LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamatova, X., & To’rabekova, G. (2023). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. Modern Science and Research, 2(8), 173–176. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22543
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the incomparable place of our language among other languages, its importance, richness, the works of our ancestors who contributed with their works to the rise and development of our language in history, and the attention paid to our language today.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

173

MILLAT KO‘ZGUSI-TIL

X.M.Mamatova

GulDPI "Pedagogika"kafedrasi v.b dotsenti (PhD)

To'rabekova Gulmira

Guliston Davlat Pedagogika Instituti

Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8248286

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tilimizning boshqa tillar orasidagi beqiyos o‘rni,

ahamiyati, boyligi, tarixda tilimizning yuksalishi va rivojlanishi yo‘lida o‘z asarlari bilan hissa
qo‘shgan ajdodlarimiz asarlari hamda hozirgi kunda tilimizga qaratilayotgan e'tibor haqida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar:

ona tili, davlat tili maqomi, “Qutadg‘u bilig”, yangi uyg'onish davri.

LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION

Abstract.

This article talks about the incomparable place of our language among other

languages, its importance, richness, the works of our ancestors who contributed with their works
to the rise and development of our language in history, and the attention paid to our language
today.

Key words:

mother tongue, state language status, "Kutadgu Bilig", new renaissance

period.

ЯЗЫК - ЗЕРКАЛО НАЦИИ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о несравненном месте нашего языка

среди других языков, его важности, богатстве, трудах наших предков, которые своими
трудами способствовали возникновению и развитию нашего языка в истории, и внимании,
уделяемом нашему языку сегодня.

Ключевые слова:

родной язык, статус государственного языка, «Кутадгу билиг»,

период нового Возрождения.


Har bir xalqningning Vatani, oilasi, davlati kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu ham bo‘lsa

uning tili hisoblanadi. Til odamlarni bir millatga mansub xalq sifatida birlashtiradi. Til - har bir
millat o‘zligining ajralmas belgisi, xalqni - xalq, millatni - millat qiladigan ramzlardan biri asrlar
osha ajdoddan avlodga meros bo‘lib yetib keladigan o‘zaro aloqa vositasidir. Mamlakatimizda
1989-yilning 21-oktyabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi istiqlolimiz sari
qo‘yilgan dadil qadamlardan biri sifatida tarixdan joy olgan edi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi
nutqida bu borada qilinadigan keng ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarixini chizib berar ekan, bu
ishlarning pirovard natijalarini quyidagicha ifoda etdi: ,,Muxtasar aytganda, har birimiz davlat
tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona
Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz
lozim”. Ayni paytda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham yuqori pog‘onaga
ko‘tarilib, bugun davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, unga teran muhabbat va
ehtirom tarbiyasi ila, uning boy xazinasini qayta tiklash va rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilayotir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

174

Davlatimiz rahbari tajribali tabibday tilimiz tomirlarini qo‘lida tutib, uning dard-u

og‘riqlariga malham topmoqda, qaddini ozod ko‘tarish va emin-erkin faoliyati uchun madad berish
yo‘llarini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizning milliy yuksalishday ulug‘ va ezgu maqsadlariga
erishuvida ona tilimizning benazir tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham
Prezidentimiz o‘z nutqlarida: ,,Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri
bo‘lishi zarur”ligini alohida uqtiradilar.

Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi xulq, yaxshi tarbiya berishdan ortiq ma'naviy meros qoldira

olmagani kabi ajdodlar ham avlodlariga shu yurtga xos bo‘lgan yaratuvchanlik, tafakkur mahsuli
bo‘lmish bebaho moddiy va madaniy yodgorliklar hamda tarbiyalovchi, ilm-u ma'rifat yog‘dulari
ila yo‘g‘rilgan asarlar va eng muhimi, ona tilidan bo‘lak buyuk meros qoldira olmasa kerak.

Milliy tilimizni go‘yoki bir muazzam chinorga mengzasak, uning chuqur ildizlari - bu

uning olis o‘tmishga borib taqaladigan boy tarixidir. Baquvvat tanasi esa o‘zbek tilining ravnaqida
beqiyos o‘rin tutgan ajdodlarimizdir, ya'ni Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat, Qodiriy,
Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi buyuk ijodkorlardir. Bu ro‘yxatni cheksiz faxr bilan yana uzoq
davom ettirish mumkin. Shox-shabbalari esa bu tilimizda yaratilgan o‘lmas va nodir
asarlarimizdir. “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq“, “Muhabbatnoma”, “Mahbub ul-qulub”dan
tortib, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Yulduzli tunlar” kabi adabiyot gultojilaridir.
Barglari esa tilimizning zeb-u ziynatlari, o‘ziga xosliklari, dur-u gavharlaridir. Endi shuni baralla
ayta olamizki, chuqur ildizga ega, ko‘rkam, mustahkam va muazzam bu chinorga hech kim bolta
ura olmaydi, hech kim shoxlarini sindira olmaydi. Uning bebaho boyligi bo‘lmish adabiyotiga
hech kim yomon ko‘z ila qaray olmaydi.

Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘

kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk
yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘
adib Abdulhamid Cho‘lpon aytganidek: “Adabiyot yashasa- millat yashar“.

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosidagi obro‘-e’tiborini tubdan

oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash,
mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta'minlash maqsadida o‘zbek tiliga Davlat tili
maqomi berilganligining 30 yilligini nishonlash arafasida 2019-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va mavqeini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi Farmoni e'lon qilindi.

Mazkur farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish

departamenti tashkil etildi, shuningdek, hukumat qarori bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, muassasa va boshqa tashkilotlarda qonun hujjatlaritga rioya etilishi, o‘zbek tilini
rivojlantirishni ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.

Bugungi kunda shuni ishonch bilan ayta olamizki, butun dunyo tillari ichra o‘zbek tili

o‘zining serma'no qirralari, so‘z boyligi, adabiy qonuniyatlari bilan alohida joziba kasb etadi, ziyo
mash'allarini, ilm-ma'rifat peshvolarini maftun etib keladi. O‘zbek kurashining dunyoga yoyilishi
tufayli sof o‘zbekcha so‘zlarning jahonga kirib borishi yana bir bor tilimizning jahon
hamjamiyatidagi o‘rni mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi.

Bunga bir yorqin misol 2020-yilning 23-sentyabrda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev

BMTning 75-sessiyasida o‘zbek tilida baralla nutq so‘zlab, butun dunyoni ona tilimizga mahliyo


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

qilib qo‘ydilar. Ayni mana shu damda o‘zbek ekanligimdan, mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi ekanligimdan chinakamiga faxr hissini tuydim.

Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli

odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod
jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi
uchun fidoiylik bilan kurasha olishi, tilni sevish, uni ardoqlash millatni sevish va uni ardoqlash
bilan teng hisoblanadi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli boʻlsa, uning
ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas boʻladi.

Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Bugungi kunda biz yangi Oʻzbekistonni, yangi

Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona
tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz”.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi // Xalq so‘zi,
2019-yil 22-oktyabr

2.

M.Aminov, A.Madvaliyev va boshqalar, Davlat tilida ish yuritish.Toshkent 2022-yil

3.

I.Karimov Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent 2008. 87-bet

4.

Myxiddinovna M. H. METHODS OF TEACHING ENGLISH BASED ON CREATIVE
THINKING //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т.
1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.

5.

Mamatova K. THE POTENTIAL OF THE LEADER IN MANAGING THE
EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С.
180-183.

6.

Mamatova K. M. Creative Techniques, Methods and Trends in English Language Teaching
//Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 2.

7.

MAMATOVA K. CREATIVE APPROACH TO TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN
LANGUAGE //O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2019,[1/3]
ISSN 2181-7324.

8.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception
Skills Of Primary School Students.

Eurasian Journal of Learning and Academic

Teaching

,

19

, 183-187.

9.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL
AGE WITH THE WORLD.

American Journal of Applied Science and Technology

,

3

(06),

09-14.

10.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –
Т. 19. – С. 183-187.

11.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH
THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.
06. – С. 09-14.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

12.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS.

Science and innovation

,

1

(B6), 214-218.

13.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE
DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

14.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. –
№. 11. – С. 737-740.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktyabr

M.Aminov, A.Madvaliyev va boshqalar, Davlat tilida ish yuritish.Toshkent 2022-yil

I.Karimov Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent 2008. 87-bet

Myxiddinovna M. H. METHODS OF TEACHING ENGLISH BASED ON CREATIVE THINKING //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т. 1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.

Mamatova K. THE POTENTIAL OF THE LEADER IN MANAGING THE EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С. 180-183.

Mamatova K. M. Creative Techniques, Methods and Trends in English Language Teaching //Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 2.

MAMATOVA K. CREATIVE APPROACH TO TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE //O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2019,[1/3] ISSN 2181-7324.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 19, 183-187.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology, 3(06), 09-14.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. – Т. 19. – С. 183-187.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 09-14.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 11. – С. 737-740.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов