THE IMPORTANCE OF USING BLOOM'S TAXONOMY IN DEVELOPING STUDENTS' ENGLISH READING SKILLS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdullayeva , M. (2023). THE IMPORTANCE OF USING BLOOM’S TAXONOMY IN DEVELOPING STUDENTS’ ENGLISH READING SKILLS. Modern Science and Research, 2(7), 387–390. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22247
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to studying the problems of improving the effectiveness of English language classes according to Bloom's taxonomy, paying special attention to the development of each of the language skills, listening comprehension, speaking, reading and writing in secondary schools.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

O‘QUVCHILARNING INGLIZ TILIDAGI O‘QISH KO‘NIKMASINI

RIVOJLANTIRISHDA BLUM TAKSANOMIYASIDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

Abdullayeva Muborak Rustam qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8188295

Аnnotatsiya.

Ushbu maqola umumtaʼlim maktablarida til koʼnikmalari, tinglab tushunish,

gapirish, oʼqish va yozish larning har birini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib va Blum
taksonomiyasi bo‘yicha ingliz tili darslarini samarasini oshirish muammolarini oʼrganishga
bagʼishlangan.

Kalit soʼzlar:

Blum taksonomiyasi, til koʼnikmalari, tinglab tushunish, gapirish, oʼqish,

yozish, aktiv va passiv til koʼnikmalari, fasilitator, ekstensiv oʼqish, intensiv oʼqish.

THE IMPORTANCE OF USING BLOOM'S TAXONOMY IN DEVELOPING

STUDENTS' ENGLISH READING SKILLS

Abstract.

This article is devoted to studying the problems of improving the effectiveness of

English language classes according to Bloom's taxonomy, paying special attention to the
development of each of the language skills, listening comprehension, speaking, reading and
writing in secondary schools.

Keywords:

Bloom's taxonomy, language skills, listening comprehension, speaking,

reading, writing, active and passive language skills, facilitator, extensive reading, intensive
reading.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТАКСОНОМИИ БЛАМА В РАЗВИТИИ

НАВЫКОВ ЧТЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена изучению проблем повышения

эффективности занятий английским языком по таксономии Блума, уделяя особое
внимание развитию каждого из языковых навыков, аудирования, говорения, чтения и
письма.

Ключевые слова:

таксономия Блума, языковые навыки, аудирование, говорение,

чтение, письмо, активные и пассивные языковые навыки, фасилитатор, экстенсивное
чтение, интенсивное чтение.

Til muloqot qilish va dunyo boʼylab insonlarning bir-birlari bilan aloqada boʼlishlari va

mamlakatlararo yaxshi munosabatlarni oʼrnatishning birlamchi vositasidir. Zamonaviy dunyoda
ingliz tili boshqa tillarga nisbatan turli davlatlar, mamlakatlar va mintaqalarda istiqomat qiluvchi
koʼproq odamlar tomonidan foydalaniladigan til sifatida boshqa tillardan ajralib turishi sir emas.
U bugungi kunda meditsina, injenerlik, jurnalizm, taʼlim, biznes, ilm-fan, texnologiya va ommaviy
axborot vositalari, farmakologiya ilmiy izlanishlar kabi koʼplab sohalarida yetakchi rolь
oʼynayotgan til boʼlib qoldi. Ingliz tilini xalqaro til maqomiga olib chiqqan bir qancha omillar
mavjud. Internetdagi aksar maʼlumot ingliz tilida boʼlganligi tufayli bu tilni biladigan va
vebsaytlardan kerakli maʼlumotni oʼz vaqtida olishga imkoni boʼlgan muta-xassislarga talab
kundan kun ortib bormoqda.

Hozirgi davrda xorijiy tillarni mukammal oʼrganmasdan turib, buyuk bobomiz aytgan ana

shunday marralarga erishib boʼlmaydi, desak, adashmagan boʼlamiz. Bunday oʼtkir talabga amal


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

qilib, kelgusi yilda fizika va chet tillarini oʼrganishni ustuvor yoʼnalish etib belgilashni taklif
etaman”. Ingliz tiliga va uni yaxshi oʼzlashtirgan mutaxassislarga talab katta boʼlgan zamonaviy
dunyoda uni har tomonlama oʼrganish barcha koʼnikmalarni puxta shakllantirishni taqozo etadi.
Ingliz tilini til tashuvchilari darajasida yoki unga yaqin darajada oʼzlashtirish uchun oʼqituvchilar
maktablarda, taʼlim jarayonida barcha til koʼnikmalarini oʼzlashtirishga qaratilgan mashq,
topshiriq va darslarni tashkil qilishi va til oʼrganish jarayonida anʼanaviy oʼqituvchi emas, balki
fasilitator (koʼmak beruvchi) rolini bajarishi kerak boʼladi. Ushbu til koʼnikmalari: tinglab
tushunish (listening), gapirish (speaking), oʼqish (reading), yozish (writing). Til oʼrganishda
koʼzlangan maqsadga erishish uchun ushbu koʼnikmalarning har birining oʼrni katta. Shunday
ekan, ularni oʼzlashtirish va rivojlantirish bugungi kunning zaruriy vazifalaridan biri boʼlib qoladi.
Tinglab tushunish va oʼqish passiv (qabul qiluvchi) koʼnikmalar hisoblanadi, chunki ular
yordamida til materiali ijod qilinmaydi, aksincha, ular oʼzgalar tomonidan ijod qilingan materialni
qabul qilib olishga yordam beradi. Gapirish bilan yozish esa aktiv (ijod qiluvchi) koʼnikmalar
hisoblanadi chunki, bunda oʼquvchilar oʼz fikrlarini ogʼzaki yoki yozma gaplar shaklida til
materiali yorda-mida ifodalaydilar. Shunday qilib, aktiv va passiv koʼnikmalar bir paytning oʼzida
namoyon boʼlmaydi. Gaprishdan oldin tinglash, yozishdan oldin oʼqish talab qilinadi (yoki
aksincha).

O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik

darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni
o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha
atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay
olishi, asar voqealarini bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z
fikrini bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak
bo‘ladi.

Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan savol

va topshiriqlar tizimi – bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi
zamonaviy

ta’lim

olamida yetarli darajada keng tarqalgan. O‘quv maqsadlari

taksonomiyasio‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret
harakatlari, mazmunan obyektlarni tabiiy o‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini
ketma-ket joylashtirish orqali turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya – borliqning
murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.

Blum taksonomiyasi bosqichlari:

1.

Bilish

2.

Tushunish

3.

Qo‘llash

4.

Tahlil Qilish

5.

Sintez

6.

Baholash

BILISH -

dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq qoidalar,

tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, shuningdek, abstract
bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va shu kabilarni
biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-hodisalarini bayon qila oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

TUSHUNISH -

darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar,

chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan raqamga yoki
obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi.

QO‘LLASH -

darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas,

noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, formula, ko‘rsatma
asosida to‘g‘ri qo‘llaydi.

TAHLIL QILISH -

darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular

o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy fikrlash asosida xatolarni ko‘radi, faktlar
va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi.

SINTEZ -

Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror

tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ayrim materiallar
asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu bosqich tegishli natijalardan
yangi jadval tuzishga urg‘u beruvchi ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi.

BAHOLASH -

Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal bo‘yicha

o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib baholash mulohazalarini
taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi, o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga
rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga
mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.

1-bilish darajasi. Axborotni takrorlash yoki tanib olish, ma'lumot va ma'lumotlarni esga

olish yo'li bilan yodlab olinadigan toifadir.Bilish va fikrlash darajasi past. Ushbu darajada testlar,
etishmayotgan belgilarni almashtirish, ta'riflar va nomlarni yodlash yoki takrorlash, jarayonlarning
takrorlanishi yoki jarayonlarni takrorlash kabi vazifalar qo'llaniladi.

2-tushunish darajasi. Bilim va fikrlash darajasi o'rtacha. O'quv materialini tushunish

sifatida quyidagi harakatlar ko'rib chiqilishi mumkin: tarjima - o'quv materialini bitta "tildan"
boshqa "tilga" o'tkazish (masalan, matematik formulalarni og'zaki ravishda ifodalash; jadval,
diagrammalarda og'zaki ma'lumotlarni taqdim etish va boshqalar); talqin - o'quv materialini "o'z
so'zlari bilan", qisqacha tavsif; Bashorat qilish - suhbatning nima bo'lishini, uning oqibatlari va
natijalarini o'quv materiallari asosida bashorat qilish.

3-qo‘llash darajasi. Bilim va fikrlash darajasi o'rtacha. Ushbu toifaga o'quv materiallarini

haqiqiy vaziyatda va mutlaqo yangi vaziyatda qo'llash kiradi. Bunga qoidalar, usullar,
tushunchalar, qonunlar, tamoyillar, nazariyalarning amaliy qo'llanilishi kiradi. Ta'lim natijalari
materialning rang darajasidan ko'ra chuqurroq mahorat talab qiladi.

4-tahlil qilish darajasi. Bilim va fikrlash darajasi eng yuqori darajadir. O'quv materialining

tuzilishini aniq qilish uchun uni tarkibiy qismlarga ajrating: butun qismlarni ajratib oling;
butunning qismlari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlang, butunning qanday tashkil etilganligini his
qiling. Ushbu kategoriya, o'quv materialining mazmunini idrok etishdan tashqari, uning ichki
tuzilishi qanday shakllanganligini ham anglatadi.

5-sintez darajasi. Bilim va fikrlash darajasi eng yuqori darajadir. O'quv materialining

elementlaridan innovatsion tabiatning bir butunini (natijasini) yig'ish. Yangi natija sifatida biz
ta'lim materiallarini mutlaqo boshqacha tartibga soluvchi xabarni (hisobot, nutq), ish rejasini,
sxemalarni eslatib o'tamiz. Bunday o'quv natijalari yangi mazmun va yangi tuzilmalarni
yaratadigan ijodiy faoliyatdan foydalanishni talab qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

6-baholash darajasi. Bilim va fikrlash darajasi eng yuqori darajadir. Ushbu daraja oldingi

toifalarning o'rganish natijalariga erishishni anglatadi.

Sir emaski, bugunki kunda yoshlar yozish bilan kam shugʼullanishmoqda, chunki ularning

qoʼllarida tayyor matnlar va bir zumda olsa boʼladigan javoblar bilan taʼminlaydigan, internetga
ulangan smartfonlar va boshqa elektron qurilmalar mavjud. Ular oʼz qimmatli vaqtlarini yozish
koʼnikmalarini rivojlantirishga emas, balki oʼzgalar qilgan (yozgan) ishlarni qidirishga sarf-
lashmoqda. Shunisi ham ayonki, yozish koʼnikmalari yaxshi shakllangan oʼquvchilar oʼz mustaqil
fikr-larini

bildirish va koʼzlagan maqsadlariga erishishda boshqalarga qaraganda

muvaffaqiyatliroq boʼlishadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ingliz tilining dunyo hamjamiyatida tutgan oʼrni va

nufuzi ortib borar ekan, uni bizning vatanimizda ham zamon talabida oʼrganilishini yoʼlga qoʼyish
kerak. Bunda ingliz tilini oʼrganishda asosiy oʼrin egallaydigan toʼrt malakaning har biri-ni
toʼlaqonli oʼzlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu malakalar tinglab tushunish, gapirish,
oʼqish va yozish (TGOʼYo)lardir va tilni samarali oʼzlashtirish ularning barchasini rivojlantirish
talab qilinadi. Til koʼnikmalarini rivojlantirish orqali xorijiy tillarni oʼrgatish jarayonini bir tizimga
solib loyihalashtirish va rejalashtirish, buning uchun zarur bilim, koʼnikma va malakalarga ega
boʼlgan xorijiy til oʼqituvchilarini tayyorlashni taqozo etadi.

REFERENCES

1.

Vandergrift L. (2003). Orchestrating Strategy Use: Toward a Model of the Skilled Second
Language Listener.

2.

Hadfield J. Intermediate Communicative Games. Edinburg: Addison Wesley Longman
Ltd.

3.

Flowerdew, J., Miller, L. On the Notion of Culture in Second Language Lectures. Tesol
quarterly 29 (2). Ja-nuary 1995.La

4.

Harmer J. The Practice of English Language Teaching. Essex, England: Rearson Education
Ltd., 2007. Print.

5.

Widdowson H.G. (2001). Teaching a Languages as Communication (12th ed.). Oxford:
Oxford University Press.

6.

Мадиева, Гавхар Абдулазимовна, and Назира Наримановна Дусбаева. "Some modern
methods of teaching English." Молодой ученый 7-2 (2016): 102-104.

References

Vandergrift L. (2003). Orchestrating Strategy Use: Toward a Model of the Skilled Second Language Listener.

Hadfield J. Intermediate Communicative Games. Edinburg: Addison Wesley Longman Ltd.

Flowerdew, J., Miller, L. On the Notion of Culture in Second Language Lectures. Tesol quarterly 29 (2). Ja-nuary 1995.La

Harmer J. The Practice of English Language Teaching. Essex, England: Rearson Education Ltd., 2007. Print.

Widdowson H.G. (2001). Teaching a Languages as Communication (12th ed.). Oxford: Oxford University Press.

Мадиева, Гавхар Абдулазимовна, and Назира Наримановна Дусбаева. "Some modern methods of teaching English." Молодой ученый 7-2 (2016): 102-104.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов