Authors

  • Durdona O'rinboyeva
  • Husniddin Suvanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81711

Keywords:

Kitobxon yozuv kutubxona madaniy.

Abstract

Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi. Ilmiy, siyosiy, huquqiy, diniy va estetikaga oid malumotlar berilishi asoslangan. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida kutubxonalar barpo etilgani va boshqa joylar kutubxonalari haqida ma’lumotlar bayon etildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1458

KUTUBXONA-AXBOROT FAOLIYATI SIVILIZATSIYASIDA YOZUV VA TILNING

AHAMIYATI, KUTUBXONA TURLARI UNING FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

O'rinboyeva Durdona Usmon qizi

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Kutubxona-axborot faoliyati 2-kurs 123-guruh talabasi.

Tel.+998500709281

E-mail:

durdona.urinboyeva0105@gmail.com

Suvanov Husniddin Norqulovich

Ilmiy rahbari:Termiz davlat universiteti,

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.

Tel:+998977868805 E-mail:

hsuvanov@tersu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15287674

Annotatsiya. Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til

saqlovchi vositalardan farqlanadi. Ilmiy, siyosiy, huquqiy, diniy va estetikaga oid malumotlar

berilishi asoslangan. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik shaharlar

hukmdorlari saroylarida kutubxonalar barpo etilgani va boshqa joylar kutubxonalari haqida

ma’lumotlar bayon etildi.

Kalit so‘zlar: Kitobxon, yozuv, kutubxona, madaniy.

THE IMPORTANCE OF WRITING AND LANGUAGE IN LIBRARY-INFORMATION

ACTIVITY CIVILIZATION, TYPES OF LIBRARIES SHAPING ITS ACTIVITY

Abstract. Writing is distinguished from non-textual means of expression or preservation

of language, such as painting or magnetic audio recording. It is based on the provision of

scientific, political, legal, religious and aesthetic information. Information about the

establishment of library libraries in the palaces of the rulers of Bukhara, Samarkand, Merv,

Urgench and other large cities and the libraries of other places is described and scientifically

illuminated.

Keywords: Reader, writing, library, cultural.

ЗНАЧЕНИЕ ПИСЬМЕННОСТИ И ЯЗЫКА В БИБЛИОТЕЧНО-

ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЦИВИЛИЗАЦИИ, ТИПЫ БИБЛИОТЕК,

ФОРМИРУЮЩИЕ ЕЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

Аннотация. Письмо отличается от нетекстовых средств выражения или

сохранения языка, таких как изображения или магнитные аудиозаписи. Он основан на


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1459

предоставлении научной, политической, юридической, религиозной и эстетической

информации. Описаны и научно освещены сведения об учреждении библиотечных палат

во дворцах правителей Бухары, Самарканда, Мерва, Ургенча и других крупных городов, а

также библиотек в других местах.

Ключевые слова: Читатель, письмо, библиотека, культурный.

Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb

nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat boʻladi. Yozuv rasm yoki magnitli

audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi.

Yozuvlar ko‘p. Yozuv orqali hayot qununiyatini siri asrorlarini o‘rganish mumkin.

Yozuv bir tilda qabul qilingan shuningdek, kishilar bir-biriga tushuntirish hamda ular

oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Til shakllangandan

so‘ng ancha vaqtdan keyin yozuv paydo boʻlgan. Yozuvning paydo boʻlishi va taraqqiyoti

jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji bir

qancha axborotlarni joylashda quyidagi jarayonlarga yuzlanadi:

- ilmiy

- siyosiy,

- huquqiy,

- diniy

- estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq

bo‘ladi. Rasmli yozuv (piktografiya) yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Oʻrta

Osiyodagi xalqlari ko‘plab yozuvlardan foydalnishgan. Jumladan, oʻzbek xalqi turli yozuvlardan

foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, paxlaviy, o‘rxun enasoy (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd,

arab, kiril va lotin harflariga asoslangan o‘zbek yozuvlaridan foydalanib kelmoqda. Yozuv va til

oʻzaro bogʻliq.

Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik

bosma kitoblarning koʻpayishi kutubxonalarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi.

Yozuvlarda ma’noviy xususiyat ko‘p. Ajdodlarning madaniy merosini avlodlarga

yetkazib berguvchi manba bu kitoblardir. Shu sababli kitobxonlar kitobga mehri berib kitoblarni

saqlashga qiziqishgan. Keyinchalik yozma yodgorliklarni saqlovchi kutubxonachilar

shakllangan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda sopol bitiklarni saqlangan kutubxonalar paydo

boʻlgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1460

Sharqda miloddan avvalgi VII asr oʻrtalarida koʻp saroylarda kutubxonalar tashkil

qilingan. Yana shuni aytish mumkinki, Qadimgi Misr va Rim ibodatxonalar qoshida

kutubxonalar boʻlgan. Qadimgi davrning eng mashhuri kutubxonasi Iskandar kutubxonasidir.

Yevropada ilk oʻrta asrlarda monastr va ibodatxonalar qoshida kutubxonalar tashkil

etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi kutubxonalar rivojlanishida yangi davrni boshlab

bergan. Sarbonna, Geydelberg universitetlari qoshida, shuningdek, Vatikan kutubxonasi,

Parijdagi Qirollik kutubxonalar kabi turli sohalarni qamrab oluvchi kutubxonalar paydo boʻla

boshladi.

Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning soʻnggi asrlarida dastlabki

kutubxonalar paydo boʻlgan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar

bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, oʻsha davrlardagi mavjud qoʻlyozmalar bilan ham tanish boʻlgan.

Oʻzbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari saqlanmagan. IX-X asrlarda Oʻrta

Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va boshqa yirik

shaharlar hukmdorlari saroylarida kutubxonalar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoro shahrida koʻp

kutubxonalar mavjud boʻlgani haqida maʼlumotlar berilgan. Kutubxonalardan eng mashhuri, eng

boy va yirigi Somoniylar sulolasi kutubxonsi edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham

kutubxonalar boʻlgan. Moʻgʻullar istilo’si vaqtida Marv shahrida 10 ta yirik kutubxonalar

faoliyat yuritgani haqida ma’lumotlar mavjud. XIII asrda Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Balx va

boshqa shaharlarda madaniyat markazlari tashkil qilingan bo‘lib, olimlar toʻplanadigan joylar

ham mavjud bo‘lgan. Shu shaharlarda yirik kutubxonalar mavjud bo‘lgan.

XIV asrning 2-yarmidan Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning yangidan o‘zgarishlar sodir

bo‘ldi. Bu o‘zgarish kutubxonalarning qayta tiklanishi edi. XIV asr oxirida Shayx Muhammad

Porso ochgan vaqf kutubxonasi XIX asr 40-yillarigacha o‘z faoliyatini koʻrsatib kelgan. Buxoro,

Samarqand, Qarshi, Xiva va boshqa shaharlardagi katta madrasalarda kutubxonalar boʻlgan,

ularning fondlari madrasaning qadimgi va nufuziga qarab turlicha boʻlgan. Baʼzi tarixiy

manbalarda

qayd

etilishicha,

Beruniy,

Ibn

Sino,

Firdavsiy,

Zamaxshariy, Umar

Xayyom kabilarning shaxsiy kitoblari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qoʻlyozmalarga boy

yirik kutubxonasi, shuningdek Abdurahmon Jomiyning shaxsiy kutubxonasi mashhur boʻlgan.

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy kutubxona boʻlib,

bulardan biri Muhammad Sharif Sadr Ziyoning shaxsiy kutubxonasi bugungi kungacha toʻliq

saqlanib qolgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1461

XX asr boshlarida mahalliy oʻzbek va rus ziyolilari general Joʻrabek, Dukchi Eshon nomi

bilan mashhur Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli, V.L.Vyatkin, vrach G.M.Semenov, Abdurauf

Fitrat va boshqalarning shaxsiy kutubxonalari boʻlgan.

XX asr 10—20-yillari Turkiston hududida 2 ta xalq kutubxonasi, bir necha shahar

kutubxonalari va boshqa mavjud boʻlgan. Mahalliy aholi vakillari milliy yoʻnalishdagi 2 ta

kutubxona va madrasalar huzuridagi kutubxonalardan foydalangan. Shu kutubxonalar oʻz

davrida davlat kutubxonasini tashkil etishda asosiy negiz boʻlib xizmat qildi. Hozirda ommaviy,

ilmiy va maxsus kutubxonalar tizimi shakllangan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Hozirda Oʻzbekistonda kutubxonaning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy

kutubxonalar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli

kitobxonlar guruhlariga moʻljallangan kitoblarni targʻib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va

taʼsirchan usullarni qoʻllaydi. Ilmiy va maxsus kutubxonalarga fan, iqtisodiyot va madaniyatning

turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, oliy va maxsus

oʻquv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy kutubxonalarga yirik davlat,

akademiya, universitet va tarmoqlar kutubxonalari, maxsus kutubxonalarga texnika

kutubxonalari, muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va hokazodagi

kutubxonalar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab kutubxonani koʻp sohali va soha

kutubxonalariga ajratish mumkin. Kutubxonalar oʻz navbatida, faoliyati, mintaqaviy darajasiga,

mansubligiga qarab yana turlarga boʻlinadi:

- milliy kutubxona,

- davlat kutubxonasi,

- viloyat kutubxonasi,

- oʻsmirlar kutubxonasi,

- qishloq xoʻjaligi kutubxonasi va boshqa kutubxonalarga ajratish maqsadga muvofiq

bo‘ladi. Bugun fan-texnika taraqqiyoti davrida kitobxonlarning talablarini qondirish emas balki,

ularga ma’naviy madaniy ozuqa ulashishdir. Shuning uchun ham kutubxonalarni birgalikda

faoliyati kuzatilmoqda. Bu kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish jarayonida namoyon

boʻlmoqda.

Har qanday kutubxonaning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda

kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu kutubxonaga kerakli

nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni kutubxonaga olish kutubxona kollektori

orqali amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1462

Bundan tashqari, yirik kutubxonalar bosma nashrlarning toʻliq yoki qisman nazorat

nusxasini olish huquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichida va chet mamlakatlardan

kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish darajasi kutubxona

fondini toʻliq toʻplashga birmuncha bogʻliq.

Kitob fondini toʻgʻri tashkil qilish (hisobga olish, joylashtirish, saqlash va kitobxonga

yetkazish) kitobxonga adabiyotdan foydalanishni, kutubxonachiga esa kitobxonga tez xizmat

koʻrsatishni, fondni ijtimoiy mulk sifatida saqlashni taʼminlaydi.

Kitobxonga xizmat koʻrsatishning turli yoʻllari mavjud:

-

kitobxonga abonement, qiroat xona hamda koʻchma kutubxona orqali kitob berish;

- ayrim kitobxon va korxonalarga kitob tanlashda yordam berish;

- kutubxona katalogi tizimi orqali kitob fondini yoritish;

- turli xil axborot-bibliografiya qoʻllanmalari tuzish va hokazo.

Zamonaviy ilmiy texnika taraqqiyoti kutubxonalar ishini murakkablashtirmoqda. Koʻplab

bosma asarlarni ishlab chiqarishning beqiyos darajada oʻsishi kutubxonalar oldiga koʻp hajmdagi

nashrlarni tanlash, saralash va oqilona saqlash, kompyuterlar vositasida izlab topish va tezda

kitobxonga yetkazish masalalarini koʻndalang qoʻyadi.

Kutubxonalar faoliyati sharoitidagi oʻzgarishlar avvalgi sermehnat anʼanaviy kutubxona

texnikasini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib

qoʻymoqda. XX asr oxiriga kelib kutubxonalarni texnika bilan taʼminlash darajasi bir muncha

oʻsdi desak maqsadga muvofiq.

Ayrim kutubxona ichki jarayonlari (yirik kutubxonalarda koʻp kitoblarni harakatlantirish)

konveyer va koʻtargichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan birgalikda

foydalanishda zamonaviy uslublarni qoʻllash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan

foydalanish va boshqa qoʻllanilmoqda.

Yangi kutubxona anjomlari joylardan unumli foydalanishni, kutubxonachi mehnatining

unumdorligini yanada oshirishni taʼminlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini

yengillashtirishga yordam bermoqda hamda ishlab chiqarish estetikasi talablariga toʻliq javob

beradi.

Zamonaviy texnika kutubxonachini qoʻl mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi

kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga koʻproq vaqt ajratishga imkon

yaratmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1463

Hozir dunyoda eng yirik kutubxonalar: AQShning Kongress kutubxonasi (Vashington),

Britaniya kutubxonasi (London); Fransiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa

mamlakatlarning milliy kutubxonalari, Rossiyadagi Rossiya davlat kutubxonasi (Moskva),

Rossiya milliy kutubxonasi (Sankt-Peterburg) va boshqa, Oʻzbekistonda Oʻzbekiston milliy

kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi, Oʻzbekiston milliy

universitetining Asosiy kutubxonasi, “Turon” kutubxonasi va boshqa ko‘plab kutubxonalar

mavjud. Zamonaviy texnologik jihozlar bilan ta’minlangan.

REFERENCES

1.

Аxunjаnov E.O. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrix:.-1-qism Dаrslik / -Toshkent, А.Nаvoiy

nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2004.-106 b.

2.

Axunjonov E. Kutubxonashunoslik, Arxivshunoslik, Kitobshoslik nazariy va tarixi.-

Toshkeht.: Tafakkur, 2011.-520 b.

3.

Аxunjаnov E.А. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrixi 2-qism.-T, 2 Dаrslik / -Toshkent,

А.Nаvoiy nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2006.-150 b.

4.

Qosimovа O. vа Yesimov T.Umumiy kutubxonаshunoslik: ; O‘zR Oliy vа o‘rtа mаxsus

tа’lim vаzirligi.-T.: “O‘qituvchi”, 1994.350 b.

5.

NURILLO CHORINING BADIIY ASARLARIDA MILLIY KOLORITGA XOS

KO‘RINISHLAR NUTQIY JIHATDAN IFODALANISHI

SH Norqulovich - International conference on multidisciplinary science, 2023

Цитируется: 15 Похожие статьи

6.

NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF

MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN

H Suvanov - Modern Science and Research, 2024

Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)

7.

Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi omildir

8.

HN Suvanov - Science and Education, 2023

9.

Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (2)

10.

"ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI

11.

S Husniddin - BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR …, 2022

Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1464

12.

MILLIY MADANIYAT VA MILLIY KOLORIT BADIIY ASARDA NAMOYON

BO‘LISHI

H Suvanov - NRJ, 2024

Цитируется: 4 Похожие статьи

13.

MANIFESTATION OF THE NATIONAL COLOR CHARACTERISTIC OF THE

NATIONAL MENTALITY IN THE WORKS OF BIBI ROBIA'SAIDOVA

H Suvanov - Modern Science and Research, 2023

Цитируется: 1 Похожие статьи Все версии статьи (2)

14.

HUSNIDDIN SUVANOV CHARACTERISTIC ASPECTS OF NATIONAL COLOR IN

BIBI ROBIA SAIDOVA'S STORY" OQMAYDIGAN TOSH" 2023/4/30. Страницы

50-53