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini
baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin.
Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni
qabul qiladilar, Shuningdek ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar.

O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar

hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar. Kichik maktab Yoshidagi
bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik
rivojlanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari
o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi.

Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish

mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli
darajada boyiydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga

o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati
boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan
holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu
anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi
boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir.
Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv
faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi
o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p
o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya
etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va
malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi.

Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi.

Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy
qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy
faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va
shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy
jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa
narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan,
maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va
yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan
muvafaqqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish
quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan,
o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga
oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi.

Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak"

motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish
kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum
darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.

Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga

erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq
biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga
qarab ish yurita oladi. Bu Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga
beradigan baholariga qarab ''Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z
o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda
noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik
rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz
taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-
harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz
ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid
qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola
maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-
harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin.
Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida
esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi.

Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy

bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda o‘quvchilarda o‘rtoqlari va
sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga
asoslanish paydo bo‘ladi.

O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni

egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda
kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga
tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi
o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab davrida
o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi
sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal
qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. O‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z
vaqtini mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi.
Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi
tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini masalan, masalani echishning o‘z
yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, Shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish
vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri
birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan.(Kotirlo
V.K.Razvitie volevogo povedeniya u doshkolnikov. Kiev,1971, S.179-182.). YUqorida ko‘rsatib
o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini,
maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlashib,
“o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozitsiya qondirilganidan
so‘ng esa yangi munosabatlarning – o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bo‘lgan
ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib
o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy
qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron bir yo‘llarini egallashga
qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab
Yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi.

REFERENCES

1.Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007
2. Goziyev E.G. Mamatov M.M. va boshkalar "Uspirim psixologiyasi" ToshD.U 1992
3. Goziyev E.G Utanov B "Xamkorlik psixologiyasi'' T., Tosh D.U. 1992
4. Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.
5. Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO
6. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y.
7. Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002
8. Filatova O.G Sotsialnaya psixologiya SP 2000
9.Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001

References

Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007

Goziyev E.G. Mamatov M.M. va boshkalar "Uspirim psixologiyasi" ToshD.U 1992

Goziyev E.G Utanov B "Xamkorlik psixologiyasi'' T., Tosh D.U. 1992

Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y.

Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO

Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y.

Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002

Filatova O.G Sotsialnaya psixologiya SP 2000

Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов