INCREASING THE EFFICIENCY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND REFORMS IN THE AGRARIAN SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Xolmanova, F. . (2023). INCREASING THE EFFICIENCY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND REFORMS IN THE AGRARIAN SYSTEM. Modern Science and Research, 2(10), 247–252. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25080
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The history of the development of the agricultural sector in the Republic of Uzbekistan entered a new stage after the years of independence. Due to the fact that Surkhandarya region mainly specializes in cotton cultivation, cotton ginning industry has a special place in the oasis. During the years of independence, new cotton ginning factories were built and put into operation in Surkhandarya, and great changes took place in the field of light industry.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

SANOAT KORXONALARI ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA AGRAR

TIZIMDAGI ISLOHОTLAR

Xolmanova Feruza Uralovna

Termiz Davlat Universiteti Jahon tarixi kafedrasi

katta o‘qituvchisi (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.10087098

Annotatsiya.

O‘zbekiston Respublikasida agrar sohaning rivojlanish tarixi mustaqillik

yillaridan so‘ng yangi bosqichga kirdi. Surxondaryo viloyati asosan paxta etishtirishga
ixtisoslashganligi sababli ham vohada paxta tozalash sanoatining alohida o‘rni bor. Mustaqillik
yillarida Surxondaryoda yangi paxta tozalash zavodlari qurilib ishga tushirila boshlandi va engil
sanoat sohasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

Kalit so‘zlar:

Paxta, Uzun, Denov, Xayrobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, xom ashyo,

“Jarqo‘rg‘on tola”, “Surxonpaxtasanoatsotish”,

Viloyat paxta tozalash zavodlari.

INCREASING THE EFFICIENCY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND

REFORMS IN THE AGRARIAN SYSTEM

Abstract.

The history of the development of the agricultural sector in the Republic of

Uzbekistan entered a new stage after the years of independence. Due to the fact that Surkhandarya
region mainly specializes in cotton cultivation, cotton ginning industry has a special place in the
oasis. During the years of independence, new cotton ginning factories were built and put into
operation in Surkhandarya, and great changes took place in the field of light industry.

Keywords:

Cotton, Uzun, Denov, Khairabad, Shorchi, Kumkurgan, raw materials,

"Jharkurgan fiber", "Surkhanpakhtasanoatsotish", Regional cotton ginning factories.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

И РЕФОРМЫ В АГРАРНОЙ СИСТЕМЕ

Аннотация.

История развития агропромышленного комплекса Республики

Узбекистан после лет независимости вступила в новый этап. В связи с тем, что
Сурхандарьинская область в основном специализируется на выращивании хлопка, особое
место в оазисе занимает хлопкоочистительная промышленность. За годы независимости
в Сурхандарьинской области были построены и введены в эксплуатацию новые
хлопкоочистительные заводы, произошли большие изменения в сфере легкой
промышленности.

Ключевые слова:

Хлопок, Узун, Денов, Хайрабад, Шорчи, Кумкурган, сырье,

«Джаркурганское

волокно»,

«Сурханпахтасаноатсотиш»,

Областные

хлопкоочистительные заводы.


Kirish.

O‘zbekiston jahonda paxta etishtirish bo‘yicha etakchi hisoblansada 1991 yilga

qadar xom-ashyoni yarim mahsulot va tayyor mahsulotga qayta ishlash ulushi 7-10 foizdan
oshmas edi. Paxta tolasining qolgan qismi boshqa mamlakatlarga qayta ishlash uchun olib ketilar
edi.

1

1

Орлова Т. Легкая промышленность: новый этап- новые задачи. “Народное слово” 16 июля 2002 г.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

1996 yilga qadar paxta tolasini chetga oldib chiqib ketish strategiyasi va tendensiyasi

davom etdi, chunki to‘qimachilik korxonalarida uskunalar va qo‘lanilayotgan texnologiyalarning
eskiligi oqibatida jahon bozorida raqobatbardosh tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab
chiqarish imkoniyati yo‘q, eksport qilinayotgan paxta tolasining bahosi ancha yuqori edi. Shu
omillarning natijasida hamda sanoatdagi tarkibiy siljishlar oqibatida, ya’ni yoqilg‘i energetika
majmuasi va avtomobilsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishi sanoat ishlab
chiqarishi umumiy hajmida to‘qimachilik sanoati ulushining sezilarli kamayishiga olib keldi.1991
yilda to‘qimachilik sanoatining ulushi 29,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilda 17,6 tashkil
qildi.

1996 yildan boshlab paxta tolasining jahondagi bahosining pasayishi sababli, respublikada

paxta tolasini qayta ishlash hajmi orta boshladi va 1996 yil 12 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2003-
2004 yillarda 24-25 foizga etdi. Shu bilan birgalikda to‘qimachilik ishlab chiqarish xajmi ham orta
boshladi. 1996-2004 yillarda kalava ip ishlab chiqarish 18 martaga , ip gazlama ishlab chiqarish
10,5 foizga o‘sdi, trikotaj mato 5-6 mln. tonna hajmda barqaror ishlab chiqarildi.

2

2000 yilda to‘qimachilik sanoatining YAIM dagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa,

keyingi yillarda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining bir muncha ko‘payishi
natijasida bu tarmoqning YAIM dagi ulushi 2,8 foizga etdi. Bu ko‘rsatkich talab darajasidan ancha
pastdir.

2004 yil yakunlariga ko‘ra yigirish va to‘quvchilik tarmog‘ida asosiy vositalarning eskirish

darajasi 45 foizni, tikuvchilik tarmog‘ida esa 95 foizni tashkil qilgan. Tarmoqdagi 2000 yilga qadar
tashkil etilgan barcha korxonalarni texnik qayta jihozlash va uskunalarni modernizatsiya qilish
zarur. Korxonalardagi uskunalarning eskirish darajasining yuqoriligi natijasida jahoni
andozalariga mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas va Shu bilan birgalikda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot bahosi past bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati asosan paxta etishtirishga ixtisoslashganligi sababli ham vohada

paxta tozalash sanoatining alohida o‘rni bor. Mustaqillik yillarida Surxondaryoda yangi paxta
tozalash zavodlari qurilib ishga tushirila boshlandi. Jarqo‘rg‘on tumani paxta tozalash zavodi
qoshida 1991 yilda “Jarqo‘rg‘on tola” hissadorlik jamiyati paxta tolasini Shveysariya, Buyuk
Britaniya, Italiya va Koreya kabi davlatlar firmalariga sotishni yo‘lga qo‘ydi. Dastlab, hissadorlik
jamiyatida 25 nafar ishchi mehnat qildi. Ularningo‘rtacha ish haqlari 2001 yilda 15 ming so‘mni
tashkil qildi

3

.

1990 yilda mavjud 11 ta paxta tozalash zavodida 143,5 ming tonna paxta tolasi ishlab

chiqarilgan bo‘lsa, 1991 yilda bu raqam 145,4 ming tonnani tashkil etdi. Viloyat engil sanoat
korxonalarida 1992 yilda umumiy uzunligi 1247000 metr bo‘lgan shoyi gazlama, 99,5 mln.dan
ortiq so‘mlik tikuvchilik buyumlari, 20,1 ming juft poyabzal, 19,2 ming dona trikotaj buyulari,5,2
ming dona paypoq, 2,3 tonna yigirilgan ip tayyorlandi

4

.

2

“Ўзбекенгилсаноат”ДАК маълумотлари

3

Турсунов С., Тўхтаев А. Жарқўрғон. Т., “Фан”, 2008. – Б.138.

4

Раҳимов Б. “Ўзбекистоннинг мустақиллик йилларида ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаёти (Сурхондарё

вилояти мисолида 1991-2005 йй)”. Номзодлик диссертацияси автореферати. Т. 2008. – Б .11.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

249

“Surxonpaxtasanoatsotish” XJ - 27260,7 ming AQSH dollari miqdorida paxta tolasi

eksport qildi

5

.

1994 yilda viloyat paxtakorlari 380098 tonna paxta etishtirib yillik rejani bajargan

6

.

1996 yilda “Surxonoziqovqatsanoati” viloyatda chigitni qayta ishlovchi yagona korxona

hisoblanardi.

Ushbu korxonada 1988-89 yillarda 45 ming tonnaga qadar o‘simlik yog‘i ishlab

chiqarilgan bo‘lsa, 1995 yilda esa 32 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarildi. 1996 yil 7 oyida
jamoada, 1995 yildagiga nisbatan 76 foizga o‘sishga erishildi. Buning asosiy sababi uyushma
tomonidan texnik chigit bilan ta’minlanmaganligidir

7

.

1997 yilda Surxondaryo viloyatiga jami: 260 ta traktor va paxta terish mashinalari berilgan.

Shundan: Traktor TTZ-100 “Kamminz” dvigatellari o‘rnatilgan 170 ta, paxta terish mashinasi 90
ta, keys apparati bilan 6tani tashkil etgan

8

.

1997 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra viloyatimizda jami bo‘lib. 12 ta paxta tozalash zavodi

Uzun, Denov, Xayrobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Surxon, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Muzrabot,
Sherobod, Qiziriq, Angor tumanlari bo‘lib ularning tola ishlab chiqarish quvvati bir yilda 230 ming
tonna tola yoki 700-710 ming tonna paxta xom-ashyosini ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan..

Zavodlarni katta miqdorda paxta ishlay olish quvvati bilan qurilib qolishining asosiy sababi

respublikada paxta etishtirishni 6 million, Shu jumladan viloyatimizda 550-600 ming tonnaga
etkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy xokimiyatining 1980-85 yillarda tuzgan
5yillik paxta etishtirishni rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bo‘lgan.

Ammo keyingi yillardagi ya’ni 1997 yilda paxta yakka xokimligiga barxam berish, qishloq

xo‘jaligi ekinlarini boshqa turlarini etkazishini ham rivojlantirish maqsadida respublikada, Shu
jumladan viloyatimizda etishtirilayotgan paxta xom-ashyosi miqdori rejasi bir muncha qisqarib,
380 ming tonna atrofida bo‘lib qoldi.

Jumladan Uzun paxta tozalash zavodida ishlab chiqarish quvvati 40 foizga, Jarqo‘rg‘on 30

foizga, Denov paxta tozalash zavodi 40 foizga, Termiz paxta tozalash zavodi 30 foizga
qisqartirildi.

1997 yilda bo‘shab qolgan ishchi kuchini ish bilan ta’minlash maqsadida barcha

zavodlarda tikuv sexi, Uzun, Angor paxta tozalash zavodlarida noto‘qima mato ishlab chiqarish
kichik korxonalari ishlamoqda

9

.

1997 yilda viloyatimizda paxta tolasini qayta ishlaydigan “O‘zbekengilsanoat” davlat

uyushmasiga qarashli yagona “Surxontekstil” xissadorlik jamiyati faoliyat yuritgan.

Termiz Paxta tozalash korxonasi Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25

noyardagi № 491-sonli qarorining 2- bandi bilan Respublikada yagona ingichka tolali paxta
urug‘ini etishtirib beradigan korxona hisoblanardi. Termiz tumanida joylashgan ingichka tolali
paxta seleksiyasini etishtirib sinovdan o‘tkazadigan birdan-bir paxtachilik ilmiy sinov tajriba
stansiyasi tomonidan etishtirilgan yangi seleksiyalarni ham Shu zavodda qayta ishlab chiqariladi.

5

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1 рўйхат , 972 иш. 56- варақ.

6

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,316 иш. 27 - варақ.

7

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,444 иш. 40- варақ.

8

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,522 иш. 4- варақ.

9

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,515 иш. 10- варақ.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

250

Termiz paxta tozalash korxonasi urug‘lik chigit ishlashga moslashtirilgani uchun

texnologik jaryon zamonaviy yangi texnikalar bilan jihozlangan, atrof-muhitni ifloslantirish
tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi talablariga to‘la javob beradi. Korxona istiqbolli g‘o‘za
seleksiyasi urug‘larini ishlab chiqarishga moslashgan

10

.

Korxonada 1998 yilda o‘rtacha 809,0 mln, so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib,

Termiz shahrida sanoat mahsulotlariishlab chiqarishning 75 foizini tashkil etadi, ishlab chiqarilgan
mahsulotning 77 foizi chet malakatlarga eksport qilingan. Ushbu yilda korxona 17768 ming so‘m
foyda bilan yakunlagan va korxonada 500 kishidan ortiq ishchi xizmatchi va injener texnik
xodimlar ishlashgan. 1999 yilda korxonada 282 ta xotin-qizlar ishlagan

11

.

Bu korxona 2000 ga yaqin ishchi va xizmatchilarni ish bilan ta’minlab, yiliga 2000 tonna

paxta tolasini qayta ishlagan va “Uzpaxtasanoatsotish” uyushmasiga qarashli Uzun hamda Angor
tumani paxta tozalash zavodlari qoshidagi “Noto‘qimato” ishlab chiqarish sexlarini kalava ip bilan
ta’minlab kelgan

12

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik,

kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-
1987 sonli farmonidan kelib chiqib, aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va
yangi o‘rinlarini yaratish maqsadida “CHUNG” xususiy sanoat savdo korxonasi tashkil etilgan.

Bu korxona yiliga 850 tonna xo‘jalikbob paxta mahsulotlarini qayta ishlab, 255,0 mln

so‘mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega

13

.

Viloyat paxta tozalash zavodlari 2001 yilning 15 yanvarigacha bo‘lgan holatiga ko‘ra yog‘-

moy korxonalariga chigit etkazib berish rejasini 1 ming tonnaga bajarmagan, natijada yog‘-moy
mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Aholi o‘simlik yog‘i, chorvachilik ozuqa em
bilan ta’minlanmayapti

14

.

2001 yilda “Xayrobodpaxta” AJ da kam ta’minlangan oilalarga va ishchilarga dafn va to‘y

marosimlarini o‘tkazish uchun moddiy yordamlar berilgan.Ushbu summa 10.000 mingdan 15.000
mingacha bo‘lgan hamda dam olish kunlari ishlaganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘langan

15

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan 1 avgust 2001 yildan ish

haqqi, stependiyalar va ijtimoiy nafaqalarning 1,4 barobariga oshganligidan kelib chiqib, zavod
mehnatkashlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ularning ijtimoiy va iqtisodiy
manfaatlarini himoyalash maqsadida “Xayrobodpaxta” AJda bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Korxonada 1 avgust 2001 yildan boshlab, eng kam ish haqqi 5000 so‘m, ishchilar ovqat puli 350
ming so‘m miqdorida belgilangan

16

.

2002 yil “Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturidan kelib chiqqan holda hamda “1-

oktyabr Murabbiylar va Nuroniylar kuni” munosabati bilan “Hayrobodpaxta” AJ da ishlab
nafaqaga chiqqan bir guruh nuroniylarga bayram dasturxoni tashkil etilgan hamda 25.000 ming,

10

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат , 795 иш. 75- варақ.

11

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,795 иш. 75-76- варақ.

12

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1рўйхат ,522 иш. 204- варақ.

13

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1 рўйхат , 107 иш. 20 - варақ.

14

Сурхондарё вилоят давлат архиви 1091 жамғарма, 1 рўйхат , 1156 иш. 9- варақ.

15

Денов туман давлат архиви 711 жамғарма, 1 рўйхат, 5-иш. 4-варақ.

16

Денов туман давлат архиви 711 жамғарма, 1 рўйхат, 5-иш. 20-варақ.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

251

15000 ming va 10.000 ming so‘m miqdorida mukofot pullari berilgan

17

. 2002 yili korxonada har

haftaning dushanba kuni “Sifat kuni” deb belgilangan

18

.

2003 yil hosilidan tayyorlangan jami 39837,9 tonna xom-ashyosini 9366,7 tonnasi

Surxondaryo viloyat “Paxtasanoat” birlashmasining buyrug‘iga asosan Termiz paxta zavodiga
2870,4 tonna, Jarqo‘rg‘on paxta zavodi 2003,9 tonna, Angor paxta zavodi 4468,0 tonna, Sherobod
paxta zavodiga 34,4 tonna paxta xom-ashyosini qayta ishlash uchun berilgan

19

.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki 1991-2003 yillarda Surxandaryo viloyatida paxta

sanoatida bir qancha iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berganligini ko‘rishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

Orlova T. Legkaya promыshlennost: novыy etap- novыe zadachi. “Narodnoe slovo” 16
iyulya 2002 g.

2.

“O‘zbekengilsanoat”DAK ma’lumotlari

3.

Tursunov S., To‘xtaev A. Jarqo‘rg‘on. T., “Fan”, 2008. – B.138.

4.

Rahimov B. “O‘zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti
(Surxondaryo viloyati misolida 1991-2005 yy)”. Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.
T. 2008. – B .11.

5.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 972 ish. 56- varaq.

6.

Tursunov S., To‘xtaev A. Jarqo‘rg‘on. T., “Fan”, 2008. – B.138.

7.

Rahimov B. “O‘zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti
(Surxondaryo viloyati misolida 1991-2005 yy)”. Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati.
T. 2008. – B .11.

8.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 972 ish. 56- varaq.

9.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1ro‘yxat ,795 ish. 75-76- varaq.

10.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1ro‘yxat ,522 ish. 204- varaq.

11.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 107 ish. 20 - varaq.

12.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 1156 ish. 9- varaq.

13.

Denov tuman davlat arxivi 711 jamg‘arma, 1 ro‘yxat, 5-ish. 4-varaq.

14.

Ergasheva, S. A. (2020). CRAFT OF SURKHANOAKH FROM THE HISTORY OF
DEVELOPMENT.

Theoretical & Applied Science

, (7), 56-59.

15.

Ergasheva, S. A. (2021). History of baisun silk knitting factory.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(5), 581-585.

16.

Ergasheva, S. A. (2020). The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics
of this folk craft.

American Journal of Social and Humanitarian Research

,

1

(6), 7-13.

17.

Abdusoatovna,

E.

S.

(2023).

SURXONDARYO

VILOYATI

IQTISODIY

RIVOJLANISHIDA BOYSUN AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING О
‘RNI.

PEDAGOGS jurnali

,

31

(1), 10-17.

18.

Abdusoatovna, E. S. (2022). BOYSUN-UMUMBASHARIY QADRIYATLAR
BESHIGI.

PEDAGOGS jurnali

,

12

(2), 114-119.

17

Денов туман давлат архиви 711 жамғарма, 1 рўйхат, 4-иш. 29-варақ.

18

Денов туман давлат архиви 711 жамғарма, 1 рўйхат, 5-иш. 51-варақ.

19

Ўзбекистон Миллий архиви.8 жамғарма, 1 рўйхат, 693 иш .479- варақ.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

19.

Холманова, Ф. У. (2020). О роли предприятий легкой промышленности в
экономике Сурхандарьи.

Бюллетень науки и практики

,

6

(12), 483-486.

20.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

21.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

22.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.

23.

Холманова, Ф. У. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ИСТОРИИ,
КАК НАУКА И УЧЕБНЫЙ ПРЕДМЕТ.

Интернаука

, (3-1), 30-32.

24.

Холманова, Ф. У. ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИНИНГ ҲУДУДИЙ ТАШКИЛ
ЭТИЛИШИ.

ЎТМИШГА НАЗАР

, 436.

25.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING
AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.





References

Orlova T. Legkaya promыshlennost: novыy etap- novыe zadachi. “Narodnoe slovo” 16 iyulya 2002 g.

“O‘zbekengilsanoat”DAK ma’lumotlari

Tursunov S., To‘xtaev A. Jarqo‘rg‘on. T., “Fan”, 2008. – B.138.

Rahimov B. “O‘zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti (Surxondaryo viloyati misolida 1991-2005 yy)”. Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati. T. 2008. – B .11.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 972 ish. 56- varaq.

Tursunov S., To‘xtaev A. Jarqo‘rg‘on. T., “Fan”, 2008. – B.138.

Rahimov B. “O‘zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti (Surxondaryo viloyati misolida 1991-2005 yy)”. Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferati. T. 2008. – B .11.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 972 ish. 56- varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1ro‘yxat ,795 ish. 75-76- varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1ro‘yxat ,522 ish. 204- varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 107 ish. 20 - varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi 1091 jamg‘arma, 1 ro‘yxat , 1156 ish. 9- varaq.

Denov tuman davlat arxivi 711 jamg‘arma, 1 ro‘yxat, 5-ish. 4-varaq.

Ergasheva, S. A. (2020). CRAFT OF SURKHANOAKH FROM THE HISTORY OF DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (7), 56-59.

Ergasheva, S. A. (2021). History of baisun silk knitting factory. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 581-585.

Ergasheva, S. A. (2020). The history of surkhan doppies (skullcups) аnd the characteristics of this folk craft. American Journal of Social and Humanitarian Research, 1(6), 7-13.

Abdusoatovna, E. S. (2023). SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIY RIVOJLANISHIDA BOYSUN AN’ANAVIY HUNARMANDCHILIGINING О ‘RNI. PEDAGOGS jurnali, 31(1), 10-17.

Abdusoatovna, E. S. (2022). BOYSUN-UMUMBASHARIY QADRIYATLAR BESHIGI. PEDAGOGS jurnali, 12(2), 114-119.

Холманова, Ф. У. (2020). О роли предприятий легкой промышленности в экономике Сурхандарьи. Бюллетень науки и практики, 6(12), 483-486.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Холманова, Ф. У. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ИСТОРИИ, КАК НАУКА И УЧЕБНЫЙ ПРЕДМЕТ. Интернаука, (3-1), 30-32.

Холманова, Ф. У. ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИНИНГ ҲУДУДИЙ ТАШКИЛ ЭТИЛИШИ. ЎТМИШГА НАЗАР, 436.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов