MEDICINAL PROPERTIES OF GINGER (ZINGIBER OFFICINALIS L.) PLANT

HAC
Google Scholar
To share
Uzoqov , G. . (2023). MEDICINAL PROPERTIES OF GINGER (ZINGIBER OFFICINALIS L.) PLANT. Modern Science and Research, 2(9), 145–148. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24272
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the biology, chemical composition, importance of ginger plant in agriculture and medicine, its use in food, as well as its medicinal properties, as well as the importance of the plant in the countries that grow this plant, are correct. information is given.


background image



145

ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALIS L.) O’SIMLIGINING DORIVORLIK

XUSUSIYATLARI

Uzoqov G‘ulom Oqbo‘tayevich

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti q.x.f.dots.

Ko’chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti 2-kurs magistranti

www.shahnozachorshanbiyevna@gmail.com

+998944649194.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8403916

Annotatsiya

. Ushbu maqolada zanjabil o’simligining biologiyasi, kimyoviy tarkibi, qishloq

xo’jaligida va tibbiyotdagi ahamiyati, oziq-ovqatda ishlatilishi, shu bilan birgalikda shifobaxshlik

xususiyatlari, hamda ushbu o’simlikni yetishtiruvchi davlatlarda o’simlikning ahamiyatli tomoni

nimada ekanligi to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

zanjabil, uglevod, yog’, riboflavin, tiamin, niatsin, pantotenik kislota,

piridoksin, xolin, gingerol, Hindiston, Xitoy.

MEDICINAL PROPERTIES OF GINGER (ZINGIBER OFFICINALIS L.) PLANT

Abstract

. In this article, the biology, chemical composition, importance of ginger plant in

agriculture and medicine, its use in food, as well as its medicinal properties, as well as the

importance of the plant in the countries that grow this plant, are correct. information is given.

Key words:

ginger, carbohydrate, fat, riboflavin, thiamin, niacin, pantothenic acid,

pyridoxine, choline, gingerol, India, China.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ ИМБИРЯ (ZINGIBER OFFICINALIS L.)

Аннотация

. В данной статье рассматриваются биология, химический состав,

значение растения имбирь в сельском хозяйстве и медицине, его использование в пищу, а

также его лечебные свойства, а также значение растения в странах, где выращивается

это растение. информация дана правильно.

Ключевые слова:

имбирь, углеводы, жиры, рибофлавин, тиамин, ниацин,

пантотеновая кислота, пиридоксин, холин, гингерол, Индия, Китай.

Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o’n yilliklarda zamonaviy

mutaxassislar tomonidan faol o’rganilmoqda. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol

mavjudligi unga o’ziga xos yoqimli hid berib turadi, qator foydali xossalarga egaligi ham shundan

kelib chiqadi.


background image



146

Bugungi kunda zanjabil ko’pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli

kasalliklardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng isteʼmol

qilinmoqda. Ayollarda homiladorlikdagi ko'ngil aynishi, organizmning turli xil shamollashlari,

sovuq kunlarda tumov ko'paygan mavsumda immunitetni kuchaytirish, kasallikning oldini olish

maqsadida qaynoq sut yoki choyga bir oz zanjabil ildizidan qo'shib ichish inson sog'ligi uchun

benihoyat foydali ekanligini mazkur tadqiqotlar isbotladi.

Tarixiy jihatdan zanjabil miloddan avvalgi toʼrtinchi asrda oshqozon ogʼrigʼi, koʼngil

aynishi, diareya kasalliklarini davolashda qoʼllanilgan. Shuningdek, zanjabil ishtahani ochuvchi,

immunitetni koʼtaruvchi dori vositasi sifatida ishlatilgan. Zanjabil bir vaqtning oʼzida oshqozon

harakatini yaxshilaydi. Xavfsizligi sababli zanjabil muntazam ravishda homilaga zararli taʼsirisiz

homiladorlikda qoʼllaniladi. Аsosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Janubiy va Janubiy-

Sharqiy Osiyoda oʼstiriladi.

Zanjabil yer osti qurigan ildizi hushboʼy hidli va mazali boʼlib, hamma qismida efir moyi

bor. Maydalanmagan zanjabilning xushboʼy hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Tuyib

elaklangan talqoni tabobatda jigar, yurak, meʼda xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga

choynakka damlab ichiladi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va

pazandachilikda baʼzi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida solib

ishlatiladi

Bugungi kunda zanjabil koʼpgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli

illatlardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng isteʼmol qilinmoqda.

Shu jumladan, Zanjabil jigarni tozalab, undan zaharli moddalarni chiqarib yuboradi, oʼt pufagini

sogʼlomlashtiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilashda ishlatiladi. Xususiyatlari nafaqat tanaga tibbiy

ta’sir doirasiga taalluqli bo’lgan zanjabil samarali tabiiy afrodizyak sifatida ishlatiladi. Keng

miqyosda turli moddalar libidoni kuchaytirishga yordam beradi, ayol va erkak jinsiy

muammolarining namoyon bo’lishini yo’q qiladi. Ildiz reproduktiv organlarga qon oqimiga ijobiy

ta’sir ko’rsatadi va shu bilan tabiiy qo’zg’alishga erishiladi.

Zanjabil erkaklar salomatligi uchun nihoyatda foydalidir. Hozirgi kunda tarqalishi rekord

darajaga o’sib borayotgan prostata saratonining oldini olishga hissa qo’shadi. O’simlikning ildizi

qadim zamonlardan beri libidoni oshirish vositasi sifatida ishlatilgan. Eronlik mutaxassislarning

fikriga ko’ra, o’simlik jinsiy a’zolarga qon oqimini oshiradi va ularning ishiga foydali ta’sir

ko’rsatadi. O’simlik vaqtinchalik yoki uzoq muddatli potensiyani oshirish uchun ishlatilishi

mumkin. Zanjabil potensialni, libidoni oshiradi va prostata hujayralarining malign

transformatsiyasini ehtimolini kamaytiradi.


background image



147

Zanjabil;

• jigarni tozalab, undan zaxarli moddalarni chiqarib yuboradi;

• oʼt pufagini sogʼlomlashtiradi;

• organizmni ichdan qizdiradi;

• ovqat xazm qilishni yaxshilaydi;

• immun tizimini mustahkamlaydi;

Shubhasiz, zanjabilning dunyodagi koʼpchilik xalqlar oʼrtasida maʼlum-mashhurligi uning

shifobaxsh xossalari bilan bogʼliq, bu esa, uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda

universal tabiiy vositaligidandir.

Zanjabilda, shuningdek, kaliy, magniy, mis, kalsiy oksidi va B-6 vitamini mavjud bo'lib,

inson organizmi uchun zarur bo’lgan kundalik ehtiyojining 3 %ini qondiradi. Tabobatda qorin

og'rig'i va gaz yig'ilib dam bo'lishini yengillatishda ham ishlatiladi. Zanjabilni imom Ibn Qayyim

“At-tibbun-nabaviy” asarida “qizdiruvchi, hazmi taomni yengillatuvchi, qorinni yumshatuvchi,

me'da va ichaklarda yig'ilgan yellarni haydovchi, balg'am haydab qurituvchi, kuch-quvvatni

ko'paytiruvchi shifobaxsh giyoh” deb ta'riflagan. Hozirgi zamon tibbiyoti ilmiy tadqiqotlari har xil

shamollashlar, gripp kasalligi asoratlarini oldini olishda, onkologik va yurak kasalliklarini oldini

olishda bu shifobaxsh giyoh ildizi muhim rol o'ynashini tasdiqlamoqda. Bundan tashqari zanjabilni

iste’mol qilgan kishida yod olish qobiliyati oshadi.

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida ko’plab hastaliklarni

davolashda qo’llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo’shish lozim, deb

yozgan. Qadim qadimdan zanjabil “universal dori vositasi” va ziravor sifatida keng qo’llaniladi.

Ayniqsa virusli kasalliklarni davolashda, xususan, qadimda o’latning oldini olishda asosiy dori

vositasi hisoblangan. U immunitetni oshirishi, mikroblarga qiron keltirishi bilan ham sarimsoqqa

o’xshab ketadi. Alloma Ibn Sino piyoz va mingdevona urug’larini aralashtirib dudlatish yo’li bilan

kariesni davolashni eng afzal vosita deb bilgan.

Zanjabil muqaddas o’simliklar qatorida Qur’oni karimda keltiriladi. (Jannat ahli) u joyda

aralashmasi zanjabil bo’lgan qadahlarda –(jannatlardagi salsabil ataladigan chashma) bilan

sug’orilurlar. (Inson surasi 17-18 oyat). Zanjabilning quruq ildizi dorivor bo’lib, tarkibida 1,5 dan

3 foizgacha efir yog’lari, 70 foizgacha organik birikmalar, shuningdek, kamfen, sineol, bisabolen,

borneol, sitral, linalool moddalari, C, B1, B2 darmondorilari, aminokislotalar mavjud. Ko’pincha

tuyilgan holda ishlatiladigan zanjabil ildizi qo’ng’irsimon-sariq unga o’xshaydi. U oftobda

quritiladi.


background image



148

Tozalanmagan qoramtir zanjabilning hidi va ta’mi o’tkir bo’ladi. Zanjabil atir-upa

sanoatida xam foydali xom ashyo sifatida nihoyatda qadirlanadi. Oziq-ovqat sanoatida konditer

mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda ba’zi ovqatlarga (pishish oldidan)

maydalangan holda ziravor sifatida qo’shib ishlatiladi. Ko’pincha u quritib tuyilgan holda

taomlarga qo’shiladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda

respublikaning farmatseftika tarmog’ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari

to’g’risida”gi PF-5707-sonli farmoni.

2.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi “O’zbekiston

Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar

to’g’risida”gi PQ-4668-sonli qarori.

3.

A. Abdullayev, B. X. Sattorov "Biologiyadan qisqacha izoxli lug'at" T-2016 . 134-b.

Internet saytlari:

4.

www.google.com

5.

www.dissercat.com

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda respublikaning farmatseftika tarmog’ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5707-sonli farmoni.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4668-sonli qarori.

A. Abdullayev, B. X. Sattorov "Biologiyadan qisqacha izoxli lug'at" T-2016 . 134-b.

Internet saytlari:

www.google.com

www.dissercat.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов