ORGANIZING POPULATION RELOCATION MEASURES WHEN THE RISK OF EMERGENCIES ARISES AND OCCURS

HAC
Google Scholar
To share
Karimova, N. (2023). ORGANIZING POPULATION RELOCATION MEASURES WHEN THE RISK OF EMERGENCIES ARISES AND OCCURS. Modern Science and Research, 2(10), 361–363. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25153
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the organization of measures to relocate the population when the threat of emergency situations arises and occurs. Information is given about population relocation, types of relocation, problems arising in population relocation and their solutions.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

361

FAVQULOTDA VAZIYATLAR XAVFI TUG‘ILGANDA VA SODIR

BO‘LGANDA AHOLINI KO‘CHIRISH TADBIRLARINI TASHKILLASHTIRISH

Karimova Nargiza Orziqulovna

Jizzax viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Hayot faoliyati xavfsizligini o'qitish markazi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10091672

Annotatsiya.

Ushbu maqolada favqulotda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganda

aholini ko‘chirish tadbirlarini tashkillashtirish. Aholini ko’chirish, ko’chirish turlari, aholini
ko’chirishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

Aholini ko’chirish, ofat, cheklangan ko’chirish, mahalliy ko’chirish,

mintaqaviy ko’chirish, umumiy ko’chirish, qisman ko’chirish, transport, piyoda, aralash.

ORGANIZING POPULATION RELOCATION MEASURES WHEN THE RISK

OF EMERGENCIES ARISES AND OCCURS

Abstract.

In this article, the organization of measures to relocate the population when the

threat of emergency situations arises and occurs. Information is given about population
relocation, types of relocation, problems arising in population relocation and their solutions.

Keywords:

evacuation, disaster, limited evacuation, local evacuation, regional evacuation,

general evacuation, partial evacuation, transport, pedestrian, mixed.

ОРГАНИЗАЦИЯ МЕРОПРИЯТИЙ ПО ПЕРЕСЕЛЕНИЮ НАСЕЛЕНИЯ ПРИ

ВОЗНИКНОВЕНИИ И ВОЗНИКНОВЕНИИ РИСКА ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ

ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЙ

Аннотация.

В данной статье рассматривается организация мероприятий по

переселению населения при возникновении и возникновении угрозы возникновения
чрезвычайных ситуаций. Дана информация о переселении населения, видах переселения,
проблемах, возникающих при переселении населения и их решениях.

Ключевые слова:

эвакуация, катастрофа, ограниченная эвакуация, местная

эвакуация, региональная эвакуация, общая эвакуация, частичная эвакуация, транспортная,
пешеходная, смешанная.


Aholini ko’chirish-ehtimoli bo’lgan yoki yuz bergan tabiiy, texnogen xususiyatli

favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda, piyoda olib chiqish va avvaldan tayyorlab
qo’yilgan xavfsiz, ya’ni, favqulodda vaziyat ta’siri bo’lmagan joylarga vaqtincha joylashtirish
tadbirlari majmuidir.

Axolini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob’yektlat,

tashkilot va muassasalar rahbarlarini eng asosiy vazifalaridan bo’lib, ushbu “Aholi va hududlarni
muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida bayon etilib belgilangan tartibda
evakuatsiyaga oid tadbirlarni o’tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar
tayyorlab qo’yish lozimligi qayd etilgan.

Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda vaziyatning ko’lamiga qarab muhofaza qilishni

eng maqbul usullaridan biri, imkon darajasida aholini xavfli joylardan olib chiqib ketish, ya’ni
evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish xisoblanadi. Lekin ushbu tadbirlarni o’tkazish ancha murakkab
bo’lib, unda barcha davlat organlarini tayyorgarligini oshirish, fuqarolarni qanday harakat qilishga
o’rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiayt kasb etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

362

Havfni oldini olishga tayyorgarlik, aloqa va axborot vositalarining doimiy shayligini

nazorat qilishga, takomillashtirishga, evakuatsiya rejalarini o‘z vaqtida o‘tkazishga tibbiy
yordamni ko‘rsatishga chorlaydi.

Bundan tashqari aholini, ma’sul shaxslarni tayyorlash va malakalarini oshirish, qutqaruv

kuchlarini halokat o‘chog‘lariga tezlik bilan etib kelishi, to‘g‘ri harakat qilishiga o‘rgatish
tayyorgarlikni yuqori saviyaga ko‘tarishga olib keladi.

2005-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Novo-Orlean shtatida kuchli shamol oqibatida

450 ming aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-fevraldagi PQ-279-sonli Qarori

asosida, joriy yilning bahor-yoz oylarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan geologik va
gidrometeorologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni
muhofaza qilish borasida sel kelishi, yer ko‘chishi havfi mavjud bo‘lgan hududlardan 1251 ta
xo‘jalikdagi 6277 nafar fuqarolar havfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Tadbir o‘tkazilish vaqti va
muddatiga qarab, aholini ko‘chirish 2 turga ajratiladi;

-oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish;
-shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirish.
Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish favqulodda vaziyat (havfli ob’ektlardagi falokatlar yoki

tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekani haqida, ishonchli ma’lumot olinganda
o‘tkaziladi. Bunga bir necha o‘n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat
sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi oldindan taxminlash asos hisoblanadi.

Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar - odamlarning hayoti va

salomatligiga havf tug‘iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga
kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o‘tkaziladi.

Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan

aholi soniga qarab, ko‘chirishning 3 xil turi bo‘ladi:

-cheklangan (lokal) ko‘chirishlar;
-mahaliy ko‘chirishlar;
-mintaqaviy ko‘chirishlar.
Cheklangan (lokal) ko‘chirishlar-favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol

bo‘lgan ta’sir zonasi shahar kichik tumani yoki qishloq aholi yashash joyi chegarasi ichidan
chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi.
Bunday hollarda ko‘chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi yashash
joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (favqulodda vaziyat manbaining
shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.

Mahalliy ko‘chirishlar - o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida

tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi.
Bunda ko‘chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o‘nlab ming kishigacha etishi mumkin bo‘lib,
ular, odatda, favqulodda vaziyat zonasi bilan yondosh havfsiz joylarga joylashtiriladi.

Mintaqaviy ko‘chirishlar - shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik

shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa
hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko‘chirishda favqulodda vaziyat
zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylaridan anchagina
uzoqqa ko‘chirilishi mumkin.

Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko‘chirish tadbirlari bilan

qamrab olinganiga qarab, ko‘chirishning ikki turi (varianti) bo‘lishi mumkin;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

363

-umumiy ko‘chirish;
-qisman ko‘chirish.
Umumiy ko‘chirish -favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini

nazarda tutadi.

Qisman ko‘chirish -favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo‘lmagan aholi,

maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, kasb-hunar, texnika bilim yurtlari o‘quvchilari olib
chiqilishi zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.

Aholini ko‘chirishning ko‘rsatilgan variantlari havfning yoyilish ko‘lami va tavsifiga,

uning amalga oshishining oldindan taxminlashni qanchalik ishonchliligiga, shuningdek
favqulodda vaziyat manbai shikastlovchi omillarining ta’sir zonasidagi ishlab chiqarish
ob’ektlaridan xo‘jalikda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi.

Odamlar hayoti va salomatligiga havf borligi aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish

uchun asos hisoblanadi.

Aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish huquqi O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarining

hududida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyat havfi oldindan taxmin
qilinayotgan hokimiyat idoralarining mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida
(fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo‘ladi.

Fuqaro muhofazasi ko‘lamiga va ko‘chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga

qarab, mahalliy yoki mintaqaviy ko‘rinishdagi shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) yoki
oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish, tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko‘rsatmalari yoki
farmoyishlariga binoan amalga oshiriladi.

Aholini ko‘chirish tadbirlari yaxshilab o‘ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo‘llarni,

ko‘chiriladigan tashkilotlarni, aholi boradigan havfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo‘yishni,
shuningdek aholining favqulodda vaziyat sohasida har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishini talab
qiladi.

Bunday tayyorgarlikni mahalliy hokimiyat idoralarining va iqtisodiyot ob’ektlari

boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari tashkil etadi va
o‘tkazadi.

Aholini ko‘chirish ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy asosda rejalashtiriladi, tashkil

etiladi va amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish-hududiy tartibi favqulodda vaziyat zonalaridan ishchilar, xizmatchilar,

talabalar, o‘quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish
organlari orqali turar joylari bo‘yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.

REFERENCES

1.

G’.Yormatov, O.R.Yo’ldashev, A.L.Hamrayeva “Hayot faoliyat xavfsizligi”

2.

I.Nigmatov, M.Tojiyev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi” Toshkent
2011

3.

A.Qudratov, T.G’aniyev, O’.Yo’ldashev, G’.Y.Yormatov, N.Habibullayev,
A.D.Hudayev “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” Toshkent 2005

4.

O.Qudratov, T.G’aniyev “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” Toshkent 2004

References

G’.Yormatov, O.R.Yo’ldashev, A.L.Hamrayeva “Hayot faoliyat xavfsizligi”

I.Nigmatov, M.Tojiyev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi” Toshkent 2011

A.Qudratov, T.G’aniyev, O’.Yo’ldashev, G’.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” Toshkent 2005

O.Qudratov, T.G’aniyev “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” Toshkent 2004

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов