ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1471
KUTUBXONA FAOLIYATINING SIFATINI ORTTIRISHDA ZARURIY CHORA
TADBIRLAR
O‘ktamova Umriniso O‘tkirjonovna
Termiz davlat universiteti, Pedagogika va ijtimoiy ish fakulteti
Kutubxona va axborot faoliyati talabasi.
Tel:+998-99-388-11-27 E-mail:
Suvanov Husniddin Norqulovich
Ilmiy rahbari:Termiz davlat universiteti,
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
Tel:+998-97-786-88-05 E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15287709
Annotatsiya. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib,
quyidagilarni kiritish mumkin Kitob fondini yig‘ish(qog‘oz holati yoki elektron holatda), Kitob
fondini tashkil etish, fond mazmunini yoritish, kitoblarni kitobxonlarga yetkazish, kitobxonlarga
kitob o‘qishi uchun sharoitlar yaratish kabi asosiy funksiyalar yoritilgan. Kutubxonalarning
kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy vazifasi quyidagicha belgilangan bo‘lib, bular
xushmuomala bo‘lish, kitoblar bazasini kengaytirish, kitobxonga o‘qishi uchun qulay sharoit
yaratish, bor kitoblarni topib berish;
Kalit so‘zi: Kitobxon kitob, fond, kutubxona,gazeta, jurnal.
NECESSARY MEASURES TO IMPROVE THE QUALITY OF LIBRARY ACTIVITIES
Abstract. Library service is the main activity of the library, which can include the
following: Collecting a book fund (in paper or electronic form), organizing a book fund,
highlighting the content of the fund, delivering books to readers, creating conditions for readers
to read books, etc. The main tasks of libraries in providing service to readers are defined as
follows, which are to be courteous, expand the book base, create comfortable conditions for
readers to read, and find available books;
Keyword: Bookworm, book, fund, library, newspaper, magazine.
НЕОБХОДИМЫЕ МЕРЫ ПО ПОВЫШЕНИЮ КАЧЕСТВА ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
БИБЛИОТЕКИ
Аннотация. Обслуживание читателей является основным видом деятельности
библиотеки, который может включать в себя следующее: комплектование книжного
фонда (на бумажных носителях или в электронном виде), организация книжного фонда,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1472
освещение содержания фонда, доставка книг читателям и создание условий для чтения
книг читателями. Основные функции охвачены. Основными задачами библиотек по
обслуживанию читателей определены: вежливое обращение, расширение книжной базы,
создание комфортных условий для чтения читателей, поиск доступных книг;
Ключевые слова: Книжный червь, книга, фонд, библиотека, газета, журнал.
Kutubxona arab
tilidan olingan bo‘lib, “kitoblar” ma’nosini anlatadi. Fors
tilidan xona so‘zi esa, “uy” ma’nosini bildiradi. Kutubxona so‘zi kitoblar yig‘ilgan joyni
anglatadi. Bugungi kunda barcha axborot yigʻiladigan joy ma’nosini bildiradi. Bunda
axborot kitob, gazeta, jurnal, video va audio tasma, optik disk va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Kutubxonalar tashkilot yoki jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Kutubxona bosma, qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-
maʼrifiy va ilmiy muassasa ma’lumotlar bazasini to‘plovchi hamda kishilarga ma’naviy ozuqa
beruvchi ilmiy to‘planmadir. Kutubxonada muntazam ravishda barcha ilmiy va badiiy asarlarni
toʻplash, saqlash, targʻib qilish mumkin. Kutubxona kitobxonlarga ilmiy va badiiy adabiyotlarni
yetkazish funksiyasini bajaradi, shuningdek axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi.
Ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat
koʻrsatish kitubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Kitob fondini yig‘ish(qog‘oz holati yoki elektron holatda)
2. Kitob fondini tashkil etish,
3. Fond mazmunini yoritish,
4. Kitoblarni kitobxonlarga yetkazish
5. Kitobxonlarga kitob o‘qishi uchun sharoitlar yaratish kabilar asosiy faoliyat uchun
xizmat kiradi. Kutubxonalarning kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy vazifasi:
- xushmuomala bo‘lish;
- kitoblar bazasini kengaytirish;
- kitobxonga o‘qishi uchun qulay sharoit yaratish;
- bor kitoblarni topib berish;
Kitobxonlarning axborot va adabiyotga boʻlgan ehtiyojlarini imkon boricha kitoblarni
topib berish. Har bir kutubxona oʻz turiga koʻra mutolaa qiluvchilarni guruhlarga ajratishiga
to‘g‘ri keladi:
- ilmiy adabiyot o‘quvchilar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1473
- badiiy adabiyot o‘quvchilar
- jurnal o‘quvchilar
- gazeta o‘quvchilar kabi turlarga ajratishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida
keltirilgan mas’uliyatli ishlarga kerakli mas’ul shaxslarni biriktirish kerak. Alohida kitobxonlar
guruhini shakllantirish kutubxona xodimlari uchun ham kitobxon o‘quvchilar uchun ham qulay
bo‘ladi. Vaqtdan unumli foydalangan bo‘ladi. Shuningdek, sifatlilik darajasini oshiradi.
Adabiyotlarning tez va oson topilishi kutubxonaning ish faoliyati sifatli ekanini
belgilaydi. Mas’ul xodimlar faoliyatini quyidagicha yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq:
- professor-o‘qituvchilar ilmiy yangiliklarini to‘plovchi va ilmiy tadqiqodchilarga
foydalanishiga sharoit yaratish;
- gazeta uchun she’r va maqola beruvchilar ma’lumotlarini to‘plovchi;
- chop etilgan gazetalarni gazeta o‘quvchisilarga ulashuvchi xodim;
- jurnalga ilmiy ma’lumotlar va ijodiy faoliyatlarni to‘plovchi xodim;
- jurnallarni jurnal o‘quvchilarga ulashuvchi xodimlar;
- badiiy adabiyot o‘quvchi kitobxonlar uchun mas’ul xodim;
- ilmiy adabiyot o‘quvchilar uchun mas’ul xodimlar;
Shuningdek boshqa ko‘plab xizmat ko‘rsatish ishchi xodimlarni yo‘naltirish. Bu kabi
mas’ullar kutubxona faoliyatining sifatni oshiradi, kitobxonning ilmiy salohiyatini oshiradi.
Milliy va ma’naviy yuksalishi uchun xizmati behisob bo‘ladi. Kutubxona har qanday
millatning milliy boyligidir. Kutubxona milliy kolaritlarini saqlovchi va ajdodlardan avlodlarga
yetkazuvchi eng asosiy bazadir. Kutubxona harqanday davlatning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy, milliy, siyosiy va boshqa ko‘plab xarakterli xususiyatlarni o‘zida saqlovchi bazadir.
Kutubxonadagi kitoblardan foydalangan har bir shaxs ma’nan yetuk, ilmiy salohiyatga
ega, o‘zini va o‘zgalarni hurmat qiluvchi shaxs bo‘lib kamol topadi. Kitoblar bazasini
ko‘paytirsa albatta o‘sha kitoblarni o‘qirman ko‘p bo‘ladi.
Kutubxonalarning ta’minlanishini moliyaviy jihatdan quyidagi turlarga ajratib olamiz:
-
mustaqil
-
nomustaqil
Mustaqil kutubxonalar o‘zini o‘zi boshqara oladi. O‘z mablag‘iga ega bo‘ladi. Shuni ham
aytish kerakki, o‘z hisob raqamiga ega bo‘ladi. Mustaqil kutubxonalar har jihatdan o‘zini o‘zi
boshqaradi. Nomustaqil kutubxonalar o‘zlari bo‘ysunadigan idora va tashkilotlar bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1474
Moliyaviy jihatdan bevosita idora-tashkilotlarga bo‘g‘langan bo‘ladi. Kutubxona
fondlarini komplektlash turli xil bo‘ladi. Mustaqil va nomustaqil kutubxonalar vazifasi eng
avvalo kitobxonlarga xizmat qilish va ma’naviy yuksalishiga hissasini qo‘shish.
Shuningdek, axborot-resurs markazida turli xil bepul xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi
kerak. Elektron kutubxona faoliyatini yaxshilash, shuningdek zamonaviy infokiosk, Unibook
qurilmasini o‘rnatish hamda RFID texnologiyalarini yo‘lga qo‘yishi kerak. Kutubxona
faoliyatini raqamli ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Kitobxonlarni ro‘yxatini shakillantirish, kitobxonlarga kitob berish va qaytarib olish,
shuningdek foydalanuvchilarga elektron resurslar bilan tezkor xizmat ko‘rsatish, ma'lum turlar
asosida adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, internetda mavjud ma’lumotlar bazalaridan foydalanish
uchun sharoit yaratish kabi umumiy xarakterdagi funksiyalarni yo‘lga qo‘yish. Universitet
xodimlari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarga UDK klassifikatorini shakllantirish. Turli
xil ommaviy tadbirlar uchun sharoit yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyun, PQ-4354-son qarorida shunday
deyilgan “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish” Prezidentimizning tariximizga, millatimizga, ajdodlarga va kelajak avlodga
bo‘lgan e’tiboridir.
Buningdek e’tibor kutubxona axboroti faoliyatini yaxshilaydi, sifatli va yaxshi sharoitda
kitobxonning ilmga qiziqishi ortadi. Xalqi ziyoli bo‘lgan mamlakatning ajdodlari qadrli,
avlodlari ilmli bo‘ladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotida axborot-kutubxona faoliyati qulay sharoitga asoslanib
yo‘lga qo‘yilgan. Axborot olish ham raqamlashtirilgan shuningdek osonlashtirilgan. Madaniy-
ma’rifiy xordiq chiqarishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.
Davlatning kutubxonaga e’tibori ziyoli qatlam ortib borishi va sharoit yaxshiligi ilmiy
salohiyatning oshishiga olib keladi.
Milliy-tarixiy urf-odatlarni chuqur o‘rganish, xalqning tarixiy voqelikka bo‘lgan
qiziqishlarini o‘stirish. Milliy tarixni o‘rganish har bir davlatning kelajagini belgilab berishi
tabiiydir.
Ajdodlarga bo‘lgan hurmat milliy madaniyat shakllanishi bilan bog‘liq. Milliy madaniyat
esa xalqning yuqori saviyaga ega ekanini ko‘rsatadi. Xalqning savodxonligini oshirish ta’limga
bo‘lgan e’tiborni yanada takomillashtirishga olib keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1475
Bundan ko‘rinadiki, axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy hamda axborot
salohiyatini, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy xususiyatlarini, mamlakatdagi xususiy
va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish zarurati yuzaga
kelmoqda.
REFERENCES
1.
Аxunjаnov E.O. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrix:.-1-qism Dаrslik / -Toshkent, А.Nаvoiy
nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2004.-106 b.
2.
Axunjonov E. Kutubxonashunoslik, Arxivshunoslik, Kitobshoslik nazariy va tarixi.-
Toshkeht.: Tafakkur, 2011.-520 b.
3.
Аxunjаnov E.А. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrixi 2-qism.-T, 2 Dаrslik / -Toshkent,
А.Nаvoiy nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2006.-150 b.
4.
Qosimovа O. vа Yesimov T.Umumiy kutubxonаshunoslik: ; O‘zR Oliy vа o‘rtа mаxsus
tа’lim vаzirligi.-T.: “O‘qituvchi”, 1994.350 b.
5.
NURILLO CHORINING BADIIY ASARLARIDA MILLIY KOLORITGA XOS
KO‘RINISHLAR NUTQIY JIHATDAN IFODALANISHI
SH Norqulovich - International conference on multidisciplinary science, 2023
6.
NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF
MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN
H Suvanov - Modern Science and Research, 2024
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)
7.
Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi omildir
HN Suvanov - Science and Education, 2023
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (2)
8.
"ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI
S Husniddin - BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR …, 2022
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)
9.
MILLIY MADANIYAT VA MILLIY KOLORIT BADIIY ASARDA NAMOYON
H Suvanov - NRJ, 2024
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1476
10.
MANIFESTATION OF THE NATIONAL COLOR CHARACTERISTIC OF THE
NATIONAL MENTALITY IN THE WORKS OF BIBI ROBIA'SAIDOVA
H Suvanov - Modern Science and Research, 2023
Цитируется: 1 Похожие статьи Все версии статьи (2)
11.
HUSNIDDIN SUVANOV CHARACTERISTIC ASPECTS OF NATIONAL COLOR IN
BIBI ROBIA SAIDOVA'S STORY" OQMAYDIGAN TOSH" 2023/4/30. Страницы
50-53
