THE ROLE OF WOMEN IN PUBLIC ADMINISTRATION

HAC
Google Scholar
To share
Feruzaxon, M. (2023). THE ROLE OF WOMEN IN PUBLIC ADMINISTRATION. Modern Science and Research, 2(10), 872–874. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24785
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is known that the role and influence of the family, and the woman in the family, is incomparable in the formation and promotion of the unique spirituality of the nation. Because the purest and purest feelings of a person, the first life concepts and imaginations are formed first of all in the bosom of the family and with mother's upbringing. In our country, the place of women in society, their relationship with the family, and their role in social life are extremely important, so their position is highly valued in all aspects. The article recognizes the opportunities given to women in public administration and its legal basis.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

872

.DAVLAT BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI

Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o'qituvchisi

3-darajali yurist.

E-pochta:

Mirzavharovaferuzaxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10048563

Annotatsiya.

Maʼlumki, millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va

yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki
insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila
bagʻrida va ona tarbiyasi bilan shakllanadi. Mamlakatimizda yurtimiz xotin-qizlarining
jamiyatdagi oʻrni, ularning oilaga boʻlgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi roli gʻoyat muhim
ahamiyatga egaligi bois ularning mavqei har jihatdan yuqori baholanmoqda. Maqolada davlat
boshqaruvida xotin-qizlarga berilgan imkoniyatlar va uning huquqiy asoslari e’tirof etiladi.

Kalit so’zlar

:

ayollar huquqlari, gender tenglik, ayollar boshqaruvi, huquqiy tenglik,

huquqiy tenglik, imtiyoz, Ayollar daftari, ayollar tashabbusi, ijtimoiy yordam, ayollar faolligi

THE ROLE OF WOMEN IN PUBLIC ADMINISTRATION

Abstract.

It is known that the role and influence of the family, and the woman in the family,

is incomparable in the formation and promotion of the unique spirituality of the nation. Because
the purest and purest feelings of a person, the first life concepts and imaginations are formed first
of all in the bosom of the family and with mother's upbringing. In our country, the place of women
in society, their relationship with the family, and their role in social life are extremely important,
so their position is highly valued in all aspects. The article recognizes the opportunities given to
women in public administration and its legal basis.

Key words:

women's rights, gender equality, women's governance, legal equality, legal

equality, privilege, women's notebook, women's initiative, social assistance, women's activism.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В ГОСУДАРСТВЕННОМ УПРАВЛЕНИИ

Аннотация.

Известно, что роль и влияние семьи, женщины в семье несопоставимы

в формировании и пропаганде самобытной духовности нации. Потому что самые чистые
и чистые чувства человека, первые жизненные понятия и представления формируются
прежде всего в лоне семьи и при материнском воспитании. В нашей стране место
женщины в обществе, ее взаимоотношения с семьей, ее роль в общественной жизни
чрезвычайно важны, поэтому их положение высоко ценится во всех аспектах. В статье
признаются возможности, предоставляемые женщинам в сфере государственного
управления, и их правовая основа.

Ключевые слова:

права женщин, гендерное равенство, женское управление,

юридическое равенство, юридическое равенство, привилегия, женский блокнот, женская
инициатива, социальная помощь, женский активизм

Huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurish yoʻlidan dadil odimlab borayotgan

mamlakatimizda xotin-qizlarning erkaklar bilan barcha sohada tengligini taʼminlashga, ularni
ulugʻlash va qadrlashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy huquq
tizimi yaratildi. Istiqlol yillarida Konstitutsiyamiz hamda Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

873

boshqa normativ hujjatlarda asosiy maqsad yurtimiz ayollarining huquq va manfaatlarini himoya
qilishga, opa-singillarimizning faolligini oshirishga, ularga maʼnaviy-ruhiy madad berishga,
qolaversa, ularni turli tahdid va qotib qolgan eskicha qarashlardan himoya qilishga qaratildi. Shuni
alohida taʼkidlash kerakki, xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan barcha qonun hujjatlari xalqaro huquqiy meʼyorlarga asoslanadi.

Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan

biridir. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini
mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero,
jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga
boʻlgan munosabat va eʼtibor bilan bogʻliq.

Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi oʻrni va roliga yuqori baho berib,

ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy
mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari hamda sogʻlom va mustahkam oila qurishlari uchun
zarur shartsharoitlar yaratish, birinchi navbatda, sogʻlom bola tugʻilishi va uni tarbiyalash, onalar
va bolalar sogʻligini muhofaza qilish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng
ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib ayollar huquqini

xalqaro meʼyor va huquqiy standartlarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida Ayollar huquqlari
kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi (CEDAW), ayollarning siyosiy
huquqlari haqidagi, onalikni muhofaza qilish haqidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-martdagi “Davlat va jamiyat qurilishida
xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan jamiyatda
sogʻlom muhitning shakllanishida xotin-qizlarning faol ishtiroki kuchaytirildi. Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlarda xotin-qizlar qoʻmitalarining raislari
mahalliy hokimiyat organlari tarkibiga kiritildi.

Ular joylarda hokim oʻrinbosarlari etib tayinlandi. Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

esa Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga ega boʻldi. Jamiyatda ayollarning salohiyatini yuzaga
chiqarish, ularning barkamol avlodni tarbiyalashdagi rolini kuchaytirish va amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarimizda yanada faol ishtirokini taʼminlash davlatimiz siyosatining ustuvor
yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi “Oʻzbekiston

xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Farmoni xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi bir davr, yangi bir
bosqichni boshlab berdi, xotinqizlar faolligini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratdi va ayollar salohiyatini namoyon etish yoʻllarini belgilab berdi.

Jumladan, 2004-yildan boshlab, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov

toʻgʻrisida”gi qonunga asosan deputatlikka siyosiy partiyalardan ayollar nomzodini koʻrsatish
boʻyicha 30 foizlik kvota joriy etilgani yurtimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish yoʻlida yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Jamiyatimizda xotin-qizlarning davlat qurilishidagi ishtirokini oshirish maqsadida siyosiy

partiyalar faoliyatida ayollar rolini kuchaytirish, partiya aʼzolarining muayyan qismini ayollar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

874

tashkil etishiga erishildi va respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha siyosiy partiyalar
qoshida “Ayollar qanotlari” tashkil etildi.

Bu oʻrinda mamlakatimizda har bir yilning “Inson manfaatlari yili”, ”Oila yili”, ”Ayollar

yili”, ”Sogʻlom avlod”, “Ona va bola”,”Mehr va muruvvat”, ”Sihat va salomatlik”, “Homiylar va
shifokorlar” yili deb atalishi, davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, avvalambor, xotin-qizlarni har
tomonlama himoyalashga qaratilganligini taʼkidlab oʻtishimiz lozim.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish

dasturining asosiy maqsadlaridan biri gender tenglikka erishish hisoblanadi. 2022-2026-yillarda
mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlarning faolligini
oshirish boʻyicha qabul qilingan.

Milliy dastur erkaklar va ayollar tengligiga erishish, xotin-qizlarning huquq va

manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ularni qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy
himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarning taʼlimi
va tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning ilmiy salohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatdagi rolini kuchaytirish va davlat boshqaruvidagi ishtirokini
faollashtirish uchun kuchli turtki boʻldi.

Bugungi kunda BMTga aʼzo boʻlgan davlatlardan 120 tadan ortigʻida gender kvotasi

mavjud. Xususan, Markaziy Osiyoda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda siyosiy
partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlarning umumiy sonidan ayollar uchun 30%li kvotalar
qonuniylashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga muvofiq, ayollarning

soni siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz
foizini tashkil etishi belgilangan. Haqiqatda biror davlatda bizning yurtimizda boʻlgani singari
xotinqizlarga eʼtibor koʻrsatilmagan, eʼzozlanmagan, mamlakat tayanchi sifatida eʼtirof etilmagan.

Yangi Oʻzbekistonda xotin-qizlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib

hissa qoʻshmoqdalar, ular jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha
sohalarida faoliyat koʻrsatib, davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari faoliyatida keng ishtirok
etishmoqda, yosh avlod tarbiyasiga, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha, sanoat, qishloq xoʻjaligi va
boshqa sohalarni rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda.


REFERENCES

1. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ 1948-yil
2. “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasi 1993-yil
3. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” 2023-yil
4. “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 07.03.2022 PF-87
5. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”
15.12.2022 O’RQ - 809

References

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ 1948-yil

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasi 1993-yil

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” 2023-yil

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 07.03.2022 PF-87

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” 15.12.2022 O’RQ - 809

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов