SLANGS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THE REASONS FOR THEIR ORIGIN

HAC
Google Scholar
To share
Pardaeva, B. . (2024). SLANGS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THE REASONS FOR THEIR ORIGIN. Modern Science and Research, 3(2), 256–260. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30025
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the specific characteristics of slangs. The stated points are proved by examples. Slangs are words that live in the modern language and are considered inappropriate for use in literary language. Also, many slang words and phrases are incomprehensible to the general public. Because most slangs are used in a figurative sense, and they are often borrowed from foreign languages, their dialects and slangs. Creating a dictionary of slangs of the Uzbek language shows the rich lexicon of our language and the diversity of our language. does. Also, social analysis of our language leads to new scientific conclusions in science. The first step in this regard is to determine the scientific boundaries of slangs and other social lexicon and to define its special features.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

256

O'ZBEK TILIDAGI SLENGLAR VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI

Pardaeva Baxtigul Abduraubovna

Toshkent viloyati Bekobod shaxar

1-umumiy o‘rta talim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10806231

Annotatsiya.

Mazkur maqolada slenglarning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq qilinadi.

Aytilgan fikrlar misollar bilan dalillanadi. Slenglar zamonaviy tilda yashovchi so’zlar

bo’lib, adabiy tilda foydalanish uchun nomaqbul deb hisoblanadi. Shuningdek, slenglarning ko’p
so’zlari va iboralari keng ommaga tushunarsiz bo’ladi. Chunki, aksariyat slenglar ko’chma
ma’noda qo’llaniladi va ular ko’pincha chet tillaridan, ularning dialekt va jargonlaridan
o’zlashtirilgan bo’ladi. O‘zbek tilining slenglar lug‘atini yaratish tilimizning boy leksikasini va
tilimizdagi xilma-xillikni namoyon qiladi. Shuningdek, tilimizni sotsial jihatdan tahlil qilish
fandagi yangi ilmiy xulosalar tomon yetaklaydi. Bu boradagi ilk qadam slenglar va boshqa sotsial
leksikaning ilmiy chegarasini belgilab olib, uning alohida xususiyatlarini belgilab olishdir.

Kalit so‘zlar:

Sotsiolingvistika, sotsiolektlar, jargon, argon, sleng, so‘zlashuv nutqi, til

leksikasi.

SLANGS IN THE UZBEK LANGUAGE AND THE REASONS FOR THEIR ORIGIN

Abstract.

This article examines the specific characteristics of slangs. The stated points are

proved by examples. Slangs are words that live in the modern language and are considered
inappropriate for use in literary language. Also, many slang words and phrases are
incomprehensible to the general public. Because most slangs are used in a figurative sense, and
they are often borrowed from foreign languages, their dialects and slangs. Creating a dictionary
of slangs of the Uzbek language shows the rich lexicon of our language and the diversity of our
language. does. Also, social analysis of our language leads to new scientific conclusions in
science. The first step in this regard is to determine the scientific boundaries of slangs and other
social lexicon and to define its special features.

Key words:

Sociolinguistics, sociolects, jargon, argon, slang, colloquial speech, language

lexicon.

СЛЕНГИ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ И ПРИЧИНЫ ИХ ВОЗНИКНОВЕНИЯ.

Аннотация.

B данной статье рассматриваются специфические особенности

сленгов. Изложенные положения подтверждаются примерами. Сленги – это слова,
которые живут в современном языке и считаются неподходящими для использования в
литературном языке. Кроме того, многие жаргонные слова и фразы непонятны широкой
публике. Потому что большинство сленгов употребляются в переносном смысле, и они
часто заимствованы из иностранных языков, их диалектов и сленгов. Создание словаря
сленгов узбекского языка показывает богатый словарный запас нашего языка и
разнообразие нашего языка. Также социальный анализ нашего языка приводит к новым
научным выводам в науке. Первым шагом в этом направлении является определение
научных границ сленга и другой социальной лексики и определение ее особенностей.

Ключевые слова:

Социолингвистика, социолекты, жаргонизмы, аргон, сленг,

разговорная речь, языковая лексика.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

O‘zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o‘sib chiqqan bo‘lsa ham, unda mavjud

bo‘lgan dialektlar va shevalar, jargonlar, oddiy so‘zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi
jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o‘zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o‘z
ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo‘ladi. Adabiy til esa undan o‘zbek millati uchun tushunarli
bo‘lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarni tanlab oladi hamda ularni millat vakillari
uchun me’yor sifatida tavsiya etadi. O‘tgan davr mobaynida davlat tilining qo‘llanish doira,
hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish
yo‘lida ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirilayapti.

O‘zbekiston Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Bugungi

kunda biz yangi O‘zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu
maqsadlarimizga erishishda hech shubhasiz”. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi
amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning
o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-
yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini
qo‘shmoqda.

Bugungi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan tillarning barchasida sotsiollashuv jarayoni izchil

amalga oshmoqda va sotsiolingvistika nomli maxsus tilshunoslik yo‘nalishi aynan tilning mana
shu jihati bilan shug‘ullanadi. “Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida
paydo bo‘lgan. U sotsio- jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib,
rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining qisqargan shaklidir. Sotsiolekt
– umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini
qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq,
sotsiolektda ba’zi o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari sinflar
haqida guvohlik beradi” [1].

Sotsiolektlar turli ijtimoiy guruhlar tomonidan faol qo‘llaniladigan, jonlilik, ichki yashirin

munosabatni ifodalay olish kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Sotsiolektlarga argo, jargo,
sleng kabi so‘zlar mansubdir. Slenglar til iste’molchilari tomonidan qo‘llanilib, jonli so‘zlashuv
nutqi bilan bog‘liq bo‘lgan, yozma nutqda esa umuman foydalanilmaydigan, biroz hazil, kinoya,
ironiya ma’no attenkasini o‘zida qamrab olgan, ma’lum ijtimoiy guruh (asosan yoshlar) nuqtida
faol qo‘llaniladigan so‘zlardir. Ayrim manbalarda slenglar yoshlar nutqida faol qo‘llaniluvchi
so‘zlar deb ta’riflanib, zamonaviylik uning asosiy belgisidir deyiladi. Tilda qo‘llanilayotgan ayrim
so‘zlar vaqtlar o‘tishi, avlodlar almashinuvi bilan ularning tildan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojini
to‘la qondira olmaydi va yangi avlod (yoshlar) ma’lum ma’noda o‘zlarining “til muhiti” ni
shakllantirib oladi. “Sleng tushuniladi, ammo tushuntirib berilishi qiyin. Slenglar o‘ziga xos yangi
so‘zlarni bizga namoyon qiladi” [2].

Sleng (“slang” – ingliz tilidan olingan bo‘lib jargon, oddiy, og‘zaki leksikaga xos so‘zlar”),

umumiy sleng, maxsus sleng (jargon va argon maxsus so‘zlar) hamda vulgarizm (qo‘pol so‘zlar)
haqida so‘zdir. Har bir tildagi uslub turlari uchun umumiy bo‘lgan shu tilning umumiy lug‘at fondi,
shakllar va sintaktik qurilmalar, erkin va turg‘un birikmalar bo‘ladi. Bu esa uslub turlarining
hammasini bir milliy adabiy tilga birlashtiradi. So‘zlashuv nutqining dolzarb harakterdagi
mazmunini shakllantirish uchun ushbu uslubga xos fonetik, leksik, grammatik normalardan o‘rinli
foydalanish lozim bo‘ladi. Adabiy tilning stilistik me’yori til birliklarining nutqda sharoit, ko‘zda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

258

tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma’qulini qo‘llash zaruratidan paydo bo‘ladi. Bu uslublarning
har biriga xoslangan grammatik shakllar, so‘z, so‘z birikmasi, gap va intonatsion vositalar mavjud.

Ana shu xoslanish o‘zbek adabiy tili uslubiy me’yorlarining asosidir. Sleng-so‘zlashuv

nutqi dunyo tillarining hammasiga xos hodisadir. Har qanday til jamiyatga aloqador va jamiyatdan
tashqarida o‘ziga, alohida rivojlana olmaydi. Til, avvalombor, jamiyatimiz odamlarning o‘zaro
muloqot vositasidir, shu sababli jamiyat-odamlar til leksikasining shakllanishiga bevosita
aloqadordir.

G‘ijim

O‘ziga

qaramaydigan,

o‘ziga

bee’tibor

odamlarga nisbatan

Olmaxon

O‘zini oladigan, O‘zini chetga tortadigan odam

Quyon

Zarur ishdan qochib qoladigan

Mashinasi beton

Hech kim to‘xtata olmaydigan, manman odam

Strelka belgiladi

Uchrashuv belgiladi

Jirafa

Aytilgan fikrni kechroq anglaydigan odam

Yedirdi

Qoyillatdi, bopladi ma’nosida

Saqich

Odamga

yopishib

oladigan,

holi-joniga

qo‘ymaydiganlarga nisbatan

Patina yuldi

Urushdi, adabini berib qo‘ydi

Qulog‘iga tepidi

Aldadi

Bortini berdi

Orani ochiq qildi (sevishgan jufliklardan
birortasi munsabatlarni uzsa, bunday holatga
nisbatan ishlatiladi)

Klass

Ajoyib, zo‘r

Sigir

Qizlarga ko‘p pul sarflaydigan yigitlar

Stalba

Gapni kechroq fahmlaydigan


Shu kabi so‘zlar hozirgi kunda o‘zbek yoshlari nuqtida faol qo‘llanilayotgan sleng

so‘zlardir. Slenglarning shunday jihati borki, ular ma’lum vaqtlar o‘tgach, iste’moldan chiqib
ketishi mumkin va uning o‘rinini yangi bir muqobili egallaydi.

So‘zlashuv nutqi gaplashuvchilarining bevosita, dialogik formada so‘zlagan betakalluf,

erkin nutqidir. Ushbu nutq til materiallariga ko‘ra adabiy, dialektal, oddiy nutq yoki qorishiq
ko‘rinishlariga ham ega bo‘lishi mumkin. Shularni hisobga olib sleng-so‘zlashuv nutqiga xosligi
ko‘rsatib o‘tamiz. Ijtimoiy yoki professinal ravishda ajratilgan guruhning nutqi: (jargon, oddiy)
og‘zaki leksikaga xos so‘zlar. So‘zlashuv uslubida ishlatilish doirasi chegaralangan qatlamga doir
lug‘aviy birliklar turlicha bo‘ladi. Chegaralangan qatlam territoriyaga, kasb- korga tegishliligi
bilan farqlanadi. Shuni hisobga olib, jargonlarga xos bo‘lgan so‘zlarni o‘rganish, o‘zbek
so‘zlashuv nutqida qanday imkoniyatlar borligini aniqlash uchun dialektlarga, shevalarga,
fantexnikaga, kasblarga tegishli so‘zlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlashuv
uslubida qo‘llanish doirasiga ko‘ra jargonlar quyidagi chuqurlarini ajratish mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

Slenglarning ko‘p so‘zlari va iboralari (ayniqsa, ularning dastlabki shakllanishi davrida)

keng ommaga tushunarsiz bo‘ladi. Chunki aksariyat slenglar ko‘chma ma’noda ishlatiladi.

Slenglarga uslubiy baho berilar ekan, ham ijobiy, ham salbiy munosabatga duch kelamiz.

Ayrim olimlar sleng tilning adabiy normalariga qarshi qo‘llaniluvchi so‘zlar deb ta’riflaydi.

Boisi slenglarning adabiy tilda ma’lum sinonimlari mavjud bo‘ladi, ularning o‘rniga

qo‘pol, hazil mazmunidagi faqat shu ijtimoiy guruhgagina tushunarli bo‘lgan so‘zlar qo‘llaniladi.

Ayrim olimlar, xususan, T.I. Arbekova slengni izohlar ekan, turg‘un birikma bo‘lib, hissiy

bo‗yoqdorligi bilan ajralib turadigan til birliklari slengni tashkil qiladi, deydi [3]. O‘zbek tilida
slenglar chuqur tadqiq qilinib, sleng namunalarini bir lug‘atga birlashtirish tilshunosligimiz uchun
katta yangilik bo‘ladi. Avvalambor, ishni slenglarni batafsil tadqiq qilishdan boshlashimiz kerak.

Chunki har bir tilning xususiyatlaridan kelib chiqib, uning birliklari tasniflanadi va bir

umumiy sistemaga birlashtiriladi. Xususan, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan sleng so‘zlarning qator
xususiyatlari mavjud:

1. Aksariyat slenglar o‘sha tushunchani boshqa bir tushunchaga o‘xshatish orqali hosil

qilingan.

2. Slenglar so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan ichki, salbiy munosabatini ifodalash

uchun ishlatiladi. Ko‘rinib turibdiki, slenglar doimo subyektiv munosabat ifodalaydi.

So‘zlovchining ironiyali simpatiyasini ifodalaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, slenglar yoshlar orasida faol qo‘llaniladigan so‘zlar ekan,

ularda sleng faqat yoshlar orasida bo‘ladi. Boshqa tillarda slenglar faqat yoshlar doirasi bilan
chegaralanib qolmagan, ularda yoshi katta qatlam ham slenglardan foydalanishadi. O‘zbek tilida
esa sleng faqat yoshlar bilan chegaralagan. Tilning lingvokulturologik jihatiga e’tibor qaratsak,
bizda yoshlar hech qachon kattalarga nisbatan ironiya, kinoya munosabatida gapirmaydi, andisha
qiladi.

3. Slenglarning qo‘llanilishi makon nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. Masalan,

yoshlarning internetda qo‘llaydigan slenglari, ta’lim muassasalarida qo‘llaydigan, ko‘cha-ko‘yda
qo‘llaydigan slenglari.

4. Slenglar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Ya’ni ular hech qachon turg‘un

bo‘lmaydi.

Yangi avlod shakllanishi bilan ular ham o‘zlarining sleng so‘zlarini yaratadi va aksincha,

ulardan oldingi avlod qo‘llagan slenglar esa eskiradi va muomaladan chiqadi. Shuningdek, ayrim
hollarda slenglar ko‘p qo‘llanilib, uning ma’nosi hammaga tushunarli bo‘lib qoladi. So‘ngi
yillarda yoshlar tili fonomen tildek va madaniyatni egallashga yana va yana kuchli ta’sir ko‘rsatib
bormoqda: jargonlar nafaqat so‘zlashuv nutqiga faol kirib kelmoqda va yana OAV vositalarida
ham keng qo‘llanilib bormoqda, zamonaviy adabiyotning yetakchi uslubiga aylanmoqda. Shu
munosabat bilan til va nutq madaniyatida qator dolzarb muammolar mavjud bo‘lmoqda. Demak,
til aniq ijtimoiy xarakterga ega va ko‘p jihatdan uning rivojlanishini aniqlab, ijtimoiy funksiyalari
uning tuzilishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Tilni ijtimoiy hodisa sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, til
va jamiyatning o‘zaro ta’siri turli ijtimoiy qatlamlarda, xususan, ijtimoiy va professional
guruhlarda tilning ishlashini o‘rganmasdan hal etilishi mumkin emasligini ta’kidlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, tilni sotsial jihatdan tadqiq qilish tilshunosligimiz,

xususan, sotsiolingvistika uchun yangi ilmiy xulosalar tomon yetaklaydi.

Tilning taraqqiyotiga, undagi turli o‘zgarishlarga ijtimoiy hayotning ta’siri katta.
Sotsiolektlarning o‘zbek tilida o‘ziga xos jihatlarni namoyon qilishini yuqorida keltirilgan

namunalar misolida ko‘rib chiqdik. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan slenglar boshqa tillardagiga
nisbatan ancha obrazli ekanligi, tilimizni yorqin va jonli aks ettirishini ko‘rib chiqdik.

REFERENCES

1.

M.M. Qurbonova, N.S. Sayidiraximova, G. Iskandarova “Sotsiolingvistika” o‘quv uslubiy
majmua. Toshkent – 2017.

2.

Allamurodova Sabohat Ibodullayevna. “O‘zbek va ingliz tillari kelsik boyligining
taraqqiyoti aspektlari tahlili” //Dissertatsiya. Samarqand.

3.

M Kurbanova, Matn nazariyasining dolzarb muammolari 6. O'zMU xabarlari, 2016

4.

Qo‘ng‘urov R., Karimov S., Qurbonov T. O‘zbek tilining funksional stillari. Samarqand:
SamDU, 1984, 7-bet.

5.

B.O‘rinboev. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 25-bet.

6.

Abdusaidov A. Nutq mahorati. Samarqand, 2015, 92-b.

7.

B.O‘rinboev. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 10-b.

8.

Mirmuhsin. Temur Malik. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 tom. Toshkent, 2020, 332-b

References

M.M. Qurbonova, N.S. Sayidiraximova, G. Iskandarova “Sotsiolingvistika” o‘quv uslubiy majmua. Toshkent – 2017.

Allamurodova Sabohat Ibodullayevna. “O‘zbek va ingliz tillari kelsik boyligining taraqqiyoti aspektlari tahlili” //Dissertatsiya. Samarqand.

M Kurbanova, Matn nazariyasining dolzarb muammolari 6. O'zMU xabarlari, 2016

Qo‘ng‘urov R., Karimov S., Qurbonov T. O‘zbek tilining funksional stillari. Samarqand: SamDU, 1984, 7-bet.

B.O‘rinboev. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 25-bet.

Abdusaidov A. Nutq mahorati. Samarqand, 2015, 92-b.

B.O‘rinboev. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. Toshkent, 1991, 10-b.

Mirmuhsin. Temur Malik. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 tom. Toshkent, 2020, 332-b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов