PECULIARITIES OF VISUAL ART METHODOLOGY IN ELEMENTARY GRADES

HAC
Google Scholar
To share
Mexrali, Y., & N, Q. . (2023). PECULIARITIES OF VISUAL ART METHODOLOGY IN ELEMENTARY GRADES. Modern Science and Research, 2(10), 277–281. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24893
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides methodical help in teaching the secrets of teaching visual arts in elementary grades and describes some rules necessary in the creative process.

Similar Articles


background image



277

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT METODIKASINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Yurdanidze Mexrali Xolisovich

Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va musiqa ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

Qambarova Nasibaxon Ma’rufjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10070637

Annotatsiya.

Ushbu

maqola Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning sir

asrorlarini o’rgatishda metodik yordam beradi hamda ijod jarayonida kerak bo’luvchi bir qancha

qoidalarni bayon etadi.

Kalit so’zlar:

tasviriy san’at,kompozitsiya, tabiat, teatr, kino, qalam, qog’oz,buyum,

borliq.

PECULIARITIES OF VISUAL ART METHODOLOGY IN ELEMENTARY GRADES

Abstract.

This article provides methodical help in teaching the secrets of teaching visual

arts in elementary grades and describes some rules necessary in the creative process.

Key words:

fine art, composition, nature, theater, cinema, pen, paper, object, existence.

ОСОБЕННОСТИ МЕТОДИКИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Аннотация.

В данной статье дано методическое обеспечение преподавания

секретов преподавания изобразительного искусства в начальных классах и описан ряд

правил, необходимых в творческом процессе.

Ключевые слова:

изобразительное искусство, композиция, природа, театр, кино,

перо, бумага, предмет, существование.

Tasviriy san’at - eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Aslida san’atning

turlari juda ko‘p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, xoreografiya,

me’morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni

tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kengiikda yoki tekislikda (qog'oz yuzasida) aks ettiradigan

san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy san’at nafaqat boshlang’ich sinflardi balkim

maktabgacha ta’lim tizimida ham qo’llaniladi. Yosh avlodni dunyo qarashini kengaytirish

maqsadida tasviriy san’at maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ijodiy faoliyat sifatida o’z


background image



278

o’rniga ega. Bizning maqola yozishimizdan maqsad shuki boshlang’ich sinf o’qituvchilariga

tasviriy san’at darsini mazmunli tashkil qilish maqsadida metodik yordam qilishdan iborat.

Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalo bu

sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va

psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab belgilanadi.

Ma’lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq nihoyatda erta

boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki, bolalar o'qish

va yozishdan ko‘ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning

davomiyligi juda qisqa bo'Iadi, 1-2 daqiqa, ko'pi bilan 4-5 daqiqada har qanday rasmni tugallab

qo'yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo‘lmasada, biroq mazmunan biron-bir

ko‘rinishni, voqeani yoki buyumni o‘z iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini

tasviriay oladilar. Bo‘yoqlar bilan ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi sababli ulardan

foydalanishni aytarlik xush ko‘rmaydilar. Lekin turli yorqin ranglar bilan bo‘yalgan buyumlar

bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Rasmlari yaxshi chiqmagan holda o‘z ishlaridan ixloslari tez

qaytadi. Bunday sharoitda o‘qituvchining bolalarga tez yordam ko‘rsatishi va kayfiyatini

ko'tarishga harakat qilishi foydadan holi bo’lmaydi. Boshlang'ich sinf o‘quvchilarining tasviriy

faoliyatlarining xarakterli jihatlaridan yana biri, ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga

bo’lgan harakatlaridir. Ular ayrim narsalarning oldi ko‘rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel)

ayrimlarini yon tomonidan (mashina, hayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana

boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo‘ngiz v.b.) .tasvirlaydilar.

Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar hali narsalami soya, perspektiv qisqarishi va ulaming

qoidalarini uncha tushunib yetmaganliklaridir. Bolalar ijodiga xos yana bir jihat bor, u ham bo’lsa

tasvirlami (buyumlarni) bir-birlarini to‘sib turgan (yoki qisman) holda tasvirlanmasligidir. Chunki

bolalar narsalarni doimo butun holda idrok etadilar. Yuqorida qayd qilingan tasviriy

faoliyatlarning bu xususiyatlari bolalar tafakkurining aniq, obrazli va emotsional tarzda bo’lishligi

bilan bog’lanadi. Boshlangich sinflarda tasviriy san’at darslarini o'tkazish metodikasining o‘ziga

xos xususiyatlari bo’lib, uning quyidagi to‘rt turi qayd qilinadi:

1. Borliqni idrok etish.

2. San’atni idrok etish.

3. Naturaga qarab tasvirlash.

4. Kompozitsiya.

Borliqni idrok etish mashg'ulotlari 1-4-sinf dasturida aks etgan bo’lib, uning maqsadi bolalarni

o‘rab olgan borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchamlari,


background image



279

o’lcham nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir. Chunki, bolalar tevarak-atrofni, ya’ni tabiat,

hayvonlar va qushlar olami, hasharotlar va baliqlar, odamlar, obi-havo, predmet va buyumlar,

qurilish va transport vositalari haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lganliklari taqdirdagina ularning

rasmlarini aniq-ravshan tasvirlaydilar. Borliqni idrok etish mashg‘ulotlarining mazmunidan kelib

chiqqan holda amaliyotda ularni o‘rganishi kerak bo’lgan quyidagi yo’lllar qo’llaniladi:

1. Buyumni, tabiatni o‘ziga qarab kuzatish orqali o'rganish.

2. Borliq haqida o‘qituvchining suhbati orqali o‘rganish.

3. Savol-javob orqali o‘rganish.

4. Borliqni rasmini chizish orqali o‘rganish.

5. O’qituvchining pedagogik rasmi orqali o‘rganish v.b.

O’qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg‘ulot mavzusi bilan

bog’liq holda bo’lib, ular o‘z tuzilishi, shakli, rangi, o’lchamlari bilan sodda, tushunarli, bolalarda

his-hayajon uyg‘otadigan bo’lishligi maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, bunday materiallar

o‘quvchilarni o‘ylashga majbur etadigan, bolalami yangi tushunchalar bilan boyitadigan

bo’lishligi muhim. Namoyish etiladigan narsalar, ularning tasvirlari haqidagi ma’lumotlarni

bolalarga og‘zaki yetkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil bevosita

narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchamlari, ularning mohiyati haqida savol-javob tarzida

o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Borliqni idrok etish mavzusiga doir mashg'ulot ishlanmasi beriladi.

Darsning mavzusi: Kuzgi tabiat manzarasini idrok etish.

Darsning vazifalari: Kuzatuvchanlik, sinchkovlik, diqqat va xotirani o‘stirish. Tabiatdagi

go'zallikni ko‘ra bilishga va qadirlay olishga o‘rgatish. Kuzgi tabiat manzarasining o‘ziga xos

xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish.

Darsning jihozlanishi: Kuz fasli tasvirlangan rasm. Kuzgi ishlarga doir manzara tasviri.

Tabiat qo‘yniga sayohat. Uni tashkil etishning imkoni bo’lmagani taqdirda san’at asarlarining

reproduksiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan; O‘.Tansiqboyevning «Tog‘da kuz»,

Z.Inog‘omovning «Kuz», N.Karaxanning «Oltin kuz», I.Haydarovning «Oltin kuz»,

Q.Basnarovning «o‘zbek kuzi», «Shaftolilar», G.Chemuxinning «Farzandlar va nabiralar», Usta

Mo‘minning «Xirmonda» va boshqalar. Bu asarlaming hammasi bilan o‘quvchilami tanishtirish

shart emas. Ulardan ayrimlari (o‘z xohishiga ko‘ra) tanlab olinadi.

Darsning mazmuni. Mashg‘ulot asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi.

Birinchisi, kuzgi tabiat manzarasining xarakterli xususiyatlarini estetik idrok etish, ikkinchisi

kuzgi ishlaming o‘ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida


background image



280

o‘qituvchi shunday obyektni tanlashi lozimki, bu obyekt ham kuz, ham kuzgi ishlar uchun

xarakterli ko‘rinishda bo‘lsin. Dars o‘quvchilarni maktab bog‘i yoki dalaga sayohatga olib chiqish

va u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Sayohat jarayonida

o‘qituvchi bolalar e’tiborini chiroyli kuz manzarasiga jalb etadi. Ularga kuz fasli va bu vaqtdagi

o‘zgarishlar haqida so'zlab beradi: «Bolalar, mana hozir kuz fasli. U nihoyatda chiroyli, chunki,

kuzda havo soviy boshlaydi, natijada daraxtlarning barglari o‘z rangini o'zgartiradi. Ba’zi barglar

qizg‘ish tusga kiradi. O’t- maysalar sarg‘aygan bo‘ladi, qisqasi, ular oltin rangga burkanadilar.

Osmonda yengil parcha-parcha bulutlar paydo bo‘ladi. Ertalab kuzgi ekin va o‘tlaming usti oppoq

qirov bilan qoplanadi. Yerga to‘kilgan daraxt barglari oyoq ostida shitirlaydi. Oktabr oyida kech

pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirin-shakar uzumlar uziladi. Yong‘oq qoqiladi. Kechki

kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi kabi savzavotlar yig'ishtirib olinadi. Bunday ishlarni amalga

oshirishda o‘quvchilar ota-onalariga, maktab bog‘ida esa maktab jamoasiga yordam beradilar.

Kuzda shahar va qishloqlarda ko‘chat o‘tkazish oyligi boshlanadi. Bu ishlarda ham bolalar kattalar

bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig‘im-terim ishlari nihoyatda zavqlidir. Sayohat jarayonida

o‘qituvchi emotsional- estetik vaziyat hosil qilish maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar

haqidagi she’rlardan namunalar o'qib beradi. She’r o‘qib bo‘lingandan so‘ng, tabiatning ko'rinishi

bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan

bolalarga savollar beriladi. Bu savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: - kuzda tabiatda qanday

o‘zgarishlar ro‘y beradi? - qarshingizdagi manzarada qanday daraxt turlarini ko‘ryapsiz? -

daraxtlarning o‘lchami bir xilmi? - daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi? -

e’tibor bering, daraxt shoxlarining yo‘g‘onligi bir xilmi? - daraxtlarning tanasi va shox-

shabbalarining tuzilishi qanday? - osmonga ham razm soling, uning rangi qanday? - osmondagi

bulutlaming shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo'lsa)?

- o‘t va daraxtlaming rangida farq bormi? - tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoidirgan

narsa nima? Tabiatni kuzatish jarayonida bolalar ba’zi bir tabiiy materiallami (urugiar, barglar,

mayda hasharotlar, ildizlar) tasviriy ishlar uchun yig‘ishlari mumkin. Kuzatilayotgan obyekt

yuzasidan savol-javob tugagach, o‘qituvchi suhbatga yakun yasab, bolalaming javoblarini

aniqlashtiradi, kamchiliklarini to‘ Idiradi, xatolarini tuzatadi. Agar dars sinfda o‘tkaziladigan

bo‘lsa, o‘qituvchi yuqorida nomlari qayd qilingan tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalari,

slaydlarini bolalarga ko‘rsatib, sinfda o‘quvchilar bilan birga tahlil qiladi. Lekin shuni ham qayd

qilish lozimki, dars sinfda qanchalik ilg‘or metodlar bilan olib borilmasin, baribir u aynan tabiat

qo‘yniga qilingan sayohatning o‘mini bosa olmaydi. Shuning uchun o‘qituvchi darsni iloji boricha


background image



281

tabiat qo‘ynida o‘tkazishga harakat qilishi lozim. Uyga bolalami yashash joylaridagi bironta oltin

rangga kirgan tabiat manzarasini kuzatish vazifa qilib topshiriladi.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinflarda tasviriy san’at fanini o’qitishda asosan tabiat

bilan ishlash amaliyotlar, turli sayrlar tashkil etilsa darslar yana ham mazmunli o’tadi.Chunki

tasviriry san’at fanini yomon ko’radigan bolani o’zi yoq.Har bir bola rasm chizishga qiziqadi v

chiza oladi. Tasviriy san’at fani rivojlanayotgan yosh avlodning estetik did madaniyatini,

dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynaydi.Bundan tashqari bola rasm chizarkan

o’zining boshlagan ishini oxiriga yetkizish, ya’ni sabr bilan chizayotgan rasmini tugallashni

o’rganadi.

REFERENCES

1.

B.N.Oripov.“Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi ,”ILM ZIYO” Toshkent- 2012.

2.

O.Mo’minov. “Rangtsvir” (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma).”Sharq”

NASHRIYOT- MATBAA AKSIYADORLIK KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI

TOSHKENT-2017.

3.

N.Abdullayev.San’at tarixi.2 jildi ,1986.

4.

B.Boymetov ,S.Abdirasilov.Chizma tasvir Toshkent,G’.G’ulom nomidagi nashriyot,2004.

5.

S.Abdirasilov.Tasviriy san’at atamalari.Toshkent.2003.

References

B.N.Oripov.“Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi ,”ILM ZIYO” Toshkent- 2012.

O.Mo’minov. “Rangtsvir” (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma).”Sharq” NASHRIYOT- MATBAA AKSIYADORLIK KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2017.

N.Abdullayev.San’at tarixi.2 jildi ,1986.

B.Boymetov ,S.Abdirasilov.Chizma tasvir Toshkent,G’.G’ulom nomidagi nashriyot,2004.

S.Abdirasilov.Tasviriy san’at atamalari.Toshkent.2003.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов