CULTURAL LIFE IN SURKHANDARYA IN THE YEARS AFTER THE SECOND WORLD WAR.

HAC
Google Scholar
To share
Choriyev, S. (2023). CULTURAL LIFE IN SURKHANDARYA IN THE YEARS AFTER THE SECOND WORLD WAR. Modern Science and Research, 2(9), 283–286. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24149
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about cultural life in Surkhandarya in the years after the Second World War.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARIDA SURXONDARYODA

MADANIY HAYOT.

Choriyev S.H.

Termiz davlat universiteti

Jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371968

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarida

surxondaryodagi madaniy hayot haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Sovet hukumati, kommunistik partiya, ma’rifatli qilish, sovet davrida

madaniy muassasalar, madaniyat uylari.

CULTURAL LIFE IN SURKHANDARYA IN THE YEARS AFTER THE SECOND

WORLD WAR.

Abstract.

This article talks about cultural life in Surkhandarya in the years after the Second

World War.

Key words:

Soviet government, communist party, enlightenment, cultural institutions in the

Soviet era, houses of culture.

КУЛЬТУРНАЯ ЖИЗНЬ СУРХАНДАРЬИ В ГОДЫ ПОСЛЕ ВТОРОЙ МИРОВОЙ

ВОЙНЫ.

Аннотация.

В данной статье рассказывается о культурной жизни Сурхандарьи в

годы после Второй мировой войны.

Ключевые

слова:

советская

власть,

коммунистическая

партия,

просветительство, учреждения культуры в советское время, дома культуры.

Sovet hukumati tomonidan qator dasturlarida qabul qilingan aholini "ma’rifatli qilish"

vazifalarini amalga oshirishda maktabgacha tarbiya, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidan
tashqari, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy ta’lim muassasalar tarmog‘i; kutubxona, klub, kinoteatrlar
oldiga bir qator mafkuraviy harakterdagi mas’uliyatli talablar qo‘yilib, madaniy-oqartuv ishlari
kommunistik partiya tashkilotining ajralmas tarkibiy qismiga aylantirildi. Madaniy-oqartuv
muassasalari hukmron partiyaning tashviqot va targ‘ibot olib boruvchi qudratli quroli sifatida keng
xalq ommasi ongiga kommunistik mafkurani singdirishga xizmat qildi.

Mafkuraviy-g‘oyaviy ahamiyati kuchli bo‘lgan madaniy-ma’rifiy va oqartuv muassasalar

faoliyatiga sovet davlati ahamiyat bilan qarab uning shu faoliyatini yaxshilash va ish jarayonini
tartibga solish maqsadida taxlil etilayotgan yillarda bir qator qarorlar qabul qildi. Jumladan, 1946
yil 12 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR Ministrlar
Soveti "O‘zbekiston SSRda madaniy-oqartuv muassasalar ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida"
qaror qabul qilib, unda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalarini tasdiqladi

1

.

O‘zbekistonda sovet davrida madaniy muassasalar o‘z faoliyatini barcha davlat va jamoa
xo‘jaliklari va shahar va tuman markazlarida faol amalga oshirdilar.

O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetning 1948-yil 17-noyabrdagi №2186 qaroriga ko‘ra

O‘zbekiston SSR hududida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniy muassasalar faoliyati yaxshi olib

1

Нурмуҳамедова М.Ўзбекистонда маданий-маьрифий ишлар.–Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б.47; Қизил Ўзбекистон.

1947 йил 13 март.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

borilmayotganligi va har bir muassasaga lektor belgilash kerakligi to‘g‘risida qaror chiqarildi. Bu
qararning 1-ilovaga ko‘ra qishloq va rayonlarda 400 lektor tashkil etilishi belgilandi, madaniy
oqartuv muassasalari, maktablar va kutubxonalarni yetuk lektorlar bilan taminlanish belgilandi.
Radio eshittirishlar orqali haftasiga ikki marta ilmiy-maorif mavzularida eshittirishlar tashkil
etilishi kerakligi aytildi. 2-ilovasida esa klub, madaniyat uylari, qiroatxonalardagi ishlarning
g‘oyaviy-siyosiy mazmuni yuksaltirish, klub va madaniyat uylarida siyosiy, umumiy ma’lumot
to‘garaklari va havaskorlik to‘garaklari muntazam ishlashi va shu asosda 1500 badiiy to‘garaklar
tashkil etilishi be’lgilandi. Madaniyat muassasalari esa kerakli moddiy ta’minot bilan ta’minlash,
Termiz va boshqa shaharlarda 1948-yil 1-dekargacha xotin-qizlar to‘garaklari tashkil qilish
belgilandi.

