USING COMPARISON WITH A FOREIGN LANGUAGE IN TEACHING NUMBER CATEGORY IN MOTHER TONGUE CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Murodova, S. (2023). USING COMPARISON WITH A FOREIGN LANGUAGE IN TEACHING NUMBER CATEGORY IN MOTHER TONGUE CLASSES. Modern Science and Research, 2(10), 528–533. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24503
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the methods and ways aimed at the development of linguistic competence based on the study of foreign languages are applied in the effective organization of primary school mother tongue and reading literacy classes.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

528

ONA TILI DARSLARIDA SON KATEGORIYASINI OʻRGATISHDA XORIJIY

TIL BILAN QIYOSLASHDAN FOYDALANISH

Murodova Saodat Uyg‘un qizi

Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10010056

Annotatsiya.

Maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini

samarali tashkil etishda xorijiy tillar bilan qiyoslash asosida o‘quvchilarda lingvistik
kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan usul va yo‘llar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

lingvistika, ona tili, metod, qiyoslash, xorijiy tillar, ko‘nikma, bilim,

kompetensiya.

USING COMPARISON WITH A FOREIGN LANGUAGE IN TEACHING

NUMBER CATEGORY IN MOTHER TONGUE CLASSES

Abstract.

In the article, the methods and ways aimed at the development of linguistic

competence based on the study of foreign languages are applied in the effective organization of
primary school mother tongue and reading literacy classes.

Key words:

linguistics, mother tongue, method, comparison, foreign languages, skills,

knowledge, competence.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СРАВНЕНИЯ С ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКОМ ПРИ

ОБУЧЕНИИ ЧИСЛОВОЙ КАТЕГОРИИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА.

Аннотация.

В статье методы и способы, направленные на развитие

лингвистической компетентности на основе изучения иностранных языков, применяются
при эффективной организации занятий по родному языку и читательской грамоте в
начальной школе.

Ключевые слова:

языкознание, родной язык, метод, сравнение, иностранные языки,

умения, знания, компетентность.

Oʻzbek tili mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili boʻlib, uning umumiy oʻrta

ta’lim maktablarida oʻqitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini
tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga koʻra toʻgʻri, oʻrinli va samarali
foydalanish malaka va koʻnikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va
an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan oʻrni va imkoniyatlari
benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni
tarbiyalash masalasi oʻta muhim vazifa bo‘lib turgan bir sharoitda bu fanning oʻqitilishi muhim
ahamiyat kasb etadi.

Avvalo, boshlangʻich sinf ona tili darsliklarida -lar qoʻshimchasini qoʻllashda

tejamkorlikka rioya qilingan-qilinmaganini olib qaraymiz. Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklarda
mazkur qoʻshimchaning tejab-tejamasligi son kategoriyasi talqini bilan bogʻliq. Bir darslikda koʻp
predmetlarni bildirlar soʻzlar kimlar? nimalar? soʻrogʻiga javob boʻladi deyilsa, ikkinchisida
predmet nomini bildirib, kim?, kimlar? Yoki nima?, nimalar? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar
ot deyiladi. Otlar birlikda (bola) va koʻplikda (bolalar) qoʻllanadi deb koʻrsatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

529

Koʻrinadiki, otning miqdor ma’nosi yuqori sinf darsliklaridek A. Gʻulomov nazariyasiga

asosan talqin qilinib rus tiliga xos xususiyat qoida qilib berilgan. Bunday talqin oʻzbek tiliga mos
kelmasligi qoidaning oʻzidan koʻrinib turubdi. Bitta darslikda soʻroq soʻzi mualliflar aytmoqchi
birlikda, ikkinchisida koʻplikni anglatadi. Bundan birlik-koʻplik ifodalanishini boshqacha talqin
qilish kerakligi anglashiladi. Oʻzbek tilida tub ot faqat birlik, -lar qoʻshilgan ot faqat koʻplik
bildirmaydi. Shu inobatga olinsa mazkur qoidada soʻroqlari oʻrniga soʻrogʻi, shuningdek boshqa
oʻrinlarda koʻplik ifodalash uchun tub ot qoʻllanganining sababi oydinlashadi.

Maqolda tub ot yaxlit koʻplikni bildiradi: Odobli bola elga manzur. Koʻplik barcha

soʻzidagidek boʻlganidan barcha odobli bola ma’nosi anglashilib -lar tejaladi.

Koʻplik mantiqan ayon boʻlsa -lar tejalib tub ot qoʻllanishiga misol uchala darslikda ham

uchraydi: unli tovush undosh tovushdan imasi bilan farq qiladi. Bitta tovush nazarda tutilmagani
oʻqituvchigagina emas, oʻquvchiga ham ayyon.

Koʻplik gapdagi biror vositadan anglashilsa -lar tejalib tub ot qoʻllanadi: hamma yoqni

barg qopladi. Otasi unga koʻk, qizil shar berdi. Koʻplik birinchi misolda olmoshdan, ikkinchi
sifatning takroridan anglashiladi. Quyidagi misolda bu vazifani ot (tinchlik) va fe’l (boʻlib)
bajaradi: tinchlik soʻzini boʻgʻinga boʻlib talafuz qiling.

Bitta otda qoʻllangan -lar ikkinchisidan ham koʻplik anglashilishiga yordam beradi:

ajratib koʻrsatilgan soʻzlarga soʻroq bering. Soʻroq yorsdamida otlarni aniqlang. Egalik
qoʻshimchasini olgan otlarni aniqlang. Tub otning ana shu xususiyati e’tirof etilsa darsliklarda
koʻp oʻrinda -lar ortiqcha notoʻgʻri qoʻllangani ma’lum boʻldi: tovushlar yozuvda harflar bilan
belgilanadi. Soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratib yozing. Soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib koʻchiring.
Otlardan sifatlar yasang. bu misollarda -lar ikkinchi otda tejalsa quyidagi misollarda birinchisidan
tejaladi: soʻroqlar yordamida birlik va koʻplikdagi otlarni aniqlab ayting. Soʻroqlar yordamida
toping. Ayrim gapda -lar ikki marta ortiqcha ishlatilgan: Soʻroqlar oʻriniga otlarga mos sifatlar
topib koʻchiring. Bu misolda -lar umuman qoʻllanmasa boʻladi, chunki mashqda soʻroq soʻz va
sifat kabi ot ham bitta emas. Koʻplik keyingi gapdan ayon boʻlganidan quyidagi misolda -lar bir
yoki ikki marta tejalishi mumkin: Soʻzlarda qanday qismlar boʻladi. Quyidagi misolda -lar uch
marta ortiqcha qoʻllangan: Chiziqchalar oʻrniga berilgan otlarga xos fe’llar tanlab gaplar tuzing.

Koʻplik otning oʻzidan anglashilganda ham -lar tejalishi kerak: Shudgorlangan yerda qurt-

qumursqalar yaxshi koʻrinadi. Yer zararli hasharotlardan tozalandi. Ikkinchi gapda koʻplik
qoʻshimcha (-ot) bilan ifodalangan boʻlsa, birinchisida takror yordamida namoyon boʻladi. Shu
inobatga olinsa, koʻpchilik doʻkon peshtoqida yozilga oziq-ovqatlarda ham -lar tejalishi ayon
boʻladi.

-lar qoʻshimchasini tejash maqsadga muvofiq boʻlganda oʻrni bilan sondan ham

foydalanish kerak. Quyidagi misolda gap soʻzidan oldin ikki-uchta yoki uch- toʻrta qoʻllansa -lar
tejalib vazifa oydinlashadi: Soʻzlardan gaplar tuzing.

Aniqlovchi son va boshqa miqdor bildiruvchi soʻzdan ifodalanganda -lar tejalib tub ot

qoʻllanishi uchala darslikda ham uchraydi: nechta gap, ikkita gap, uch-toʻrta gap, ikki yoki bir
necha gap, qirq xil millat, nechra boʻgʻin, ikki chiziq, toʻrt – beshta gap, koʻp kitob, toʻrt kishi,
oʻnta oʻquvchi, bir quloch boychechak, quloch-quloch gul.

Koʻp holda ana shu qoidaga rioya qilinmasligidan -lar ortiqcha qoʻllangan: toʻrta soʻzlar,

hamma bolalar, koʻp narslar, turli tillarda, minglab soʻzlar, koʻp narsalar, ayrim soʻzlar, turli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

530

mevalar, har xil kapalaklar, yuzlab kishilar, bir milliondan ortiq zararkunandalarga, hamma
shaharlarga, ayrim soʻzlar, bir gala chiyaboʻrilar.

Aniqlovchi miqdor bildirmaydigan soʻzlar ifodalanganda -lar aniqlanmishda tejaladi:

Tanafusda derazalarning darchasini ochib qoʻyamiz. Bayon nohissiy boʻlganidan quyidagi
misollarda ham aniqlanmishga -lar qoʻshilmaydi: Yoʻlda ularning ovqatlari tugab qoldi.
Gʻoʻzalarning barglari soʻliy boshladi. Daraxtlarning barglari sargʻayadi.

Quyidagi gaplarda -lar aniqlovchida emas, aniqlanmishda tejalishi kerak edi: Oyning

nomlarini yozing. Oyning nomlarini fasllarga boʻlib yozing. Shahar nomlarini alifbo tartibida
ayting.

Bayon hissiy boʻlsa -lar aniqlanmishda ham tejalmaydi: daraxtlarning oppoq shoxlari

yarqiraydi (Gʻuncha 3,65). Shabadada daraxtlarning yashil yaproqlari etbranadi.

Uyushiq ega va koʻmakchili toʻldiruvchida -lar koʻmakchisining tejab- tejalmasligiga

alohida izohlanishi kerak. Bayon nohissiy boʻlsa -lar ba’zan tejaladi. Qoʻy, qoʻzi yaylovda
oʻtlaydi.

Oʻzbek tilining xususiyatiga toʻgʻri kelmaganidan -lar koʻmakchisining rus tilidagidek

tejalmat qoʻllanishini toʻgʻri deb boʻlmaydi: Javonda oʻquv qurollari: daftarlar, kitoblar, ruchkalar
har xil qalamlar saqlanadi. Bu gapda -lar faqat umumlashtiruvchi soʻzga qoʻshiladi. Quyidagi
gapda uyushiq toʻldiruvchining oxirgisida qoʻshilib egada ham tejaladi: Kosmonavtlar,
quruvchilar, dengizchilar haqida markalari bor. Bayon nohissiy boʻlib barisi degan ma’no
anglashilganidan quyidagi misolda uyushiq eganing oxirgisiga ham -lar qoʻshilmaydi:
Qaldirgʻochlar, uzunqanotlar, koʻkqargʻalar issiq oʻlkalarga uchib keta boshladi.

Barisi degan miqdor ma’nosi tub otga xos boʻlganidan quyidagi uyushiq boʻlakda -lar

ishlatilmaydi: Tovushlar va harflar. Boshqa sarlavhalarda ham -lar tejalsa toʻgʻri boʻladi. Koʻplik
otning oʻzidan anglashilganidan quyidagi gapda -lar uyushiq eganing birinchisida ham 56tejaladi.
Sabzavotlar va qovun- tarvuz yigʻib olindi.

Uyushiq boʻlak oldida miqdor bildiruvchi soʻz qoʻllansa -lar tejalishi kerak: Chiroq

atrofida juda koʻp kapalak va parvonalar uchib yuribdi. Bu gul toʻgʻrisida koʻplab koʻshiqlar,
afsonalar yaratilgan.

Bayon hissiy boʻlganda ba’zan -lar tejalib uyushiq boʻlakning oxirgisiga qoʻshiladi:
Nizom deydi: - Kecha va kunduzlar!
Olim deydi: - Odam, jonivor, daraxtlar!
Bu she’rda his-tuygʻu (sevinch, shodlik) -lar va ohang bilan ifodalangan boʻlsa quyudagi

misolda ta’kid faqat -lar vositasida ifoda etilgan: Qish. Qor yogʻyapti. Kun sovuq. Keng dalalar
mevali bogʻlar, baland togʻlar oq choyshabga oʻralgan koʻrinadi.

Endi kesimda -lar tejalib-tejalmasligi haqida fikr yuritamiz. Egadan koʻplik anglashilsa

kesimda -lar tejaladi: Bu qonunga xilof ish tutgan kishilar xato qiladi. Shu payt uchta a’lochi
oʻquvchi qoʻshni maktabdan bizni yangi yil bilan tabriklash uchun kirib keldi. Bunday qoʻllanish
she’rda ham uchraydi: bolalar ahil boʻlsa, Shudir bizning baxtimiz (M. Hayitmetov). Lekin
nazariya taqazo qilinganidan toʻrtala darslikda ham bu qoidaga aksar rioya qilinmagan. Oqibatda
bolalar. Oʻquvchilar oti, ular olmoshiga bogʻlangan fe’l kesimda 30-40 martadan -lar ortiqcha
ishlatilgan. Boshqa otlar ham qoʻshib hisoblasa, har qaysi darslikda yuzlab oʻrinda tejamkorlikka
rioya qilinmaganligi ma’lum boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

531

Har bir darslikdan kesimga -lar ortiqcha qoʻshilganiga bir nechtadan misol keltiramiz.

Quyidagi gaplar 1-sinf ona tili darsligidan olingan:

Bolalar yana qanday oʻyinlar oʻyinlar

oʻynayaptilar?

Qadimda odamlar baland osmonda uchishni orzu qilganlar

.

Quyidagi misollar 3-sinf ona tili darsligidan:

Kishilar soʻzlaydilar

.

Faqat insonlargina

soʻzlashhni biladilar

.

Oʻquvchilar sayohatga boradilar

.

Oʻrtoqlari undan xafa boʻldilar

.

Dunyodagi xalqlar bir soʻzni sevinib aytadilar

.

Ikki dugona uy vazifalarini oʻz vaqtida puxta

bajaradilar

.

Yuqori sinf darsliklaridagidek moslashuv qoidasiga qat’iy rioya qilinganidan koʻplikdagi

egaga bogʻlangan ot kesimda ham -lar tejalmagan: Bular qanday hayvonlar? Bular qanday gaplar?
Ular qanday gaplar? Choynak, piyola, stakan idishlar. Doʻppi, palto, koʻylak-kiyimlar. Bu
gaplarni oʻqib katta arava qaydan yursa, kichik arava shundan yurar ekan-da deging keladi. Aks
holda kesimga qoʻshigan -lar ruscha gap soyasi ekanligini payqab undan voz kechish u qadar qiyin
emas edi.

Ona tilining xususiyati ega koʻplikda boʻlganda kesimda -lar tejalganidek kesimdan

koʻplik anglashilganda egada ham -lar tejalishini taqazo qiladi: Nega harf soni koʻp? Istagimiz
doʻst – koʻpaysin (P. Moʻmin). Lekin, koʻp oʻrinda bu qoidaga rioya qilinmagan: Fermada sigirlar
koʻp, Qaynamagan suvda mikroblar koʻp boʻladi. Unli tovushlar nechta? Bogʻda gilos, olxoʻri
daraxtlari koʻp.

Oʻktamning stolida silliq qilib qoʻyilgan savagʻichlar, taxtachalar, yelim, iplar qalashib

yotardi (H. Nazir;). Shoir she’rlar, gʻazallar yozaveribdi (O. Husanov).

Oʻqituvchi bu mavzuni otishda otdan olfin son kelganda oʻzbek, rus, ingliz tillarida otning

qanday shaklda boʻlishini qiyoslab koʻrsatadi.

Oʻquvchilar,

oʻnta qalam

rus tilida десять карандашей, ingliz tilida then pensils deyildi.

Ya’ni rus, ingliz tillarida otdan oldin son kelganda otga koʻplik qoʻshimchasi qoʻshiladi. Oʻzbek
tilida esa -lar qoʻshimchasi qoʻshilmaydi. Ya’ni oʻnta qalamlar deyilmaydi. Bunday deyilsa xato
hisoblanadi.

Bugungi kunda, ya’ni ta’lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o‘qituvchining

ishlash tizimi tubdan o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.

O‘quv fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o‘quvchilarning egallagan bilimlari

samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari,
aqliy-intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O‘quv fanlararo aloqadorlikni turli o‘quv
fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat
sifatida tushunish lozim.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini ingliz tili bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning

ona tili hamda ingliz tili bo‘yicha bilimlari oshishiga erishiladi, qiziqishlari ortadi. 2-sinf―Ona
tili darsligining “O’zbekiston -mustaqil davlat” mavzusida keltirib o‘tilgan mashqni o‘quvchilarga
ingliz tili fani bilan bog‘lab o‘tish haqida to‘xtalib o‘tamiz.

11- mashq. Matnni o‘qing.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

532

1-rasm
Spring, nature, beautiful, tulips, children, apricot, land, season
O‘quvchilar bilan qisqa savol-javob uyushtiriladi:
1.

Matnda nimalar haqida so‘z borgan? – o’lkamiz tabiati haqida.

2.

Yana qanday ma’lumotlar keltirilgan? -o’rik mevasi dovuchchasining hamma bolalar
tomonidan sevib iste’mol qilinishi haqida.

Savol-javobdan keyin o‘quvchilar matndagi n i m a ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni

daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Mashq bajarib bo‘lingach, qoida bilan tanishtiriladi. Doskada
misollar yozib tushuntiriladi. Shaxs va narsani bildirib, kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan
so‘zlar ot deyiladi. Fasl, diyor, qir, adir, lola, o’rik, shox kabi so‘zlar otlardir.

Mashq shartlari bajarilgach, yuqoridagi qoida tushuntirilgach, o‘quvchilar bilan didaktik

o‘yin o‘tkaziladi. Bu o‘yin ―Translator deb nomlanadi. Sharti shunday: sinf o‘quvchilari teng ikki
guruhga bo‘linadi.

Har bir guruhdan bir nafar o‘quvchi chiqib, mashqda berilgan so‘zlarning har birini galma-

galdan ingliz tilida aytishlari kerak bo‘ladi. Aytishda to‘xtab qolgan guruh a’zosi mag‘lub bo‘ladi.

Milliy dastur asosida tuzilgan ―Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklari mavzulari

bevosita xorij madaniyati bilan uyg‘unlashganligi tillar orasidagi yaqinlikni taqozo etadi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oldida turgan bu kabi muammolarning yechimini topishda

biz yoshlardan juda ko‘p izlanishlar talab etiladi. Ta’lim tizimiga qator yangiliklar olib kirgan
holda bu masalalarga javob topishimiz kerak. Bunda esa integratsiyalashgan texnologiyadan
foydalanish natijasida o‘quvchining vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy
zo‘riqishlarning oldi olinadi, ta’lim samaradorligi oshadi.

O‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni, o‘quv

predmetlari mazmunini uyg‘unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur o‘zlashtirish imkoniga
ega bo‘ladilar.

Bunday izlanishlar orqali biz ko‘zlayotgan maqsad: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har

tomonlama saviyasini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish bilan bir qatorda tillardagi imkoniyatlarni
bemalol farqlay olish, bir xillik, ―qolipdan qochish va lingvistik kompetensiyani rivojlantirishdan
iborat. Bunda bolaning ham so‘z boyligi oshadi, ham ingliz tilining o‘zbek tili kabi amaliy
jihatlarini o‘rganib boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. Ilm–fan yutuqlari–taraqiyotning muhim omili. “Ma’rifat” gazetasi №:
104. 2016-yil 31-dekabr

2.

Abdullayeva Q.A. Safarova R. Ochilova M.O. va b. Bashlangʻich ta’lim konsepsiyasi.
// “Boshlangʻich ta’lim” jurnali. 6-son. 1998.

3.

Qosimova K. Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent:
“Oʻqituvchi” 1986

References

Mirziyoyev Sh. Ilm–fan yutuqlari–taraqiyotning muhim omili. “Ma’rifat” gazetasi №: 104. 2016-yil 31-dekabr

Abdullayeva Q.A. Safarova R. Ochilova M.O. va b. Bashlangʻich ta’lim konsepsiyasi. // “Boshlangʻich ta’lim” jurnali. 6-son. 1998.

Qosimova K. Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: “Oʻqituvchi” 1986

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов