ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
131
KUTUBXONASHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIK O‘ZARO BOG‘LIQ JIHATI
Abdumurodova Mohinur Panji qizi
Termiz davlat universiteti, Pedagogika va ijtimoiy ish fakulteti
Kutubxona va axborot faoliyati talabasi.
Tel:+998-50-508-80-04
moxinurabdumurodova223@gmail.com
Suvanov Husniddin Norqulovich
Ilmiy rahbari:Termiz davlat universiteti,
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
Tel:+998-97-786-88-05 E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15347957
Annotatsiya. Adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni o‘rganadi, adabiy jarayonlarni
o‘rganadi, tahlil qiladi va shuningdek, tarixiy rivojlanishini nazariy tahlil qiladi.
Kutubxonashunoslik fani esa, axborot yig‘adi. Kutubxonashunoslik fani saqlash,
tarqatish va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Bu ikki soha o‘rtasidagi o‘zaro
aloqaning eng muhim jihati, bir tomondan, adabiyotning kutubxonalarda jamlanishi
kutubxonashunoslarning adabiy merosni tizimlashtirishdagi asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Tayanch so‘z: Kitobxon, kutubxonashunoslik, adabiyot, adabiyotshunoslik.
INTERRELATIONSHIP BETWEEN LIBRARY STUDIES AND LITERARY STUDIES
Abstract. Literary studies studies works of art, studies, analyzes literary processes, and
also theoretically analyzes their historical development. Library science, on the other hand,
collects information. Library science is aimed at preserving, distributing, and ensuring a
systematic approach. The most important aspect of the interaction between these two fields is
that, on the one hand, the accumulation of literature in libraries is the main function of
librarians in the systematization of literary heritage.
Keywords: Book reader, library science, literature, literary studies.
ВЗАИМОСВЯЗЬ БИБЛИОТЕЧНОГО ДЕЛА И ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ
Аннотация. Литературоведение изучает произведения искусства, изучает и
анализирует литературные процессы, а также теоретически анализирует их
историческое развитие. Библиотечное дело, с другой стороны, занимается сбором
информации. Библиотечное дело фокусируется на сохранении, распространении и
обеспечении системного подхода. Важнейшим аспектом взаимодействия этих двух сфер
является то, что, с одной стороны, концентрация литературы в библиотеках является
основной функцией библиотекарей по систематизации литературного наследия.
Ключевые
слова:
Читатель
книг,
библиотековедение,
литература,
литературоведение.
Adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni o‘rganadi, adabiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi
va shuningdek, tarixiy rivojlanishini nazariy tahlil qiladi. Kutubxonashunoslik fani esa, axborot
yig‘adi. Kutubxonashunoslik fani saqlash, tarqatish va tizimli yondashuvni ta’minlashga
qaratilgan. Bu ikki soha o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning eng muhim jihati, bir tomondan,
adabiyotning
kutubxonalarda
jamlanishi
kutubxonashunoslarning
adabiy
merosni
tizimlashtirishdagi asosiy funksiyasi hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
132
Kutubxonashunoslar adabiyotshunoslarga kerakli ma’umotlarni saqlaydi.
Adabiyotshunoslikda adabiy asarlarning tarixiy-milliy, badiiy-ilmiy yoki madaniy
jihatdan tahlil qiladi. Kutubxonashunoslar tomonidan tayyorlangan kataloglar, bibliografik
ma'lumotlar, elektron kutubxonalar, jurnallar, maqolalar, axborot-resursga oid ma’lumotlarni
shuningdek, adabiyotshunoslarga zamonaviy adabiyotlarni o‘rganishda yordam beradi.
Bundan tashqari, kutubxonalar adabiyotshunoslarning ilmiy va badiiy izlanishlarini
ommaga taqdim etish, ularni keng jamoatchilikka yetkazish vazifasini ham bajaradi.
Kitobxonlarga tavsiya etilgan asarlar, adabiy kechalar, uchrashuvlar va seminarlar orqali
kutubxona jamoalari adabiyotni ommalashtirishda faol ishtirok etadi. Tadbirlarda esa, yozuvchi
va shoirlar hayotini nazariy jihatdan o‘rganadi, ilmiy asosli dalillarni yig‘adi.
Bugungi kunda kutubxonalar raqamli texnologiyalarni keng qo‘llamoqda. Elektron
shaklini targ‘ib qilmoqda. Raqamli arxivlar va onlayn kataloglar adabiyotshunoslarga hamda
kitobxonlarga yangi asarlarni tez va oson topish imkoniyatini bermoqda. Adabiyotshunoslar
raqamli kutubxonalardagi resurslardan foydalanish bilan birga turli badiiy asarlarni nazariy
o‘rganishi, turli davrda yozilgan asarlarni va adabiyotini solishtirib ilmiy ma’lumotga ega
bo‘lmoqda.
Kutubxonashunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi bog‘liqlik, ayniqsa, madaniy va
ilmiy taraqqiyotda muhim ahamiyatni kasb etadi. Kutubxonalar, adabiyotshunoslikka manbalar
bilan ta’minlash orqali ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga, adabiy merosni saqlashga va keng
jamoatchilikka yetkazishga yordam beradi. Badiiy asarlar, ilmiy asarlarni yig‘adi.
Adabiyotshunoslar kutubxonalar orqali adabiy asarlarni o‘rganish va tahlil qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu tarzda, bu ikki fan o‘rtasidagi hamkorlik, ilm-fan va
madaniyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikkalasi ham insonlarni ma’naviy
yusaltirishi uchun xizmat qiladi.
Adabiyot insoniyat tafakkuri, ma'naviyati va ruhiy olamini aks ettiruvchi bebaho boylik
bo‘lib, u millat madaniyati va ma'naviyatining eng muhim poydevoridir. Shu bois,
adabiyotshunoslik bu boylikni o‘rganish, tahlil qilish va baholash bilan shug‘ullansa,
kutubxonashunoslik esa uni saqlash, tizimlashtirish, ommaga yetkazish va undan foydalanishni
tashkil etishga xizmat qiladi. Ushbu ikki soha bir-birini to‘ldiradi hamda bir-biriga xizmat qiladi.
Bir-biridan ajralgan holda taraqqiy etadi. Kutubxona adabiyotning asosiy saqlovchisi va
tarqatuvchisi hisoblanadi. Adabiy asarlarning qo‘lyozmalari, birinchi nashrlari, tarjimalari, ilmiy
izohlari aynan kutubxonalar orqali jamlanadi va keng ommaga taqdim etiladi. Kutubxonada
adabiy merosni asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishning asosiy manbasidir.
Adabiyotshunoslikdagi ilmiy tadqiqotlar ko‘p hollarda kutubxona fondlariga tayanadi.
O‘tmish yozuvchilari, adabiy maktablar, ma’lum bir davr adabiyoti ustida olib borilgan
tahlillar kutubxonalardagi arxiv, bibliografik va statistik ma’lumotlarga asoslanadi. Shunday
qilib, kutubxonashunoslik adabiyotshunoslikka asosiy ilmiy zamin tayyorlovchi muhim
sohasidir.
Kutubxonachilar adabiyotni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular
kitobxonlarga tavsiya etiladigan adabiy asarlarni tanlab beradi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar:
kitobxonlik kechalari, mualliflar bilan uchrashuvlar, adabiy tanlovlar orqali badiiy adabiyotga
bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
133
Bu orqali adabiyotning tarbiyaviy va ma'rifiy kuchi keng jamoatchilikka yetkaziladi.
Shuningdek, zamonaviy kutubxonalar raqamli texnologiyalar yordamida elektron
kataloglar, ma’lumotlar bazalari, elektron kutubxonalar yaratib, adabiyotni global miqyosda
o‘rganish va foydalanish imkonini bermoqda. Bu adabiyotshunoslarga tezkor, keng va chuqur
tadqiqot olib borishga qulay shart-sharoit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, adabiyot va kutubxonashunoslik bir-biriga suyanch bo‘lgan, bir
maqsadga xizmat qiluvchi ilm, ma'rifat, madaniyat va tarbiya asoslarini mustahkamlovchi ikki
muhim sohadir. Ular o‘zaro hamkorlikda rivojlanar ekan, jamiyat ma’naviy hayotining
yuksalishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Аxunjаnov E.O. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrix:.-1-qism Dаrslik / -Toshkent, А.Nаvoiy
nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2004.-106 b.
2.
Axunjonov E. Kutubxonashunoslik, Arxivshunoslik, Kitobshoslik nazariy va tarixi.-
Toshkeht.: Tafakkur, 2011.-520 b.
3.
Аxunjаnov E.А. Vаtаn kutubxonаchiligi tаrixi 2-qism.-T, 2 Dаrslik / -Toshkent,
А.Nаvoiy nomidаgi O‘zbekiston Milliy kutubxonаsi, 2006.-150 b.
4.
Qosimovа O. vа Yesimov T.Umumiy kutubxonаshunoslik: ; O‘zR Oliy vа o‘rtа mаxsus
tа’lim vаzirligi.-T.: “O‘qituvchi”, 1994.350 b.
5.
NURILLO CHORINING BADIIY ASARLARIDA MILLIY KOLORITGA XOS
KO‘RINISHLAR NUTQIY JIHATDAN IFODALANISHI
SH Norqulovich - International conference on multidisciplinary science, 2023
Цитируется: 15 Похожие статьи
6.
NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF
MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN
H Suvanov - Modern Science and Research, 2024
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)
7.
Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi omildir
HN Suvanov - Science and Education, 2023
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (2)
8.
" ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI
S Husniddin - BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR …, 2022
Цитируется: 5 Похожие статьи Все версии статьи (3)
9.
MILLIY MADANIYAT VA MILLIY KOLORIT BADIIY ASARDA NAMOYON
BO‘LISHI
H Suvanov - NRJ, 2024
Цитируется: 4 Похожие статьи
10.
MANIFESTATION OF THE NATIONAL COLOR CHARACTERISTIC OF THE
NATIONAL MENTALITY IN THE WORKS OF BIBI ROBIA'SAIDOVA
H Suvanov - Modern Science and Research, 2023
Цитируется: 1 Похожие статьи Все версии статьи (2)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
134
11.
HUSNIDDIN SUVANOV CHARACTERISTIC ASPECTS OF NATIONAL COLOR IN
BIBI ROBIA SAIDOVA'S STORY" OQMAYDIGAN TOSH" 2023/4/30. Страницы
50-53