2

O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1949-yil 17-noyabrdagi 2186-sonli “O‘zbekiston

SSRda madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarini yaxshilash to‘g‘risida”gi qarorida mazkur
muassasalar ishida bir qator kamchiliklar Surxondaryo viloyatida kuzatilgan. Viloyatimizning bir
qator tumanlari, jumladan Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, shuningdek okrug ijroiya
qo‘mitasida hududdagi madaniy-ma’rifiy ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi masalani besh yarim yil
moboynida bir marotaba ham muhokama qilishmagan. Bundan tashqari viloyat va qishloq
kutubxonalari kitob targ‘ibotining yaxshi yo’lga qo’yilmagan. Shu vaqtgacha Sho‘rchi
tumanidagi kolxoz klublaridan birortasi, Uzun tumanidagi “Yangi kuch”, “Yangi bog‘”, “Qizil
g‘uncha” kabi kolxoz klublariga qishloq soveti va kolxozlar tomonidan yetarli darajada e’tibor
qaratilmaganligi sababli yopilgan. Olti oy davomida Uzun tumanidagi qishloq kutubxonasi mudiri
Musaev Telpak-Chinor qishloq kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, ammo
kutubxona ishi yaxshi yo’lga qo‘yilmagan. Shuningdek, Sho‘rchi tumanida Qarluq qishloq
kengashiga qarashli qishloq kutubxonasi mudirining ish haqi Qishloq Kengashi qorovuliga
to‘lanib kelinganganligi. Termiz o‘lkashunoslik muzeyi aholining madaniy ehtiyojlarini qondira
olmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan

3

.

Mazkur qaror asosida viloyatdagi madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yanada

takomillashtirish maqsadida Viloyat ijroiya qo‘mitasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilab
olindi. Jumladan, 1949 yil 1-maydan boshlab tumanlarda madaniyat uyi, kutubxonalar va kolxoz
klublari tashkil qilish, 24 ta ma’ruzalar va aholi o‘rtasida kamida 2500 ta suxbatlar o‘tkazish,
to‘garaklar sonini 100 taga yetkazish, kolxoz-sovxozlarda kutubxonalar sonini 80 taga yetkazish
hamda ularning kitob fondi kamida 150 dona kitobdan ortiq bo‘lishini ta’minlash kabi chora
tadbirlar belgilab olindi

4

.

Urushdan keyingi yillarda Surxondaryoda ham barcha madaniy-muassasalari faoliyat

ko‘rsata boshladi. 1947 yilda Denov shahrida madaniyat uyi hashar yo‘li bilan qurildi. Ushbu
madaniyat uyining ochilishida taniqli san’atkorlarimiz Tamaraxonim, X.Nosirovalar qatnashdilar.
Madaniyat uyi qoshida “O‘zbek ashula va raqs” ansambili va teatr to‘garaklari ish boshladi.
To‘garaklarda o‘zbeklar, tojiklar, ruslar, armanlar, tatarlar va turli millat vakillari a’zo bo’lgan.
Tahlil qilinayotgan yillarda butun sovet mamlakatlarida bo‘lgani kabi Surxondaryoda ham klub
muassasalari soni bir qadar oshgan bo‘lsa-da, ularning moddiy ta’minot darajasi esa yaxshi
ahvolda emas edi. Klublardagi tomosha zallari zarur asbob-uskuna zamonaviy texnika vositalari

2

Сурхондарё вилояти Шеробод давлат архви. Фонд-54,1.рўйхат,5-иш, 9-13 варақлар.

3

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 270-271 варақлар.

4

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 271-272 варақлар.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

bilan yetarli darajada jihozlanmadi. Ko‘p holatlarda mavjud klub binolaridan boshqa maqsadlarda
ham foydalanildi.

Sovet hokimiyati tomonidan kommunistik partiyaning g‘oyalari majburan xalqimiz ongiga

singdirildi. Shu jumladan Surxondaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi 1956 yil 26 iyulda № 140
buyrug‘iga asosan mafkuraviy ishlar darajasini ayniqsa yoshlar o‘rtasida oshirish maqsadida keng
ko‘lamda KPSS MK XX se’zdi materiallarini tushuntirishni kuchaytirish, singdirish maqsadida

birinchidan:

klublar, madaniyat uylarida, kutubxonalarda, madaniyat va istirohat bog‘larida,

kolxoz-sovxozlarda ijtimoiy-siyosiy, tabiyaviy, ilmiy, badiiy-adabiy mavzularda tizimli
ma’ruzalar tashkil etish;

ikkinchidan:

ommaviy yoshlar sayillari, adabiy kechalar, korporativ

tadbirlar belgilandi Bu tadbirlar, kechalar orqali yoshlarga kommunistik g‘oyalar singdirildi

5

.

Madaniy muassasalar maxsus topshiriqlar asosida tadbirlar uyushtirdi va dastur ishlab

chiqdi. Tadbir 1956 yilning 26-27 avgust kunlari “ Hosil kuni” mavzusida o‘tkazildi. Madaniy
muassasalar turli hududlarda: Termizda, Denovda, Angorda va boshqa hududlarda o‘tkazdi. Savet
davrida Surxondaryoda ham madaniy muassasalarga bo‘lgan e’tibor kuchayib, 1956 yilda Denov
madaniyat uyining qoshida O‘zbek teatr to‘garagi tashkil etilib va sovet g‘oyalarini tarannum
etuvchi spektakllar qo‘yila boshlandi. Bu teatr ajoyib chiqishlari bilan xalqning mehrini qozondi.
1959 yili Buxoroda o‘tkazilgan “Rus xalq teatrlari” ko‘rik tanlovida “Taqdir” nomli spektakli 1-
o‘rinni olishga sazovor bo‘lgan. Bu teatr 1960 yilda esa “Xalq teartri” unvoniga sazovor bo‘ldi

6

.

Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistondagi barchan kutubxonalar o‘z faoliyatlarini sovet

tuzumi mafkurasini ulug’lash, tarbiyaviy-g’oyaviy ishlarni yaxshilash va kengaytirish maqsadida
turli mavzularda kitob ko‘rgazmalari, ma’ruzalar, munozaralar, konferensiya va kechalarni
uyushtirishning asosiy tashkilotchilaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1948 yil 17 noyabrida qabul qilgan "O‘zbekiston

SSRda kutubxonalar ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida respublikaning barcha
kutubxonalarida Komunistik partiyaning g‘oyaviy-siyosiy mafkurasini targ‘ib etish vazifasi asosiy
maqsad qilib qo’yilgan.Ammo kutubxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
kutubxona fondlarini boyitish, kutubxonalarni milliy an’analar asosida rivojlantirish haqida bir
og’iz gapirolmadi.

Sovet hukumati tomonidan kutubxonalar ishini yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlar

amalga oshirilsada, kutubxonalar faoliyatini birdaniga yaxshilanmagan. 1956 yilda Termiz shahar
kutubxonasi ilgari vino sotiladigan do‘konga joylashtirilganligi yuqoridagi holatga yaqqol misol
bo‘ladi. Surxondaryo viloyat kutubxonasi joylashgan bino ham aholi orasida keng miqyosida
madaniy-oqartuv ishlarini olib borishga qodir emasligi, o‘sha davrda ham tanqid ostiga olingan
edi

7

. 1959 yilda kolxoz va sovxozlarda yangi kutubxonalar tashkil etish, mavjud kutubxonalar

tarmog‘ini kengaytirish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda kitob fondlaridan barcha aholining
foydalanishini ta’minlashga qaratildi. Surxondaryo viloyati yirik kutubxonalari kitob fondlari
aholiga keng ravishda ochib qo‘yildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, madaniy-oqartuv muassasalari moddiy-texnika bazasi

yaxshi bo’lmasa-da, madaniy hayotning asosiy ma’rifat o‘choqlaridan biri bo’lib, xalqning
ma’naviyatini yuksaltirishda ijobiy ishlarni amalga oshirilgan.

5

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 12-варақ.

6

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 15-16-варақ.

.

7

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 89-фонд, 5-рўйхат, 8-иш, 61-варақ.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

REFERENCES

1.

Нурмуҳамедова М.Ўзбекистонда маданий-маьрифий ишлар.–Т.: Ўқитувчи, 1993. –
Б.47; Қизил Ўзбекистон. 1947 йил 13 март.

2.

Сурхондарё вилояти Шеробод давлат архви. Фонд-54,1.рўйхат,5-иш, 9-13 варақлар.

3.

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 270-271 варақлар.

4.

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 271-272 варақлар.

5.

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 12-варақ.

6.

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 15-16-варақ.

.

7.

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 89-фонд, 5-рўйхат, 8-иш, 61-варақ.

8.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

9.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

10.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.

11.

Shukurova S. M. et al. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG ‘IDA MAVJUD BO
‘LGAN XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHNI
TADQIQ ETISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. –
С. 71-80.





References

Нурмуҳамедова М.Ўзбекистонда маданий-маьрифий ишлар.–Т.: Ўқитувчи, 1993. – Б.47; Қизил Ўзбекистон. 1947 йил 13 март.

Сурхондарё вилояти Шеробод давлат архви. Фонд-54,1.рўйхат,5-иш, 9-13 варақлар.

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 270-271 варақлар.

ЎзМА, Р-837-фонд, 33-опис, 2556-йиғма жилд, 271-272 варақлар.

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 12-варақ.

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 454-фонд, 1-рўйхат, 11-иш, 15-16-варақ..

Сурхондарё вилоят давлат архиви, 89-фонд, 5-рўйхат, 8-иш, 61-варақ.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Shukurova S. M. et al. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG ‘IDA MAVJUD BO ‘LGAN XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISHNI TADQIQ ETISH //Educational Research in Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 71-80.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов