CLOTHES ARE A MATERIAL SOURCE THAT SPEAKS OF THE PAST.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qarshiyev, I. . (2023). CLOTHES ARE A MATERIAL SOURCE THAT SPEAKS OF THE PAST. Modern Science and Research, 2(4), 741–745. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19672
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Traditional folk clothes are the main component of material culture, and national characteristics of the people are manifested in them. The article talks about the importance of traditional clothes in researching the ethnography of the bells of the Surkhan oasis.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

741

KIYIM-KECHAKLAR – O‘TMISHDAN SO‘ZLOVCHI MODDIY MANBA

Qarshiyev Islom Maxmarahim o‘g‘li

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7883272

Annotatsiya.

An’anaviy xalq kiyimlari moddiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,

ularda xalqning milliy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Maqolada Surxon vohasi qo‘ng‘irotlari
etnografiyasini tadqiq etishda an’anaviy kiyimlar ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

kiyim-kechak, chakmon, Surxon vohasi, qo‘ng‘irot, ip, jun, pilla, teri.

ОДЕЖДА – МАТЕРИАЛЬНЫЙ ИСТОЧНИК, ГОВОРЯЩИЙ О ПРОШЛОМ.

Аннотация.

Традиционная народная одежда является основным компонентом

материальной культуры, в ней проявляются национальные особенности народа. В статье
говорится о значении традиционной одежды в исследованиях этнографии колоколов
Сурханского оазиса.

Ключевые слова:

одежда, чакмон, Сурханский оазис, колокольчик, нить, шерсть,

кокон, кожа.

CLOTHES ARE A MATERIAL SOURCE THAT SPEAKS OF THE PAST.

Abstract.

Traditional folk clothes are the main component of material culture, and national

characteristics of the people are manifested in them. The article talks about the importance of
traditional clothes in researching the ethnography of the bells of the Surkhan oasis.

Key words:

clothing, chakmon, Surkhan oasis, bell, thread, wool, cocoon, skin.


O‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari ko‘p asrlik tarixga ega. Har bir etnos va etnik

guruhlarning o‘ziga xos xususiyatli kiyim-kechaklari mavjud bo‘lsa-da, mintaqada yashovchi
elatlarda umumiy xarakteridagi sarpo mavjudligi, bu etnoslarning moddiy madaniyati, tarixiy
taqdiri uzoq tarixiy davr davomida o‘zaro yaqin bo‘lganligidan dalolat beradi. Arxeologik
qazishmalardan topilgan qadimiy katta devoriy rasmlar, har xil buyumlarga tushirilgan tasvirlar,
o‘rta asrlardagi kitob miniatyuralari ajdodlarimizning o‘tmishdagi kiyim-kechaklari to‘g‘risida
boy ma’lumotlar beradi. O‘rta asrlarga oid miniatyuralar o‘zbek kiyimlarining tipi shaklanganligi
va ular keyingi davrgacha saqlanganligini namoyish qiladi

1

.

Kiyim-kechaklar masalasida bugungi kunda Surxon vohasining o`zida bir qancha ilmiy

tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, S.Tursunov, I.Umarov, O.Do`lanov, S.Axmedov va
M.Rahmonov

2

lar Surxon vohasidagi Denov, Sariosiyo, Uzun, Sherobod, Boysun tumanlarda

joylashgan o`zbek urug`larining an’anaviy kiyimlaridagi etnik va lokal xususiyatlarni o`rganib,
o`z ilmiy xulosalarini berib kelmoqda.

An’anaviy o‘zbek kiyim-kechagi, asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshga

do‘ppi, oyoqqa kalish-mahsi va etik kiyishdan iborat bo‘lgan. Erkak-ayol va katta-kichiklar
kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar
oddiy usulda, ba’zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani

1

Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi...- B. 149.

2

B.X. KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI

https://cyberleninka.ru/article/n/b-x-karmisheva-tadqiqotlarida-surxon-vohasi-yuz-urug-larining-etnik-tavsifi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

742

ikkiga buklab yelka tomoniga ko‘ndalangiga ikki yeng bilan bir parcha to‘rtburchak xishtak
(qo‘ltig‘iga solingan) ni tikib kiyilavergan

3

.

Dunyodagi har bir xalqning an’anaviy kiyimlaridagi matolar tabiiy iqlim sharoiti, xo‘jalik

mashg‘uloti, ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Dehqonchilik
bilan shug‘ullangan aholining kiyimlari asosan paxtadan to‘qilgan matolardan tikilgan bo‘lsa,
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi esa asosan jundan tayyorlangan matolardan kiyimlar
tikishgan. Uy sharoitida ip, jun, pilla, teri va boshqa narsalardan mato tayyorlash an’anasi
O‘zbekistonda juda qadimdan mavjud bo‘lgan

4

.

Sovet davlatining ilk boshqaruvi yillarida mahalliy ishlab chiqarilgan matolar an’anaviy

ko‘rinishini saqlab kelgan. Surxon voha aholisining kiyimlari avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan
qadimiy matolaridan – olacha, bo‘z, xonatlas, qalami, banoras, shoyi, beqasam, adras, so‘si va
boshqa matolardan tikilgan

5

.

Chakmonning ham bir necha turlari mavjud bo‘lgan. To‘qima chakmonlar o‘rmakda to‘qilib

tayyorlangan. Uning yelkasiga gulli kashtalar tikilishi yoki tikilmasligi ham mumkin. Xuddi
shuningdek, qoqma (janda) chakmon ham shu usulda, biroq arqoqlari qilichda qayta-qayta qoqilib
to‘qiladi.Ularning bir-biridan farqi shuki, qoqma (janda) chakmon asosan polvon va chavandozlar
uchun tayyorlangan.

Mirzoyi chakmon asosan ziyoli kishilar uchun tayyorlangan.
Guldo‘zi chakmonni asosan yosh yigitlar kiyishgan.
Sinoyi chakmon hukmdor, bek, olim va shunga o‘xshash martabali kishilar uchun

mo‘ljallangan bo‘lib, yengi kalta bo‘lgan.

Qurama chakmon turli rangdagi bosma va to‘qima matolar kashtalarda qurab tayyorlangan.
Mullayi chakmon – yengi va etagi uzun, ko‘ksini guldor, popukli va tupakli bog‘ichi

birlashtirib turgan. Uni asoan diniy soha vakillari kiyishgan

6

.

Qo‘ng‘irotlarda ham boy, o‘ziga to‘q erkaklar “qoqma chakmon”, cho‘ponlar, oddiy va o‘rta

hol tabaqaga mansub erkaklar esa “ko‘k chakmon” kiygan. Bu chakmonlar o‘z matosining sifati
bilan bir-biridan farq qilgan

7

. “Qoqma chakmon” qalin, pishiq qora jun matodan ustki va ostki

qismi ikki qavat qilib bejirim to‘qilgan. Bu chakmonni to‘qish uchun uzoq va mashaqqatli mehnat
zarur bo‘lib, uni o‘ziga to‘q kishilar maxsus buyurtma asosida tayyorlatganlar. “Ko‘k chakmon”
ancha yupqa va ixcham bo‘lib, yengil jun matodan to‘qilgan. Voha cho‘ponlarining qahraton qish
oylarida ustiga kiyadigan “kebanak”

8

ustki kiyimi ham qo‘y junidan tayyorlangan. Kebanakning

3

Jabborov I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati...- B. 40.

4

Сухарева О.А. Художественные ткани // Народное декоративное искусство Советского Узбекистана.

Текстиль. – Ташкент, 1954.- С. 94.

5

SURXON-SHEROBOD

VOHASI

QO‘NG‘IROTLARINING

KIYIM-KECHAKLARI

VA

ETNIK

XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-qo-ng-irotlarining-kiyim- kechaklari-
va-etnik-xususiyatlar

6

Xudoyqulov X. Chakmon. Surxon tongi. 2009-yil 16-mart. 11-son.

7

Qo‘y junidan tayyorlangan “qoqma chakmon”, “ko‘k chakmon”ni Zarafshon vodiysi o‘zbek qipchoqlari,

Qashqadaryo vohasi arablari ham kiyishgan. Qarang: Шаниязов К., Исмаилов Х.И. Этнографические очерки
материальной культуры узбеков конца XIX – начало ХХ в. – Т.: Фан, 1981. – С. 45.

8

Chorvadorlarning yomg‘ir, qordan himoya qiluvchi qishki qo‘y junidan tayyorlangan “kebanak” ko‘rinishi-dagi

ustki kiyimlari Qashqadaryo arablarida “choydamiya” deb atalgan. Исмаилов Х. Традиционная одежда арабов
Кашкдарьинской области УзССР // Костюм народов Средней Азии. – М., 1979. – С. 230.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

743

ichi kigizdan bo‘lgan. Shuningdek, qo‘ng‘irot, yuz, tog‘chi urug‘larining erkaklari, asosan, qo‘y
junidan tayyorlangan “bosma chakmon” yoki “kigiz chakmon” kiyganlar.

Surxon vohasida yumshoq, mayin qo‘y junidan tayyorlanadigan bosma shol, bosma olacha

keng tarqalgan. “Bosma olacha” ning tikilishi o‘ziga xos bo‘lib, uni tayyorlashda har bir
tikilayotgan qatorga yumshoq jun igna bilan osiltirib tikib chiqiladi va qaychi bilan teng qilib
qirqilgan yumshoq, mayin qo‘y juni bir tekis ko‘rinish oladi. Shu sababli aholi ularni “bosma
olacha” yoki “bosma shol” deb yuritishgan. Bular Qorategin va Darvoz tojiklari hamda Shimoliy
Kavkaz xalqlari

osetin, qabardin, balqarlarda ham uchraydi

9

. Shunday qilib, vohada chorvachilik

bilan shug‘ullangan aholi tuya, qo‘y va echki junidan tayyorlangan matolardan kiyimlar kiyishgan.
Surxon vohasida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi o‘z navbatida dexqonchilik bilan ham
shug‘ullanib, mahalliy qo‘l dastgohlarida paxtadan tayyorlangan iplardan xilma-xil matolar
to‘qishgan.

Surxon-Sherobod vohasida yashovchi qo‘ng‘irotlar tomonidan, ya’ni erkaklar ustki

kiyimlaridan biri - cholvor asosan jundan bo‘lib, ishton ustidan kiyilgan, ko‘proq chorvachilik
bilan shug‘ullangan vohaning tog‘ va tog‘oldi qishloqlarida kiyishgan. Jun ishlatiladigan
kiyimlardan yana biri bu chepkan bo‘lib, u uzun va keng qilib tayyorlangan hamda to‘n ustidan
kiyilgan, ustidan belbog‘ bog‘lanmagan. Shuningdek, o‘rganilyotgan hududda belbog‘ o‘rnida
echki qilidan eshilgan chipchig‘ay chilvir, ola chijim iplar ham bog‘lab yurilgan.

Tarixiy-etnografik adabiyotlardan ma’lumki, o‘zbek milliy kiyimlarining taraqqiy etib,

o‘zgarib borishi doimiy jarayon bo‘lsa-da, lekin kiyim-kechaklardagi jiddiy burilishlar XIX asr
so‘nggi choragida va XX asrda yuz bergan. Ayniqsa, ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va fan-
texnika taraqqiyoti davri hisoblangan XX asrda o‘zbek milliy kiyimlari rivojida “inqilobiy”
o‘zgarishlar sodir bo‘lib, ularning konstruktiv-texnologik va kompozitsion qurilishida yangi
usullar, bichimlar paydo bo‘lgan.

Surxon vohasida aholining an’anaviy kiyimlari evolyutsiyasi va transformatsiyasini tahlil

etish orqali, ishda erkaklarning kiyim-boshlari ayollarnikiga qaraganda ko‘proq o‘zgargan bo‘lsa-
da, ammo vohada erkaklarning kiyimlari boshqa hududlarga qaraganda milliyligini ancha yaxshi
saqlagan. Xususan, XX asrning birinchi yarmiga qadar vohada erkaklar ustki kiyimini chopon,
jelak, chakmon, kebanak, po‘stin tashkil etgan. Chopon, ya’ni to‘n ustidan kiyiladigan yengil ust
kiyimlardan biri jelak

10

deb nomlangan. yengil kiyimlardan bo‘lgan tik yoqali ko‘ylak, uzun va

keng yenglari, bo‘yi hamda uzun old yoqasi bilan farq qilgan. Erkaklari kiyadigan ishton cholbar,
poyjoma deb atalib, uzun va keng bo‘lib, lipa, og‘ (g‘ishtak) hamda poychadan iborat bo‘lgan.
Erkaklarning ishtonlari asosan bo‘zdan tikilgan.

Erkaklar bosh kiyimlaridan yana biri do‘ppi bo‘lib, tikilish uslubi, bezatilishiga ko‘ra bir-

biridan farq qilgan

11

. Bosh kiyim do‘ppining tikilishi, bu salla tagidan kiyadigan dumaloq, qirrali,

ya’ni “Kuloh” hamda o‘zi yakka holda kiyiladigan to‘rt burchak shakldagi ko‘rinishlari ham

9

Қаранг: Таджики Каратегина и Дарваза. – Душанбе, 1966. Вып 1. – С. 229; Кунижаева Л. З. Материальная

культура прикладное исскуство осетин. – М., 1973. – С. 19 – 20.

10

SURXON-SHEROBOD

VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK

XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-qo-ng-irotlarining-kiyim- kechaklari-
va-etnik-xususiyatlar

11

Сухарева О.А. Древние черты в формах головных уборов народов Средней Азии // ТИЭ. – М., 1954. Т.XXI.-

С. 350 - 351.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

bo‘lgan. Shuningdek, vohada chorvador aholi qish fasli uchun tuya junidan to‘qilgan matodan ham
do‘ppi tikkanlar. Qo‘ng‘irotlar do‘ppini «qalpoq» deb ham nomlashgan

12

.

Surxon-Sherobod vohasida istiqomat qilgan ayollarning kiyimlari o‘zida an’anaviy mahalliy

ko‘rinishlarni saqlab kelgan. Ayollarning ustki kiyimida o‘ziga xos naqshlar, bezaklar, hoshiyalar
ko‘p qo‘llanilgan. Ustki kiyimlari jelak,chopon, kamzul, yengsiz nimcha bo‘lsa, bosh kiyimlariga
do‘ppi, ro‘mol, kaluta, yoping‘ichlar, oyoq kiyimlariga esa kalish, mahsi va popushdan iborat
bo‘lgan

13

.

Surxon vohasi ayollarining kiyimlari yil fasllari qishki, bahorgi, yozgi, kuzgi kiyimlarga;

kiyilishiga qarab kundalik, bayram va marosim kiyimlarga; tananing qaysi qismiga kiyilishiga
qarab ichki, ustki, bosh, oyoq kiyimlariga bo‘lingan. XX asr boshlarida qizlar va qariyalar
ko‘ndalang yoqali, ya’ni yelka yoqali ko‘ylak kiyganlar. Ba’zi qishloqlarda bu ko‘ylakni “kiftaki”
deb nomlashgan. Bu ko‘ylak yoqalari chap yoki o‘ng tomondan yarim qarich uzunlikda bo‘lib,
bosh kirishi uchun mo‘ljallangan tepa qismi ip bilan bog‘lab qo‘yilgan

14

. Ko‘hitang tog‘i

atrofidagi qishloqlarda ayollarining ko‘ylaklari birmuncha kengroq qilib, ayniqsa, Jarqo‘rg‘on,
Qiziriq va Bandixonda joylashgan qishloqlarda qo‘ng‘irot ayollarining qo‘ylaklari ham keng
bichimda tikilgan. Hozirgi davrda ham tog‘li qishloqlarda keksa ayollarning uzun ko‘ylaklari o‘z
bichimlarini saqlab kelmoqda

15

.

O‘rganilayotgan hududda qizlarning bosh kiyimlaridan biri “qasava” bo‘lib, bir necha xil

matodan chambarak uslubida tayyorlangan hamda o‘rta qismi ochiq qoldirilgan

16

. Ayollarning

qadimiy an’anaviy bosh kiyimlaridan biri bo‘lgan ro‘mol

17

, to‘rtburchak shaklida bo‘lib, turli-

tuman usullarda o‘ralgan. Vohaning qo‘ng‘irot urug‘iga mansub aholisi ro‘molni qiyiq deb
atashgan. Ro‘mollar tayyorlangan matosiga qarab turlicha nomlangan. O‘rganilayotgan davrda
vohada qizlar “gunoh yoshiga” yetgan davrdan boshlab ro‘mol o‘ray boshlaganlar

18

.

Xulosa qilib aytganda, Surxon-Sherobod vohasi aholisi an’anaviy kiyimlari va taqinchoqlari

o‘zbek xalqining maishiy, moddiy-ma’naviy madaniyatining ajralmas qismi sifatida, o‘zida milliy
xususiyatlarni aks ettirgan. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida o‘rganilayotgan hududda
qo‘ng‘irotlarning kiyimlarida an’anaviylik saqlangan bo‘lib, erkak va ayollar kiyimi asosan
an’anaviy qadimiy bichimini saqlab qolishi bilan birga, ayrim yangi zamonaviy bichim va
rusumdagi ko‘ylaklarning paydo bo‘la boshlaganligini ko‘rishimiz mumkin. Mahalliy aholi
kundalik turmush tarziga zamonaviy texnologiyalarning jalb etila borishi hamda etnomadaniy
aloqalar va savdo-sotiq aloqalarining takomillashuvi natijasida o‘ziga xos tarzda o‘zgarishlar yuz
bergan. Qolaversa, an’anaviy kiyimlarning konstruktiv-texnologik va kompozitsion qurilishida

12

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gegirdak qishlog‘i. 2020 yil.

13

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Boysun, Sherobod tumanlari. 2020-2022 yillar.

14

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Cho‘yanchi qishlog‘i. 2020 yil.

15

Tursunov N.N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi... – B. 76.

16

Симонов В.И. Головной убор узбечек-кунгирадок-“салля” или “баш” // Материалы Второго совещания

археология и этнографов Средней Азии. –М.-Л., - С. 249-250; Шаниязов К.Ш. Узбеки-карлуки.-Ташкент, 1964.
- С. 119.

17

Сухарева О.А. Древние черты в формах головных уборов народов Средней Азии // ТИЭ. – М., 1954. Т.XXI.

- С. 350-351.

18

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Ko‘rto‘qay, Qoraqursoq qishloqlari. 2020 yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

yangi usullar, bichimlarning kirib kelishi ularning keyingi taraqqiyotiga asos bo‘lishi bilan birga
milliy kiyimlar bilan o‘zaro uzviylashib, ularning ajralmas qismlaridan biriga aylangan

19

.

REFERENCES

1.

Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi...- B. 149.

2.

Jabborov I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati...- B. 40.

3.

Сухарева О.А. Художественные ткани // Народное декоративное искусство
Советского Узбекистана. Текстиль. – Ташкент, 1954.- С. 94.

4.

SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI
VA ETNIK XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-
qo-ng-irotlarining-kiyim- kechaklari-va-etnik-xususiyatlar

5.

Xudoyqulov X. Chakmon. Surxon tongi. 2009-yil 16-mart. 11-son.

6.

Шаниязов К., Исмаилов Х.И. Этнографические очерки материальной культуры
узбеков конца XIX – начало ХХ в. – Т.: Фан, 1981. – С. 45.

7.

Исмаилов Х. Традиционная одежда арабов Кашкдарьинской области УзССР //
Костюм народов Средней Азии. – М., 1979. – С. 230.

8.

Tursunov N.N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi... – B. 76.

9.

Симонов В.И. Головной убор узбечек-кунгирадок-“салля” или “баш” // Материалы
Второго совещания археология и этнографов Средней Азии. –М.-Л., - С. 249-250.

10.

B.X.

KARMISHEVA

TADQIQOTLARIDA

SURXON

VOHASI

YUZ

URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI

https://cyberleninka.ru/article/n/b-x-karmisheva-

tadqiqotlarida-surxon-vohasi-yuz-urug-larining-etnik-tavsifi

11.

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Ko‘rto‘qay, Qoraqursoq
qishloqlari. 2020 yil.

12.

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Cho‘yanchi qishlog‘i. 2020 yil.




19

SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK

XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-qo-ng-irotlarining-kiyim- kechaklari-
va-etnik-xususiyatlar

References

Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi...- B. 149.

Jabborov I. O‘zbeklar: turmush tarzi va madaniyati...- B. 40.

Сухарева О.А. Художественные ткани // Народное декоративное искусство Советского Узбекистана. Текстиль. – Ташкент, 1954.- С. 94.

SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR. https://cyberleninka.ru/article/n/surxon-sherobod-vohasi-qo-ng-irotlarining-kiyim- kechaklari-va-etnik-xususiyatlar

Xudoyqulov X. Chakmon. Surxon tongi. 2009-yil 16-mart. 11-son.

Шаниязов К., Исмаилов Х.И. Этнографические очерки материальной культуры узбеков конца XIX – начало ХХ в. – Т.: Фан, 1981. – С. 45.

Исмаилов Х. Традиционная одежда арабов Кашкдарьинской области УзССР // Костюм народов Средней Азии. – М., 1979. – С. 230.

Tursunov N.N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi... – B. 76.

Симонов В.И. Головной убор узбечек-кунгирадок-“салля” или “баш” // Материалы Второго совещания археология и этнографов Средней Азии. –М.-Л., - С. 249-250.

B.X. KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI https://cyberleninka.ru/article/n/b-x-karmisheva-tadqiqotlarida-surxon-vohasi-yuz-urug-larining-etnik-tavsifi

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Ko‘rto‘qay, Qoraqursoq qishloqlari. 2020 yil.

Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Cho‘yanchi qishlog‘i. 2020 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов